Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.09.2011 06:35   #1  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Sheru shoiru shuur

Assalomu alaykum, qadrli forum ahli!


Bugungi kunda she'r dunyosida ham, nasrda ham rang-barang ijod ahli yashaydi. Bu ranglardan ba'zilari yarqiragan, ba'zilari esa xira. Keling shu haqda bir oz suhbat qursak.

Oddiy kitobxon sifatida asl she'rlarni qanday farqlagan bo'lardingiz? Zamon she'riyatiga munosabatingizni bilmoqchi edim.

Sheriyat, shoirlik va shuur deganda nimalarni tushunasiz?
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 17.09.2011 16:18   #2  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Бугун ярқирагани кам...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 18.09.2011 10:25   #3  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Yozuvchi - xalq farzandi, jamiyatning ongli a'zosi. U haqiqatni xalqdan yashira olmagani kabi jamiyatdan chetda turib, undan yuz o'girib asar yarata olmaydi. Hozir ayrim adabiyotshunoslar adabiyotning ijtimoiy funksiyasini ro'y-rost inkor etmoqdalar. Ana shu jihatdan professor N. Rahimjonov "Umumbashariy qadriyat" maqolasida Robert Uorren, Jan Pol Sartr maqolalarini bunday talqin qiladi: "... ijtimoiy manfaatdorlikdan chetda turgan adabiyot o'z vazifasini bajarmaydi. Zero, xalq g'ami yozuvchining ham dard-tashvishidir. El-yurt o'z boshiga yoqqan qorni kurash bilan band bo'lganda, adabiyot o'z holicha, bir chekkada o'z hoyu havaslari bilan kuymalanib yurmaydi. Xalqning boshida balqqan oftob adabiyotning ko'chasiga ham bayram olib keladi". Ijtimoiy hayot bilan bog'lanmaydigan adabiyot bo'lishi mumkin emas. Badiiy asar, uning muallifi ijtimoiylikka daxldor hodisa. Ijtimoiylik va ijod, iste'dod bir-birini to'ldiradi, o'zaro ulanib ketadi...


"Betakror o'zlik" kitobidan.
Adabiy tanqidchi, Prof. Abdug'afur Rasulov
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 09.12.2011 15:16   #4  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение

Zamon she'riyatiga munosabatingizni bilmoqchi edim.
Bugungi kunda ko'plab iste'dod egalari ijod bilan shug'ullanib kelmoqdalar. "Zulfiyaxonim qizlari" va bir talay mahorat egalari bunga yaqqol misol. Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarimizga ochilgan keng imkoniyatlar eshigi ana shunday iste'dod egalarini kashf etib bermoqda.

Shu o'rinda ijod ahliga bir savol bilan yuzlanmoqchiman:Ko'pchilik ijod ahli sher'iy vaznlar,bahrlar haqida bilishlari sir emas. Ammo bugungi kun she'riyatidagi she'rlarda vaznlar ko'rinayapdimi? Umuman olganda bugungi kunda ana shu she'riy vaznlardan qaysi shoir ijodiga ko'rishimiz mumkin? Shu haqda sizlarni fikrlaringizni bilmoqchiman.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
"+" от:
Старый 09.12.2011 17:56   #5  
Аватар для Alouddin
Оффлайн
"Megabyte" jurnali
редактор
Сообщений: 99
+ 48  129/44
– 1  3/2

UzbekistanОтправить сообщение для Alouddin с помощью Skype™Мой КругМой мирFacebook
Кайси адибимиз айтганлари эсимда йук, лекин, шу гап ёдимга келди: "Пайтлар буладики, нимаики ёзманг, хеч кайсисини чикара олмайсиз.. Бу бир синов. Кейин, машхур булгач, пайтлар буладики, нимаики ёзманг, хаммасини чоп этишади.. Бу хам синов"
Хозир шу 1- синов йуколиб колди-да... Ким нима истаса чоп этаверади, туртта кофиядош сузни топган узини шоир деб атайверади... Натижада шеърнинг, шеъриятнинг "тузи" кетиб колди.
Абу Муслим бир постларида келтирганларидек, барча "истеъдод эгалари" узларига Чулпон каби "Мен шоирми?" деб савол беришлари керак, менимча...
Ответить 
Старый 09.12.2011 22:14   #6  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Assalomu alaykum, hurmatli Alouddin hamda Albatros! O'rinli va kerakli fikrlar qoldiribsizlar.
Ответить 
Старый 09.12.2011 22:19   #7  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Umuman olganda bugungi kunda ana shu she'riy vaznlardan qaysi shoir ijodiga ko'rishimiz mumkin?
O'zbek she'riyatida g'azal janrida ijod qiladigan va she'rlari sof aruzga tusha oladigan birgina ijodkorni bilaman. (Albatta E. Vohidov ustozimizni chetlab o'tgan holda aytyapman) Mirzaahmad Olimov, Boburshunos va aruzshunos olim adashmasam.

Masalan,

Girdi chashmingda tuzib bazmi jahon kipriklaring,
Ne malohat o'ziga etmish nihon kipriklaring... deb boshlanuvchi g'azallari yodimda.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 10.12.2011 09:55   #8  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
Цитата:
Сообщение от Alouddin Посмотреть сообщение
Кайси адибимиз айтганлари эсимда йук, лекин, шу гап ёдимга келди: "Пайтлар буладики, нимаики ёзманг, хеч кайсисини чикара олмайсиз.. Бу бир синов. Кейин, машхур булгач, пайтлар буладики, нимаики ёзманг, хаммасини чоп этишади.. Бу хам синов"
Bu fikrlar elimiz sevgan yozuvchi O'.Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridan olingan.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
"+" от:
Старый 10.12.2011 10:42   #9  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от albatros Посмотреть сообщение
Bu fikrlar elimiz sevgan yozuvchi O'.Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridan olingan.
Muhimi yaxshi fikrligi. Muallifini bilganimiz ham zarar qilmaydi albatta. Rahmat )
Ответить 
Старый 11.12.2011 11:30   #10  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
O'zbek she'riyatida g'azal janrida ijod qiladigan va she'rlari sof aruzga tusha oladigan birgina ijodkorni bilaman. (Albatta E. Vohidov ustozimizni chetlab o'tgan holda aytyapman) Mirzaahmad Olimov, Boburshunos va aruzshunos olim adashmasam.
Хакикатдан хам кучли арузшунос, шу кишидан узим арузни урганганман. Бир шеърий тупламлари чиккан, "Барча карвонлар кетибдир" деган, афсуски, хозир олдимда йук.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх