Цитата:
Сообщение от Bekmirzo
Men ham o'sha dargohda ta'lim olganman vaqtida. 1996-97 o'quv yilida Jurnalistika fakultetida ikki oyning ichida uch marta bizga nemis tilidan dars beradigan o'qituvchi almashtirganmiz - talabimizga javob berolmagani uchun. Dekan o'sha vaqtda Omonulla Madaev edi. Qattiqqo'l va talabchan edi. Biz ham shunga yarasha talaba bo'lishga harakat qilardik. Afsuski, baribir tom ma'noda yetuk ta'lim bilan chiqib ketolmaganmiz o'sha dargohdan. Albatta, asosan o'z yalqovliklarimiz va hamda o'qituvchilarimizning yetuk mutaxassis bo'lmaganliklaridan...
Hozirda talabalarimizning bizning davrdagiga qaraganda 3-4 baravar ortiqroq darajada talabchan va intiluvchan bo'lishlarini istardim, chin dildan... Buning uchun esa ta'lim beruvchi mutaxassislarimiz ham yetuk va talabchan hamda izlanuvchan bo'lishlari lozim.
Gapirsa gap ko'p...
|
Bekmirzo akamizning qalamlari nega o'tkir, forumda qoldirayotgan xabarlari kishini o'ylantiradigan, mulohaza qiladigan desam ular ham Omomilla Madayevning qozonlarida qaynagan ekanlar-da?!..
Domla bizning ham (Lutfillo Tursunov, Behzod Sulaymonov, kaminaning) ustozlari hisoblanadilar. Agar universitetlarda Omonilla akadek dars o'tishda san'atkor, o'ta talabchan, darslariga jiddiy qaraydigan ustozlar ko'p bo'lsa savodsizlik haqiqatan ham kam bo'lardi. Ustoz o'qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham maktab o'qituvchilariga dars berganlarida ona tili va adabiyot o'qituvchilariga "Eplasangiz darsingizni o'ting. Bo'lmasam o'quvchini qimmatli vatini olmang" degan qat'iy talab qo'yadilar.