PDA

Просмотр полной версии : Bahru-bayt


Страницы : 1 [2] 3 4 5 6 7 8 9 10 11

Behzod Sulaymonov
05.06.2008, 12:43
Sevgi sadosi
Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on,
Mening dilimda hech o'chmas yolqinsiz,
Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo'lsak shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo'lak kimim bor yana?..
Siz yo'q chog'imdagi dunyom begona,
Siz yo'q bog'imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko'klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz.

Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz,
Siz o'sha - kulgusi qo'ng'irog'imsiz.

Siz o'sha ko'zimning kiftida yurgan,
Siz o'sha ko'nglimga ko'ngli in qurgan,
To'kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...

M.Yusuf

Vasliddin Tuychiev
06.06.2008, 08:58
Zilollarga alishmasman zulflarini,
Lablarining iforlari, lutflarini.
Ko'ngil uchun ochgan ko'ngil qulflarini,
Siymu zaru, tillolarga alishmasman.

Kechagina ishq dostoni, ertak edik,
Otashlarga, tuyg'ularga ermak edik.
Birgina bir-birimizga kerak edik,
Lahzalarni safolarga alishmasman.

Endi bildim bu yo'llarda keta-keta,
Tamoman qo'l silkimoqqa hali erta.
Sog'inganman o'zi tugul, hatto bitta
Barmog'ini Barnolarga alishmasman.

O'sha ishqni dunyolarga alishmasman.

Nigora Umarova
06.06.2008, 09:14
Necha yil ilm-hunar payida bo'ldik,
Necha yil zar-zevar payida bo'ldik.
Olama sirlaridan bo'lganda ogoh,
Bari ishni tashlab, qalandar bo'ldik.

Pahlavon Mahmud

Masud Mahsudov
06.06.2008, 11:25
Ketyapman
kelajak ostonasiga,
Qo‘lda dard tufayli sarg‘aygan daftar
Ketyapman taqdirim koshonasiga,
Yashagan kunimdan bo‘lib ming mustar…

Ketyapman…
Ortimga qaragim kelmas,
Yo‘limda g‘am-tashvish – sochilgan tikon.
Hayot to‘siqlari aslo kor qilmas
Izimdan iztirob yig‘layapti qon…

Ketyapman, uzoqqa… biroq yonimdan
Oqqan suv qadrini bilmasdan, zabun…
Ismim ham chiqqandek bo‘lar yodimdan,
Esimga soladi ilohiy bir un.

Ketyapman…
Bahorni tashlab firoqqa,
Va senga aytmasdan biror og‘iz so‘z…
Ketyappan bu yerdan juda yiroqqa,
Sherikka olmasdan birota ham do‘st…

Ketyapman, so‘rgani umr – bu nima?
Sochimga oq nega oralar bevaqt…
Bilgani yolg‘onning uyin kim qurgan?
Ne uchun muxtasar kelar ekan baxt…

Ketyapman…
ko‘zlarim ochiq bo‘lsa-da,
Ko‘rmasdan yonimdan o‘tgan odamni.
Qoldirib ortimdan bir misra she’ru,
Yolg‘onga ko‘milgan nursiz olamni…

Ketyapman… yashashdan maqsad qidirib…

Firdavs... 2007 yil

Nigora Umarova
06.06.2008, 11:51
Band erur oyoqlaring, diling nolon, ketolmasan,
Yuragingni yoqar hijron. Visol - bu tush- yetolmassan.

Ko'zing ichra cho'kar tunlar, otar tonglar quyoshi-la,
O'tar umring, ketar umring, uni boqiy etolmassan.

Nechun kelding? Muroding ne? Bu dunyo ne jigarbandim?
O'zing olam eng mukammal, lek mukammal bo'lolmassan.

Qo'ling bog'liq, yurak dog'liq, g'am-alam - nayzali otliq,
Sen piyoda bu dunyoda, hargiz otda o'tolmassan.

Sen ey ko'nglim, parvonadek, o'zingni o'tg'a urg'aysen,
Na kuyib kul bo'lomassan, na yonib she'r bitolmassan.

Oybek Hamdamdan

Vasliddin Tuychiev
06.06.2008, 12:53
Нигохлар бор,зиёловчи, ундан инсон покланар.
Нигохлар бор, мехрловчи, ундан инсон ёшланар.
Нигохлар бор, сехрловчи, ундан инсон мавжланар.
Нигохлар бор, маърифловчи, инсон онги кенгаяр.
Нигохлар бор, айёрона, унда шайтон нури бор.
Нигохлар бор, маккорона, унда девлар макри бор.
Нигохлар бор, дахшатона, унда улим рухи бор.
Нигохлар бор, дарғазабона унда куркув рухи бор.
Нигохлар бор, бушликона, унда хеч бир маъно йук.
Нигохлар бор, синчикона, унда хеч бир хаё йук.
Нигохлар бор, зулматона, унда хеч бир зиё йук.
Нигохлар бор, хуфиёна, унда мехригиё йук.
Нигохлар бор, бирни уйлаб, иккинчини сузлайди.
Нигохлар бор, бир ук билан, минг улжани кузлайди.
Нигохлар бор, хар бир ердан, уз манфаатин кўзлайди.
Нигохлар бор, уз нигохин салтанатин тузайди.
Нигохлар бор, мехр ташна, маслакдошин излайди.
Нигохлар бор, мухаббатли, нигохдошин истайди.
Нигохлар бор, илохийлик, коинотин хохлайди.
Нигохлар бор, олий зотлик, нигохига чорлайди.

Nigora Umarova
06.06.2008, 15:14
Истасанг тоза кунгилга кунмасин зарра губор,
Пок сузу пок иш ва пок дил, пок хаёл булмок керак.

Жисму жонимга десанг, бегона булсин хасталик,
Ишк завку дарди бирлан хастахол булмок керак.

Калбга истарсан шифо гар, бул ёмон суздан йирок,
Корвалол ичмок керакмас, кар ва лол булмок керак.

Эркин Вохидов

Vasliddin Tuychiev
06.06.2008, 15:36
ISH BO’LMAS

Kel, ko’nglim, sidq ila yolvor Ollohga,
Yaratgandan hech yashirin ish bo’lmas.
Rizq bir miqdordadir shohu gadoga,
Qalam birdir, bunda yozgan pesh bo’lmas.

Bir nechalar yo’rtar kecha yotmayin,
Birov uyda yotar jafo tortmayin,
Taqdiri azaldan hargiz ortmayin,
Kezgan ortiq bo’lar, yotgan bo’sh bo’lmas.

Bir mard yigir yolg’on dunyoga kelsa,
Qiliq, qilich, cho’rak-dasturxon ko’rsa,
Yolg’onchida obro’y ham imon bo’lsa –
Yetmish, sakson, yuzdan ortiq yosh bo’lmas.

Birovlar badavlat, birovlar g’arib,
Birovlar xayr etar zakotin berib,
Birovlar umr bo’yi yuradi non deb,
Birovlarda to’shak, yostiq, osh bo’lmas.

Maxtumquli, bu kuningga shukr ayla,
Ollohning qudratin ko’rib fikr ayla,
Rizq uchun g’am yema, haqqa zikr ayla,
Azalda yozilgan sendan tash bo’lmas.

Maxtumquli

Nigora Umarova
06.06.2008, 16:05
Saratonning samovatida
Qovjiragan bir parcha abr.
Dunyo - quyosh otashgohida-
Vujudini yoqar besabr.

Yongan edim saratonsiz ham!-
Badttar kuydim, kul bo'ldim badtar.
Naq ko'ksimni mo'ljallab bu dam
Quyosh olov nayzalar otar.

O, naqadar holsizman! Yo Rab!
Taqir kabi yurak yorildi.
Dil! Olovni ketgin oralab,
Olov ichra ruhga bor endi.

Uchrashinglar oydin makonda,
Bahor kabi yashanglar kulib...
Hozircha men yozgi osmonda
Qovjiragan bir parcha bulut.

Usmon Azim

xurlixan
06.06.2008, 16:08
Yaxshi odamlar
Yaxshi odamlarga uchragan kuni,
Uyqing butun bo'lar, vaqting chog' bo'lar,
Ko'ngling ko'tarinki, ilhoming bo'lar,
Yaxshi odamlarga uchragan kuni.

Ertalab avtobus bekatida,
"Yugir, yugir" deyishar sizni ko'rishdan,
Ular shunday kutmaganda agar da,
Ishdan kech qolardingiz siz ham.

Ular hech vaqtda sizni sotmaydi,
O'tirishda joy olib eslashadi,
To'lqinda qayig'ing suvga cho'kmaydi,
Yaxshi odamlarga uchragan kuni.

Umring uzoq bo'lsin, lazzatli bo'lsin,
Avtobusni to'xtatib ertalab har kuni,
"Yugir, yugir" -deb chaqirib tursin,
Yaxshi odamlarga uchragan kuni.

Ibrohim Yusupov.

Nigora Umarova
06.06.2008, 16:27
Yaxshi odamlar
Yaxshi odamlarga uchragan kuni,
Uyqing butun bo'lar, vaqting chog' bo'lar,
Ko'ngling ko'tarinki, ilhoming bo'lar,
Yaxshi odamlarga uchragan kuni.

Ertalab avtobus bekatida,
"Yugir, yugir" deyishar sizni ko'rishdan,
Ular shunday kutmaganda agar da,
Ishdan kech qolardingiz siz ham.

Ular hech vaqtda sizni sotmaydi,
O'tirishda joy olib eslashadi,
To'lqinda qayig'ing suvga cho'kmaydi,
Yaxshi odamlarga uchragan kuni.

Umring uzoq bo'lsin, lazzatli bo'lsin,
Avtobusni to'xtatib ertalab har kuni,
"Yugir, yugir" -deb chaqirib tursin,
Yaxshi odamlarga uchragan kuni.

Ibrohim Yusupov.

Hurmatli Xurlixon!
Ibrohim Yusupovning ajoyib she'rini keltiribsiz, biroq mushoiramiz bahri bayt tarzida ketmoqda. Oxirgi aytilgan she'r misrasi qaysi harfda tugasa, keyingi keladigan she'r shu harf bilan boshlanishi kerak. ;-)

Vasliddin Tuychiev
06.06.2008, 17:16
SINFDOSH QIZ

Tegib ketdi, sinfdosh qiz, tegib ketdi,
Egilmagan qaddimizni egib ketdi.
Yurar edik orqasidan to’dalanib,
Bittamizga tegmadi-ya, tegib ketdi.
-
Kokillari biram unga yarashardi,
Bir o’zini qirqta bola talashardik.
Kattalar ham suqi bilan qarashardi,
Bir kunda ming janjallashib, yarashardik.
-
Qirq kokilga qirqta oshiq osilgandik,
Qirqilmagan sochlariday sochilgandik.
Maktabdagi to’polonchi oshiqchalar
Uni korsak o’sha fursat bosilgandik.
-
O’sma qo’ygan qoshlariga termulardik,
Ko’zimizni uzmas edik partasidan.
Bir bor qiyo boqsa agar kerilardik,
Sochlarini o’ynar edik orqasidan.
-
Qizlar o’zi tengqurlarni teng ko’rmaskan,
Sinfdosh qiz sevganiga sir bermaskan.
Endi bilsam, qiz boladay shum bo’lmaskan,
Bilmam nelar yuragiga tugib ketdi.
-
Sinfdosh qiz singildayin bo’lar ekan,
Ko’rganingda ko’ngling tog’day to’lar ekan.
“Sizga tegsam kimdir hafa bo’lar ekan”,
Ketar payti sirlarini berib ketdi,
Uyalgandan boshlarini egib ketdi.
-
Qirqta oshiq qirg’ovulday qolib ketdik,
Ketar bo’ldi ko’ngil berib begonaga.
Sinfdosh qiz dilga armon solib ketdi,
Ko’rar bo’ldik yozganini peshonaga.
-
Tegib ketdi, sinfdosh qiz tegib ketdi,
Egilmagan qaddimizni egib ketdi.
Yurar edik orqasidan to’dalanib,
Bittamizga tegmadi-ey, tegib ketdi.

xurlixan
07.06.2008, 17:05
Raxmat Nigora opa!
O'yin shartini buzganim uchun uzr surayman!:dash2:

xurlixan
07.06.2008, 17:17
Илож канча: гап мундок,
Хайрон этган вазирлар:
"Эсини епди-деб-бизнинг Шер!"
Хоним ётган эшикка,
Муралашди ховлика...
А.С.Пушкин "Шох Салтан хакида эртак"

Akhmad Kodirov
09.06.2008, 12:30
Ajab, sershovqin dunyoga atay cho'kar sukunat,
Yigitlar qalb ochsa bizga, qor uchqunlab turganda.

O'y-rejalar qushlarining to'dasiga otar tosh,
G'am-tashvish yo'q rizqi-ro'zga, qor uchqunlab turganda.

Halima Xudoyberdiyeva

Nigora Umarova
09.06.2008, 17:44
Arzimni aytay bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.

Qilsa xudoyim ko'nglim muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?

Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga, miskin gadog'a?

Dedi raqiblar yorni yomonlab,
Soldi judolig', naylay arog'a.

Ko'nglumda yo'qdur zarra gumonim,
Kimki yomondur, soldim xudog'a.

Holimni aytsam, yorim inonmas,
Emdi kuyubman yavmuljazog'a.

Yorsiz kishini firdavsi yo'qdur,
Suydim sanamni, qoldim balog'a.

Dushmanlarni nozu niamda
Parvarish aylab, soldi g'inog'a.

Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.

Miskin Huvaydo sabru tahammul
Aylab hamisha yig'lar xudog'a.

Xo'janazar Huvaydo

Akhmad Kodirov
10.06.2008, 08:46
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo do'stlar,
Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.

Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim,
Ko'zimdan yoshni jo' aylab, alamlar ichra botdim-ku.

Qalandardek yurib dunyoni kezdim,topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku.

Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.

Cho`lpon

Vasliddin Tuychiev
10.06.2008, 11:41
UL SANAM UYQUDADIR

Ul sanam oromijon uyqudadir,
Sochlari to'zg'in, boshi parqudadir.
Oq harir ko'ylak yarashmish, voajab,
Bu qiyofa ehtimol ma'budabir.

Uxlasin rohatlanib debmu sabo,
Yo atay yeru samo osudadir.
Lablarin qimtib qo'yar goh to'lg'onib,
Balki tush ko'rgay, shirin tuyg'udadir.

Tong chog'i chiqmish tomoshaga quyosh,
Yoki shundan nur ko'zi kulgudadir.
Kim uni bezovta qilsa beyurak,
Vaqti yetmay uyg'otish behudadir.

Uyg'onib noxush javob etmasmi deb,
Bu ko'ngil xavfu xatar - qo'rquvdadir.
Uyg'onish paytini ko'zlaydir Mo'min,
Vasliga yetmak asil orzudadir.

xurlixan
11.06.2008, 15:18
Расгойсен шынын айткан анкылдак,
Сахрайысан катты дауыс шанкылдак,
Жалган сойлеп жагыныуды билмейсен,
Бирак сен дым жакынсан-ау жаныма.


И.Юсупов."Ана тилиме" (Коракалпок тилида.)

Nigora Umarova
11.06.2008, 15:27
Расгойсен шынын айткан анкылдак,
Сахрайысан катты дауыс шанкылдак,
Жалган сойлеп жагыныуды билмейсен,
Бирак сен дым жакынсан-ау жаныма.


И.Юсупов."Ана тилиме" (Коракалпок тилида.)

Кардош тилда шеър укиш накадар марокли. Рахмат. Узга тилни урганиш учун ёрдам беради. Коракалпок адиби Ибройим Юсуповнинг шеърларин факат узбек тилидаги таржимасини укигандим. Аслида- коракалпок тилида укилганда шеърнинг жозибасини хис эта олдим.

Nigora Umarova
11.06.2008, 15:40
,,, Агар сен хабарсиз бир ерга борсанг,
Хурматин айлагин утирсанг, турсанг.
Бир насихат берай, пндимни олсанг,
Киши ошининг тузин тотувчи булма.

Чакирган ерга бор, утир-да, турма,
Чакирмаган ерга борма, утирма.
Уятсиз одамдек суйканиб юрма,
Буюрилмаган ишни этувчи булма.

Агар булсанг ипак каби мулойим,
Мулойим сен булсанг, кулинг булойин.
Кулогимга берган пандинг олойин,
Кишига каттик суз айтувчи булма...

Махтумкули

Vasliddin Tuychiev
11.06.2008, 16:00
SHOIRONA TABASSUM

Azob berish suygan kasbingiz
Kulavering, yig'lasam yum-yum.
Menga qolsa sizning haqqingiz
Shoirona bitta tabassum.

Bir bo'salik qudratingiz bor
Kimligingiz, kimligim ma'lum
Keyin qilaveradi xumor
Shoirona bitta tabassum.

Ko'nglingizdan izladim najot
Ko'zlarimga sochmadingiz qum.
Meni tushunsangiz na hojat
Shoirona bitta tabassum.

Kurashaylik, bo'ling g'animim,
Yovlik bo'lsin biz uchun udum.
G'azab qiling, doim javobim
Shoirona bitta tabassum.

Nigora Umarova
11.06.2008, 16:17
Men falakka o't qo'yarman dildagi ohim bilan,
Ko'nguldan hech ketmagan dard - o'sha mohim bilan.

Bas, meni yig'latdilar, o'ksitdilar, kamsitdilar,
Boshin qo'ygan ul makon - dil sajdagohim bilan.

Hech kima aytmam sirim, yorilmasaman yorilsa tosh,
Ketsa bosh mayliga ketsin qon bo'lgan har yog'im bilan.

Sen kimu, men senga kim? - bilmagaydir hech kim,
Bir senu bir men bilgum yolg'iz Ollohim bilan.

Qismating, ko'nglim, aniq, qismating - gulxan yoniq,
Bir kuni men ham o'charman dildagi oh-vohim bilan.

Ulug'bek Hamdam

Xasan G'ulomov
11.06.2008, 17:39
Omonat dunyo bu bari omonat,
Dard ham omonatdir,baxt ham omonat,
G'amu-anduhinga sherikman deya
Yelkasin tutguvchi do'st ham omonat

Omonatdir chekkan ohu-zoring ham,
Omonatdir jondan sevgan yoring ham
ey dost dilingni bosmasin g'aflat,
Otang omonatdir, onang omonat

Omonat bu-sixat sog'lik omonat,
Omonat bu-shavkat shonlik omonat
Ey do’stim insonsan shuni unutma faqat
Yurakda titragan joning omonat.

Xasan G'ulomov
11.06.2008, 17:44
Dunyoda nima go'zal? BAHOR yoki GUL?
Dunyoda kim go'zal? ONA yoki YOR?
Qancha go'zal bo'lmasin GULLAR,
Uni go'zal BAHOR yaratur.
Qancha go'zal bo'lmasin YORING,
Uni go'zal qalb ONA yaratur!

Xasan G'ulomov
11.06.2008, 17:45
Ey olloh asragin ishqdan tonishdan,
Sevgi otashida unsiz yonishdan
Sevilib yashasam bahtliman, ammo
Men juda qo'rqaman sevib qolishdan!

Эй тангрим нигохига айлама ошик,
Эхтиётла кузларига бокиб колишдан.
Севсам майли севайин аммо,
Узинг асрагин ундан айрилиб колишдан.

Akhmad Kodirov
12.06.2008, 09:01
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

Mir Alisher Navoiy

Behzod Sulaymonov
12.06.2008, 14:21
Muhabbat misli bir kapalak,

Qo'rqaman sho'rlikni tutgani.

Kapalakni quvganim yodimda,

Yodimda yo'q amma yetganim.

Behzod Sulaymonov
12.06.2008, 14:23
Kulganimga ishonmang

Kulganimga ishonmang, dilda qayg'u bir talay.
kulib-kulib yengarman, dardlarimni har qalay.
Kulganimga ishonmang, g'amni aldab yuraman.
Garchi holim neligin, o'zim yaxshi bilaman.

