Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.12.2009 23:38   #891  
Аватар для Tўлқин Эшматов
Оффлайн
Хусусий бизнес
Директор
Сообщений: 63
+ 16  59/34
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Инглизча газета-журналларни ўқишда ўзимизнинг алифбони билганингиз қўл келмаяптими?



Бу нима дегани?
Ответить 
Старый 10.12.2009 09:14   #892  
Заблокирован(а)
Аватар для Aaz
Оффлайн
Сообщений: 4,378
+ 779  692/496
– 112  111/78

Uzbekistan
Саводсизлигимиз йулидаги яна бир кадам:

"Книгомир" китоб дуконлари тармоги епилмокда.
http://uforum.uz/showthread.php?t=11084
Ответить 
"+" от:
Старый 10.12.2009 11:06   #893  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Инглизча газета-журналларни ўқишда ўзимизнинг алифбони билганингиз қўл келмаяптими?



Mana shu post uchun menga Warning berildi. Faqat smiliklardan iborat post qoldirish uForum qoidalariga ko'ra Warning bilan taqdirlanar ekan. Bunaqa bo'lishi mumkinligiga biroz e'tiborsizlik qilibman. Qat'iy harakat uchun moderator Ozoda Umarovaga rahmat.

Ozoda, shu o'rinda sizga bitta savol bersam:
- men-ku, qoidani buzibman. To'lqin Eshmatovga nima uchun Warning berdingiz? Axir u mavzu doirasidan chiqqani yo'q va tushunmagan narsasini so'rab savol bergandi... Men qoldirgan smiliklar ham mavzu bo'yicha edi.
Endi shuni izohlab o'tsam.


Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Инглизча газета-журналларни ўқишда ўзимизнинг алифбони билганингиз қўл келмаяптими?



To'lqin aka Eshbekov,
sizni inson sifatida hurmat qilaman.
Lekin, yuqoridagi savolingizdan jahlim chiqib ketdi, to'g'risi.
Siz bu forumda o'z jurnalistligingizni aytib o'tgandingiz. Adashmasam, UzMU jurnalistika fakulteti talabalariga ham dars berasiz, hech bo'lmaganda, mana shu universitetning matbuot kotibi ekanligingiz nomingiz ostida qayd etilgan.
Shu narsani hisobga olib hamda yuqoridagi savolingizni o'qib, men jamiyatimizda kuzatilayotgan va mana shu mavzu asosi bo'lgan savodsizlik borasida hech ikkilanmasdan sizni ham birinchilar qatorida ayblayman.
To'g'ri, mayda gapga o'xshaydi. Kichik xato ketibdi, deymiz. Lotin alifbosi hali O'zbek alifbosi bo'lib qolganicha yo'q-ki, faxr bilan o'zimizning alifbomiz, deya olsak. Faxrlanib gapirishga ma'nan haqqimiz ham yo'q. Aks holda, shuncha yildan beri allaqachon kirilchadan butunlay xayrlashgan bo'lardik...
"O'zimizning deganda Lotin alifbosiga asoslangan O'zbek yozuvi nazarda tutilgan edi", deb vaziyatdan chiqib ketishga ham harakat qilamiz.
Ammo, bu holatning zamirida jamiyatdagi savodsizlik, universitetlardan diplomlarni faxr bilan qo'lda tutib emas, balki iljayib qo'ltiqlab chiqib ketayotgan talabalar ko'rinmayaptimi?

Men ham o'sha dargohda ta'lim olganman vaqtida. 1996-97 o'quv yilida Jurnalistika fakultetida ikki oyning ichida uch marta bizga nemis tilidan dars beradigan o'qituvchi almashtirganmiz - talabimizga javob berolmagani uchun. Dekan o'sha vaqtda Omonulla Madaev edi. Qattiqqo'l va talabchan edi. Biz ham shunga yarasha talaba bo'lishga harakat qilardik. Afsuski, baribir tom ma'noda yetuk ta'lim bilan chiqib ketolmaganmiz o'sha dargohdan. Albatta, asosan o'z yalqovliklarimiz va hamda o'qituvchilarimizning yetuk mutaxassis bo'lmaganliklaridan...
Hozirda talabalarimizning bizning davrdagiga qaraganda 3-4 baravar ortiqroq darajada talabchan va intiluvchan bo'lishlarini istardim, chin dildan... Buning uchun esa ta'lim beruvchi mutaxassislarimiz ham yetuk va talabchan hamda izlanuvchan bo'lishlari lozim.
Gapirsa gap ko'p...


