Цитата:
Сообщение от Kavsar
Zamon she'riyatiga munosabatingizni bilmoqchi edim.
|
Bugungi kunda ko'plab iste'dod egalari ijod bilan shug'ullanib kelmoqdalar. "Zulfiyaxonim qizlari" va bir talay mahorat egalari bunga yaqqol misol. Mustaqilligimiz sharofati bilan yoshlarimizga ochilgan keng imkoniyatlar eshigi ana shunday iste'dod egalarini kashf etib bermoqda.
Shu o'rinda ijod ahliga bir savol bilan yuzlanmoqchiman:Ko'pchilik ijod ahli sher'iy vaznlar,bahrlar haqida bilishlari sir emas. Ammo bugungi kun she'riyatidagi she'rlarda vaznlar ko'rinayapdimi? Umuman olganda bugungi kunda ana shu she'riy vaznlardan qaysi shoir ijodiga ko'rishimiz mumkin? Shu haqda sizlarni fikrlaringizni bilmoqchiman.