PDA

Просмотр полной версии : Dildagi satrlar


Страницы : 1 2 [3] 4 5 6 7 8 9

Lobar Pulatova
11.11.2009, 11:59
E'titof

Men bilaman qaydaligimni,
Jinniga ham yashash osonmas,
Unga dushman kerakmas o'zi,
O'zi bilan yashar qasdma -qasd.

Uning umri jangdan iborat,
Dushmanlari- hur fikrlari,
Tolei ham, baxtsizligi ham -
Boshqalarga o'xshamagani .

Marhabo Karimova

Umida Shodiyeva
11.11.2009, 12:07
73-guruh go’zal qizlari
Musaffo osmonning oy-yulduzlari
Guruhingizning umidi sizda
O’g’il bolalardan keyin albatta!!!!!!!!!!

bir yosh tajribasiz shoirdan


73 ning o'g'lonlari,
Shu yurtning qo'rg'onlari!
Biz bo'larmiz soliha,
Gar bo'lsangiz siz solih.
Biz so'zlarmiz sizdan past,
Gar kelsangiz siz baland:-)

Mubina
11.11.2009, 22:34
Zotingga ziynat o’lan iffatni dilda saqlagil,
Shahvatu nafsing sani bo’lg’usidur aqlingg’a qul.
Har kishining dunyoda yirtilsa iffat pardasi,
Nafsi shaytondek ani bir kun solur bo’yniga g’ul.

(“Turkiy guliston yohud axloq”) Abdulla Avloniy

Ziyoda Teshaboyeva
11.11.2009, 22:38
Armon

Sevib olma otgandim,
Osmonga borib yetdi.
Oyni mo’ljallagandim,
Yulduzga tegib ketdi.

Men mo’ljalda adashdim,
Oh, yonaman pushmonda,
Yulduz “uchib” kuydirar,
Oy haliyam osmonda.

Marhabo Karimova

Fariza Hasanova
11.11.2009, 22:40
Mustaqillik
Ozod ona yurtim, ozod diyorim,
Ulug’ millating obod, diyorim,
Har kim havas qilsa,arzigay senga,
Imon –e’tiqodi shamshod, diyorim.

Boblar orzusi hurlikka yetdik,
Til va dil orzusi erklikka yetdik,
Ilm-u fan, ijodda kenglikka yetdik,
Men ham senga sodiq zurriyot diyorim.

Qancha imoratlar qad rostladi, ko’p,
Baxtning osmonida sen muallaq tur,
Shu kunga yetkazgan tangriga shukur,
Dunyoda tengsiz bo’l, bunyod diyorim.

Beshiklar doimo go’dakka to’lsin,
Kelsalar toabad duoda bo’lsin,
Mustaqillik to’ying muborak bo’lsin,
Shirin ham o’zingsan, Farhod, diyorim.

Temur bobom qo’ygan ulug’ poydevor,
Olim-u adiblar, tengsiz har me’mor,
Yurtboshimdek buyuk rahnamoyim bor,
Bayrog’ing baland tut, ozod diyorim!

Murodova Umida

Fariza Hasanova
11.11.2009, 22:41
Vatanim
Shu vatanning suyar zarrasin,
SHu vatanni Alloh asrasin!

Ona yurtim - cheksiz sinoat,
Haqqing uchun qilay tilovat!

Men uchun zar tuprog’ing aziz,
Sahro, quming, o’tlog’ing aziz!

Har bir nihol, tolu terklar:
“Allohim”,- deb qilar tilaklar.

Menga aziz har jonzoting,
Shu tuproqda barcha hayoting.

Eng azizi beshikda go’dak,
Ul haqqiga qilaman tilak.

Nuroniy chol, munis onalar,
Tengsiz menga ul durdonalar.

Tug’ildim shu ona zaminda,
Ming roziman, sevaman chindan.

Shu vatanga bo’lolsam sodiq,
Men uchun baxt, boshqasi ortiq.

Elim uchun suyuk bo’lolsam,
Birga yashab, birga yonolsam.

Murodova Umida

tornado
11.11.2009, 22:52
Ko`zlarimning har bir tomchisi
Oqar bo`ldi seni deb takror
Yuragimni qiynama endi
Yonimga ham kelmagin zinhor
Qancha azob chekdim seni deb
Holim so`rab kelmading bir bor
Mayli shuncha qilding meni zor
Bilib qo`ygin qaytar dunyo bor
Qaytar dunyo borligin bilib
Ko`nglim biroz taskin topadi
Qadrim bilib qaytganingdan so`ng
Kech bo`lmasmi deb hayol o`tadi.

tornado
11.11.2009, 22:54
Bugun ham yurakni qiynar muhabbat
Ikki kuch kurashar bunda beayov.
Biri der : men usiz yashashim kerak
Biri der:hayotim usiz zim- ziyo.

Aslida yuragim yasholmas sizsiz,
Tirikdir u sizning yodingiz bilan.
Sizsiz yashamoqqa hohishim emas
Hayot majbur etsa,ayting ne qilay?

Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar
Uzun- uzun hatlar bitgim keladi.
Ammo oramizda uzoqdir yo’llar
Uzun armonlarim Tangrim biladi.

Hayot yo’li boshqa bo’lsa ham hatto,
Ko’ngil yo’li boshqa ekan, voajab.
Ko’ngil amrin har dam etolmay ado,
Inson yashar ba’zan baxtidan ajrab.

Tushunolmay qoldim,o’zimga o’zim,
Nimani kutaman ,o’zim bilmayman.
Goho sizni eslab ,entiksam, goho,
Sizsizlikdan to’yib-to’yib yig’layman.

Umrbod shu sevgim bilan yashashni
Qanchalar hoxlashim bilsangiz edi.
Lek ,sevgi-talpinish bo’lsa ,besamar
Talpinishning, ayting,foydasi nedir?

O’lmaydi, deydilar ,asl muhabbat,
Men ham bugun uni yurakka ko’mdim.
Ochilmayin so’lgan sevgim haqqiga
Pinhon tilovatlar qilishga ko’ndim.

O’zimni qiynamoq menga orzumas,
Yuragimni berib qayg’u alamga .
Endi unutishim kerak sizni,bas,
Yo’qsa qalbga kim solmas alanga.

Sizni unutmasam murg’ak yurakni
Bir umrga armon parchalab tashlar.
Tatimay qoladi eng baxtli damlar ,
Sizsiz bag’ri –dilim ayriliq g’ashlar.

Naqadar azobli sizni unutish,
Qalbimga yozilgan har bir so’zingiz.
Har nega vaqt davo etsa ham,lekin,
Yillar ham yuvolmas qalbdan izingiz.

Bilaman ,yashaysiz kimlardir uchun ,
Ko’ngil-chun yashamoq shartmikan, deysiz.
Unutmang, yashayman men ko’ngildagi
Inson-chun ,siz o’sha inson erursiz.

Azizim ,avf eting ,kechiring meni,
Sizni shunday deya ataganimga.
Kechirin sevgim-chun ,she’rlarim uchun,
Har bir onim sizni yodlaganimga…

Shunday yo’l topayki,toki yuragim,
Baxtim, hayotimga yetmasin ozor .
Shunday xotiraga aylaning, toki
Sizni eslab dilda yashnasin bahor.

Sizni eslaganda yoshlik,muhabbat,
Qalbimga baxsh etsin ajib ehtiros.
…Men sizni unuta olmadim,aslo,
Sizsiz yashamoqni o’rgandim, xolos


Kichkinagina she'rcha

Mubina
11.11.2009, 22:58
Hayo, nomus iymona dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildur.
Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildur .

(“Turkiy guliston yohud axloq”) Abdulla Avloniy

Fariza Hasanova
11.11.2009, 22:59
Bormikan

Sevdim gulzor chamanni, bunday chaman bormikan?!
Bobolarim yurti shul, sahrosida o’sar gul,
Tuproqlari misli dur, bunday chaman bormikan?
Ikki daryo, bog’larim, oltin paxta, to’glarim,
Ipak tergan cho’g’larim, mendek inson bormikan?!
Temur bobom rag’bati, Navoiyning xilqati,
Buxoriyning hikmati, bunday davron bormikan?!
Ilm-u hikmatdan chinor, qurishgan azim minor,
Ko’hna tarix betakror, bilmas nodon bormikan?!
Duoga ochay qo’lim, doim shod bo’l ey elim,
O’rganib olsam ilm, mendek baxtli bormikan?!

Litseyimiz o’quvchisi
Murodova Umida

Fariza Hasanova
12.11.2009, 00:05
Hurmatli Tarnado va Umida Shodiyeva! "73-guruh" deb yozibsiz. Iltimos izoh bering hammaham tushunmayapti axir.

Nigora Umarova
12.11.2009, 10:25
Bugun ham yurakni qiynar muhabbat
Ikki kuch kurashar bunda beayov.
Biri der : men usiz yashashim kerak
Biri der:hayotim usiz zim- ziyo...

Kichkinagina she'rcha

Ko`zlarimning har bir tomchisi
Oqar bo`ldi seni deb takror...


Hurmatli tornado!
She'r muallifini ko'rsatib o'ting. She'r muallifi o'zingiz bo'lsangiz ko'rsatib o'ting. Forumning qoidasi shunaqa.

Umida Shodiyeva
12.11.2009, 11:40
Hurmatli Tarnado va Umida Shodiyeva! "73-guruh" deb yozibsiz. Iltimos izoh bering hammaham tushunmayapti axir.



Hurmatli Fariza Hasanova! TIU qoshidagi akademik litseyining xorijiy filologiyasidagi 3- bosqich 73- guruhdagilari.
Endi tushundingizmi?!

Fariza Hasanova
12.11.2009, 12:03
Izoh uchun rahmat!

tornado
12.11.2009, 21:52
Bugun ham yurakni qiynar muhabbat
Ikki kuch kurashar bunda beayov.
Biri der : men usiz yashashim kerak
Biri der:hayotim usiz zim- ziyo...

Kichkinagina she'rcha

Ko`zlarimning har bir tomchisi
Oqar bo`ldi seni deb takror...


Hurmatli tornado!
She'r muallifini ko'rsatib o'ting. She'r muallifi o'zingiz bo'lsangiz ko'rsatib o'ting. Forumning qoidasi shunaqa.

Uzr......... Muallifi yozilmagan she'rlarimni haqida.uz saytidan olganman. Muallifini bilmayman

Ziyoda Teshaboyeva
13.11.2009, 00:17
Dunyoning bir qavati.

Dunyoning bir qavati –
Adashganlar qavati,
Taqdiridan haqqini
Talshganlar qavati.

Yashashdilar baxtiyor,
Saroydadek kapada,
Unchalar balandmas-u,
Bizdan ancha tepada.

Marhabo Karimova

Ziyoda Teshaboyeva
13.11.2009, 00:22
Tilak

Har bandaning dunyoda
Umri bo’lsin ziyoda,
Yursangiz ham piyoda,
Sihat bo’ling tinch bo’ling.

Dilni bossa tashvish, o’y,
Tatirmidi bayram, to’y?
Bo’lmasangiz ham xushro’y,
Sihat bo’ling, tinch bo’ling.

Uyda bo’lsa ul-bul kam,
Tashvish bo’ptimi shuyam?!
Eng muhimi jon ukam,
Sihat bo’ling tinch bo’ling.

Aqcha bu – rangli qog’oz,
Shukr qiling ko’pmi, oz,
Yashayin desangiz soz,
Sihat bo’ling, tinch bo’ling.