Kulganimga ishonmang, kuldim dunyo ishidan.
Tosh chiqadi boy bergan, kambaga'lning oshidan.
Kulganimga ishonmang, alamlarga to'laman.
Xudo xoxlagan kuni, kulib-kulib o'laman.

Behzod Sulaymonov
12.06.2008, 14:27
Ayting qanday kelin bo’lay akajon...???

Bu yil ostonamda yor-yor aytilar
Boshimdan eng baland dorlar qaytilar
So’ng bitta so’zimga zorlar qaytdilar
Ayting qanday kelin bo’lay akajon

Mexrim bugun mingga bo’linib ketdi
Ko’z yoshim ko’zimga zeb bo’lib ketdi
She'rlarim sandiqga sep bo’lib ketdi
Ayting qanday kelin bo’lay akajon

Tortib borayotir ro’zg’or degan g’or
Shu g’am sochlarimga tushirarmikan oq
Ayro yo’lda sizga shul so’rovim bor
Ayting qanday kelin bo’lay akajon

Qayga desalar uchib ketarman
Quvonch yomg’irlarin quchib ketarman
Xammaga ko’nglimni ochib ketarman
Ayting qanday kelin bo’lay akajon

Anxor bo’lsam, tinch soy bo’lmasam netay
Bu tor dunyoda joy bo’lmasa netay
Siz aytgan o’sha oy bo’lmasam netay
Ayting qanday kelin bo’lay akajon

Alvido aytaymi bori zorimga
Asira bo’laymi g’amga alamga
O’t qo’yaman ko’ngil degan olamga
Ayting qanday kelin bo’lay akajon

Muallifi...

Nigora Umarova
13.06.2008, 10:15
Hurmatli Hasan G'ulomov va Behzod Sulaymonov!
Bahru bayt qoidasi asosida she'r aytishga kelishib olgandik. Qoidaga rioya qiling. :-)

Qoidaga asosan, Sizdan oldingi xabarda qoldirilgan she'r qaysi harfda tugagan bo'lsa, Siz shu harfda boshlanguvchi she'rni yozib qoldirishingiz kerak.

Ogohlantirganim uchun uzr so'rayman...

Nigora Umarova
13.06.2008, 10:21
Necha dedim ul sanamg'a: bormog'in,
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in.

Alisher Navoiy

Akhmad Kodirov
13.06.2008, 12:39
Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug'in,
"Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun,
Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr ichib.


Burhonuddin Rabg'uziy

Nigora Umarova
13.06.2008, 14:03
Bog'larga namozgar
Salqini tushdi.
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Tog'lardan pastda,
Loladek qip-qizil
O't shafaq o'chdi.

Usmon Nosir

Akhmad Kodirov
14.06.2008, 08:41
Ishongin sen mening muhabbatimga
Mening muhabbatim buyukdan buyuk
Bovar et va lekin ushbu gapimga
Dilimda nafrat ham buyukdan buyuk

JET
14.06.2008, 11:45
Extirosga limmo-lim qalbim
To’lib bo’lgan orzu muhabbat
Beixtiyor pichirlar qalbim
Yolg’iz seni sevaman faqat
Yuragimdan otilgan nido
Orzularim bo’y cho’zdi qat-qat
Tog’lar berdi shunday aks-sado
Yolg’iz seni sevaman faqat...


(istochnik http://sheriyat.vo.uz (http://sheriyat.vo.uz/))

xurlixan
16.06.2008, 11:19
Оракшылар

Tууган жерлерин сагынып,
Кайгыдан хайкел тагынып,
Хал сорасканга жагынып,
Кайгыда жур оракшылар.

Оскен жерине жете алмай.
Жумысты таслап кете алмай,
Аскар кумлардан оте алмай,
Кайгыда жур оракшылар.

Ауылга аман кайткайсыз,
Балаларынды кууанткайсыз,
Душпанларды мунайткайсыз,
Хош, аман бол, оракшылар.

Ажинияз шайыр.

Nigora Umarova
16.06.2008, 15:50
Rishtai jonim sanga bog'liqdur, o'ltur bir zamon,
Kim, erur qo'pmoq hamonu rishtani uzmak hamon.

Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim,
Yaxshilardin yaxshisen sen, men yamonlardin yamon.

Vasli no'shi lazzatin so'rdung, javobni ne deyin,
Menki hijron neshidin bir lahza topmasmen amon.

Ashk uza qolqir zaifu zor jismim ohdin,
Tund yel tahrikidin andoqki, bahr uzra samon.

Eldin o'lmishmen ramida ani rom aylay debon,
Lekin ul yor elga rom, ammo erur mendin ramon.

Bu fano dayrida har damkim o'tar, tut mug'tanam,
Kim, yana bir damg'acha mumkin emas bo'lmoq zamon.

Ey Navoiy, davr agar budur, meni mast etkali
Sen to'la quykim, men aning sofu durdin tolg'omon.

Alisher Navoiy

Vasliddin Tuychiev
16.06.2008, 17:08
Ne ko'ray to'bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni hatti mushkfoming borida.

Kim Xizr suyin og'izlag'ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.

Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,
Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.

Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,
Bizni ham gohe sog'in shurbi mudoming borida.

Ey ko'ngul, gar g'ayr so'zi zahri qotildur, ne g'am,
Lablaridin sharbati yuhy-il izoming borida.

Tarki nomus aylabon badnom bo'lg'il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.

Bobur ul gul ko'yida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Nigora Umarova
16.06.2008, 17:23
Ashraqat min aksi shamsil -ka'si anvorul xudo,
"Yor aksin mayda ko'r" deb, jomdin chiqdi sado.

G'ayri naqshidin ko'ngul jomida bo'lsa zangi g'am,
Yo'qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g'amzudo.

Ey, xush ul maykim, anga zarf o'lsa bir singg'an safol,
Jom o'lur getiynamo, Jamshid, ani ichkan gado.

Jomi may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo'lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo'lg'ali, ey mug'bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko'ngul jomida bo'lg'ach jilvagar,
Chehrai maqsudi mahv o'lg'ay ham ul dam moado.

Vahdate bo'lg'ay muayassar may bila jom ichrakim,
Jomi may lafzin degan bir ism ila qilg'ay ado.

Sen gumon qilg'andin o'zga jomu may mavjud erur,
Bilmayin nafyi etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o'lma Navoiy, chun azal soqiysidin,
"Ishrabu, yo ayuhal-atshon" kelur har dam nido.

Alisher Navoiy

Vasliddin Tuychiev
17.06.2008, 14:10
1

О, телба юрагим, тентак юрагим,
Синфдош гузалга эрмак юрагим.
Сен истаб, мен мажбур кирган бу богдан,
Насиб этмади гул термак, юрагим.

Гул деб топганимиз тиконлар булди,
Шеър деб айтганимиз фигонлар булди.
Биров далли деди, биров девона,
Акли бутлигимиз гумонлар булди.

Тилим етган жойга кулим етмади,
Дунё етди менга, гулим етмади.
О, телбам, тентагим, ошик юрагим,
Кутдик, хатто бизга улим етмади.

2

Мен хам йигит дедим, мен хам мард дедим,
Юрагим, кузингни дарров арт, дедим.
Бизнинг кадримизга етмади бу киз,
Шахарга кетамиз, енди хайт, дедим.

Хали излаб борар ортимиздан у,
Шахарда тентираб овора булсин.
Ким кузга иларди, кишлоки кизни,
Ундан-да гузаллар борлигин билсин.

Кирк ёнда кирк пари икковимизни,
Култиклаб юрганин йиглаб кузатсин.
Жахлдор отаси уни бизгамас,
Узидек тупори эрга узатин.

О, хали курасан икковимизни,
Изимизни кузга суртади бу киз.
Козондаги оши, човгумда чойи,
Егани, ичгани булади афсус...

3

Ун йил утди, хали унутмадингми?
Бунча щам йиглоки булдинг, юрагим!
Унинг ку-у-уп фарзанди, менинг углим бор,
Барибир хар сахар уни сурадинг.

Тугри, айтганчалик машхур булмадик,
Кизлар карамади, хатто кайрилиб.
Топган-тутганимиз узимизники,
Факат шоир булдик, ундан айрилиб...

4

Бугун у бизларга пешвоз чикади,
О, бечора юрак, бардам бул энди.
Кузига узингни бахтлидек курсат,
Бир кун йигламагин, бир кун кул энди.

Узингни шундайин бепарво тутки,
"Сиз кимсиз, биз сизни танимадик", де.
"Хамма синфдошлар ёдимизда бор,
Биз сизни синфдош санамадик", де.

Ёзган шеърларимиз сизга эмас, йук,
Бошка гузалларга аталган деб айт.
Хотирдан чикибсиз, унинг йулига,
Улкан муз тоглари кадалган деб айт.

Биз ун йил йигладик, у хам бир марта,
Йигласа йиглабди, девона булиб,
Факат бир кун чида. Кейин майлига,
Иккимиз йиглаймиз шахарга келиб.

Nigora Umarova
17.06.2008, 17:00
Бахт бу - сенсан, бахсизлик - бу мен,
Кетмокдаман, кочокка йуйма.
Мен узимни топиб келгунча,
Сен узингни йукотиб куйма.

Вохид Лукмон

Vasliddin Tuychiev
17.06.2008, 18:28
Azaldan loyimni qorganda Xudo,
Bilardi fe'limdan ne bo'lur paydo.
Hukmidan tashqari emas gunohim,
Ne uchun mahsharda beradi jazo.

Akhmad Kodirov
18.06.2008, 11:09
Olisda oy botmaydi aslo,
Quyosh doim nurin sochadi.
Unda hukm surar oliy Baxt,
Yomon doim yo'ldan qochadi.

Olisda suv oqadi tiniq,
Yer yuzida ko'rinmaydi gard.
Har insonning yuzida kulgu,
Ular uchun bilinmaydi dard.

Olisda yosh to'kmaydi ko'zlar,
Mehr bilan boqar tabiat.
Sevishganlar ulug'lanarlar,
Inoqlikda yashar jamiyat.

Olisda kun bo'yi bulbullar,
Parvarishlab o'tar gullarni.
Muhabbatga oshno qalblar,
Sehrlaydi mudom dillarni.

Olisda men kabi Majnunlar,
Gullar tutar Laylilariga.
Jonlarini to'kib berarlar,
Suyuklisin mayillariga.

Olisda gul ulashar bahor,
Gul ufori olamni tutar.
Umr to'lib borar mazmunga,
Qalblar abad yasharib ketar.

Olisda yoz qaynoq taftini,
Bizlar bilan baham ko'radi.
Mo'jaz rangga bo'yab olamni,
Go'zallikdan tortiq qiladi.

Olisda kuz xazonrezgida,
Muhabbatga bo'yaydi bag'rin.
Mayin shamol entikib unda,
She'rlar aytib erkalar bargin.

Olisda qish oppoq qorlarin,
Muhabbatga o'rab to'kadi.
Sevishganlar baxtli boshiga,
Oq niyatli qordan tegadi.

Olisda ishq atalgan tuyg'u,
Quyosh kabi nurlarin sochar.
Ikkimizdek sevishganlarga,
Baxtli hayot quchog'in ochar.

Nigora Umarova
18.06.2008, 13:35
Rizqim tosh bo'lsa ham, halol et - qand qil,
Meni mendan qutqar, O'zingga band qil.
Tubanda yuzimni yo'qotayozdim,
Meni yuragimdan boshlab baland qil.

Behzod Fazliddin

Nigora Umarova
18.06.2008, 13:38
Hurmatli mushoirada qatnashayotgan forumdoshlar!
Iltimos, she'r muallifini ham yozib qo'yish esdan chiqmasin. Agar she'r o'zingizniki bo'lsa unda o'zingizning nomingizni qo'ying.

pipicron
18.06.2008, 14:21
Muhabbatim, ketma....
Tuni bilan yog'di yomg'ir baxs boylashib ko'z yoshimga,
Sel yuvadi g'uborlarim, dard quyilar bardoshimga,
Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga,
Nega senga "ketgin" dedim, sen ham ketding Muhabbatim?

Nega bir-bir tashlab ketdi qalbim suygan yaqinlarim?
Nega bir bir o'char bo'ldi mehr nomli yolqinlarim?
Qayda qoldi dilimdagi quvonchlarim, toshqinlarim?
Nechun sendan kechar bo'ldim, sen ham kechding Muhabbatim?

Yo bardoshim etmasmidi? Taslimmanmi xijronlarga?
Adashdimmi yana qayta mehrim berib insonlarga?
Yoki yana aldandimmi taqdir degan dostonlarga?
Seni tashlab men ketdimmi yoki senmi Muhabbatim?

Seni ko'rmay suygan bo'lsam ko'r qalbimni suyarmiding?
Orzularim bilganingda sen ham armon tuyarmiding?
Isming aytib jonim bersam zarra bo'lsa kuyarmiding?
Ketma desam qabrimda ham qolarmiding Muhabbatim?

Yomg'ir yog'ar sel sel bo'lib, savollarga yo'ldosh bo'lib...
Chaqmoq kabi portlay deyman, dod solaymi ko'ksim to'lib?
Bulut to'sgan hilol kabi ruhim borar asta so'nib,
Men ketgandek tashlab seni umrim ketar Muhabbatim...

Alisher BEK
Hindiston. Yomg'irli qora tun.
20 Mart, 2007 yil.

PS: Bahrubaytga so'z topolmadim. Uzr so'rayman.

Nigora Umarova
18.06.2008, 14:40
Maysaday uyg'ondim tog'lar bag'rida,
Yellar beshigida topdim halovat.
Tog'lar asrab keldi qishlar qahridan,
Kiyiklar tilidan uchdi salovat.

Buloqbola bo'ldim- tiniq nigohi,
Diydamdan o'tdilar turfa qadamlar.
Gohida yig'latib, kuldirib gohi
Ko'zlarimni ochib qo'ydi odamlar...

Behzod Fazliddin

JET
18.06.2008, 23:34
Ruhim koinotni tark etguncha
Jonginam sizni sevaveraman,
Men sendan na boylik, na zeru-zevar,
Oltin taqinchoqlar qimasman da’vo

http://sheriyat.vo.uz portalidan...

Masud Mahsudov
19.06.2008, 09:43
Ошиқсан?
Наҳот тушунасан севги каломин?
Қалбинг муҳаббатга бўлмиш ошино?
Музлик дунёсини тарк этиб бугун,
Сўзлайсан бевафо эканин дунё?

Кечирим сўрамам – қалбим покиза,
Севганим эмас-ку, ахир гуноҳим.
Воз кечиб ишқингдан, меҳрибонгинам,
Бошқадан топгумми энди паноҳим?

...Севиш, севилишдан бўлганман маҳрум,
Билмам...недан юрак ишққа совуққон?
Шеъримда уни мен этиб тараннум,
Аслида бегона яшайман, ҳайрон....

...Ҳаётим бугунин сўзладим, мана,
Эртасин қуришини ўйлайман махзун,
Ишқнинг китобини очаман яна,
Яна мен Фарҳодман...Яна мен Мажнун!


2006, ноябрь... Firdavs

Nigora Umarova
19.06.2008, 11:31
Nima qilsam, Oyni boshqa yig'latmaysiz,
Nima qilsam, tinch qo'yasiz osmonlarni?
Nima qilsam, yulduzlarga tosh otmaysiz,
Nima qilsam, o'ldirmaysiz jayronlarni?

Birga Haqning ayvoniga boradi, deb,
Qaldirg'ochlar qo'llarimdan tutib olgan.
Hech bo'lmasa, panoh so'rab beradi, deb,
Oyog'imga kiyikchalar yotib olgan.

Yomonlarga pastligim yo'q, asli, lekin,
Giyohlarning nomlaridan qo'l so'rayman.
Hali kechmas, hali yana sevish mumkin,
Men gullarning ko'ngli uchun yo'l so'rayman.

Nurga qayting - ro'yolarni ketkazasiz,
Yeru ko'kning tinchi uchun boshlandi jang.
Bu ketishda umringizni yutqazasiz,
O'zingizga shafqat qiling - Oyga tegmang.

Behzod Fazliddin

Vasliddin Tuychiev
19.06.2008, 11:57
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.

Nigora Umarova
19.06.2008, 12:09
Siz mendan hech narsa qilmaysiz talab,
Men sizdan hech narsa so'ray olmayman.
Siz ketma, demaysiz, men esa.. yo Rab<
Qolgim kelsa hamki, qolmayman.

Zotan, siz sevgiga, ishqqa tashnasiz<
Zotan, men mehrga muhtojman, zorman,
Bilmam: kimga do'stsiz, kimga oshnasiz<
Bilmam: kimga yorman, kimga darkorman.

Kunora ko'raman, salom berasiz,
Hatto jilmayasiz, qilasiz karam.
Men sizni sog'ina boshlagan kundan,
Buyon siznikiman, sizga man qaram.

Bir shu'la ko'raman ko'zlaringizda,
"Kim yoqqan olov bu?"- xatarli so'roq.
Begona ism yo'q so'zlaringizda,
Mening ismimni ham aytmaysiz biroq.

Vohid Luqmon

Vasliddin Tuychiev
19.06.2008, 12:46
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo'qtur sog'inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim

Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug'luq topmadim,
Dayr piri xizmatig'a ko'yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

Nigora Umarova
19.06.2008, 14:12
Mening ko'ksim sening dardingda dog'dir,
Bu dog' birla menga dunyo firoqdir.

Dema joningni takror yoqmagaymen,
Dog'im uzra bu dog'im dag'i dog'dir

Menu vayrona hijron< baxtli ul kim,
Nasibi sen kabi gul birla bog'dir.

Firoqdan yig'lagil, ey bulbuli zor,
Visol bog'ida aysh surguvchi zog'dir.

Bugun gul bazmida kuychi bo'libdur<
Qaro qarg'a qo'shig'i "qog'-qog'" dir.

Nechun ey xoja< sen axtarmagaysan?
Yo'qolmay, har tomondan bir so'roqdir.

O'chirma otashin ohingni Jomiy,
Qorong'u tunlaringda bir chiroqdir.

Abdurahmon Jomiy

Vasliddin Tuychiev
20.06.2008, 13:32
Rayhonni so'ldirmoq gunohi azim,
Ey Sanam, qarshingda aylayin ta'zim,
Sen-la nishonlamoq umrbod bazm -
Orzumdir, shul yo'lda o'lsam, roziman,
Ishq yurtida osiy bo'lsam, roziman.

Nigora Umarova
20.06.2008, 15:33
Нахот, дийдам шунчалар каттик,
Бешафкатсан, хаёт бешафкат.
Хеч кимим йук узимдан ортик,
Онам учун тополмайман Вакт.

Бехзод Фазлиддин

Akhmad Kodirov
21.06.2008, 08:46
Ta'lim oldim boshoqlardan, donlardan ham,
Kulcha yuzlar hamda kulcha nonlardan ham.
Men Vatanni o'rgandim har giyohidan,
Shomlariyu rayhonlarin siyohidan.

Qaldirg'ochlar to'ylarimda xizmat qildi,
Kambag'alni suydim boylar izzat qildi.
Dilga ko'chdi umriy ranju aziyatlar,
O'ychan, keksa toklar qilgan nasihatlar.

Men shundayin so'zga to'ldim ichlarimdan,
Harf o'rgandim uylaring ham sinchlaringdan,
Har qarichi, har g'ubori imlo, yurtim,
Har bir toshi, har chinori mullo, yurtim.

Bolalikdan bir g'aroyib taxtda bo'ldim,
Oy, yulduzlar birlan mudom ahdda bo'ldim.
So'qmoqlardan, oq, za'faron dalalardan
Men za'faron so'zlar terib katta bo'ldim.

