Сообщений: 1,253
+ 1,042
1,526/636
– 63
80/43
|
Hurmatli Ozoda Umarova,
takror aytaman: forum qoidasini men buzganman. To'lqin Eshmatov emas. U mavzu doirasida savol qoldirgan. Uning postidagi quote qilingan gaplarga e'tibor bersangiz, yetarli.
Rahmat. Salomat bo'ling.
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Bekmirzo akamizning qalamlari nega o'tkir, forumda qoldirayotgan xabarlari kishini o'ylantiradigan, mulohaza qiladigan desam ular ham Omonilla Madayevning qozonlarida qaynagan ekanlar-da?!..
Domla bizning ham (Lutfillo Tursunov, Behzod Sulaymonov, kaminaning) ustozlari hisoblanadilar. Agar universitetlarda Omonilla akadek dars o'tishda san'atkor, o'ta talabchan, darslariga jiddiy qaraydigan ustozlar ko'p bo'lsa savodsizlik haqiqatan ham kam bo'lardi. Ustoz o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham maktab o'qituvchilariga dars berganlarida ona tili va adabiyot o'qituvchilariga "Eplasangiz darsingizni o'ting. Bo'lmasam o'quvchini qimmatli vatini olmang" degan qat'iy talab qo'yadilar.
|
Ancha mubolag'a qilibsiz, Nigora.
Guruhlar birlashtirib o'tilgan bir-ikkita umumiy ma'ruzalarni hisobga olmasak, bizning guruhga Omonulla Madayev, afsuski, dars o'tmagan. Dekan bo'lganda ham, juda qattiqqo'l va barchani zirillatadigan dekan edi. Shu o'rinda aytib o'ta qolay.
Bizga nemis tilidan dars o'tib kelayotgan nemis tili o'qituvchimizni nimadir sabablarga ko'ra bizni guruhdan olib tashlashadi. O'rniga boshqa bir opani olib kelishadi. Nemis tilidan bilim darajasi guruhimizdagi eng kuchsiz talabaning nemis stili darajasida ham emasdi. Ikkinchi darsgacha guruhdoshlar bu o'qituvchini ustidan arz qilishga kelishdik. Ikkinchi darsda guruhdoshlarga qarasam, birortasi indamaydi. O'qituvchiga bir savol tashladim o'tayotgan mavzusi bo'yicha. Noto'g'ri gapirdi. Noto'g'riligini aytsam, to'g'ri, deb turib oldi. Bemalol dars o'tavering, deb tashqariga chiqib ketdim. Guruhdoshlarim hech narsa demay xonada qolaverishdi. O'sha vaqtlarda Omonilla aka dars vaqtida koridorda yurgan talabani ko'rsa, oborib-obkelardi. Meni zina oldida turganimni ko'rib qolib, qat'iy ohangda so'radi:
- Tashqarida nima qilib yuribsan dars vaqtida?
To'g'risi, biroz qo'rqim. Keyin, o'zimni qo'lga olib:
- Darsdan chiqib ketdim...
- Nima uchun?
- O'qituvchi talabga javob bermayapti...
- Nima deyapsan? Qanaqa dars edi, kim u o'qituvchi?
- Nemis tili darsi.
- Qani, yurchi darsxonangga!
Birga kirdik. O'zimcha, yangi o'qituvchini podstavka qilayotgandek tuyulardim. Ammo, nachora, poezd yurib ketgan edi...
Dekan jahl bilan kirib, talabalarga qo'shib o'qituvchini ham dovdiratib qo'ydi. !Ochiq dars o'tasan hozirni o'zida!" dedilar.
O'qituvchi dars o'tishda davom etdi. Xato ma'lumotlar beryapti. Nemis tilidan ma'lumotim yaxshi edi. Bilib turibman. Uning ba'zi xatolarini sezayotgan guruhdoshlarimga qarasam, birortasi miq etmaydi. Xullas, qo'l ko'tarib, savol berdim. O'qituvchi ma'lumot berdi. "Xato aytyapsiz!" devordim. "Yo'q, xato emas. Shunaqa-shunaqa bo'ladi", dedi o'qituvchi. "Yo'q, unaqa emas, bunaqa-bunaqa bo'ladi", deb o'zim batafsil gapirib tashladim.
O'qituvchi nima deyarini bilmasdan, "Siz atayin qilyapsiz, dekanni oldida meni mulzam qilmoqchisiz..." deb qolsa bo'ladimi... "Nega endi, men o'tayotgan mavzuingiz bo'yicha savol beryapman-ku sizga", dedim. Dekan shartta o'rnidan turib, "Bu qanaqasi, o'qituvchi o'tayotgan fanidan o'z talabasi darajasida bilimi, savodi yo'q bo'lsa!
Talabalar, silar o'zlarion shug'ullanib o'tiringlar.
O'qituvchi, siz bo'shsiz, boshqa dars o'tmaysiz bu fakultetda!" deb, o'qituvchini olib chiqib ketgandi.
Guruhdoshlarimga ham gapirib tashlagandim birortang yonimni olmading, deb.
Dekanat topib kelgan keyingi o'qituvchimiz ham 1-darsidanoq no'noqligini bildirib qo'ygan. Yomon emasdi-ku, ammo bizga nisbatan talabchanlik qilolmagan. 3 ta imkoniyatdan keyin, dekanatga arz qilganmiz. Keyingina talabimizni inobatga olib, avvalgi o'qituvchimizni qaytarib berishgan.
Kim biladi, men o'qituvchiga nisbatan nohaqlik qilgandirman. Ammo, bilimimni rivojlantirishga intilgan bo'lsam, nima qilay... Balki, nemis tili eng yoqtirgan fanlarimizdan biri bo'lgani uchun ham shunday harakatga jazm qilolgandirmiz... O'sha o'quv yilining o'rtalarida universitetlararo (nemis tili asosiy fan bo'lmagan) nemis tili bo'yicha respublika olimpiadasida 2-o'rinni olgandik. O'sha ikki oy yutqazilmaganda, savodimiz 1-o'rinni olishga ham yetarmidi...
|