Og’rib tursa joningiz,
Qorong’u osmoningiz,
Ketsa-ketsa ketsa molingiz,
Sihat bo’ling, tinch bo’ling.

Og’zingdan tushsa ham tish,
Boshingga tushmasin ish,
Aytim qo’ydim men darvesh,
Sihat bo’ling, tinch bo’ling.

Ey, Marhabo, chin omad –
Qo’lingizdagi halovat,
Kelgandayam qiyomat,
Sihat bo’ling, tinch bo’ling.

Marhabo Karimova

Lobar Pulatova
13.11.2009, 01:13
O’gut

Og’ir yigit, sening go’zal, nurli ko’zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o’qudim.
O’ylashingda, turishingda hamda o’zingda
Bu yurt uchun qutilishning borligin ko’rdim.
Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal,
Hurkma – kurash, qo’rqma – yopish, yo’rilma – qo’zg’al.
El yo’lini to’sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo’y,
Yirtib tashla, barchasin yo’q et!
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo’rlikdir bu!...
Yiqil, yo’qol, ket!

Abdurauf Fitrat.

Umida Shodiyeva
13.11.2009, 01:15
Bolalar uyining bolasi…

Kelmaydi otayu, onasi ,
Yo’qlamas tog’ayu, xolasi.
Ko’nglida ovozsiz nolasi,
Bolalar uyining bolasi

Uyi bor, umrida kelmagan,
Qo’l kuyib kulcha non yemagan,
Tillari “ayajon”, demagan
Bolalar uyining bolasi.

Boychechak , gulyordan bexabar,
Omonyor,alyordan bexabar,
Ramazon,yor-yordan bexabar
Bolalar uyining bolasi.

Ey, odam ogoh bo’l!,
Boyliging shuxrating ikki pul
Yurtingda bor ekan hastadil
Bolalar uyining bolasi.

(Muhriddin Holiqov Ijro etgan edilar).

Tulqin Eshbekov
13.11.2009, 02:07
КУМУШМИ Ё ЗАЙНАБ?

(Ҳазил)

– Сен қизларни қайдан биласан,
Айлантириб олса бошингни?
Онанг айтган қизга боқмасанг,
Қани бориб тергин тошингни...
Ёки отанг айтган қизни кўр,
Фариштага ўхшармиш гўё.
Арзир эмиш ҳатто изини,
Кўзларингга қилсанг тўтиё.
Опанг кўрган қиз ҳам чаккимас,
Қирқ кокили турар тўлғониб.
Холанг топган қизни ўйласам,
Хаёлларим кетар чулғаниб.
Балки амманг айтган қиз ёқар,
Камон қоши мисоли ҳилол.
Товус ундан ранг олса арзир,
Қомати ҳам келишган ниҳол!
Яна қанча қиз керак сенга?
Айтганларим танла бирини.
Фақат ўзинг юрма адашиб,
Билмайсан-ку қизлар сирини...
– О, онажон! “Ўтган кунлар”да,
Битта эди бечора Зайнаб.
Ўзбек ойим йўлда қолдириб,
Не қиласиз уларни қийнаб?
Муҳаббатдан яралган ҳаёт,
Севги ила бунёддир турмуш.
Ўғлингизни бахтли қилмоққа,
Юрагини забт этган Кумуш!

bekww
13.11.2009, 08:08
ИЛТИЖОМ ШУ...


Худо, бандам десанг осий қулингни,
Ўзимдан пастларга интизор қилма.
Қилдай кўрсат йўлимдаги қилингни,
Қилларингни сиртмоқ қилма, дор қилма.

Йиғлаб айтган баёнларим етарли,
Тошдай кўнгли аёнларим етарли.
Рақибларим, чаёнларим етарли.
Оллоҳ, Оллоҳ, дўстларимни хор қилма.

