Цитата:
Сообщение от AbuMuslim
савол-жавобларимизни давом этирсак...
Хазрати Алишер Навоийнинг "Садди Искандарий" достонида шох Искандар тахтга кандай эришади...?
1. Маликага уйланиб (шох бўлади)
2. Сарой тўнтариши оқибатида...
3. Отасини ўлдириб...
4. Халк талаби бўйича
5. Искандар шох бўлмаган...
6. Бу ерда тўғри жавоб йўк...
"Обид кетмон" қиссасининг муаллифи ким?
1. Тоҳир Малик
2. Ғофур Ғулом
3. Эркин Воҳидов
4. Фитрат
5. Абдулла Қодирий
6. Айний
7. Чўлпон
8. Хамза
9. Пиримқул Қодиров
10. Муҳаммад Юсуф
|
1."Saddi Iskandariy" Navoiy "Xamsa" sidagi eng yirik dostondir.
Bu asar G'arb va Sharqdagi eng mashhur siymo jahongir Iskandarga bag'ishlangan. Iskandarni G'arbda Aleksandr makedonskiy deb atashgan. 336 -yilda otasi Filipp o'ldirilgach, taxtga chiqadi. Dostonda filippning nomi Faylaqus deyiladi. 330-yilda iskandar 26 yoshida Doro III ni yengib, Eronni egallaydi. 329-yilda Markaziy Osiyoga kirib keladi. U 323-yilda 33 yoshida vafot etadi.
Faylaqus Tangridan farzand so'raydi. Bir kuni ovdan qaytarkan, shaharga kiraverishdagi vayronada yangi ko'zi yorigan ayolga duch keladi. Chaqaloq o'g'il bola bo'lib, sergak, ona esa o'lib qolgan ekan. Unga iskandar deb nom qo'yib, uning tarbiyasi bilan shug'ullanadi. O'limi oldidan esa uni valliahd etadi va o'z o'rniga shoh qilib qo'yadi.
2. "Obid ketmon" asarini "Adabiyot" kitobimdagi manbalardan bilaman, biroq kitobni o'qimaganman.