Smiliklarga izoh:
- To'lqin akaning gapini o'qib, fikrlarim chulg'ashib, kitob varaqlab qoldim. Lotin alifbosi qachondan beri o'zimizni alifbo bo'lib qoldi ekan, deb...

- To'lqin akaga gapirgim keldi-yu, keyin futboldagi holat esimga tushib qoldi. Unda bir o'yinchi raqibini oyog'iga hcil berib yiqitgach, hakam kelib kartochkalarni ko'rsatsa, aybdor o'yinchi ko'p hollarda o'zida ayb yo'qligini ta'kidlay boshlaydi. Negadir shu holat ko'z o'ngimdan o'tdi...

- ... natijada, achinarli bo'lgan umumiy holatdan afsuslar tortib, boshimni devorga urgim keldi... Bor gap shu.


To'lqin Eshmatov bilmoqchi bo'lgan izoh shu edi.

Последний раз редактировалось Bekmirzo; 10.12.2009 в 11:12.
Ответить 
Старый 10.12.2009 11:28   #894  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Ozoda Umarova
Оффлайн
Сообщений: 346
+ 554  348/157
– 1  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Ozoda Umarova с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
To'lqin Eshmatovga nima uchun Warning berdingiz?
Сообщение модератора:
Вместо того чтобы писать такой длинный пост, прочитали бы внимательней правила форума и не бы ло бы столько вопросов.
На счет штафа:К оффтопам относятся различные бессмысленные сообщения, в том числе содержащие только смайлы, +1 ; и подобные.
Ответить 
Старый 10.12.2009 11:34   #895  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Men ham o'sha dargohda ta'lim olganman vaqtida. 1996-97 o'quv yilida Jurnalistika fakultetida ikki oyning ichida uch marta bizga nemis tilidan dars beradigan o'qituvchi almashtirganmiz - talabimizga javob berolmagani uchun. Dekan o'sha vaqtda Omonulla Madaev edi. Qattiqqo'l va talabchan edi. Biz ham shunga yarasha talaba bo'lishga harakat qilardik. Afsuski, baribir tom ma'noda yetuk ta'lim bilan chiqib ketolmaganmiz o'sha dargohdan. Albatta, asosan o'z yalqovliklarimiz va hamda o'qituvchilarimizning yetuk mutaxassis bo'lmaganliklaridan...
Hozirda talabalarimizning bizning davrdagiga qaraganda 3-4 baravar ortiqroq darajada talabchan va intiluvchan bo'lishlarini istardim, chin dildan... Buning uchun esa ta'lim beruvchi mutaxassislarimiz ham yetuk va talabchan hamda izlanuvchan bo'lishlari lozim.
Gapirsa gap ko'p...
Bekmirzo akamizning qalamlari nega o'tkir, forumda qoldirayotgan xabarlari kishini o'ylantiradigan, mulohaza qiladigan desam ular ham Omomilla Madayevning qozonlarida qaynagan ekanlar-da?!..
Domla bizning ham (Lutfillo Tursunov, Behzod Sulaymonov, kaminaning) ustozlari hisoblanadilar. Agar universitetlarda Omonilla akadek dars o'tishda san'atkor, o'ta talabchan, darslariga jiddiy qaraydigan ustozlar ko'p bo'lsa savodsizlik haqiqatan ham kam bo'lardi. Ustoz o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham maktab o'qituvchilariga dars berganlarida ona tili va adabiyot o'qituvchilariga "Eplasangiz darsingizni o'ting. Bo'lmasam o'quvchini qimmatli vatini olmang" degan qat'iy talab qo'yadilar.
Ответить 
Старый 10.12.2009 12:06   #896  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Hurmatli Ozoda Umarova,
takror aytaman: forum qoidasini men buzganman. To'lqin Eshmatov emas. U mavzu doirasida savol qoldirgan. Uning postidagi quote qilingan gaplarga e'tibor bersangiz, yetarli.
Rahmat. Salomat bo'ling.

Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Bekmirzo akamizning qalamlari nega o'tkir, forumda qoldirayotgan xabarlari kishini o'ylantiradigan, mulohaza qiladigan desam ular ham Omonilla Madayevning qozonlarida qaynagan ekanlar-da?!..
Domla bizning ham (Lutfillo Tursunov, Behzod Sulaymonov, kaminaning) ustozlari hisoblanadilar. Agar universitetlarda Omonilla akadek dars o'tishda san'atkor, o'ta talabchan, darslariga jiddiy qaraydigan ustozlar ko'p bo'lsa savodsizlik haqiqatan ham kam bo'lardi. Ustoz o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham maktab o'qituvchilariga dars berganlarida ona tili va adabiyot o'qituvchilariga "Eplasangiz darsingizni o'ting. Bo'lmasam o'quvchini qimmatli vatini olmang" degan qat'iy talab qo'yadilar.
Ancha mubolag'a qilibsiz, Nigora.

Guruhlar birlashtirib o'tilgan bir-ikkita umumiy ma'ruzalarni hisobga olmasak, bizning guruhga Omonulla Madayev, afsuski, dars o'tmagan. Dekan bo'lganda ham, juda qattiqqo'l va barchani zirillatadigan dekan edi. Shu o'rinda aytib o'ta qolay.
Bizga nemis tilidan dars o'tib kelayotgan nemis tili o'qituvchimizni nimadir sabablarga ko'ra bizni guruhdan olib tashlashadi. O'rniga boshqa bir opani olib kelishadi. Nemis tilidan bilim darajasi guruhimizdagi eng kuchsiz talabaning nemis stili darajasida ham emasdi. Ikkinchi darsgacha guruhdoshlar bu o'qituvchini ustidan arz qilishga kelishdik. Ikkinchi darsda guruhdoshlarga qarasam, birortasi indamaydi. O'qituvchiga bir savol tashladim o'tayotgan mavzusi bo'yicha. Noto'g'ri gapirdi. Noto'g'riligini aytsam, to'g'ri, deb turib oldi. Bemalol dars o'tavering, deb tashqariga chiqib ketdim. Guruhdoshlarim hech narsa demay xonada qolaverishdi. O'sha vaqtlarda Omonilla aka dars vaqtida koridorda yurgan talabani ko'rsa, oborib-obkelardi. Meni zina oldida turganimni ko'rib qolib, qat'iy ohangda so'radi:
- Tashqarida nima qilib yuribsan dars vaqtida?
To'g'risi, biroz qo'rqim. Keyin, o'zimni qo'lga olib:
- Darsdan chiqib ketdim...
- Nima uchun?
- O'qituvchi talabga javob bermayapti...
- Nima deyapsan? Qanaqa dars edi, kim u o'qituvchi?
- Nemis tili darsi.
- Qani, yurchi darsxonangga!

Birga kirdik. O'zimcha, yangi o'qituvchini podstavka qilayotgandek tuyulardim. Ammo, nachora, poezd yurib ketgan edi...
Dekan jahl bilan kirib, talabalarga qo'shib o'qituvchini ham dovdiratib qo'ydi. !Ochiq dars o'tasan hozirni o'zida!" dedilar.
O'qituvchi dars o'tishda davom etdi. Xato ma'lumotlar beryapti. Nemis tilidan ma'lumotim yaxshi edi. Bilib turibman. Uning ba'zi xatolarini sezayotgan guruhdoshlarimga qarasam, birortasi miq etmaydi. Xullas, qo'l ko'tarib, savol berdim. O'qituvchi ma'lumot berdi. "Xato aytyapsiz!" devordim. "Yo'q, xato emas. Shunaqa-shunaqa bo'ladi", dedi o'qituvchi. "Yo'q, unaqa emas, bunaqa-bunaqa bo'ladi", deb o'zim batafsil gapirib tashladim.
O'qituvchi nima deyarini bilmasdan, "Siz atayin qilyapsiz, dekanni oldida meni mulzam qilmoqchisiz..." deb qolsa bo'ladimi... "Nega endi, men o'tayotgan mavzuingiz bo'yicha savol beryapman-ku sizga", dedim. Dekan shartta o'rnidan turib, "Bu qanaqasi, o'qituvchi o'tayotgan fanidan o'z talabasi darajasida bilimi, savodi yo'q bo'lsa!
Talabalar, silar o'zlarion shug'ullanib o'tiringlar.
O'qituvchi, siz bo'shsiz, boshqa dars o'tmaysiz bu fakultetda!" deb, o'qituvchini olib chiqib ketgandi.
Guruhdoshlarimga ham gapirib tashlagandim birortang yonimni olmading, deb.
Dekanat topib kelgan keyingi o'qituvchimiz ham 1-darsidanoq no'noqligini bildirib qo'ygan. Yomon emasdi-ku, ammo bizga nisbatan talabchanlik qilolmagan. 3 ta imkoniyatdan keyin, dekanatga arz qilganmiz. Keyingina talabimizni inobatga olib, avvalgi o'qituvchimizni qaytarib berishgan.