Бир қўл суйди қизилини юзимни,
Кўзга суртди ҳорғин-ҳорғин изимни,
Кетар чоғим шу қўл ёпсин кўзимни.
Бошқа бахтдан энди бахтиёр қилма.

Ишқни гулдай осиб юрсин болалар,
Изимизни босиб юрсин болалар,
Бизларга муносиб юрсин болалар,
Алар ўтар йўлакларни қор қилма.

Дилда ўсиб, нураб юрган бойлигим,
Бор дунёдан сўраб юрган бойлигим,
Иймонимга ўраб юрган бойлигим,
Элимизни шафқатингга зор қилма.

Бор юмушим битиб, кетар маҳалим,
Нурай-нурай йитиб кетар маҳалим,
Сўрай-сўрай ўтиб кетар маҳалим
Илтижом шу: «Туркистонни хор қилма».

1992 йил 1 июль


***


ТУРОН

Туркликнинг мукаддас ўчоғи Турон.
Абдурауф Фитрат

Ўнгимда руҳимга ўқ отган фикр,
Кўнглимга бир ёруғ чўғ отган фикр.
Уйқумда қонимни уйғотган фикр:
«Туркликнинг муқаддас ўчоғи Турон».

Мозийи ҳар отар тонгни эмизган,
Ҳар тиғли ақлни, онгни эмизган.
Бўри, тулкимас, арслонни эмизган —
Туркликнинг кўкраги, булоғи Турон.

Кўкига турналар «қур-қур»лаб ботган,
Отганда камони бехато отган.
Темурдай хоқонлар қирқирлаб ётган,
Туркликнинг бешиги, қучоғи Турон.

Кейин... орқадан ёв тошлари етгач,
Сара кексалари, ёшлари кетгач,
Тарқоқ арслонларин бошлари кетгач,
Ернинг тутаб ётган қир, тоғи Турон.

Бой-бой боболарим бойиб, йиқилди,
Ўз қонига ўзи тойиб йиқилди.
Бир-бировига бош қўйиб йиқилди
Кўнглимнинг куйиги, дард, доғи Турон.

Шукур, хун уйғотди қайтадан қонни,
Арслон болалари қайтадан ёнди.
Ёвлар ололмагай энди Туронни
Бугун, тик арслонларнинг тоғи Турон!

1993 йил 20 декабрь

Ҳалима Худойбердиева. Сайланма


www.ziyouz.com (http://www.ziyouz.com) кутубхонасидан:
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=select&id=6&orderby=2&page=2

Lobar Pulatova
13.11.2009, 11:00
“Bir og’iz shirin so’z-nondek arzanda”?

Xasta bo’lsang, jonga malham shirin so’zlar
Qancha bo’lsa, shunchadur ham shirin so’zlar
Asta-asta tarqatarkan biling, do’stim
Agar bo’lsa ko’zlarda nam shirin so’zlar
Qancha soat chertib turar qalb torini
Qadrdonlar bo’lganda jam shirin so’zlar
Shirin so’zning gadosidir ko’ngli yorim
O’ltirishga bo’lsin hokim shirin so’zlar
Qay bir ko’ngil bo’lsa toza, bo’lganda pok,
U ko’ngilda bo’lar o’ktam shirin so’zlar.
Uchrasa gar do’sti-yoring, qarindoshlaring,
Aytgin siqib qo’lin mahkam shirin so’zlar.
Dono aytar: dushmaningni do’stlashtirar
Begonani qilar hamdon shirin so’zlar
Ey, Rahimiy, pok niyatda yozsang g’azal
Xursand bo’ling, hatto qalam shirin so’zlar

