Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva
Xullas bayramni qancha bu yerda baxslashmaylik bayram endi o'tib ketdi. Shahsan men turmush o'rtog'im bilan bayramni yuqori darajada nishonladim...
To'g'ri gapim biroz g'alatiroqdir ammo bu kunda barcha mehr-muhabbat bilan, hazillashib bo'lsa ham bir-birini eslab tabriklashadi. Bayramni valentin kuni emas shunchaki mehr- muhabbat kuni desak ham bo'ladiku. O'sha kuni menga va qaynonamga olib kelingan gullar oilamizda o'zgacha bir kayfiyatni kashf etdi...
|
Buning hech ham iloji yo`q.
Sababilari:
Hazrat Boburning tavallud ayyomlari yiliga bir marta keladi. Hech bo`lmasa shu kuni Bobur mirzo hazratni esga olib qo`yaylik, hayolni boshqa tashvishlar bilan chalg`itmasdan. Bu bir.
Mehr-Muhabbat kunini alohida bir kunga belgilab nishonlab bo`lmaydi, bunday bo`ladigan bo`lsa qolgan yilning 364 kunidan mehr-muhabbat arazlab qoladi. Bu ikki.
Ana shunda kuyovto`ra sizga va qaynonangizga faqat maxsus kunlarda emas, balki har kuni ishdan qaytayotganda gul do`koni oldidan o`tayotib "Hali mehr-muhabbat kuniga aaancha boru" degan fikr aslo hayollarini band etmaydi.
Yaratgan barchamizni bir-birimizga hamisha, har soniyada yanada.... , yanda .... mehr-muhabbatli qilaversin.