Kim biladi, men o'qituvchiga nisbatan nohaqlik qilgandirman. Ammo, bilimimni rivojlantirishga intilgan bo'lsam, nima qilay... Balki, nemis tili eng yoqtirgan fanlarimizdan biri bo'lgani uchun ham shunday harakatga jazm qilolgandirmiz... O'sha o'quv yilining o'rtalarida universitetlararo (nemis tili asosiy fan bo'lmagan) nemis tili bo'yicha respublika olimpiadasida 2-o'rinni olgandik. O'sha ikki oy yutqazilmaganda, savodimiz 1-o'rinni olishga ham yetarmidi...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.12.2009 12:26   #897  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Ancha mubolag'a qilibsiz, Nigora.

Guruhlar birlashtirib o'tilgan bir-ikkita umumiy ma'ruzalarni hisobga olmasak, bizning guruhga Omonulla Madayev, afsuski, dars o'tmagan. Dekan bo'lganda ham, juda qattiqqo'l va barchani zirillatadigan dekan edi. Shu o'rinda aytib o'ta qolay.
Ustoz bizga kolledjda birinchi kursdaligimizda "Maxsus kurs"dan dars berganlar. Soat 10-00 dan to soat 15-00 gacha haftada bir kungina dars o'tardilar. Orada bir soatgina katta tanaffus dars o'tardilar. Vaqt qanday o'tganini sezmay qolardik. Darslari quruq leksiyani o'zidan iborat bo'lmay bizning imkoniyatlarimiz asosida qurilardi. Keyingi darsda ko'proq narsani o'qib kelib domlaga bilimimizni("bilag'onligimizni" :-)) ko'rsatishga intilardik. Bu narsa o'z ustimizda ishlashga, ko'proq narsa o'qishga undagan. Ishonasizmi, zal auditoriyasida 150 ta talaba o'tirsak-da, churq etgan ovoz chiqmasdi, hamma bir-birini eshitardi, fikr almashardi, erkin muloqat bo'lardi.
Shu paytlarda, "O'qituvchi bo'lsam Omonilla akadek o'qituvchi bo'laman yoki umuman dars bermayman" degan maqsadni o'z oldimga qo'ygandim.
Ответить 
"+" от:
Старый 10.12.2009 23:12   #898  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Shu paytlarda, "O'qituvchi bo'lsam Omonilla akadek o'qituvchi bo'laman yoki umuman dars bermayman" degan maqsadni o'z oldimga qo'ygandim.
Оффтоп:


Buning uddasidan chiqayapsiz, desam yolg'on bo'lmaydi.
Ответить 
Старый 12.12.2009 17:41   #899  
Аватар для Ulugbeck
Оффлайн
Сообщений: 194
+ 300  167/93
– 13  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Ulugbeck с помощью YahooОтправить сообщение для Ulugbeck с помощью Skype™
"Маршрутка"лардаги оригинал эълонлардан биттаси:

Бизда уз-узига хизмат курсатиш. Чипталарни узингиз ертиб олинг. хайдовчини чалгитманг.