Saboq oldim yanchilmagan somonlardan,
Umr isi kelib turgan choponlardan.
G'arib paxsa devorlardan oldim savod,
Bildim nadir nadomatu nadir savob.

Xatim chiqdi onam kaftin xatlaridan,
Kamol topdim kaftlarining taftlaridan.
Mehrlari ko'nglimga ko'zlar bo'ldilar,
Vatan yanglig' ulug'vor so'zlar bo'ldilar.

Sirojiddin Sayid

Nigora Umarova
21.06.2008, 14:22
Ruhim qilich bo'lib qolsa-yu,
O'z tanamni chopib tashlasam.
Tilka-tilka qilib bag'rimni,
Ming bo'lakka bo'lib tashlasam.
Yerda yotgan har bir bo'lakdan
Sening isming bo'lar namoyon,
Tilkalangan majruh yurakdan,
Qon o'rnida oqadi isyon.
Agar jismim vayron bo'lsa-yu tirik qolsa nogahon ko'zim,
Dono tabib ko'zni avaylab,
Bir ojizga qo'ysa unga zo'r,
Tiriklikka qaytgan ko'zlarim,
Yana seni ko'rar Yolg'izim...

Halima Ahmedova

Masud Mahsudov
24.06.2008, 11:27
Мeнгa қaнот бeринг, хaлқим дaрдлaрин,
Олиб бориб тaшлaй тоғлaр ортигa.
Рутубaт ҳукм этгaн тунлaрнинг бaрин,
Йўлaтмaй яшaйин мaрдлaр юртигa.

Мeнгa қaнот бeринг. Эркин қуш мисол,
Жaннaтдeк боғлaрим кўз-кўз этaйин.
Элимгa жилмaйсa кўкдaги ҳилол,
Минг йиллик орзулaр рўёси тaйин.

Қaнот бeринг, учaй, Ўзбeк ойим ҳaм,
Ҳузуригa мeни чорлaр куюниб.
Бугунги ўзбeгим қизин тaрбия
Этмоқлик истaгин aйтaр суюниб.

Бeсaлом, бeсaвод ёшлaргa қaрaб,
Мўйсaфид хўрсиниб силкитaр бошин.
Ғaмингиз бeрингиз мeнгa отaжон,
Дунёлaр кўрмaсин кўзингиз ёшин.

Қaнотгa муҳтожмaн, Вaтaним кaби,
Aждодлaр руҳлaри бизлaргa ҳaмроҳ.
Бизлaрким – улуғлaр нaсл-нaсaби,
Букун осмонлaрдaн излaймиз пaноҳ.


Firdavs

Nigora Umarova
24.06.2008, 11:58
Хаёт колмок ё улмок? Шудир масала!
Кайси бири булар бизга муносиб?
Шу диолзор фалакнинг тахкирларига
Шикоятсиз-шиквасиз чидаб турмокми?
Йукса унга рад-бадал бериб кузгалмок,
Курол олиб ё енгмок, ё махв булмокми?
Улиш... Унутилиш. Масала тамом.
Танимизга уралган минг-минг ташвишнинг
Занжирин илол-абад узади улим.
Зотан дилнинг азамат армони шу-ку!
Улмок - гафлат тушида ухламок демак.
Тушлар! Кандай тушлар у? Тушлар эмиш-а?
Дунё туйгуларидан тикилган либос
Гурда ечиб олинган булса, у холда
Уликлар уйкусига кирарми тушлар?
Мана , хамма сирларнинг хикмати шунда!
Мана бизнинг хаётда гамларимизнинг
Мухлатин йилдан-йилга чузаётган сир.
Йукса шу киборларнинг жахолатига,
Хокимларнинг жабрига, сохта кибрига,
Шу мунофик мухитнинг айёрлигига,
Бировига хасрат хам килолмасликка,
Мухаббатнинг хору зор эзилишига,
Мардакларнинг кузида хар кандай химмат
Анойилик саналиб топталишига,
Бутун бир разолатга ким чидарди, ким?
Вахоланки, ханжарнинг битта зарбаси
Бу мужмал тугунларни ечар куп осон.
Улимдан сунг, у ёкда нелар булгуси?
У кандай бир диёрки, унга борган куп,
Аммо хануз кайтолган бирон йулчи йук?
Бу вахима ром этар иродамизни,
Номаълум диёрга кочишдан кура -
Бизга таниш балога буламиз рози!..
Йукса тирикчиликнинг зири-борида
Холсираб йурмокликка ким кунарди, ким?
Бас, фикримиз шу тахлит куркоклашади,
Ва аклнинг боши берк кучаларида-
Сулиб кетар биздаги жасорат гули.
Куп умидли, канотли ниятларимиз
Хадеб, нукул оркага силтаниб колиб
Барбод булаётирлар. Энди бас, етар!..

Вильям Шекспир ("Гамлет" дан)

AbuMuslim
04.07.2008, 19:10
Эркак ва аёл ҳақинда хаёл

Кўпдир аёллик шаънига
Бефарқ боққан аёллар,
Оқибатда кўз ёшлари
Сойдек оққан аёллар.

Гулдай аёлларинг кириб
Гўзаллик деган уйга,
Гўзал бўлдим деб чиқсалар
Тушиб кулгили кўйга.

Узун сочлар калта бўлиб,
Айланар сап-сариққа,
Ярим очиқ кўкрагида
Кўзинг тушар «ариқ»қа.

Қалин қаро қошлар гўё
Игна мисол терилган,
Қошлар териб ташлашгамас,
Ҳусн учун берилган!

Кўз-қовоқлар кўм-кўк, худди
Эри уч кун ургандай,
Лабга турли бўёқ берган
«Ҳалиги»ни сургандай.

Гулдай юзга уч-тўрт қават
Сунъий сувоқ сувалган,
Бўйнида-чи, шода симлар
Чувалчангдай чувалган.

Бул «ясама қўғирчоқ»қа
Қалбинг қандай очасан,
Тирноқларин кўргандаёқ
Жонинг сақлаб қочасан.

Енг, ёқасиз калта кўйлак
Худди тарс ёрилгудек,
Шуми чирой, бўлсаким ул
Тупроққа қорилгудек?!

Зиён-заҳмат тегмасин, айт,
Аллоҳ берган чиройга,
Ахир пардоз бермаслар-ку,
Доғли саналган ойга.

Бундай «ўздан кетиш»лари
Бўлди ўзидан кетсин,
Босит билиб берган борки,
Чиройга нима етсин!

Баъзи хотин хонадонда
Эрга ташланар тикка,
Хонадонда хўжайиндай
Даъво қилар эрликка.
Эр додини бериб бу «эр»,
Бул иши камдай тағин,
Кўча-кўйда ҳам «зўр» эрур,
Жиловламасдир жағин.

Эр ўрнида кўрмай эрни
Бигиздай бармоқ санча,
Эрни ҳайдаб, боши «очиқ»
Юрганлар сони қанча.

Қилар иши шаробхўрлик,
Тортиб турли тамаки,
Тунларда-чи, турли меҳмон,
Турли-туман «амаки»...

Чала ярим пардоз қилиб,
Қўлга қўйиб хинолар,
Қилар очиқ-ойдин гуноҳ,
Очиқ-ойдин зинолар.

Буни гўё гўзал ҳаёт
Билиб кайфин суришар,
Ё, алҳазар, бу не билсанг,
Башаралар буришар.

Дегинг келар «Аёл бўлиб
Бурчинг билганинг қани?!,
Эрга аёл итоати –
Бу Ҳаққа бош эггани!

Унутмагин аёллигинг
Ҳар кеч, ҳар тонг эрталаб,
Ҳақ асрасин бўлишингдан
Ҳар кун ҳар хил эр талаб!».
Ҳар аёлда иффат, иймон
Бўлмасин ҳеч мосуво,*
Ҳар аёлга инсоф истаб
Қўл очиб қилгум дуо...

Нима бўлди кўп эрларга,
Балки жинлар чалишган?!
Назаримда, кийимлари
Хотин билан алишган.

Бозор, кўча айланарлар
Кийиб ич кийимини,
Чунки хотин тортиб олган
Устга кияр шимини.

Шим деб кийган калта шими
Аранг ёпар сонини,
Балки кўз-кўз қилмоқ бўлар
Эркаклик нишонини?!

Ахир тўғри киймайсанми,
Ота-бобонг не кийган,
Алар кофирча кийимдан
Ҳар дам ўзларин тийган.

Сочлар сал кам белда, тайёр
Пилик солиб ўргудай,
Чин инсоннинг бу ҳолатни
Кўзи йўқдир кўргудай.

Ҳужжатида эркак бўлиб,
Қулоққа тақса балдоқ,
Ўз эркаклик вазифасин
Бажараркан ул қандоқ?!

Яна қизиқ, қўл-бўйинга
Турли тақин тақишлар,
Тутиб турли тамакини,
Чапиллатар сақичлар.

Отилгайдир оғизлардан
Ҳар турли шалоқ сўзлар,
Бир маъно йўқ жаланглаган
Кўзлар фойдани «кўзлар».

Бундай ҳол бор барча юртда,
Ҳар бир қишлоқ, овулда,
Чунки хаёл Ҳақда эмас,
Хаёллар бари пулда!

Хаёлларда ҳар беҳаё
Харом ишни ўйлашлар,
Ўйламасдир оиласин,
Хаёлида «ўйнаш»лар.

Яна не деб таъриф қилай
Зотингнинг бундай касин?
Таъриф тамом... Тез айт унга,
Тезроқ қилсин тавбасин!

Гўзал бўлсин ҳар ҳолатинг,
Сўзларинг бўлсин болдай,
Эркак эркак бўлиб қолсин,
Аёл қолсин аёлдай!

Сўзларим ноўрин бўлса
Мендан қилмагил араз,
Истарамки, сендан кетсин
Ҳар турли иллат, мараз!

Ширин бўлсин сўзинг, бўлсин
Қалб гўзал, иймон гўзал,
Барча дил бир гўзал бўлса
Бўлгайдур ҳар ён гўзал!

Гўзал сўзи недур ўзи? –
Аввал Ҳаққа ёқишдир,
Барча бирдай ул нарсага
Ҳавас билан боқишдир!



Абдуғофур Собир Мирзо

Nigora Umarova
07.07.2008, 11:53
Эркак ва аёл ҳақинда хаёл
Гўзал сўзи недур ўзи? –
Аввал Ҳаққа ёқишдир,
Барча бирдай ул нарсага
Ҳавас билан боқишдир!



Абдуғофур Собир Мирзо



Hurmatli AbuMuslim!
Nihoyatda ta'sirlik she'r yozibsiz. Faqat bu bo'limda she'rlarni bahru bayt tarzida aytishni kelishib olgandik. :icon_redface:
Balkim, mushoira ishtirokchilari "Dildagi gaplar" deb boshqa sahifa ochsakmikan dardli she'rlarga? Nima deysiz?... :132:

AbuMuslim
07.07.2008, 12:21
Hurmatli AbuMuslim!
Nihoyatda ta'sirlik she'r yozibsiz. Faqat bu bo'limda she'rlarni bahru bayt tarzida aytishni kelishib olgandik. :icon_redface:
Balkim, mushoira ishtirokchilari "Dildagi gaplar" deb boshqa sahifa ochsakmikan dardli she'rlarga? Nima deysiz?... :132:


Тўғри айтасиз... мен эътибор килмапман... :biggrin:

"Dildagi gaplar" хакидаги сахифа очишингиз яхши фикр бўлибди...

Nigora Umarova
07.07.2008, 12:29
Тўғри айтасиз... мен эътибор килмапман... :biggrin:

"Dildagi gaplar" хакидаги сахифа очишингиз яхши фикр бўлибди...

Demak, "Dildagi gaplar" sahifasining birinchi xabarini siz boshlab berarkanisz. :-)

Nigora Umarova
07.07.2008, 13:00
[LEFT]
Гўзал сўзи недур ўзи? –
Аввал Ҳаққа ёқишдир,
Барча бирдай ул нарсага
Ҳавас билан боқишдир!



Рахмат ёгдирди Оллох-
Дилингга тушди ёгду.
Тош, хаво, барг - кенг дунё
Чолгу - кулингда чолгу.
Когозга тушар шунда
Хак сузлар ногох-ногох-
Гуё хадис айтмокни
Пайгамбар курган раво.
Хар сузинг - Хакка чорлаш.
Хар бир сузинг- истигфор.
Хар сузинг- дилни поклаш-
"Дил ба ёру даст ба кор".
Чин сузга фано йукдур,
Ростлиг ичинда Тангри.
Хар бир чин суз ичра, ох,
Минглаб куйганнинг багри.
Рахмат ёгдирар Оллох,
Дилингга тушар ёгду-
Дардлардаги жаъми "ох"-
Чолгу - юракда чолгу.
Ларза тушади жонга,
Бир онга йулинг равшан.
Сен умрингни бир онга
Жо этолмай йиглайсан.

Усмон Азим

Sparc
07.07.2008, 13:59
Мeнгa қaнот бeринг...
Нақадар таниш сўзлар...
Афсуски айрим ҳолларда "берилган қанот" кутилган натижага олиб келмайди.

Masud Mahsudov
07.07.2008, 17:43
ON:


Нега шеър ёзмайин, этмайин ижод?!
Нега қалбимдагин сочиб тўкмайин?!
Ахир шу ёш юрак этганда фарёд,
Сатр келаверар ёзганим сайин.

Ижодим – ишончим – сирим ишонган,
Ҳаётга умидим, ҳам тожу тахтим.
Ёшлик сурурини инъом этолган,
Ҳеч қачон тарк этмас ягона бахтим.

Ойдин кечаларда дардларга дармон,
Қувончга ҳамроздир шодон онларда.
Дилимда яширин, ушалмас армон,
Унда мужассамдир, этгумдир баён...

Шеърим – туйғуларим этган ифода,
Шеърим – етолмаган чин муҳаббатим.
Шеърим – бу туганмас темир ирода,
Шеърим – ўйларимда етган сарҳадим.


Мeнгa қaнот бeринг...
Нақадар таниш сўзлар...
Афсуски айрим ҳолларда "берилган қанот" кутилган натижага олиб келмайди.

OFF: Inshaallah, "berilgan qanot" dan oqilona foydalanib, ko'zlangan natijaga erishishga harakat qilamiz... Balki bizlarni ko'p to'siqlar kutayotgandir...lekin, hayot mana shunday to'siqlari bilan qiziq... ;-)

Nigora Umarova
08.07.2008, 10:39
Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib.
Shundan beri tikman. Har nega qalqon,
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.
Birov azasida yig’layman qon-qon,
To’yida yayrayman o’xshab ohuga.
Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg’ular zoriga solganda quloq.
O’zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so’roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog’i tortmadi sani,
Edi nigohingga bor jannat ochiq,
Seni majnun etib bir yer go’zali,
Nega meni tashlab ketavermading?
Tirik ayrilishning dog’I og’irmish,
Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab!
Bu-mudhish egovga berardim turish,
Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab.
Bilardim, qaydadir olasan nafas,
Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik.
Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas,
Bugungi qadaming kechadan yirik.
Nega, nega meni tashlab ketmading?
Bilaman, rashk meni etardi halok,
Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.
Ma’yus taqdiringga yashab men sherik,
Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq.
Nega tirik ekan tashlab ketmading,
Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?!

Zulfiya

Akhmad Kodirov
09.07.2008, 11:29
Gulim, sovuq boqma, qo'rqaman,
Qo'rqaman boz bo'ladi paydo -
Olti qit'a, to'rt bahri ulkan,
Huvillagan dahshatli fazo...

Hayajonu zavqdan begona,
Tinch daryoday jim oqdi umrim.
U zamonlar sen bir afsona,
U payt hali yo'q eding, qumrim.

Vahimali, cheki yo'q olam,
Bag'rida har sharpadan cho'chib
Yashadim men - eng mitti odam,
Goh miltirab, gohida o'chib.

So'ng sen kelding sevib, o'rtanib,
Panohimga, mehrimga mushtoq.
Yoningdaman, qo'rqma, sevgilim,
Men naqadar qudratliman, boq!

Sehrgarman, ko'k shevasida
Yulduzlar-la so'ylay olaman.
Mast erurman ishq kemasida,
To'fonlarda o'ynay olaman.

Men saxiyman - kim istasa baxt
Ko'ksin nurga to'ldiradurman.
Oyni ko'kdan uzib olib dast
Peshonangga qo'ndiradurman.

Usmon Azim

Nigora Umarova
09.07.2008, 11:52
Nima bo'lsa bo'ldi. So'zlama bekor.
Jami sirli so'zning siri ayondir.
Ja'mi qonli yoshning tarixi oshkor-
O'tgan kunimizdan g'amli bayondir.
Ajraldik. Madad yo'q g'oyibdan bu on.
Hech kim topolmagay dunyodan taskin:
Qancha omad bo'lsa - hammasi yolg'on,
Qancha hasrat bo'lsa chindir!.. Chindir !.. Chin!..

Usmon Azim

Akhmad Kodirov
09.07.2008, 11:56
Nahotki bir qarash...
Bir beso'z xitob...
Bir to'lqin... umring oromin buzsa...
Shuncha go'zalmisan,
Shuncha sershitob -
Qayerlardan kelding, jonginam g'ussa?

Bilmadim, qay unut bahordan sabo
Had bilmay - yetishdi kuzimga qadar.
Kuz va bahor aro yoz tursa ammo,
Ko'rishmoq hijrondir,
Muhabbat - kadar.

Uch oyning uytidan qo'lingni cho'zding,
Uch oyning ustidan o'tdi bir qarosh.
Hayotnim
Ehtimol o'limni cho'zding -
Kuzu bahor aro taloshman, talosh.

Bir ishqning yo'lida
Ul erka bahor
Nahotki, kuzaklik qarorin tuzsa?
Mening ko'zlarimda yoshim shashqator...
Sen nega kulasan, gullagan g'ussa?

Usmon Azim

Nigora Umarova
09.07.2008, 12:20
Aldadimi, oqibat odil
Ahd tuzdimi falak bilan yo-
Menga - kulib- bo'larkan doxil,
Yuragimni qaytardi dunyo.

Shovulladi bog' kabi tanim,
Hayotimga yugurdi shovur.
Noxoslikda tebrandi holim,
Quvonchdan to qo'rqinchga dovur.

Ne kunlarni ko'rmagan odam,
Toshdan bo'lsa boshi- o'lmasa,
Yurak bilan yashamoqqa ham
Ko'nikaman, xudo qo'llasa...

Usmon Azim

Aziza Abdunabiyeva
23.07.2008, 22:18
Arra tortmoqdamiz, arramizning tishi yo'q,
Arrangizning tishi yo'q deb aytadigan kishi yo'q.
Chunki biz ham anoyimas, pishib ketgan ko'zimiz,
O'sha arra tortgan shoxda o'tiribmiz o'zimiz...


Erkin Vohidov

Nigora Umarova
24.07.2008, 09:13
Заминда салкин оз,
Кукда булут оз.
Дарахт кулкасида
Ухлаб ётар ёз.

Бир парча ерга мен
Сувни тарадим-
Богдан карзга олиб
Шамол тарогин.

Меваси бир томчи
Аргувони май-
Баргин сувга ёзди
Эрка кулупнай.

Йунгичка уйнайди
Муздай сув кечиб.
Ултирдим-
Богланган
Кунглимни ечиб.

Усмон Азим

Masud Mahsudov
24.07.2008, 09:37
Бугун Сени кўрдим баногоҳ,
Шул он юрак тўхтади зумга...
Мунгга тўла эканми нигоҳ,
Ўтиб кетдинг боқмай кўзимга...

Ўн йил ортга қайтгандай ҳаёт.
Қийнар қалбни эски дардларим.
Айт-чи ростин, этмайсанми ёд,
Йўқотганинг ёшлик дафтарим?

Қайда қолди шод, ҳазилкаш қиз?
Қани ўша шўхчан табассум?
Қаён учди порлаган юлдуз?
Қани ўша қарашлар-маъсум?

Жиз этди-ю, ичимдан бир тор,
Хушим йиғмасимдан узилди…
Онда этиб дилимни абгор,
Кўнгилгинам ёмон бузилди…

Бугун Сени кўрдим баногоҳ,
Тўхтатгани топмам тоқатим...
Бошқа сафар учрармисан ё,
Кўришмасмиз, илк муҳаббатим?

© 2007 yil...

Nigora Umarova
24.07.2008, 11:28
Мен сени хар куни кургим келади,
Курмаган кунларим улгим келади.
Хасратнинг беэшик дунёси аро,
Сенсиз бу рузгорим буларкан каро-
Абад каролигда сунгим келади.

Мен сени хар куни кургим келади:
Кутаман - тушиммас, унгим келади.
Маним жим нидомга этмасдан карам,
Хатто суз айтмасдан утиб кетсанг хам-
Шу сузсиз нидога кунгим келади.

Мен сени хар куни кургим келади,
Сен келсанг вужудга кунгил келади.
Тош такдир юмшайди - эрийди кордай,
Гуё хаёт бордай, тириклик бордай-
Рухга аввл ёгду, сунг гул келади.

Мен сени хар куни кургим келади.
Кузингга тикилиб тургим келади...
Сендан сурамайман мангу хамрохлик,
Ёнингда - о, мудом калбингга боглик!-
Бор-йуги бир умр юргим келади...

Усмон Азим

Aziza Abdunabiyeva
25.07.2008, 22:26
Imillab boradi yo'lda mo'ysafid,
O'tgan asralarning hayoli boshda.
Yonida tipirlar nabirasi hit,
Qo'yvorsa yetgudek shahdi quyoshga.

Cholchi tutmish uning qo'lidan mahkam,
Nabira ko'zida andisha-yu zor.
Ota nabirangni ozod qo'y bir dam,
U hali uzoqqa ketmog'i darkor,

U hali nomingni ko'ksiga joylab,
Samolar qo'ynida urgusidir barq.
Uni qadamingga tashlama bog'lab,
Qo'yvor nabirangni otajonim sharq...

Abdulla Oripov

Nigora Umarova
28.07.2008, 11:02
Канча баланд эди, энди канча паст-
Очмонда бу куча еди пошнамни.
Хар бир кадамимдан етказди шикаст,
Зарралаб емирди камтар ошнамни.

Хар бир кадамимни ютокиб кутди.
Букиб улгурмасдан хуркак тизимни-
Чайналмай, беовоз, битталаб ютди,
Эркида тукилган барча изимни.

орзу этилгандай дилбар кушикда,
Кадамимда гуллар чикканди униб,
Куча гулларимни каро тушига
Улгурди бекафан, беоят кумиб.

Мендан хеч муъжиза этмасин талаб-
Илтимос этаман гариб оламдан-
Кимлигимни билдим - ортимга караб-
Мен беиз одамман, беиз одамман.

Аммо юз келганда хакикат билан,
Ейилган туфлимни этмасдан байрок,
Мен умрим йулини босиб утарман,
Товонларим конаб, жим, ялангоёк.

Туфли савдоси хам шартмас эхтимол...
Дуконга чорлама, савдогар, кизиб!
Дунёнинг савдоси келмокда малол,
Ахир, колмаяпти ортимда изим...

Усмон Азим

Sher Mukhammad
07.08.2008, 09:48
Men vatandan ketmaganman , ayri tushganman halos,
Ajraganda suv kecharda bir lahza tandin libos,
Yurt u yonda men bu yonda o'rtada hijrob seli,
Anga ko'prik tashlamakka baytlarim buldi asos.

Nigora Umarova
07.08.2008, 11:49
Сабр - куркокликми? Билмайман, бирок
Тажриба юракни забт этган сайин.
Карор дунё кечиб яралар узок,
Шиддатнинг кадами уйчану вазмин.
Суз етар дунёнинг равиши маълум,
Суз етмас холатлар дилимда такрор.
Узингдан келади юракка таълим,
"Худога солдим", деб юбордим жаббор.
Юракни тарк этган хавойи гурур,
Сокин хакикатдан огир суйлайман.
Уз кадрим англадим, худога шукур,
Узгалар кадрини энди уйлайман.
Сабр куркокликми, худо яроги?
Сабр!.. Бу курашнинг борми адоги!
- Сабр!- то шайтонлар булгунча адо...

Усмон Азим

Shohruh Rahmat
07.08.2008, 16:18
Имруз туро дастраси фардро нест,
Ва андешаи фардот бе чуз савдо нест.
Зоя макун ин дар ар дилат шайдо нест,
Ки-н боги умрро бахор пайдо нест.
Умар Хайём.

Nigora Umarova
07.08.2008, 16:28
Имруз туро дастраси фардро нест,
Ва андешаи фардот бе чуз савдо нест.
Зоя макун ин дар ар дилат шайдо нест,
Ки-н боги умрро бахор пайдо нест.
Умар Хайём.

Офарин! Багоят гузал рубоий...
Форсий тилда хали хеч ким мавзуда шеър колдирмаганди.

Мухтарам Шохрух Рахмат!
Узр, шеърият сахифасини бахру байт тарзида олиб бораётган эдик. Яъниким, шеър кайси товушда тугаса, шу товуш билан бошланувчи шеърни кейинги иштирокчи давом эттирмоги лозим эрди. Масалан, шеър О харфида тугаса, О харфи билан бошланувчи шеърни айтмогингиз даркордир.

Агар иштирокчи узи таъсирланган шеър ёки бадиий асар намунасини келтирмокчи булса, "Дилдаги сатрлар", шахсий ижод намунаси учун эса "Шеър азиз олам аро" рукни мавжуд.
Яна бир бора узр сураган холда самимият ва хурмат ила

Shohruh Rahmat
07.08.2008, 16:52
Узр ила мана булмасам

Он гурунҷу он шакар бардошт пок
В-андар он дастори он зан баст хок.
Боз кард аз хоб занро нарму х(в)аш,
Гуфт: “Дуздонанд!”-у омад пойпаш.
Он зан аз дӯкон фуруд омад чу бод,
Пас фаларзангаш ба даст-андар ниҳод.
Шӯй бикшод он фаларзаш хок дид,
Кард занро бонгу гуфташ: «Эй палид!» А.Рўдакий

Nigora Umarova
07.08.2008, 17:03
Dur bod az tan sare koroishi dore nashud,
Bishkanad daste, ki ham bar gardani yore nashud.

Dar qiyomat sar chi son berun kunad az chaybi xok?
Sinan on kas, ki dog’I lola ruxsore nashud.

Dar nazar shohid nadori dida az olam bipo’sh,
Ko’r beh chashme, ki lazzatgiri didore nashud.

Sad bahor oxir shudu har gul ba farqe cho girift,
G’unchai dog’i dili mo zebi dastore nashud.

Hayf bar ammomai zohid ba chandin nechutob,
Rishtai tasbeh gashtu tori zunnore nashud.

Har matoero xaridorest dar bozorho,
Pir shud Zebunniso, o’ro xaridare nashud.

Zebuniso

Shohruh Rahmat
07.08.2008, 17:31
Дило, то кай ҳамеҷӯйӣ манеро,
Чӣ дорӣ дӯст ҳарза душманеро?!
Чаро ҷӯйӣ вафо аз бевафое.
Чӣ кӯбӣ беҳуда сард оҳанеро?!
Аё савсан, баногӯше, ки дорӣ,
Ба рашки хештан ҳар савсанеро!
Яке з-ин барзане нороҳ баршав,
Ки бар оташ нишонӣ барзанеро.
Дили ман арзане, ишқи ту кӯҳе.
Чӣ сойӣ зери кӯҳе арзанеро?!
Бибахшо, эй писар, бар ман бибахшо,
Макуш дар ишқ хира чун манеро!
Биё, инак нигоҳ кун Рӯдакиро,
Агар беҷон равон хоҳӣ танеро.
А.Рўдакий

Nigora Umarova
08.08.2008, 12:41
Obshoro, navgahar az bahri chisti?
Chin bar chabin figanda zi anduhi kisti?
Dardat chi dard bud, ki har shab, tamomi ro’z
Sarro ba sang mezadi-yu megiristi?

Zebuniso

Shohruh Rahmat
08.08.2008, 15:04
In qofili umr ajab meguzarad,
Daryob dame ki bo sarab meguzarad.
Soqi ghami fardoi harifon chi khuri,
Pesh oy piyolaro ki shab meguzarad.

Omar Khayyom

Nigora Umarova
08.08.2008, 16:00
Dilda dardim kim bilur zohirda izhor o’lmasa,
Hamdamim munis rafiq oldimda tayyor o’lmasa.

Da’viy aylar ishq ishini bexabarlik birla kas,
Ishq lazzat bermagay yori sitamkor o’lmasa.

Kori ishq soz aylay olmas ayshu ishrat birla kas,
Dilbari xor o’lgusi oshiqki beor o’lmasa.

Or etar bo’lsang, ayo dil, orzumand o’lmag’il,
Dardi shoyi’ bo’lg’usi oshiqki ayyor o’lmasa.

Har kishi osoyish ila istay olmas maqsadin,
Ushbu yo’lda yura olmas kasbi qimmor o’lmasa.

Dilda darding, ruyi zarding saqla pinhon Bonuyo,
Dil kuyub, bag’rim yonar jonon xabardor o’lmasa.


Samarbonu

Aziza Abdunabiyeva
15.08.2008, 15:02
Azal kayfu safolar nodonlardan ortmagan,
Xalq g'ami-la ishi yo'q, nodon tongi otmagan.
Biz yeg'lasak hayronlar, o'zlaridan ayrolar,
Qaydan bilar holimiz, sho'ru g'avg'o totmagan.

Aziza Abdunabiyeva
15.08.2008, 15:08
Ne qilamiz, har na qilsa qilar taqdir,
Bu dayr aro sayrimiz ham muvaqqatdir.
Ikki beshik boshin tutgan bo'lar nobud,
Birisining ismi beshik, biri tobut.

Nigora Umarova
15.08.2008, 15:44
Тонг отмокда, тонг уклар отар,
Тонг отмокда куёш замбарак.
Яраланган ер шари ётар,
Бошларида яшил чамбарак.

Тонг отмокда мана шу тонгга,
Юрагини тутар одамлар,
Шу тонгни деб келган дунёга
Ва шу тонгни деб утар одамлар.

РауФ Парфи

Shohruh Rahmat
15.08.2008, 19:29
Рўдакий назмининг равон, шанлигин,
Фирдавсий Золлигин, Таҳамтанлигин,
Аттор дўконининг хушбўйлигин ҳам,
Мавлавий ишқ илмин дилжўйлигин ҳам,
Азал низомидай Низомий сўзин,
Сувайдойи Хисрав Деҳлавий сўзин,
Яссавий иймонин, Нақшбанд меҳрин,
Хайём инжалигин, Саъдийнинг сеҳрин,
Лутфийнинг лутфи-ю, Анварий нурин,
Сўзаний, Атоий, Саккокий Турин,
Мотрудий, Абу Лайс Қуръонхонлигин,
Беруний, Улуғбек нужумдонлигин,
Хожаи Аҳрорнинг ҳақ тарафлигин,
Форобий, Синонинг ҳар тарафлигин,
Дақиқий диққатин, Термизий шомин,
Ҳофиз асрори-ю, Жомийнинг жомин
Ўзида мужассам айлаган доҳий -
Самарқандлик Алишери Навоий.
Беш юз олтмиш олти яшарлик ҳазрат
Ватанга қайтдилар кўп этиб ҳижрат.
Бугун Ватан озод, мамлакат обод
Аҳлан ва саҳлан, марҳабан Устод!

Nigora Umarova
17.08.2008, 01:54
...Беш юз олтмиш олти яшарлик ҳазрат
Ватанга қайтдилар кўп этиб ҳижрат.
Бугун Ватан озод, мамлакат обод
Аҳлан ва саҳлан, марҳабан Устод!

Shiru shakkar usulida yozilgan yaxshi she'r ekan. Muallifi kim?

Nigora Umarova
17.08.2008, 01:56
Do’stlar bir husni be hamtoya oshiq bo’lmisham,
Hur paykar bir malak simoya oshiq bo’lmisham,
Nutqi shirin, la’li ruh afzoya oshiq bo’lmisham,
G’amzasi qotil, ko’zi shahloya oshiq bo’lmisham,
Husn elining shohi bir mirzoya oshiq bo’lmisham.

Ko’rgan ermas uyda bir mahvashni chashmi ro’zg’or,
Xulqi shirin, gulbadan rashki chaman nasrin izor,
Noz oyinu tag’oful pasha, istig’no shior,
Iltifot etmas agar yuz jon topib qilsam nisor,
Bir sitamgar sho’xi beparvoya oshiq bo’lmisham.

Orazin ochqoch quyosh anvorini aylar adam,
Jon g’izolig’a berur vahshiy ko’zi ta’limi ram,
Lablarini oldida qandu asaldur misli sam,
Zulfu qaddu orazidin munfail bog’i eram,
Kishvari husn ichra bir yaktoya oshiq bo’lmisham.

Qoshlari bir-birg’a payvand ikki mushkini hilol,
Ko’zlari yuz marg’uzorig’a ikki vahshiy g’izol,
Qomati bog’I murod ichra yangi bitkan nihol,
Ollo-ollo kim ko’rubdur, bu latofatlu jamol.
Husn aro bir misli nopaydoya oshiq bo’lmisham.

Ushbu hayrat birla ko’rgan naxli qaddi jilvagar,
Bovar etmas gar ulus bersa shahodat, deb basher,
Orazi andoq musaffo kim qilib bo’lmas nazar,
Badri ruxsorin ko’rub, bo’ldi xijolat bu qamar,
Rashki Yusuf bir buti zeboya oshiq bo’lmisham.

Mahvashi hurliqo, gulgun qabo, gul pirahan,
Qoshi istig’no hiloli, g’amzasi lashkar shikan,
G’unchai xandondur og’zi, tishlari durri Adan,
Bo’lmadi bir dam jamolidin yorug’ baytulhazan,
Toki ul mohi jahon peroya oshiq bo’lmisham.

Ey mani Mahzun musofirg’a malomat be sabab,
Tutmasam farmonini mardud etib aylar g’azab,
Juz riziyi do’st, ishq ahlig’a ne bo’lg’ay talab,
Chiqqali islomdin zunnor bog’lab yo’q ajab,
Menki bir din ofati tarsoya oshiq bo’lmisham.

Mahzuna

Aziza Abdunabiyeva
18.08.2008, 14:41
Meni chorlayverdi yovvoyi kenglik,
Jayronlar ko'zidan ko'zim qamashdi.
Senga gullagan bog' yarashganidek,
Menga sargardonlik gashti yarashdi...

Iqbol Mirzo

Nigora Umarova
19.08.2008, 09:17
Ildiz yer oralab ummonga yetdi,
Maysa o’sa-o’sa osmonga yetdi.
Men senga yetmadim,
Qazoga ko’ndim.

Ildiz to’lg’og’idan tug’ildi nihol,
Maysaning qonidan chashmayi zilol.
Men esa jim ketdim.
Sazoga ko’ndim.

Sen nega ko’nmaysan,
Nega ko’nmaysan.
Maysaning qonida yugurgan sezgi?
Daraxtga dard bergan, baxt bergan. Mening
Yuragimni itga yedirgan sevgi?!

Zebo Mirzo

Akhmad Kodirov
19.08.2008, 12:17
Imkon qo'ldan ketdi - tugadi fursat,
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir.
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir.

Xayollar qo'ymadi o'z holimizga -
Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir.
Qanotlar bog'lovchi iqbolimizga
Hislar unutdilar bizlarni bir-bir.

Ey, dil, og'rimaysiz, chekmaysiz alam,
Yerdan uzilganning jazoyi shuldir.
Endi qaytolmaysiz Farg'onaga ham,
Izlar unutdilar bizlarni bir-bir.

Qismat muhabbatni bizga ko'p ko'rgan...
Yig'lamang, dunyo ham bevafo, axir.
Ming va'dalar bergan, hatto o'ptirgan
Qizlar unutdilar bizlarni bir-bir.

Iqbol Mirzo

Nigora Umarova
19.08.2008, 12:41
Royalning jonida toqati qancha?-
Goh sekin yig'laydi, goh bo'zlar giryon-
Chapga yuguradi-chayon-besh panja,
O'ngda nish uradi-besh panja-chayon.

San'at qichqiriqdir-jon achchig'ida-
Hayotning o'limdan cho'zilgan qo'li.
Yurakni tozalab dun balchig'idan,
Qismatning dor sari eltguvchi yo'li.

San'atkordan so'ra-qancha yashadi,
Qatl changalida kun ko'rdi qancha?
Chap qo'l besh panjani yonga tashladi,
Azoblab to'xtadi o'ngda besh panja...

Usmon Azim

Masud Mahsudov
21.08.2008, 09:08
Аввал тонг ўз кўркини пайсалга солиб,
Симириб олди-ку, томчи шабнамни.
Сўнгра қуёш кўкдан буткул йўқолиб,
Мавҳумликка ботиб, тирнар ярамни...

Кўзларим сўнётган юлдуз мисоли,
Қовжираб бормоқда юрак томирим
Саробга айланди кўклам висоли,
Саратон бир жойда қотиб қолди жим...

Сочилган хаёлим тўпламай туриб,
Ҳушимга келишлик вақтин кутмасдан.
Ҳаётимга келдинг чақмоқдек уриб,
Ва... кетдинг бирорта сўзинг айтмасдан...

Охирги қарашинг эслаганда зум,
Умрнинг тақвими тинмайин ёнди...
Тоғлардек сервиқор юксалган қалбим,
Мунғайиб...
муштумдек тош бўлиб қолди

©

Nigora Umarova
04.09.2008, 10:15
Ишларим жойида. Кучага чиксам,
Йулкадан жунасам, одобим саклаб,
Мошинлар тухтамай утар ёнимдан,
Шухлик хам этишмас арикдан хатлаб.

Жунасам- хазилу хузуллар бекор,
Улкан юрагимни жойлаб танимга.
Дарахтлар йул узра туришар катор,
Гуё чикишгандай олий таълимга.

Ишларим жойида. Дунё режаси
Гар-чи тушмаса-да юрагимга мос.
шеърлар шивирлайди бахор - кечаси,
Кузига термулсам куз айтади роз.

Миям чирок каби ёнаркан тунда,
Бошим атрофида парвона мисол.
Олис дунёлардан-олис туткундан
Айланар садолар, айланар савол.

Гар чексизликнинг бир заррасиман,
Аммо карамасдан кенглик раъйига.
"Дунё, сен нимасан?"- тинмай сурайман.
Жавоб тополмайди. Ишим жойида.

Усмон Азим

Akhmad Kodirov
08.09.2008, 08:42
Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda oqar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.

Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko'nglini,
Koshki, bilmasam ekan.

Sovg'a qilgan ro'molim,
O'ramayman dedi u.
Ko'rishganda ahvolin,
So'ramayman debdi u.

Qizim hali yosh-ku, deb,
Otasi qo'ymas ekan.
Balog'atni, yaxshilar,
Yashirib bo'lmas ekan.

Har bir bosgan iziga,
Ta'na qilib o'tadi.
Ro'molini yuziga,
Pana qilib o'tadi.

Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda muzlar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.

Holvasidan totganman,
Sumalak yalamayman.
Qizlarxonni topganman,
Boshqaga qaramayman.

Birga bog' kezsak ekan,
Nok uzib yesak ekan.
Sevgi yo'q, deb aytganing
Og'ziga kesak ekan.

Iqbol Mirzo

Nigora Umarova
11.09.2008, 14:38
Nima bosib turar
Yelkalarimni-
Bandam turmasin deb
Dunyoda bekor?
Bir-bir sanab chiqqin
Telbalaringni-
Hammadan ilg'orga
O'tdimmi jabbor?

Onam o'tmagaydir
Besavol ammo,
Yana javob talab-
Keldim qoshingga.
Ne uchun osmoning
Har kun - bexato
Qulab tushaverar
Mening boshimga?

Usmon Azim

Akhmad Kodirov
12.09.2008, 10:05
Ay, ko'ngilni qitiqlagan erka gul!
Ay, olamni ko'mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketarman birga, gul!
Sen ham mendek dardga xaridormisan?

Oy ham kulcha ko'rinarmish ochlarga,
Bulut ko'rpa bo'lib zor-muhtojlarga.
Tashna dilu ruhi yalang'ochlarga -
Birdek tansiqmisan, madadkormisan?

Jonim gulim, o'tinaman, so'lmay tur,
Dunyo yashnaganda hazon bo'lmay tur.
Meni yetim qilma, ketma, o'lmay tur,
Sen ham mendek dunyodan bezormisan?

Iqbol Mirzo

Masud Mahsudov
15.09.2008, 12:52
Нечун, жоним, кўзларингда нам?
Нечун йиллар қийнадинг ўзинг?
Дардларингни кўрамиз баҳам,
Ҳақиқатдан юммагин кўзинг.

Қанча кутдим гоҳида чидаб,
Гоҳи сендан қилиб андиша.
Мажбур бўлдим ўзимни алдаб,
Яшаб юрдим кулиб ҳамиша.

Қалбим-чи, у йиғлар эди жим,
Қайғуларин этмасди ошкор.
Фақат розинг кутди юрагим,
Қадамингга бўлиб интизор.

Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан. Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.

Mas'ud

Nigora Umarova
17.09.2008, 09:34
Не учун кунглимга етди
Инграниб зор шарпаси?
Бу хаёл кузгусида
Пайдомидир ёр шарпаси.

Мен мухаббат шавкида
Олам аро хушбахт эдим-
Келдиму чарх фаслининг
Сайрида инкор шарпаси.

Чархи золим хукмида
Менда итоат йук эрур-
Гох газаб терс мавжланур,
Гох тулгонур ор шарпаси.

Рост суз кук хакда шу:
Осион панохлик этмагай-
Гох бевакт босгай жала,
Гох титратур кор шарпаси.

Ох, уйин этгай фалак-
Юлдуз ишора мул эрур-
Ким кунгил йулидаким
Босгайдир ошкор шарпаси.

Куйлагин, оним маним,
Дилни хисобот айлаким,
Келди вакт- соз устига
Кулка турур дор шарпаси.

Юзга босма панжаким,
Олам, вокиф улгин бу кун,
Хакка етгум - тилда "ох",
Кунглимда икрор шарпаси.

Усмон Азим

Akhmad Kodirov
17.09.2008, 13:40
Ishonma...
Aldadim...
Oyni childirmadek chalganim yolg'on,
Zufof kechasiga kelinni chorlab.
Barmog'imdan sirqib, tomchigan qondan
Erib bitgani yo'q nayzador qorlar...

Eshigi zichlangan bu mening hujra,
Tushimga kirmading nurdek sirg'alib.
Ajdaho komiday zulumot ichra
Men g'arib.
Sham yonar sarg'arib.

Zumurrad tonglarim senga armug'on,
Quyoshni puf-puflab tutib edimmi?
Uchqur xayollarim bo'lsin arg'umoq,
Uchib kel, uchib kel, uchib... dedimmi??

O'ylasam, dilimni kuydirgan olov,
Kuylasam, tilimni qonatgan paykon,
Quchsam, quchog'imni chok etgan abro',
Mening imkonimga sig'magan imkon... dedimmi?

Oyni childirmadek chertganim yolg'on
Nikoh kechasiga o'zingni chorlab.
Yurak gup-gup urar. Bir hovuch talqon.
Endi hech kim buzmas tinchingni, zorlab...
Ishonma...


Iqbol Mirzo

Nigora Umarova
24.09.2008, 15:18
Ayqashgan, chalkashgan changalzor - Hayot,
Yuzimni, bag'rimni tildi chakalak.
Tikan azobidan tovonda faryod,
Og'riqdan mast kabi yurdim chayqalib.

Yashab ko'rganim yo'q- yo'llar noayon,
Odimim- jonsarak- noxos tajriba.
hayot changal tilda so'zlarkan biryon,
faqat fido onim etdi tarjima.

Borarkan changalni yorib manglayim,
Tushlarimga kirdi tekis sayhonlar.
Tirik yurganimga hayron-angrayib,
O'limimni kutdi noqisa hayvonlar.

Bobolar nigohin yelkamda sezdim,
- Adashdim!.. - Qichqirib so'radim ko'mak.
Havoda bir so'zning sharpasi kezdi:
- Yurak... Yurak... Yurak...
- Aniq ayt!
- Yurak!..
Horib gulxan yoqdim qorong'ulikda,
shiddatni birlahza charchoq o'ldirdi.
Changalzordan chiqdi o'zligim tikka-
Dilimga ilashib shundoq o'ltirdi...

Usmon Azim

Akhmad Kodirov
11.10.2008, 11:24
Ism boshqa xolos, jismu-jon bitta,
Bir-biriga zimdan qarashar ekan.
Ba'zisida yurak, oshqozon bitta,
Shular ham goh ovqat talashar ekan

Iqbol Mirzo

Masud Mahsudov
11.10.2008, 12:11
Нега қайғуларга берасан имкон?
Нега кўз ёшларинг асло тинмайди?
Ғурбат дунёсини этибсан макон,
Қалбинг умид хиссин асло билмайди?

Рухингни чўктирма, бос олға қадам,
Дунё гўзаллиги – қалбингга далда.
Ғамлардан қувонч-ла олгин сен алам,
Ва ҳаёт бошлагин айни шу дамда...

Мен эса...
Билмайман қайда бахтсизлик,
Бахт билан чегара жойда туради.
Тушунмам қалбимни хатто ўзим ҳам
Нима у, кўксимда доим уради?..

Mas'ud

Nigora Umarova
23.10.2008, 12:05
... Ишк нафаси келар хаводан,
Кайда у нур, кайда у Одам?
Сен борсан-ку, нега ёлгизман,
Тушган булсак бирга самодан?

Тошларини ёгдирди хижрон,
Бу ишк мени енгди беомон.
Кахринг шунча каттик булмаса,
Йиглармидинг бошимда, осмон?

Азобларинг утди жонимдан,
Тиглар занглаб битди конимда.
Дилимга кир кулларин чузиб,
Изгиб юрар иблис ёнимда...

Вужудимни емирмаса гам,
Юрагимни билмас эдинг хам...
Мен севмасам, севилармидинг,
Эй, кунглимнинг эгаси, Одам?!

Зебо Мирзо

Vosil Xaydarov
03.11.2008, 16:09
Кутдим-кутдим келмадинг бу кун,
Умид килдим эртанги кундан.
Эртанги кун топмокда якун,
Аммо хамон дарак йук сендан.

Туни билан мижжа кокмайин,
Яна кутдим эртангги кунни.
Сипкорарлар кимлар ишк майин.
Кимлар чапдаст тукмокда уни

Сендан эса на хабар, на хат,
Тун ё тонгда келмайди менга.
Тугаб борар мендаги токат,
Учми надир олар аланга.

Нега жимсан тоза ишк номин,
Упиб мен куз тиндиргим келди.
Нега жимасан кайнок ишк жомин,
Тошга отиб синдиргим келди.

Нега жимсан...

Халима Худойбердиева

Nigora Umarova
03.11.2008, 16:39
Кутдим-кутдим келмадинг бу кун,
Умид килдим эртанги кундан.
Эртанги кун топмокда якун,
Аммо хамон дарак йук сендан.

Туни билан мижжа кокмайин,
Яна кутдим эртангги кунни.
Сипкорарлар кимлар ишк майин.
Кимлар чапдаст тукмокда уни

Сендан эса на хабар, на хат,
Тун ё тонгда келмайди менга.
Тугаб борар мендаги токат,
Учми надир олар аланга.

Нега жимсан тоза ишк номин,
Упиб мен куз тиндиргим келди.
Нега жимасан кайнок ишк жомин,
Тошга отиб синдиргим келди.

Нега жимсан...

Халима Худойбердиева
Ushbu sahifamiz bahru bayt tarzida olib borilmoqda
Bahru bayt aytish shartiga ko'ra Sizdan oldin she'r aytgan insonning she'ri qaysi harfda tugasa, o'sha harf bilan boshlanuvchi she'rni aytib mushoirani davom ettirishingiz lozim. ;-)

Husniddin Ato
03.11.2008, 17:17
...Вужудимни емирмаса гам,
Юрагимни билмас эдинг хам...
Мен севмасам, севилармидинг,
Эй, кунглимнинг эгаси, Одам?!

Зебо Мирзо

Men sizga nasihat aylay,
Vatan tark etuvchi bo`lmang,
O`zin biomagan odamning,
Xizmatin etuvchi bo`lmang.

Eshikdan joy tanlab kira,
Yigit o`ltirar joyni ko`ra,
"Kel", deb aytmagan yera,
Qalqinib boruvchi bo`lmang.

O`tmang yaxshini ko`rganda,
Holidan xabar olganda,
Bir dardni yig`lab turganda,
Yonidan kuluvchi bo`lmang.

Bir yigit zuryodsiz bo`lsa,
Yaylov to`la moli qolsa,
Yo nolangga quloq solsa,
So`z - undan oluvchi bo`lmang.

Yaxshi niyati ravshandur,
Ani ko`rmak g`animatdur,
Nomardning ishi minnatdur,
Zar bersa, oluvchi bo`lmang.

Yurish ho, Go`ro`g`li, yurish,
Maslahatdin chiqar har ish,
Urushsang, mard bilan urush,
Qochganni quvuvchi bo`lmang.

"Go`ro`g`li" dostonidan.

Nigora Umarova
04.11.2008, 09:19
Gul g'unchalig'inda xor ilandir,
Ochilg'ach o'zga yor ilandir.
Aslinda tikan chekar azobin,
Faslinda hakim olar gulobin.

Muhammad Fuzuliy

Behzod Sulaymonov
06.11.2008, 10:40
Qancha ulug‘ zotlarning munavvar darsxonasi,
Har bir ko‘hna g‘ishtingda zamonlar afsonasi,
Mangulik qo‘rg‘onida so‘nmagay nishonasi,
Uyg‘onguvchi millatning ilmu fan koshonasi,
Milliy universitet,
Milliy universitet.

O‘zbekning bu dunyoda tulpori bor, oti bor,
“Qutadg‘u bilik”lardan boshlangan bunyodi bor,
Sokin devorlaringda allomalar yodi bor,
Sadoqat pirxonasi, saodat nurxonasi,
Milliy universitet,
Milliy universitet.

Kitoblar uzra yuz ming kechalar kunduz bo‘lur,
Ustozlarning orzusi — yuz ming o‘g‘il-qiz bo‘lur,
Ma’rifat osmonida bu yuz ming yulduz bo‘lur,
Yoshlik ham muhabbatning tuganmas taronasi,
Milliy universitet,
Milliy universitet.

Ilm olmoq olamda ulug‘ ne’mat, ulug‘ erk,
Bag‘ringda vijir-vijir qaldirg‘ochlar to‘lug‘dek,
Ko‘rsa havas qilardi o‘zi sulton Ulug‘bek,
Necha bir avlodlarning yarqiroq peshonasi,
Milliy universitet,
Milliy universitet.

Bir so‘z o‘rganmoq uchun ketgay qanchalar sabot,
Asli so‘ngsiz sinovdir, dorilfunundir hayot.
Sen o‘zing parvoz bergil, sen o‘zing bo‘lgil qanot,
Sendadir kamolotning yuksalur pog‘onasi,
Milliy universitet,
Milliy universitet.

Bizlar toshqin daryolar — bir jonu tan bo‘lgaymiz,
Tiriklik chechaklari — gul-gul chaman bo‘lgaymiz,
Ulg‘ayib, kamol topib, buyuk Vatan bo‘lgaymiz,
Istiqlol durdonasi, istiqbol ostonasi,
Milliy universitet,
Milliy universitet.

Sirojiddin SAYYID,

Nigora Umarova
06.11.2008, 10:51
Milliy universitet,
Milliy universitet...

Ushbu sahifamiz bahru bayt tarzida olib borilmoqda
Bahru bayt aytish shartiga ko'ra Sizdan oldin she'r aytgan insonning she'ri qaysi harfda tugasa, o'sha harf bilan boshlanuvchi she'rni aytib mushoirani davom ettirishingiz lozim.

JUS
06.11.2008, 12:15
Ushbu sahifamiz bahru bayt tarzida olib borilmoqda Bahru bayt aytish shartiga ko'ra Sizdan oldin she'r aytgan insonning she'ri qaysi harfda tugasa, o'sha harf bilan boshlanuvchi she'rni aytib mushoirani davom ettirishingiz lozim.
Демак хозир н билан бошланиши керакми, ёки т ни кабул килаверамизми?

Masud Mahsudov
06.11.2008, 14:45
Нечун, жоним, кўзларингда нам?
Нечун йиллар қийнадинг ўзинг?
Дардларингни кўрамиз баҳам,
Ҳақиқатдан юммагин кўзинг.

Қанча кутдим гоҳида чидаб,
Гоҳи сендан қилиб андиша.
Мажбур бўлдим ўзимни алдаб,
Яшаб юрдим кулиб ҳамиша.

Қалбим-чи, у йиғлар эди жим,
Қайғуларин этмасди ошкор.
Фақат розинг кутди юрагим,
Қадамингга бўлиб интизор.

Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан. Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.

Mas'ud

Userjon
06.11.2008, 15:22
Milliy universitet,
Milliy universitet...

Ushbu sahifamiz bahru bayt tarzida olib borilmoqda
Bahru bayt aytish shartiga ko'ra Sizdan oldin she'r aytgan insonning she'ri qaysi harfda tugasa, o'sha harf bilan boshlanuvchi she'rni aytib mushoirani davom ettirishingiz lozim.
Ushbu mavzuni Bahru bayt deb o'zgartirib qo'yilsa bo'lmasmikan. Aks holda ko'pchilik yanglishayapti.

Nigora Umarova
06.11.2008, 15:34
Ushbu mavzuni Bahru bayt deb o'zgartirib qo'yilsa bo'lmasmikan. Aks holda ko'pchilik yanglishayapti.

Buni moderatorlardan iltimos qilsak bo'larmikan? Ushbu mavzu muallifi e'tiroz bildirmaydilarmi?

Masud Mahsudov
07.11.2008, 16:43
Buni moderatorlardan iltimos qilsak bo'larmikan? Ushbu mavzu muallifi e'tiroz bildirmaydilarmi?



Bemalol o'zgartirishingiz mumkin...

Ozoda Umarova
07.11.2008, 17:26
Buni moderatorlardan iltimos qilsak bo'larmikan? Ushbu mavzu muallifi e'tiroz bildirmaydilarmi?

Bemalol o'zgartirishingiz mumkin...

Мавзуни номи ўзгартирилди

olim
08.11.2008, 10:59
Темани номи ўзгартирилди

Demak mavzu o'zgardi qaysi xarfda to'xtagan edik?

JUS
09.11.2008, 21:18
Demak mavzu o'zgardi qaysi xarfda to'xtagan edik?
Eh... , Olimbek, nima uchun ko'p mavzularni to'liq, mayli, to'liq bo'lmasada 2 sahifa oldin o'qib ko'rmaysiz? Yana biror tanbeh bo'lsa, tushunmasdan bor ishonchingiz bilan baxslashishga harakat qilasiz...:rtfm:

Ozoda Umarova
10.11.2008, 09:57
Темани номи ўзгартирилди

Demak mavzu o'zgardi qaysi xarfda to'xtagan edik?
Мавзу ўзгаргани йуқ, балки уни номи ўзгарди. Маҳсус, ушбу мавзуни қоидаларни тушунмаганлар учун.

olim
10.11.2008, 14:11
Demak mavzu o'zgardi qaysi xarfda to'xtagan edik?
Eh... , Olimbek, nima uchun ko'p mavzularni to'liq, mayli, to'liq bo'lmasada 2 sahifa oldin o'qib ko'rmaysiz? Yana biror tanbeh bo'lsa, tushunmasdan bor ishonchingiz bilan baxslashishga harakat qilasiz...:rtfm:



:clapping: :buba: :187: :rtfm: :clapping:

olim
10.11.2008, 15:39
Темани номи ўзгартирилди

Demak mavzu o'zgardi qaysi xarfda to'xtagan edik?
Мавзу ўзгаргани йуқ, балки уни номи ўзгарди. Маҳсус, ушбу мавзуни қоидаларни тушунмаганлар учун.

Bilishimcha Тема -Mavzu bo'lsa kerak. Shunday ekan buni xato deb bo'lmaydi (balki bu sizning nazaringizda xato bo'lsa xam).

Ozoda Umarova
10.11.2008, 16:23
Bilishimcha Тема -Mavzu bo'lsa kerak. Shunday ekan buni xato deb bo'lmaydi (balki bu sizning nazaringizda xato bo'lsa xam).
Бу бир маълумот эди, хато деб айтмадим шекилли? Мени хатоимни топиб берганингиз учун рахмат.
Ҳамма ерга оффтопларни қолдиришни бас қилинг, ҳеч бўлмаса оффтоп теги билан ёзишга ҳаракат қилинг

JUS
11.11.2008, 12:52
Demak mavzu o'zgardi qaysi xarfda to'xtagan edik?
Eh... , Olimbek, nima uchun ko'p mavzularni to'liq, mayli, to'liq bo'lmasada 2 sahifa oldin o'qib ko'rmaysiz? Yana biror tanbeh bo'lsa, tushunmasdan bor ishonchingiz bilan baxslashishga harakat qilasiz...:rtfm:
:clapping: :buba: :187: :rtfm: :clapping:
Тушунмадим, бу нима килик булди яна?
Барака топгур, шахсий номада тушунтириб булмаса, бу жойда тушунтириб булмаса, еее... манга нима?
Лекин, килган килигингиз роса узингизга ярашибди, ростдан!!!:187:
Аввало мавзу муаллифи ва модератордан, колаверса барча форумдошлардан узр сурайман.

Nigora Umarova
11.11.2008, 13:40
...Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан. Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.



Нечун яна кузим, кулмайсан нечун,
Нечун сен ёзмайсан инжа канотинг,
Яна тортмакдами ушал мудхиш тун,
Уфкда учдими, эй, куёш, отинг.

Очгил кузларингни. Нашъа соч. Борлик
Ок эркин ичрадир. Хар нарса ок. Ок.
Севгилим, бу сенинг кузингга боглик,
Шодлик. Нур тошкини. Бу чаман. Бир бог...

Булар бари сузлар-ку, ахир сузлар.
Кайларга йикилар бир кун, беомон
Кузинг осмонидан учган юлдузлар?!

Кузингнинг каърида юкинар, излар,
Ёруг сохилларни асрдийда жон...
Мангулик осмони-бу теран кузлар.

Рауф Парфи

Masud Mahsudov
12.11.2008, 12:04
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Voh, o`shal lahzalar...
o`tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg`ular,
sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog`indim...
ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko`ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko`rgan malakfurushlar
zig`irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg`ordim buyuk urushda
musulmon yo`q edi,
yo`q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo`l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so`ylasinlar xo`b,
zaharli tilimdan to`kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.

Shavkat Rahmon.."Iqror"

olim
12.11.2008, 12:23
.....
...Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.

Shavkat Rahmon.."Iqror"

Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o,
O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur,
Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu?

Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Boborahim Mashrab - Meni yo'qlar kishim bormu

Nigora Umarova
12.11.2008, 12:44
Ul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,
Ul zulfi parishon,
Ul gul yuzining ishqida men volai bulbul,
Ul g'unchai xandon.
Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb,
Ul orazi gulgun,
Yuz va'da qilib birga vafo qilmadi bir yo'l,
Ul va'dasi yolg'on.

Boborahim Mashrab

Masud Mahsudov
12.11.2008, 14:05
Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Oybek..."Na'matak"

Nigora Umarova
12.11.2008, 14:19
...Daraxtlar egilgan, bukilgan,
Yer tishlab yotibdir yaproqlar.
Toshlarga, mixlarga chekilgan,
Lochinlar, kaptarlar, chorloqlar.

Quyoshning yog'dusi qoradir,
Quyoshning sochini o'rgaymen.
Nahotki, eng so'nggi choradir,
Adashgan Ruhni men ko'rgaymen.

Rauf Parfi

olim
12.11.2008, 14:32
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!
Menga minbar emas,
unvonlar emas,
latta chechaklaru
ehsonlar emas,
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.
Erku muhabbatning muxtor elchisi —
yotmasman tuproqqa do`nib, tinchlanib,
jasadim tirikdir yorug` dunyoda,
oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim.
Agar yetti qavat yerning qa’rida
yotsam-da larzaga solib havoni,
elimning yuragin
topar baribir
jismimni kuydirib uchgan ovozim.

Shavkat Rahmon - Ovozim

Nigora Umarova
12.11.2008, 14:48
Ma'yus edi sening ko'zlaring g'oyat,
Go'yo yolg'iz o'rmon barglarin to'kib.
Qora yorqinlikka shivirlar oyat,
Ko'zlaringni tinglayapman entikib.

Ayricha ko'ringay har kasga dunyo,
Borliqning savdoli ishlarin o'ylar.
Parpirab yonardi yulduzlar go'yo,
Ruhning manguligin yondirar ular...

Zanjirmi Sharq qizining qo'llarinda,
Bir kuch topilmasmi, kishan sinmasmi,
Sharq qizi, Sharq qizi, endi kulmasmi?

Malomat tutqunlik mangu o'lmasmi?
Bir sovuq mozormi yo'llarida,
Erkinlikning porloq nuri inmasmi?

Rauf Parfi

Shomurodov Shohruh
13.11.2008, 18:39
Ul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,
Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb,
Ul gulgun,

Boborahim Mashrab
Нигора опа, куйидаги мисра охиригача эмасга ухшайди, вазнга тушмаяпти:
Ул гул-гун
Маф-ув-лу фа-ув-лун (vv- -vv)

Nigora Umarova
14.11.2008, 09:20
Нигора опа, куйидаги мисра охиригача эмасга ухшайди, вазнга тушмаяпти:
Ул гул-гун
Маф-ув-лу фа-ув-лун (vv- -vv)

Юкорида келтириб утилган шеэрнинг жанри мустазод булиб, араб тилида орттирилган деган маънони билдиради. Мустазод- газалга монанд шеър мисраларидан хар бирига яна ярим мисра орттирадиган, хар катори бир ярим газал мисрасига тенг келадиган шеър. Алишер Навоий "Мезон ул-авзон" асарида музтазодни кушик деб атаган ва куйидагича таъриф берган: "Ва яна халк орасида бир суруд бор экандурким, хажази мусаммани ахраби макфуфи махзуф вазнида анга байт боглаб битиб, анинг мисрасидин сунгра хамул бахрнинг икки рукни била адо килиб, суруд нагоматига келтурурлар ермиш ва ани мустазод дерлар эмиш..."Мустазоднинг кофияланиши а-а,б-а, д-а...
Хазажи мусаммани ахраби макфуфи махзуф куйидагича рукнларга ажратилади. Мисраларни рукнга солиб куринг:


Мафъ-у-лу/ ма-фо-ий-лу/ ма-фо-ий-лу/ фа-у-лун
_ _ V / V _ _ _ / V _ _ _/ V _ _
Мафъ-у-лу / ма-фо-ий-лу/ ма-фо-ий-лу / фа-у-лун
_ _ V / V _ _ _ / V _ _ _ / V _ _



Ва яна "Нима учун мафъулу рукнида -лу хижосини чузикда белгиладингиз?" деган савол тугилиши табиий. Сабаби Мумтоз адабиётдаги барча шеърлар араб алифбосига асосланган эски узбек алифбосида битилган. Маълумингизким, вов харфи чузик у товушини ифодаласа, уст белгиси замма(дамма) киска "у" товушини ифодалаган. Бундан келиб чикадики, маъфулудаги "у" даммада белгиланган

Nigora Umarova
14.11.2008, 09:31
Нигора опа, куйидаги мисра охиригача эмасга ухшайди, вазнга тушмаяпти:



Мухтарам xshom!
Келинг кейинги сафар бу масалани "Мумтоз адабиёт" мавзусида хал килайлик. "Бахру байт" мавзуси факатгина мушоираси уюштиришга мулжалланган.

Masud Mahsudov
14.11.2008, 10:02
Ишқим пинҳон тутгум, асло ошкор этмам ёрима,
Изтироб-азоб ўтини бермагум дилдорима.

Кузги япроқ сингари дил сарғайиб сўлди тамом,
Келди кўклам, лек яшилдан қатра йўқ гулзорима.

Айни фасли ёшлигимда келди-ю, кетди шитоб,
Энди қилмам қанча афсус, эшитмайди зорима.

Қўлим ишда, ёр ёнима, кўнгул бунда шод эди
Йўқотиб лол ўлтирибман, ҳеч унум йўқ корима.

Қай ерни ул этди макон осмонними, ё замин?
Менки тайёр кетишликка, қурбон айлаб борима

Оразини кўрмоғим чун интиҳодан қайтмагум
Майли қўйсин икки устун ва сиртмоқни дорима.

Оҳларимга қулоқ тутмас дўсту ёрон минг тараф,
Баён этдим дардларимни шу мўжаз ашъорима.

Масъуд...

Nigora Umarova
14.11.2008, 15:23
Ахли маъни гурухида зинхор,
Хеч ор айлама гадолигидин.
Ким буларга гадолиг ортугдур,
Ахли суратка подшолигидин.

Алишер Навоий

olim
19.11.2008, 12:14
Ахли маъни гурухида зинхор,
Хеч ор айлама гадолигидин.
Ким буларга гадолиг ортугдур,
Ахли суратка подшолигидин.

Алишер Навоий

Ne g'urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo'ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo'lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayirdilar,
Ko'zimning oqi yanglig' mehribonimdin ayirdilar,
Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Chamanda bulbuli sho'ridadurman, oshyonim yo'q,
Misoli chug'dek vayronalarda ham makonim yo'q,
Vafolig' yor deb chiqti, jasadda balki jonim yo'q,
Azizimdin judo bo'ldum, boshimda soyabonim yo'q,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Meningdek g'amga qolgan, dilparishon o'lmasun hech kim,
Ko'zi chun termulub yo'llarda vayron o'lmasun hech kim,
Bahori gulshani umri zimiston o'lmasun hech kim,
Bu dunyo diydasig'a torikiston o'lmasin hech kim,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.

Umidim bor, etkurgaymusan xurshidi matlabni,
Saodat burjidin ul sha'mi iqbolimg'a kavkabni,
Ko'targaysan boshimdin ikki olamda qaro shabni,
Iloho, sen etur himmat yo'lig'a xasta Mashrabni,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin

Boborahim Mashrab- Dastingdan

Mavzuda bu she'r bo'lmasa kerak deb o'ylayman.

Husniddin Ato
19.11.2008, 12:37
Umidim bor, etkurgaymusan xurshidi matlabni,
Saodat burjidin ul sha'mi iqbolimg'a kavkabni,
Ko'targaysan boshimdin ikki olamda qaro shabni,
Iloho, sen etur himmat yo'lig'a xasta Mashrabni,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin

Boborahim Mashrab- Dastingdan

Муҳаббат йўқ

Не бир қаро кўзлар кўнгилга яқин,
Не бир нигоҳларда ёзилмиш армон.
Не бир юракларда чақнамас чақин,
Муҳаббат йўқ, ёки бўлса ҳам ёлғон.

Кўнгиллар, кўнгилга уланмай туриб,
Кўнгилнинг торлари кетар узилиб.
Ҳижрони дийдорга етмас чўзилиб,
Муҳаббат йўқ, ёки бўлса ҳам ёлғон.

Севмоқ бўлса айтинг, кўнгил майли,
Жон берувчи топилгайми ишқ туфайли?
Қани Фарҳод-Ширин, қани Мажнун-Лайли?
Муҳаббат йўқ, ёки бўлса ҳам ёлғон.

Ким нима дер билмам Тоҳир-Зуҳрони,
Севгисини асролмаган дунёни?
Муҳаббат бор бўлганда балки?
Бўлмасмиди, Навоийнинг армони?
Муҳаббат йўқ, ёки бўлса ҳам ёлғон.

Шаҳодатбону

Shomurodov Shohruh
20.11.2008, 21:50
Муҳаббат бор бўлганда балки?
Бўлмасмиди, Навоийнинг армони?
Муҳаббат йўқ, ёки бўлса ҳам ёлғон.

Шаҳодатбону


Kechirasizlar, mendek bir omi odamga Navoiyning qanday armoni bo`lganini aytib bera olmaysizlarmi?

Amriddin Ikromov
21.11.2008, 13:42
Kechirasizlar, mendek bir omi odamga Navoiyning qanday armoni bo`lganini aytib bera olmaysizlarmi?


Алишер Навоийнинг армони бу ёр васлига унинг етолмагани булса керак.

olim
21.11.2008, 16:39
....Ким нима дер билмам Тоҳир-Зуҳрони,
Севгисини асролмаган дунёни?
Муҳаббат бор бўлганда балки?
Бўлмасмиди, Навоийнинг армони?
Муҳаббат йўқ, ёки бўлса ҳам ёлғон.
Шаҳодатбону


Nuqta ayla dilga aqiq tugmadin,
So'yla menga, ko'zlardagi mung nadin?
Qosh-qaboqlar arosida ne sir bor?
Andin menga na osmon bor, na yer bor.

Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?

Sirojiddin Sayid-Sinoat

Masud Mahsudov
21.11.2008, 18:03
...Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo`ltiqtayog`i bor,
Bir oyog`i yo`q,
Rustam aytib berdi:
Ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o`q…
Hol aka qaytgandi uyga to`satdan,
O`g`li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa desa qo`li yo`q ekan,
Tik turgan joyida yig`layveribdi.
Darsga kelmay qoldi
Tunov kun Tal’at,
Muallim urishsa turaverdi jim.
Dadasidan kelgan ekan qora xat.
Hammamiz yig`ladik,
Hatto muallim…
Dadajon!
Sizga o`q tegmasin hecham,
Men uchun ham tezroq qayting salomat,
Buvim aytgan,
Agar men tilak qilsam,
Tilagim bo`lardim doim ijobat.
Rost aytaman,
Sizni juda sog`indim,
Sog`indim ikkala ko`zim bilan teng,
Kelib qolasizmi, ertami-indin?
Kutaman,
Dadajon,
albatta keling”...


Erkin Vohidovning "Nido" dostonidan parcha...

olim
22.11.2008, 11:33
...Rost aytaman,
Sizni juda sog`indim,
Sog`indim ikkala ko`zim bilan teng,
Kelib qolasizmi, ertami-indin?
Kutaman,
Dadajon,
albatta keling”...

Erkin Vohidovning "Nido" dostonidan parcha...

Go`zallik, poklikdan uyalib,
qisilib, qimtinib turasan,
qop-qora devorga suyanib,
yop-yorug` xayollar surasan.

Iloham, tong kabi yuzingga
hirslanib, hezlanib boqarlar,
ko`zlarin qoqarlar ko`zingga,
qalbingni azoblab yoqarlar.

Yiqilma, o`zingni ushlagin,
otsinlar jaholat toshini,
labingni qattiqroq tishlagin,
ko`rsatma ko`zlaring yoshini.

Shavkat Rahmon ijodidan- Dastxat

Nigora Umarova
24.11.2008, 16:55
Ichmadim sharbat hayotim chashmasidin bir qonib,
Davr jabridin, netaykim, jism ila jonim yonib.

Xalq dermishlar meni bu yurt aro “ko’b fozila”,
Lek yurmushman hamisha darbadar, majruh bo’lib.

Shuncha axtardim jahonni, baxt nedur, topmadim,
Sarsari devona yanglig’ hosil umrim sarg’arib.

Men desam adli diyonat lafzini hokimlara,
Quvdilar, Majnun debon, hech yerda qo’ymay bu g’arib.

Bo’lmadim hamdam vale ul fosiqu kazzobg’a,
El taloshin aylabon har sori o’zni yetrkarib.

Dil uyi ranju jafodin bo’ldi oxir rez-rez,
Qayg’a borsam o’rtanurman dam-badam qonlar yutib.

Hech odam bormukin Nozima yanglig’ daxr aro,
Ichmagan sharbat hayoti chashmasidin bir qonib.

Nozimabegim

Masud Mahsudov
24.11.2008, 18:08
Букун кўнгил хижил, дардларим дунё,
Бошқа севмасликка қилгандайман аҳд.
Кунлар ҳам зулматга қул бўлган гўё –
Ўзгага ёр бўлиб, кутаяпсан бахт.

Ҳаққим йўқ бўлса-да тинч қўймайди рашк,
Дилимдан тилимга кўчади оҳим.
Етим бола мисол қолиб кетди ишқ,
Айт менга, не эди менинг гуноҳим.

Кечалар уйқусиз, кундузлар нурсиз,
Бир сўзсиз, изҳорсиз севганлигим рост.
Юрагимдан чуқур қолдириб бир из,
Фақат ёнгинамда бўлмайсан холос.

Ўйинг билан яшаб, кун кўраяпман:
Эрталаб ишга бор... кечқурун уйга.
Шу куйи бегона бўлиб боряпман,
Муҳаббат аталган махзун туйғуга...

Ёлғиз одимлайман ҳаёт сўқмоғин.
Ўтгану кетганлар қарамайди бир.
Кетказа олмайди юракнинг доғин.
Шундай экан тақдир, шу экан тақдир...

Mas'ud

Nargiza
24.11.2008, 21:12
Kechirasizlar, mendek bir omi odamga Navoiyning qanday armoni bo`lganini aytib bera olmaysizlarmi?


Алишер Навоийнинг армони бу ёр васлига унинг етолмагани булса керак.
O'zbek tilidan qari o'qituvchimiz bor edi, Navoiga uni sevgilisi Gulini vafotini qandaj qilib ifodalashganini va Navoini bunga zhavobini zhuda chirojli qilib izhro qilgandi:
K. Sarvigul soyasida 'Gul' so'ldi netmak kerak?
N. Sarvidin tobut yasab guldan kafan etmak(tikmak?) kerak

Nigora Umarova
25.11.2008, 10:38
Ёлғиз одимлайман ҳаёт сўқмоғин.
Ўтгану кетганлар қарамайди бир.
Кетказа олмайди юракнинг доғин.
Шундай экан тақдир, шу экан тақдир...

Mas'ud

Rohina har lahzada jon vermaka ban hoziram,
Balki jononim ali-la jismimi tadfin edar.

Ul qadar tasxir o’lunmishdurki bechora Nigor,
Bir nigoha qalbini yillar ila tarhin edar.

http://www.ayel.edunet.uz/ashor.htm

pipicron
18.09.2009, 09:59
Рухсоринг хажрида талпинар юрак,
Унутмоқ истамас, севмоқ истайди.
Шул сабаб кўксимда сен томон халак,
Айтгандай «Юр» дея, мени қистайди.

Не учун сен томон талпинар юрак?
Не сабаб унутмас сени хаёллар?
Айт! Қаён бошлайди мени шамоллар?
Айт ахир, бу азоб не учун керак?

Лекин сен сукутда турасан хамон…
Ишқ сенинг қалбингни қийнамас ахир,
Шу экан севгимга аталган тақдир!

Етмиш минг оламда ишқ экан ёмон…
Рост ахир юракни этганингда ром
Дўстлик хам қалбимга беролмас ором.

Husniddin Ato
18.09.2009, 16:27
Meni jonsiz ko`rsang yopiq ikki lab,
G`amingdan jonsiz tan yotsa yumalab.
Boshimga o`ltirib noz ila degil:
"Hijronim o`ldirdi, dilin dard qoplab!"

Abu Abdulloh Rudakiy

Nigora Umarova
18.09.2009, 16:36
Biri yovim qirar, birisi qarg'ar,
Unisi lochinim, bunisi gulim.
U mag'rur boqsa, bu jovdirab qarar,
U birla umr xush, u birla o'lim.

Yolg'iz Olloh erur qodir, bilgichim,
Mudom sidqu tavfiq tilarim shundan,
Udir tobutkashim, budir yig'ichim,
undan umid qilib, qo'rqarman bundan.

A'zam O'ktam

pipicron
18.09.2009, 16:36
Бул баҳор ораз эмас, гарки наврўз келмаса.
Келса ҳам наврўз эмас, сайли сархуш бўлмаса.

Айламанг сайр, боғ эмас, қайда булбул сайрамас,
Тонг саҳар наврўз эмас, ахир кўнгул тўлмаса.

Майсалар олмас нафас, чирой очмас боғда гул,
Кўрмагай қор бойчачак кўриб наврўз сўлмаса.

Ер юзин поклайди, бас, ёғиб ёмғир оқ булут,
Унмагай заминда хас келиб ҳолин сўрмаса.

Дов-дарахт тақмас чечак, боларига нечун бол?
Не ажаб, Наврўз келиб, Хамал даврон сурмаса.

Гарчи ёр бедор эмас, билинг-ки наврўз эмас,
Ёр юзин айлаб хавас нур сочиб шамс турмаса.

Келсаю, Наврўз деманг, Алишер битмас ғазал
Ҳар баҳор наврўз кутиб хуру шодон юрмаса.

Nigora Umarova
18.09.2009, 16:39
"B" harfiga ikki she'r?

pipicron
18.09.2009, 16:39
Навоийни қилдим хавас, келди қўлдан ёзаман.
Ҳар навога айласам қасд, келди қўлдан ёзаман,
То бақодан келмагай сас, келди қўлдан ёзаман,
Ғийбат ичра қолмасам бас, келди қўлдан ёзаман,
Бўлса гар халқимга манзур, дўсту ёр ёзгин деса.



Биринчисига Улгурмай колибман. жунатгандан кейин билдим.

Nigora Umarova
18.09.2009, 16:46
Ayting, kim ham xato qilmagan,
Adashmagan qismat cho'lida?
Faqat ishq deb yashamas inson,
Faqat gullar unmas yo'lida.

Farishtamas odam, harqalay,
Ba'zan xato qilsa ne ajab?
O'z orzusi-yo'lidan qaytmay,
Sharaf bilan o'lsa ne ajab?

Ne ajabki, to'qson yil yashab,
Yetolmaslik mumkin tilakka.
Ne ajabki, ko'krakka mushtlab,
Buyruq berib bo'lmas yurakka...

pipicron
18.09.2009, 16:56
Айтайин дардимни ким тинглагай аъмон ичра
Айтмасам бўзлар юрак нолаи фиғон ичра

Лол бўлдим, вужудимға имкон бор этмоқ шифо
Лек қалбим яросига топмадим замон ичра

Изладим сокин гўша муҳаббат сахросида
Ишқида ёнсамда гар, топмадим жахон ичра.

Шабнамдек кўз ёшларим гулларга қилди хавас
Шабнам гулга тушди ёшим кулбаи вайрон ичра

Етмади гулга қўлим, тиконлар тўсди йўлим
Етдим таъна тошига яхшию ёмон ичра.

Рухсоринг камонидин дилпора бўлдум ахир
Роз айтиб топдим панох байти-ки пинхон ичра.

Nigora Umarova
18.09.2009, 17:08
...Адашганинг сезасан, лекин,
Тополмайсан бошка бир чора.
Сунг ортингга кайтасан секин,
Узга бир йул топсам деб зора.

Тополмайсан, чунки хар харсанг
Хасрат булиб синдирар белинг.
Ва кай тарзда бошлаган булсанг,
Худди шундай тугайди йулинг.

Зеро, тугри йуллар бекиёс,
Утишарлар бетин даммо-дам...
Факат ундан юрмас ва утмас,
Уз йулини излаган одам!

Masud Mahsudov
19.09.2009, 00:19
Men Sizga izhorim etmayman oshkor,
Yurak-yuragimdan kulmayman ortiq.
Dunyo yuzin ko'rmas behisob ash'or,
Quchoq gullar boshqa qilmayman tortiq.

Tushlarim bugundan sizniki emas,
To'lin oy kechalar keltirmas ilhom.
Ko'zingiz sehriga qilmayman havas,
Samimiy so'zingiz etolmaydi rom.

Mahliyo bo'lmayman husningizga ham,
Mayli Siz dunyoda yakka, yagona.
dardingizga boshqa qo'ymayman malham.
Shu kundan bizlarmiz butkul begona.

Sababin aytmayman, so'ramang aslo,
Xissiz ko'nglingizni qiynab netaman?
Allohim bilguvchi bu sirni tanho,
O'zim-la qabrga olib ketaman...

(c)

Gulnora Voisova
20.09.2009, 10:37
... Новдаларни безаб гунчалар,
Тонгда айтди, хаёт отини.
Ва шаббода кургур илк сахар,
Олиб кетди гулнинг тотини.

Хар бахорда шу булар такрор,
Хар бахор хам шундай утади.
Канча тиришсам хам у беор,
Йиллар мени алдаб кетади...

Х. Олимжон

Umida Shodiyeva
21.09.2009, 23:19
Iymonu e’tiqod bo’lsin sizga yor,
Anglang : vafo qilmas boylik, siymu zar.
Ilm oling, ilm oling, ilm oling takror,
Ilm oling beshikdan tobudga qadar.

Shukur Qurbon. Arba’in-2

olimbek
22.09.2009, 09:14
Ранжима толейинг кулмаса агар,
Инсон борин курар улмаса агар.
Шоир хам ижоддан колмагай асло.
Ногох паймонаси тулмаса агар.

Gulnora Voisova
22.09.2009, 11:38
...Райхон хидларингни,
Йулларимга сеп.
Кут мени хар окшом,
Кукка ой чиккан.
Факат йигламагин,
Гунохим не деб
Айбинг -
Онанг сени чиройли туккан!..

М. Юсуф

Behzod Sulaymonov
22.09.2009, 15:33
Niyatim xolisdir sog' bo'ling doim,
Istagan baxtizga yeting ilohim.
Bu yo'lda qoqilmang, g'am chekmang aslo,
Sizga panox bo'lsin yolg'iz xudoyim.

Gulnora Voisova
22.09.2009, 16:04
Mening haqimdagi g'iybatlar yolg'on,
Ixtiyor o'zimda bo'lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko'ngli ranjiydi.

O'zim boshladimmi, o'zim qilgum bas,
Do'stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o'lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!..

Muhammad Yusuf

Nigora Umarova
22.09.2009, 19:27
Жооо-о-он, форумдошлар!
Шеър ёзаётганда диккат билан ёзинглар. Мавзудаги аввал ёзилган шеърлар такрорланиб колмасин.

Nigora Umarova
09.12.2009, 10:49
Hurmatli komol_76!
She'ringizni "Dildagi satrlar" (http://uforum.uz/showthread.php?t=5657&page=62)mavzusiga o'tkazdim. Sababi: "Bahru bayt" mavzusida she'r yakuni qaysi harfda tugasa, she'rni shu harfda davom ettirish kerak edi.

Kavsar
25.10.2010, 00:10
...Raqs etar ma'shuqu soqiy, avjda mutrib sho'x chalar,
Uyqu bermay mayparastlarni etar soqiy xarob.

Shohi olambaxsh tarab davri aro iyhomgo'y,
Hofizi shirinkalomi bazlago'y hozirjavob.

Bo'lsa Hofiz durlariga ushbu moh gar mushtariy,
Har nafas Zuhra qulog'iga yetar bongi rubob.

(Hofiz Sheroziy g'azali, O. Bo'riyev tarjimasi)

Gulchehra Ibragimova
28.02.2011, 09:38
Бир шапалоқ урди гадони гадо,
-Исмим Худо, - деди,-қилабер даъво.
Даъвогар қозига дод солиб борди:
- Мени Худо урди, урди-ку худо!

А.Орипов ("Меҳр" тўртликлар)

Alisher Asror
06.03.2011, 13:21
Osmonmasman, osmon bo`lsam yulduz kerak, oy kerak.
Daryomasman, daryo bo`lsam irmoq kerak , soy kerak.
Men bir kichik zarradirman bu olamda , zaminda,
To`rtta ulfat, dilkash suhbat va bir so`lim joy kerak:)

Alisher Asror

Gulchehra Ibragimova
06.03.2011, 19:40
Кўнгил ичра минг бир армон,
Ҳар орзуга етиб бўлмас,
Фақат дўстдан айрилган он-
“Хайр”, демай кетиб бўлмас.

Кечаги дўст бугун-ғаним,
Нима эди айбим маним-
Ҳозир танҳо англаганим-
“Хайр”, демай кетиб бўлмас.

Masud Mahsudov
06.03.2011, 20:22
Сени кутиб-кутиб чарчадим ғоят,
Соғинмасдан қўйдим висолингни ҳам.
Армонларни туйиб, мана, ниҳоят,
Тақдирга тан бердим. Кўзларимда нам.

Кўзим эмас, менинг йиғлайди қалбим,
Юрак ҳам бир меъёр урмайди сира.
Сенга аён эмас сўнгсиз дардларим,
Билмасдинг эканин ҳислар бокира.

Севгандим...Иложсиз ишқимдан кечдим,
Ҳаётга қизиқиш йўқолди тугал.
Севганим – гуноҳим, умидим – айбим,
Ноумид хаёллар бошимда чигал.

Сен бошқа келмайсан – бу менга аён,
Сени эслаганда дардга тўламан.
Кун келиб сен мени қўмсаган чоғинг,
Ҳижрон азобида ўлган бўламан.

(c)

Gulchehra Ibragimova
06.03.2011, 22:53
Нетай қўлим етмас Сенга узатсам,
Йўлларим адашар-қанча тузатсам.
Олисдан эркалаб сени кузатсам.
Муҳаббат шарбати мунчалар ширин.

Ёнингга келаман, ёниб келаман,
Жонингда бўламан, жонинг бўламан.
Шу хаёлда яшаб, шундан ўламан,
Муҳаббат шарбати мунчалар аччиқ.

Менга дунё эмас, васлинг керакдир,
Қишим ёз этгувчи фаслинг керакдир.
Васлингдан ҳам менга аслинг керакдир,
Муҳаббат! Шаробинг мунчалар ширин..

Pfefferminze
06.03.2011, 23:21
Nima qilay? Unutolmayman,
Xayolimdan ketmaysan sira.
Hamma narsa seni eslatar,
Go‘yo borliq sendan xotira.

Nima qilay? Unutolmayman,
Imkon bermas xatto uyqular,
Qulog‘imda jaranglar hamon,
Men yig‘lasam o‘sha kulgular.
Nima qilay? Unutolmayman,

Izlaring bor, yursam yo‘limda.
O‘qiy-o‘qiy titilib ketdi,
Maktublaring mening qo‘limda.
Nima qilay? Unutolmayman,

Irodamdan qilaman nafrat.
Gunohim ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad?
Nima qilay? Unutolmayman,

Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.
Nima qilay? Unutolmasam,

Hasratlarni qilolmasam bas.
Axir qanday unutib yashay,
Yoding bilan olaman nafas,
Yurak seni so‘rar xar nafas.

N.Usmonova

Gulchehra Ibragimova
06.03.2011, 23:44
Сиз шунчалар яхши, шунчалар тоза-
Кўкларгача етиб Сизнинг овоза,
Фаришталар Сиздан олмиш андоза-
Сиз шунчалар яхши, шунчалар тоза.

..Мен кимман, бир ғариб-меҳр кўрмаган,
"Эй инсон" деб биров ҳолин сўрмаган.
Сиз бўлдингиз-мендан юзин бурмаган-
Сиз шунчалар яхши, шунчалар тоза.

Мунис кўнглингиздан дунё сайларман,
Кўзларимни илиб тумор бойларман.
Ўлгунимча Сизни дуо айларман-
Сиз шунчалар тоза, шунчалар тоза.

Сиз шунчалар тоза, шунчалар тоза,
Жаннатгача етиб Сизнинг овоза,
Ҳурлар Сиз паридан олмиш андоза-
Сиз шунчалар яхши, ШУНЧАЛАР ТОЗА..

(Б.Б)

Alisher Asror
16.03.2011, 20:06
Ayroliq tugarmi tugab azoblar?
Visol onigacha bormi hisoblar?
Ko`yimizga qachon chiqar oftoblar?
Bu savollar bag`rim tilsa na qilay!?

Sirim
17.03.2011, 10:41
Yiqildingmi? Ko'zlaringda buncha alam
Usti boshi chang ko'rmagan erka bolam.
Shiddatingni shamoliga
Hushing bir zum shaydo bo'ldi.
Sening ravon yo'llaringda
bu tosh qaydan paydo bo'ldi?
Yoki aqling ketganmidi
Endi toshlar qolmagan deb?
La'natlading bolam meni-
-Yo'ldan toshni olmagan deb...

U.Azim

Gulchehra Ibragimova
17.03.2011, 12:14
Билдим, қаноатнинг манзили Худо,
Билдим, саодатнинг тунлари ялдо,
Томирда ИШҚ деган алам уйғонса
Бошингга балодир, балодир, бало,
БИЛДИМ!

Эҳтимол, сочларим шабнамга ювдим,
Тонг чоғи, гул чоғи, дил чоғи сармаст,
Хар тола домига кўнгилни илдим,
Хушсиз,
СИЗСИЗ,
ҲЕЧ КИММАН!
БИЛДИМ!

Фарида Афрўз

Nigora Umarova
17.03.2011, 12:27
Эҳтимол, сочларим шабнамга ювдим,
Тонг чоғи, гул чоғи, дил чоғи сармаст,
Хар тола домига кўнгилни илдим,
Хушсиз,
СИЗСИЗ,
ҲЕЧ КИММАН!
БИЛДИМ!

Gulchehra opa!
She'rning muallifi garchi uforumda qatnashmasalar ham forumimizning she'riyatga oid mavzularini doimiy ravishda kuzatib boradilar. Shunga ko'ra, iltimos, mualliflarni ham ko'rsatib o'tsangiz.
Agar she'r muallifi o'zingiz bo'lsangiz u holda she'rning pastiga o'z ismingizni yozsangiz.
Mualliflik huquqini suiste'mol qilmaylik

Sirim
17.03.2011, 13:11
Meni avf eting va menga,
Bunday xumor ko'zla tikilmang.
Sirli so'zlar aytsangiz, kulsam
Qizning ko'ngli bor deya bilmang.
... ... ...

Meni avf eting va sira
O'ylamang yo'q deya sevgani.
Uyalaman axir har kimga:
Sevganim bor mening, deganI

U.Abduazimova

Alisher Asror
17.03.2011, 17:55
Ishq bu olov , kuydim demang parvona bo`lmaguncha,
Bir so`z demangiz Mashrabdan devona bo`lmaguncha,
Sevgi vodiysida bo`lmas , kibri-g`ururi baland,
Yorga sazovor bo`lmas ul. ostona bo`lmaguncha

Alisher Asror

Sirim
17.03.2011, 20:03
Avval ostonangizga asta qadam tashlayman
Izhorlarim Mashrabi devonadan boshlayman.
Parvona emasdirman, ishq o'tida yongani
Shu alanga tilida raqsga tushib yashnaymaN.

(c)

Alisher Asror
18.03.2011, 00:56
Nozik tabiatingiz aytib turar to`rt satr,
Olovning tillarida o`ynagan ishqqa asir.
Qadamingiz kulbamni albat nurga ko`majak,
Yo quraymi sizga deb kattaroq saroy – qasr?

Alisher Asror

Gulchehra Ibragimova
21.03.2011, 23:00
Розимасман, ёш томса гар кўзимдан,
Розимасман, сал ранг кетса юзимдан.
йўл юрсам-у, сал йўлимдан адашсам-
Розимасман унда тамом ўзимдаН!

Alisher Asror
22.03.2011, 00:00
Nolimasman, ko`zimda gar yoshlar bor,
Nolimasman , yurakda zil toshlar bor.
Odam Ato adashgan bu o`lkada,
Tangri bergan fazilat - bardoshlar bor!

Alisher Asror

Gulchehra Ibragimova
22.03.2011, 09:16
Рақиблар сўзига бардош берурман,
Туҳмату, ғийбатга жавоб айтурман,
Ва лекин дўстларим отса зарра тош-
Ёшимни тийолмай йиғлаб ўтурмаН

Alisher Asror
22.03.2011, 10:10
Nadin titrar siynalar,
Nadin achchiq ginalar?
Yo`lingizga yomonlar
Sochdi sovuq iynalar!??

(Omon Matchon)

Gulchehra Ibragimova
22.03.2011, 11:21
Яна "Р" ҳарфими?! Майли ҳаракат қилиб кўрайлик-чи:

Рашкнинг дўзахига яна кирарман,
Бир ёмон дастидан йиғлаб юрарман,
Оҳ, ўша ёмонни яхши кўрарман,
Аҳли ишққа куйиб-ёниблар айтдим:
"Тирилдим, яшамоқ фаслимга қайтдим!" (Х.Бобомуродова)

Alisher Asror
22.03.2011, 12:58
Men ketar chog`, kulib qolar kimsalar ham bor,
Yuragimni yulib olar kimsalar ham bor.
Yaxshiyamki yana suyub, ardoqlaganlar,
O`lganimda o`lib qolar kimsalar ham bor!

Alisher Asror

Gulchehra Ibragimova
22.03.2011, 16:06
..Рост экан менинг ҳам ёлғон сўзлашим,
Хафа қиларканман кимнидир мана.
Сувдай тоза эдим, менда бу кирлар,
Қачондан бошланди билмайман, она

Она, менда юрак қолмаган чоғи,
Ўхшайди танимни ғафлат босганга.
Кеча йўл четида тиланиб турган
Сўқир чолга ташлаб ўтмадим танга ..

А.Рўзимуродов

Alisher Asror
22.03.2011, 16:14
Armon - uka kuyunma ,
Nayrang kulib boryapdi.
Hiyonat sen suyunma ,
Tong ham otib qolyapdi.

Nima bo`lsa u shohid ,
Korib-bilib turadi.
Shubhangiz bormi yohud,
Kulgan oxir kuladi.

Muhabbat kel jigarim,
Jindekkina dardim bor.
Bir gul edi suyganim,
Bilsang unda o`zga yor...

(C)

Samarqand-uz
22.03.2011, 16:31
Ravza ashjori o'tundur, gullari jonimg'a o't,
Mumkin o'lsa anda bo'lmog'lig' dame dildorsiz

(A. Navoiy)

Masud Mahsudov
22.03.2011, 16:36
Zohid, senga – hur, manga – jonona kerak,
Jannat – sanga bo’lsun, manga – mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.

(Alisher Navoiy)

Gulchehra Ibragimova
22.03.2011, 21:17
Кутдим, кутдим, келмадинг бу кун,
Умид қилдим эртанги кундан.
Эртанги кун топмоқда якун,
АММО ҲАМОН ДАРАК ЙЎҚ СЕНДАН.

(ХАЛИМА ХУДОЙБЕРДИЕВА)

Nigora Jumaeva
24.03.2011, 14:39
Нима қилай айтинг, қаерга борай,
Қай кимсага бориб дардимни ёрай.
Келинг пойингизга бошимни урай,
Сизни севиб қолдим нима қилайин.

Лазиз Орзу

Nigora Jumaeva
24.03.2011, 14:45
Неча гуллар сўлди боғлар, боғ бўлгунча.
Неча булбул куйди зоғлар, соғ бўлгунча.
Мен бир мажнун бўлолмадим кўйларингда,
Қанча мажнун куйиб битди ўйларингда.
Ҳар не бўлсин ҳикмат бордир очиқ, ойдин.
Буни англай била олсам, чиқдим лойдин.
Агар қолмоқ истасам, гар лойларингда,
Куйиб битгум дўзаҳдаги жойларингда.
Умид билан дуо этдим, қўлим очиқ.
Ҳатто тикан санчиб кўрдим, кўзим очиқ.
Асли тамбал, зўр ландовур, девонаман.
Манзилга ҳеч етолмадим, йўлим очиқ.
Абдукарим Мирзаев

Alisher Asror
24.03.2011, 21:11
Qarama, qarama... qarasang
Dilimni avrashga yarama,
Yarasang..... so`rama
Xohishim sababin...
Berganman ko`ngilning adabin!


Alisher Asror

Gulchehra Ibragimova
24.03.2011, 22:58
Нечун бахт учун ичдингиз қасам,
Менинг бахтсизлигим билмасмидингиз?
Алдаманг, алдовдан куйганман десам,
Бунча вафосизлик қилмасмидингиз?

Alisher Asror
25.03.2011, 08:00
Zulfi xalqa-xalqa u ko`zi qaro bu yerdadur,
Boqishi shafqatliyu nozik ado bu yerdadur.

Kiprigi hanjar, karashma tig`u ko`z tashlash yashin,
Gar shahid bo`lmoqchi ersang Karbalo bu yerdadir!:)

(Zebuniso)

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 10:29
"Р"-("R")-ҳарфига давр тегди, деб,
Бошқа ҳарфлар аразлаб кетди.
Такрор-такрор "Р"жон енги деб
Ушбу шеър ҳам поёнга етдиии! (ҳазил)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 10:36
Иймон танламайди гадо деб, шоҳ деб-
Гина сақламанг, дўст, эски бир доғ деб.
Қўлимни узатдим раҳматуллоҳ деб,
Илоҳо омин, Илоҳо омин,

Носир Жўраев

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 10:45
Нима қилай жоним кўнгил эканда
Яшай олмаяпман айро-айрода.
Ўзим қайтибману, аммо сен билан-
Кўнглим қолган экан Сурхондарёда.

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 10:50
Аллоҳнинг арқонин тутаман
Бўйнимга иламан
Биламан…
Қачондир тортади.
Қўрқаман тортилган арқонда
Бошлари саждага бормаган
Бир фосиқ осилиб боради.
Дилозор бандаман.
Дилозор…
Бу дунё алмисоқ бир бозор
Бозорда мозорга айланган
Битта қалб эврилиб боради.
Мозорлар…
Уст гўзал…
Ич хароб…
Харобадан чиқиб боради
Ожиз…
Жуда ожиз бир хитоб.
Уйғониб кетаман хитобдан
Қаршимда дераза ва девор
Табассум қиламан телбадай!..

Абдукарим Мирзаев

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 11:05
Йиғлар юрак, хўрсинар юрак,
Сизсиз ўтган кундан оғриндим
Онт ичмоқлик энди не керак-
ХУДО ҲАҚҚИ СИЗНИ СОҒИНДИМ!!..

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 11:09
Мен сени севаман: момақалдироқ –
Гумбирлаб – бор-йўғим чирпирак қилди.
Севгилим – гўзалим, азизам мени –
Кўзларим йўлингда жонсарак бўлди.
Мен сени севаман, асирингман мен,
Сени борлигингнинг ўзи менга бахт.
О, қалбим, о, севгим, севгилим мени,
Биламан – бунда дард, ғаму-андуҳ – тахт.


Лазиз Орзу

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 11:23
Тақдир мендан аямади неъматларини,
Не истасам берди, шукр, ҳеч бир тонмасман.
Фақатгина бир ғам ўртар юраккинамни,
Мен муҳаббат тақдиримдан мақтанолмаймаН..

(А.О)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 11:33
Нимадир қалбингга солмоқда оғриқ,
Интизор кутасан шаҳзодангни сен.
Гуллар тутқазса-да тушингда бироқ,
О, бундай ҳаётни ланъатлайсан сен.
Рақиблар ортингдан тўқишар ғийбат,
Аммо бўҳтонларга кўнасан сўзсиз.
Гоҳида йиғлайсан, қиласан тоқат,
Армон бўлди севгинг, хор бўлди эсиз.

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 11:36
Зулм қилсам ҳар қачон
Ўзимга зулм этдим,
Қарамадим сен томон
Кўзимга зулм этдим

Истасанг бормадим ҳам,
Силтасанг кетмадим ҳам
Ердан узмадим товон.
Изимга зулм этдим

Зулмнинг лаззатини
фақат мазлум билади
Баҳтиёр кимсаларни
кўрсам раҳмим келади

(И.М)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 11:39
Икки дарё ўртаси – кенг дастурхон,
Туз тотгансан, тузлиғингни унутма.
Дастурхонни белбоғ қилиб ўстирган
Ўзбек ўғли, ўзлигингни унутма!
Садарайҳон букилгани – сўлгани,
Эр йигитнинг эгилгани – ўлгани.
Йўл бермагил душманларга кулгани,
Ўзбек ўғли, ўзлигингни унутма!

(И.М)

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 11:41
Айтишим керакдир, балки “Алвидо”,
Эҳтимол қалбимда бу сўнгги нидо.
Аммо йўл бермайди биргина нидо-
Севмаган эдим-ку.бўлмоқчун жудо?

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 11:50
Гулчеҳра ора сизга тан бердим. Сиз билан тенглашиш қийин.

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 11:51
Шаҳар бердизми Нигора..Яхшимас.. Майли унда ўзимдан-да, бошқа форумдошлар қаерда қолди А-уууууу


Омадлидир мендан узум ҳам,
Салом берар Сенга букилиб.
Анор мендан минг карра хуррам,
Қизаради боқсанг тикилиб...

Б.Б

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 11:55
Бугун бошқачароқ ботади қуёш,
Мен кўрмаган Ўшнинг уфқларида.
Ювилган кўйлакни ювади аёл,
Томчилар ўйнайди қароқларида.
-Йиғламанг,- дейишга тилим бормайди.
Аёл лабларини қонатар тишлаб.
Кўйлакнинг эгаси энди қайтмайди,
Ўшдан кетиб қолган дўстликка ўхшаб.
Дарвоза ёнида бир руҳ туради,
Қўриқламоқ бўлар хонадонини.
Қўлида асога ўхшаш бир нима,
Асрамоқчи бўлар номус, орини.
Ичкарида аёл, қўлида дазмол,
Руҳнинг кўйлаклари турар олдида.
Деразадан кирар таниш бир шамол,
Лабларини босар аёл лабига.
Кунлар шу аснода ўтиб боради,
Аёл кўйлак ювиб, дазмол босади.
Негадир тонг чоғи, ювилган кўйлак,
Кўксида қон билан ерда ётади.
Ўкинмоқ керакми, тўкилмоқ керак?
Ачинмоқ керакми, англамоқ керак?
Ўшдаги опамдан кўйлакни олиб,
Белга белбоғ қилиб боғламоқ керак.
Ва яна…
БИР ТЎЙИБ ЙИҒЛАМОҚ КЕРАК!


Абдукарим Мирзаев

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 11:58
Кўзда ёшдай қалқиб турибди, олам,
Ризқи-рўзин териб юрибди одам.
Кимдир уйим дейди, ким эса болам,
Майли яхши, майли ёмон бўлайлик,
Омонат дунёда омон бўлайлик!



(Бобур Бобомурод)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 12:00
Кўзингда чақмоққа ўхшаш ўтли нам,
Рангинг синиқиши, лаб титраши сир.
Балки, ҳисни бўғиб, иродангга жим
Ёлворасан, куч бер, бўлмай деб асир?


Зулфия

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 12:02
Рост сўзлагин дейдилар бошга қилич келса ҳам,
Тўкилиб тушар тоғлар мард кўзига тўлса нам
Савлати-ю, сийрати, обрў топар элда ҳам
Йигит қасам ичмайди, йигитнинг сўзи қасам!

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 12:08
Муҳаббат изладим инсон зотидан,
Муҳаббат топмадим осмон остидан.
Кўкка учиб кетгум ёмон дастидан,
Ўзимдан ўтганин ўзим биламан.

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 12:16
Нетайки, бу кўнгил-кўнглингга пайванд
Нетайки, бу хаёл хаёлинг-ла банд.
Нетайки. Тушунмас, қулоқсиз юрак-
Сен дейди, сени дер, сени дер фақат!.


(Г.Ш)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 12:19
Тақвим — ҳижрон учун тузилган жадвал,
Қатма-қат уйилиб борар сенсиз кун.
Билмадим, ким эдим севмасдан аввал,
Одамга айландим муҳаббатдан сўнг.

(Н.Ж)

Sirim
25.03.2011, 12:19
Гулчеҳра ора сизга тан бердим. Сиз билан тенглашиш қийин.
Assalomu alaykum!
Gulchehra opa yutqazmaydilar, she'rlari tugab qolsa yangisidan yozib yuboradilar. Ammo siz ham bo'sh kelmang!

Masud Mahsudov
25.03.2011, 12:21
Гулим, Сизни Яратган зeбо қилиб яратган,
Ҳам одобга андоза – аъло қилиб яратган.
Дуоларим ижобат, ниятни рўёб айлаб,
Мазмунга зор ҳаётга маъно қилиб яратган.

Юлдузлар –сирдошингиз, ой-чи, кичик синглингиз,
Қалбим учун мeҳрга кон бўлиб улгурдингиз.
Тонг каби оқ, мусаффо,шабнаммисол кўнглингиз,
Мeн учун хўб ўзгача дунё қилиб яратган.

Ҳижронларни забт этиб, висолни бошласин, дeб,
Фақат хурсандчиликдан кипригин ёшласин, дeб,
Бир бутуннинг қадрини ҳис қилиб яшасин, дeб,
Шу пайтгача иккимиз, атай бўлиб яратган.

Мeн томон қўйсангиз пой, Сиз томонга югурган,
Чарчасаям умид-ла,Сизни эслаб кун кўрган
Чап тарафда интиқиб, зўрға дук уриб турган
Юрагим уст қовурға қисмин юлиб яратган.

Шеърларимда илҳомим, қўшиғимда торимсиз,
Йўлларимга кўз тиккан, ёлғиз интизоримсиз,
Ажралмасим – қадрдон, умрим бўйи боримсиз
Тақдиримга минг шукр – бахтим билиб яратган.


(с)

Sirim
25.03.2011, 12:29
Неча ойдан бери шу дардли изтироб,
дастидан бир зумга қалбим тинчимас
Атрофда одамлар...
Ҳаммаси сароб...
Қара, уларнимас,бошқаларнимас -
Сени соғиндим...
(M.M) :)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 12:30
Наҳот барча ўйлаганим бўлса, ножўя,
Наҳот ёруғ юрагимга тушмоқда соя.
Наҳот ишқнинг охири доим фожиа —
Мени ёмон кўришингни сезиб қолдим.
Юрагимни ўзим эзиб-эзиб қолдим.

(Л.О)

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 12:32
Наҳот энди муҳаббатдан сўнг, бегоналик бошланса наҳот..
...Кўчаларда энди ёр эмас, учрашамиз бегона бўлиб...
Нигора, тўғриси, бу ёғини сиз давом эттиринг А.Ориповнинг сатрлари, унгача ман топшириғимни тугаллаволай...

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 12:32
Мени кўриб қошларинг чимрилиб кетди,
Буни кўриб юрагим емрилиб кетди.
Дўстим куйди, душманим керилиб кетди,
Мени ёмон кўришингни сезиб қолдим.
Юрагимни ўзим эзиб-эзиб қолдим.
(Л.Б)

Masud Mahsudov
25.03.2011, 12:37
Meni holi qo’ying,
tinchimni buzmang,
Dardsiz hamsuhbatga ehtiyojim yo’q.
Shundoq ham yarador yuragim ezmang,
Sizni tinglamoqqa hech ilojim yo’q.

Bandman:
Hislar aqlim bilan tortishayapti;
Doim bir-biridan ular norozi.
Yolg’iz qolmoqligim istagan payti,
Mening tuyg’uimga kerakmas qozi.

Uzr,
Halovatni istayman shu on,
Ko’ngil sahrosiga bolib surgunlar.
U damda huzurni xohlar ekan jon,
Kiprigim qoqmasdan o’tadi tunlar.

Ma’zur tuting,
Endi keting yonimdan,
Xayolimni yig’ib, o’zni tinglayin.
Istehzo aralash boqmangiz zimdan,
Va so’ng hayronlikdan tikmangiz ko’zni.

Meni holi qo’ying, buzmang tinchimni,
Baribir bilmaysiz dil sog’inchimni...

(c)

Alisher Asror
25.03.2011, 12:46
Men o`pmayman labing tutsang,
Labim tutsam o`pib qol.
Men kutmayman meni kutsang,
Men kutganda tutib ol.

Vaqt devorda osilgan baxt,
Chiriq-chiriq o`tadi.
Devor kutar baxt millari
To`xtamayin ketadi.

Alisher Asror

Masud Mahsudov
25.03.2011, 12:48
Илтимос,
Ўтирмай хаёл пинжида,
Мeҳмон бўлиб кeтгин, майлига, зумга.
Бошим – осмон,
қилсанг қадам ранжида
Кўксимда асраган шинам жойимга.

Илтимос,
Кўз ташла, нигоҳим толган,
Қувонч ҳам, юпанч ҳам ёлғиз фироқдир.
Интиқиш танамни забт этиб олган -
Қалбимнинг ҳудуди сeнга муштоқдир.

Илтимос,
Рози бўл, мeнсиз кeчирган
Ҳижрон азобининг озу кўпига.
Кeл бирга борайлик қолиш-чун абад,
Сeнга кўрсатмаган дилим тубига

Илтимос,
ичингда боғланиб қолган
Турли тугунларни ечиб кeл, гулим.
Қўл силтаб барига,
Бор-будинг ташлаб,
Мeнинг юрагимга кўчиб кeл, гулим.

Илтимос…

(c)

Sirim
25.03.2011, 12:53
Tushlikni birga qilasizlarmi, birdaniga hamma chiqib ketd? Yoqimli ishtaha!

Siz ketasiz alamlarni yor etaman,
Qayg'ulardan quvonchlarni bor etaman,
Bittagina kalomimga zor etaman
Hali meni ko'p eslaysiz vafosizim,
Hali meni ko'p izlaysiz vafosizim!

(muallifi noma'lum radioda eshitgandim)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 12:59
Гулчеҳра опа тўғриси бу шеърни мен ҳам эслаёлмадим. Келинг Б ҳарфига ёзақолай

Бу ҳаёт кўрина бошлар кўзимга
Телба умридай бемазмун, чиркин.
Ким парда тортмоқда бугун юзимга,
Кимга кўп кўринди бир ҳовуч эрким?

(Н.Ж)

Alisher Asror
25.03.2011, 13:06
Muzliklarni ko`rgan chechaklar,
Ko`k toqida bo`lgan pechaklar,
Faqat Sizsiz menga ertaklar...
Bir kun ko`rib qolarmiz Sizni...

Tog`-tog`larni quchdi ko`tarib,
Ikki dushman do`st bo`ldi qariq,
Sizsizlikda bir o`zim g`arib,
Bir kun ko`rib qolarmiz Sizni...

Kumush istab Otabek yo`lda,
Hali -hamon Majnunlar cho`lda,
Asli visol azobi mo`lda ...
Bir kun ko`rib qolarmiz Sizni...

Arshga chorlab qolganda hudo,
Ketar bo`lsam aytib alvido,
Eng so`nggi dam, eng so`nggi nido:
"Bir kun ko`rib qolarmiz Sizni..."

(C)

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 13:06
Муҳаббатнинг саройи кенг экан, йўлни йўқотдим-ку,
Асрлик тош янглиғ бу хатарли йўлда қотдим-ку.
Карашма денгизин кўрдим, на нозлик тўлқини бордир,
Ҳалокат бўлғусин билмай, қулочни катта отдим-ку.
Ажаб дунё экан бу ишқ дунёси, аё дўстлар,
Бу дунё деб, у дунёни баҳосиз пулга сотдим-ку.
Унинг гулзорида булбул ўқиб қон айлади бағрим,
Кўзимдан ёшни жў айлаб, аламлар ичра ботдим-ку.
Қаландардек юриб дунёни кездим, топмайин ёрни,
Яна кулбамга қайғулар, аламлар бирла қайтдим-ку.
Муҳаббат осмонида гўзал Чўлпон эдим, дўстлар,
Қуёшнинг нурига тоқат қилолмай ерга ботдим-ку.

Абдулҳамид Чўлпон

Узур сал кеч қолибман и ҳариқига тўхталганини билмай М га ёзиворибман

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 13:10
Исталган шарт қўйинг шартим йўқ менинг,
Сиздан бошқа мақсад, шахдим йўқ менинг.
Сиздан катта оғриқ, дардим йўқ менинг,
Сизни севиб қолдим нима қилайин.
Лазиз Орзу

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 13:11
[OFFTOP]Tushlikni birga qilasizlarmi, birdaniga hamma chiqib ketd? Yoqimli ishtaha!

Sirim, қойил! Зукколигингизга! Ўзимиз тушликка қочиб, баҳсга Масъудбек билан Асрорбекни чақиргандик..Билиб қолибсиз-да, Битта шеър қарзман!
Давом эттириб туринг, озгина қолди..бир чуқум..ош, бўлмаса булар..http://uforum.uz/images/icons/icon7.gif Қани ўзларидан бўлсинhttp://uforum.uz/images/icons/icon7.gifhttp://uforum.uz/images/icons/icon7.gif

Alisher Asror
25.03.2011, 13:57
Neki yaxshi qolar, ketar yomoni,
Xotiralar borku, xotirlar iliq,
Ne zulmat hijronning bo`ldi zamoni,
Xayr muhabbatim, Salom ayriliq.

(C)

Masud Mahsudov
25.03.2011, 13:58
Қалбга сиғмай олам дардлари,
Баъзан чуқур ўйга толаман
Жуда хомуш бўлган пайтларим,
Болалагим эслаб қоламан.

Эслайман-у, ичимда бир жой,
Жиз этади.
Ўртанади жон.
“Оймома” дeб аталган эй, ой -
Қаердасан, қайда, болажон?

Зумга бўлса ҳам ўша дамга,
Бўлар эдим жон-жон дeб қайтган.
Баъзан кeтсам эди қувилиб,
Қувламачоқ ўйнаган пайтга.

Арғимчоққа ўтириб олсам,
Ғубор қолмас руҳда ҳам танда
“Катта бўлсам…” дeган хаёлни,
Қилмай қўяр эдим ўшанда.

Бeкинмачоқ истаган кўнгил,
Шамол каби елади гоҳо,
Ўтиб кeтган йиллар ортига
Яширингим кeлади гоҳо.

Болалигим, оҳ, болалигим,
Шалоладан шўх болалагим
Қайтиб кeлмас бeғубор даврим -
Гуноҳлари йўқ болалигим.

Кeтиб қолдинг жуда ҳам эрта,
Энди сeни қайдан топаман?
Сeнинг билан қилган орзуни,
Бугун ғамлар билан ёпаман.

Катталикни қилмагин тилак;
Охири йўқ ўйлаган ишинг.
Бири тугаб-тугамай яна,
Бошланади бошқа ташвишинг.

Қалбга сиғмас бўлса дардларим,
Болалигим эслаб қоламан...


(c)

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 13:59
Нигора, фақат, ўзимиз қопмиз-да, давом этамизми иш ичида*? Нимагадир бошқа ижодкорлар Сиримми ўзиям қочиб кетишдими, дейман. Майли ўзимизга қопти-да:

Неча кун-ки йўқ оромим,
Келолмайман ҳушимга,
Онажоним кечалари
Кириб чиқар тушимга.

Қўлларида оқ елпиғич,
Ой нурида ялтирар.
Бери кел, деб Онажоним,
Қошларига чақирар..

Sirim
25.03.2011, 14:07
Pichirlashmang, baribir eshitilayapdi

Rayhon, xidlaringni yo'llarimga sep
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin aybim nima? - deb
Aybing - onang seni chiroyli tuqqan!

M.Yusuf

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 14:08
Сал шошиб қўйибмиз-да, узр Масъудбек ижод қилаётган экан, болалагини қўмсаб..Энг шоҳ даврни..Ажойиб шеър..болалик дамларга етакловчи, ёдга солувчи..

Alisher Asror
25.03.2011, 14:08
Rahm qil aftodalarning holina,
Hech kerakmasmu sango bir savob,
Yor savol etsaki "holing nadur?"
Xasta Fuzuliy, na verursan javob?

(Fuzuliy)

Alisher Asror
25.03.2011, 14:11
Ikki kishi barobar yozibmiz-da... Bugun juda bahs qizidi , hammalaringga qoil!

Gulchehra Ibragimova
25.03.2011, 14:13
Нима бунча, инсоф қилинг ижодкорлар,
Альфавитда "Н" ва "Р" ми билганингиз?
Шеър қопимда қолмабди-да "Н"га шеърлар
Сезилмоқда буни атай қилганингиз..
(Ҳазил шоир "Жўқий")

Nigora Jumaeva
25.03.2011, 14:26
Зулфлариким икки ёндин тарқамиш,
Ҳар бири бир жон олурга ҳалқамиш.
Ёқа остидан кўрингай холлари,
Ё менинг ошиқлигимни пайқамиш.
Сочлари тунга қаролик ўргатиб,
Ой нурини юзларига чайқамиш.
Мен уни кўкракларимда асрасам,
Ул мени киприкларида сақламиш.
Беллари бордир қамишнинг белидай,
Нола қилгум мен мисоли найқамиш

СирожиддинСаййид

Alisher Asror
25.03.2011, 14:28
Zuhro yilduz ko`rin tezroq oy botdiku,
O`tkinch bir tuman to`xtab o`tib ketdiku.
Ko`rolmasdan to tonggacha yo`q oromim,
Ko`rsat endi yuzlaringni diloromim.

(qo`shiqdan)

Baribir yana "M" xarfi bo`lib qolyapdi... Men bir hazil she`rimni topib oldim, o`qib ko`ringlarchi...

KAYF
(Itga hasrat)

“Har kecha qarorgohim ostona tong otguncha…”
(Haziniy)


Ko`ppak kelgin yonimga
Birga aroq ichaylik,
Oro kirgin jonimga,
Odamlardan kechaylik.

Sen bilasan tilimni,
Tushinasan ne desam,
Bag`rinnga bos gulimni,
Yarmini ye ne yesam.

Odamlardan topmagan
Mehr bilan qaraysan,
Kezi kelsa poyimdan ,
Yuzimgacha yalaysan.

Ko`ppak kelgin yonimga
Birga aroq ichaylik,
Tegib ketgan jonimga
Dunyosidan kechaylik.

Hoy ulfatlar ! Hayr-xo`sh,
Kel ol, Sharik,nasibang.
Ostonaga berib to`sh ,
Men tugatay qasidang.

Alisher Asror

Masud Mahsudov
25.03.2011, 14:36
Z
Baribir yana "M" xarfi bo`lib qolyapdi... Men bir hazil she`rimni topib oldim, o`qib ko`ringlarchi...

KAYF
(Itga hasrat)

“Har kecha qarorgohim ostona tong otguncha…”
(Haziniy)


Ko`ppak kelgin yonimga
Birga aroq ichaylik,
...

Uzr, albatta, lekin men yuqoridagi "Kayf" she'ringiz bilan mushoira o'rtasida hech bog'liqlik topa olmadim...