Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Савол: "Девони луготит турк" асарида Афросиёб хакида гап кетади.
Афросиёб ким ва туркийлар уни кандай аташган?
Афросиёбнинг Барман, Барсган, Каазга кандай алокаси бор?
|
Жавоб бериш муддати 15 октябргача, жавоблар булмаса жавобини ёзиб колдираман.
|
Alp Er To’nga – turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib
forslar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Qoshg’ariy:- “Afrosiyobi Qashqarda – O’rdukant shahrida turar edi”, - deb ko’rsatadi.
To’nga Alp Er – yo’lbars kabi kuchli bahodir odam, demakdir. Shuningdek, uning
Barman, Barsg’an degan o’g’illari hamda
Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar saqlanib qolgan. Qaz haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
“Qaz – Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shahrini shu qurgandir. Bu so’zning asli qaz o’yini – g’oz o’ynaladigan joy demakdir… Qizning otasi To’nga Alp Er- Afrosiyobdir.U Tahmuraspdan 300 yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar Movarounnahrni turklar o’lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro’yindir. U sariqligiga ko’ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o’ldirilgan. Majusiy – otashparastlar har yilibu yerga kelib, Siyovush o’lgan joy atrofida yig’laydilar. Mollar so’yib, qurbonlik qiladilar… ”