Хато ёзганику майли, ўзимиз йиртиб оладиган қанақа чипта борлигини тушунмадим, тағин "маршрутка"да....
__________________
***Yo asling kabi ko`rin, yo ko`ringaning kabi bo`l...***
Ответить 
Старый 12.12.2009 22:21   #900  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
To'lqin aka Eshbekov,
sizni inson sifatida hurmat qilaman.
Фикрингиз жуда ўринли. Баъзи сабабларга кўра ушбу жавобимни бошқа саҳифада ҳам бериб юборибман. Яна такрор бераётганимни тўғри қабул қиласизлар, деган умиддаман.
--------------------------------

Қадрли Бекмирзожон!
Фикрларингизга юз фоиз қўшиламан! Бироқ, ўзгалар нуқтаи назаридан қаралганда бошқа фикрлар ҳам юз фоиз ҳақ бўлиб чиқишини ҳисобга олишимиз лозим экан.
Тўғри, биз каттароқ ёшга мансуб авлод учун ўзимиз ўрганган алифбомиз маъқулроқ.
Бироқ, лотин алифбосига асосланган янги алифбомизнинг афзаллигини иккита ҳолатда кузатдим.
Биринчиси, пойтахтимизга ташриф буюрган хорижлик меҳмонлардан бири мени ҳайратга солди. Катта йўл бўйида лотин алифбомизда ёзилган бир шиорни шариллатиб (ўзбекча!) ўқиса, денг. Мен уни ўзбекчани шунчалик яхши билармикин, деб ҳаяжонга тушдим. У бўлса, таржимондан ниманидир сўради. Кейин нима гаплигини мен ҳам таржимондан суриштирдим. Таржимон: “французлар лотин алифбомиздаги сўзларни бемалол ўқиганини ва таржимасини сўраётганини” айтди! Ҳатто, баъзи халқаро атамалар уларга танишлигидан мамнунлигини изоҳлади.
Демак, лотин алифбосида саводи чиққан ёшлар француз ва бошқа дунёвий тилларни осонроқ ўрганиши учун катта имкон яралибди! Бу фикрим қанчалик ҳақлигини билмоқчи бўлсангиз, марҳамат, чет тилларни ўрганаётган талабалардан сўраб кўринг.
Лотин алифбосида саводи чиққан ёшлар ўз навбатида криллдаги ёзувларни ўқишга, айниқса ёзишга жуда қийналишади. Демак, лотин алифбоси ёшларимизнинг дунё билан мудом бўйлашишлари учун бебаҳо имкониятдир.
Мен бир дўстимизга, лотин алифбосида хориж газеталарини ўқиш қулай бўлаётгандир, деб ёзганимда шуни назарда тутгандим. Унга бошқа бир форумдошимиз (гапимнинг маънисини тушунмасдан!) суратчалар билан кулги қилибди...
Баъзи илғор фикрли форумдошларимизнинг ҳозирги лотин алифбосида – ц, ў, ғ, (сўз бошида келадиган) е ҳарфларини компьютерда ёзишда муаммо пайдо бўлаётгани ҳақидаги таклифлари менга ҳам ёқди. (Қаранг, техник сабабга кўра ноилож форумда исмим – Tulqin шаклида ёзилгани кимга ҳам ёқарди?) Фақат, бу катта ишни амалга оширишда (ислоҳ қилишда) шошма-шошарлик қилмасликка, аввал мутахассислар билан масла?атлашишга даъват этдим.
Немис тили ў?итувчиси билан бўлган гапларда Сиз ҳақсиз! Буюк адиблардан бири ёзганидек, тарбияланувчининг ўзи тарбияланган бўлиши керак! Талабчан устоз Омонулла Мадаев тўғри йўл тутган.
Беш қўл баробар эмас, деганларидек, ҳозир ҳам мураббийлар орасида айрим билими ҳаминқадарлари учраб туради. Бундай салбий ҳолатларни бартараф этиш йўлида мутасаддилар зарур чораларни кўришмоқда. Ҳаёт деганлари шу тариқа давом этаверар экан-да.
Азиз устозимиз Омонулла Мадаев бизга ҳам дарс берган! Буни қарангки, бир-икки ҳафта илгари устоз билан журфакда айнан форумимиз ҳақида гаплашгандик. У киши ҳам форумимизга аъзо бўлиш ниятидалар! Худо хоҳласа, форумимизга шундай устозлар ҳам аъзо бўлса, мақсадга мувофиқ бўларди.
Устоз ҳақида Нигорахон иккингиз билдирган гўзал фикрларни кўчириб олдим. Эрта-индин уни қоғозга чиқариб, Омонулла акага тақдим қиламан.
----------------------------------------

Шу билан 2010 йил февраль ойида кўришгунча соғ-омон бўлинг!
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх