![]() |
Sheru shoiru shuur
Assalomu alaykum, qadrli forum ahli!
Bugungi kunda she'r dunyosida ham, nasrda ham rang-barang ijod ahli yashaydi. Bu ranglardan ba'zilari yarqiragan, ba'zilari esa xira. Keling shu haqda bir oz suhbat qursak. Oddiy kitobxon sifatida asl she'rlarni qanday farqlagan bo'lardingiz? Zamon she'riyatiga munosabatingizni bilmoqchi edim. Sheriyat, shoirlik va shuur deganda nimalarni tushunasiz? |
Бугун ярқирагани кам...
|
Yozuvchi - xalq farzandi, jamiyatning ongli a'zosi. U haqiqatni xalqdan yashira olmagani kabi jamiyatdan chetda turib, undan yuz o'girib asar yarata olmaydi. Hozir ayrim adabiyotshunoslar adabiyotning ijtimoiy funksiyasini ro'y-rost inkor etmoqdalar. Ana shu jihatdan professor N. Rahimjonov "Umumbashariy qadriyat" maqolasida Robert Uorren, Jan Pol Sartr maqolalarini bunday talqin qiladi: "... ijtimoiy manfaatdorlikdan chetda turgan adabiyot o'z vazifasini bajarmaydi. Zero, xalq g'ami yozuvchining ham dard-tashvishidir. El-yurt o'z boshiga yoqqan qorni kurash bilan band bo'lganda, adabiyot o'z holicha, bir chekkada o'z hoyu havaslari bilan kuymalanib yurmaydi. Xalqning boshida balqqan oftob adabiyotning ko'chasiga ham bayram olib keladi". Ijtimoiy hayot bilan bog'lanmaydigan adabiyot bo'lishi mumkin emas. Badiiy asar, uning muallifi ijtimoiylikka daxldor hodisa. Ijtimoiylik va ijod, iste'dod bir-birini to'ldiradi, o'zaro ulanib ketadi...
"Betakror o'zlik" kitobidan. Adabiy tanqidchi, Prof. Abdug'afur Rasulov |
Цитата:
Shu o'rinda ijod ahliga bir savol bilan yuzlanmoqchiman:Ko'pchilik ijod ahli sher'iy vaznlar,bahrlar haqida bilishlari sir emas. Ammo bugungi kun she'riyatidagi she'rlarda vaznlar ko'rinayapdimi? Umuman olganda bugungi kunda ana shu she'riy vaznlardan qaysi shoir ijodiga ko'rishimiz mumkin? Shu haqda sizlarni fikrlaringizni bilmoqchiman. |
Кайси адибимиз айтганлари эсимда йук, лекин, шу гап ёдимга келди: "Пайтлар буладики, нимаики ёзманг, хеч кайсисини чикара олмайсиз.. Бу бир синов. Кейин, машхур булгач, пайтлар буладики, нимаики ёзманг, хаммасини чоп этишади.. Бу хам синов"
Хозир шу 1- синов йуколиб колди-да... Ким нима истаса чоп этаверади, туртта кофиядош сузни топган узини шоир деб атайверади... Натижада шеърнинг, шеъриятнинг "тузи" кетиб колди. Абу Муслим бир постларида келтирганларидек, барча "истеъдод эгалари" узларига Чулпон каби "Мен шоирми?" деб савол беришлари керак, менимча... |
Assalomu alaykum, hurmatli Alouddin hamda Albatros! O'rinli va kerakli fikrlar qoldiribsizlar.
|
Цитата:
Masalan, Girdi chashmingda tuzib bazmi jahon kipriklaring, Ne malohat o'ziga etmish nihon kipriklaring... deb boshlanuvchi g'azallari yodimda. |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
| Текущее время: 13:33. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»