G’afur G’ulom

Lobar Pulatova
13.11.2009, 11:02
Bolalik ishqiday
Ko’zlaring qop – qora edi nazdimda,
Olamda yo’q bunday derdim qora ko’z.
Yo’q edi vasfimning cheki nazdimda,
O’ying – la doim band edim, qorako’z!
Ko’zlarim qamashgan edi edi husningdan,
Nainki husningdan, o’zingdan butkul.
So’zalrim adashgan edi so’zingdan,
Ishongan edim bu ishi deb ko’ngil…
Sochlaring o’zi bir boshqacha edi,
Men boshqa sochlarning bo’yin tutmayman!
Xayoling hayrati hayotim edi,
Men seni shunchalar yonib suymayman!
Men senga duch keldim, hayron turgayman,
Sochlaring, qo’slaring… yo’q osha damgi!
Ko’zlar tim qoramas, bolalik ko’zi
Bolalik ishqiday ekan aldamchi!...

Bu she’rni Umida opa Abduazimovaning o’zlaridan eshitish baribir o’zgacha…

Kahramon Jalilov
13.11.2009, 12:01
"Биринчи мухаббат"

Тошга кўксим қўйиб ётсам тош ёнади,
Дарёларга сиринг айтсанг тўлғанади.
Оқшомда қуёш гувох не-не ошиқларга
Севган бўлсанг севгисидан ким тонади
Мухаббатни биринчиси ёндиради
Мухаббатни биринчиси куйдиради
Ёндиради, куйдиради мухаббат
Мухаббатни биринчиси ёндиради

Ўпса нетар, ювса кетар деган билан
Тақдир экан, куйдирди, етар деган билан
Бол тобини болни топиб кўрган билан
Асал ўрнин босмас новвот еган билан
Мухаббатни биринчиси ёндиради
Мухаббатни биринчиси куйдиради
Ёндиради, куйдиради мухаббат
Мухаббатни биринчиси ёндиради

Ул ёр кетган аллақачон биров бўлиб,
Балки ёши ўтган сочи қиров бўлиб
Дилда ўшал ишқ учқуни борми у томон
Олтмишда хам севиш мумкин олов бўлиб...

Дарёсида кечмадим мухаббатни,
Кафтидан бир сув ичмадим мухаббатни
Эх, бир эркалаб қучмадим мухаббатни,
Мухаббатни биринчиси...

Nigora Umarova
13.11.2009, 12:17
"Биринчи мухаббат"

Тошга кўксим қўйиб ётсам тош ёнади,
Дарёларга сиринг айтсанг тўлғанади....

Қаҳрамонжон!
Шеър муаллифи ким? Эртага муаллиф форумга кириб сиздан "муаллифлик ҳуқуқи"ни талаб қилмаслиги учун кўрсатиб ўтинг. :-)

Kahramon Jalilov
13.11.2009, 16:37
Қаҳрамонжон!
Шеър муаллифи ким? Эртага муаллиф форумга кириб сиздан "муаллифлик ҳуқуқи"ни талаб қилмаслиги учун кўрсатиб ўтинг. :-)
Bu she'rni muallifini tog'risi opa bilmayman, uni Ravshan Komilov kuylagan (juda maromiga yetkazib), shu ashulani eshitsam eh qaniydi o'sha damlarga qaytib qolsam... kabi hayollarga chuqur tolaman!!!

Tulqin Eshbekov
13.11.2009, 23:15
Куп шеър укиганман. Укимаганларим ундан хам куплигини ушбу сахифада куряман. Изланувчан форумдошларимга миннатдорчилик билдираман.

Tulqin Eshbekov
16.11.2009, 00:15
УСТОЗ ВА ТАЛАБА ?АНГОМАСИ

(?азил)

Устознинг панд-наси?атин,
Олмас баъзи талаба.
Тескари иш ?илганини,
Ўзича дер – ?алаба!
“Ошкоралик”, деб ?ўяди,
Юзгачопар бўлса ким.
Устози ?а? гапни айтса,
Ўтиролмас асло жим.
Ма?мадана бир талаба,
Устозин мот ?илмо?чи.
Ёшлигида ?андо? бўлган?
Энди шуни билмо?чи.
– Маъзур тутинг,– депти дангал,
?илмасдан ?еч юз-хотир.–
Икки о?из гап сўрасам,
Деманг-да о?зиботир.
Талабалик йилларингиз,
?илмаганмисиз хато?
Бирор дарсга кечикибро?,
Келгандирсиз-ов го?о?
– Кечикканман,– депти устоз,
Ростин олиб бўйнига.
Ар?онини узун ташлаб,
Талабасин ўйинига.–
?атти??ўлро? эди устоз,
Киритмасди дарсига.
Тарбиясин тў?ри англаб,
Чидардик “чораси”га.
– Имти?онда ?ай йўл билан,
Олардингиз зўр ба?о?
Саволлари чигал бўлиб,
Билмай ?олсангиз го?о?
Бироз нўно? талабалар,
Бўлган, дейсиз, ахир мўл.
Таниш-билиш кетмасмиди,
Топмасмиди ?еч ким йўл?
– Сен ўзингча ўйлайсанки,
“Нозик жойдан” тутдим, деб.
Шу йўл билан устозимни,
Энди гапдан ютдим, деб.
Имти?онда гар ?ийналсак,
“Шпаргалка” жонимиз.
Бўлган эди таниш-билиш,
Тил топишган онимиз.
– ?излар билан ?ай тарзда,
Муомала бўларди?
– Юрагига йўл тополсак,
Шунда кўнгил тўларди.
– Деворларга расм чизиб,
Кетганмисиз бирор пайт?
– Икки исм бош ?арфини,
Деворга ?ам ?илдим ?айд…
– Папирос ?ам чеккандирсиз?
Деманг, савол хўб ?алат…
– Го?о чекар эдик биз ?ам,
?илиб кўзни шам?алат...
– Байрамларда ?иттак-?иттак...
– Отганимиз рост, иним...
Энди эса ичганларни,
Кўрсам ?ўзир хўб жиним.
– Муштлашиб ?ам ?олгандирсиз,
Безорини кўрганда.
– Кўзимдан ўт ча?наганди,
Бир барзанги урганда…
– Автобусга пул тўламай,
?очгандирсиз э?тимол?
– Битта ?ужжат кўрсатгандим,
Назоратчи бўлган лол.
У тушунган одам экан,
Мени мулзам ?илмади.
Сари? ча?ам йў?лиги-чун,
Устимдан ?ам кулмади…
– Бўлганмисиз дангасаро??
– Шундо? бўлиб ?оларди.
Ўлда-жўлда баъзи ишлар,
Дилга ?ашлик соларди.
* * *
Бу гаплардан талабаси,
?олиб санар ўзини.
Устоз эса салмо? билан,
Шунда айтар сўзини:
– Ёшлик ким-чун бебошликдир,
Ким тў?ликка шўх чунон.
Устозининг айтганини,
?илмаган – хор бегумон.
Ота каби уришганин,
“Уноши” деб ал?аган.
Одам бўлмо? истаганлар,
Одобини са?лаган.
Таъзим бажо айлаб биз ?ам,
Мана етдик муродга!
Тарбияни олмаганлар,
?олиб кетди уятга...

Masud Mahsudov
16.11.2009, 04:43
Qarsak


Qarsak nima o`zi?
Ikkita kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlasam chalaman, xohlamasam yo`q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qo`ltiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir, o`zbekning bir o`jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko`paygan juda,
yurakni so`z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o`ylab so`ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.

Qarsak nima o`zi?
Arzimagan gap,
kerak bo`lsa topilar qoplab,
Titroqqa to`ldirib osmon gumbazin,
qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G`irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg`on she'r aytishdan qaytsaydi shoir,
miltiq o`qlariday gumbirgum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O`jar shoirlikni tashlab o`shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo`lib,
ishga kirar edim O`zbekistonga.

Shavkat Rahmon

Kahramon Jalilov
16.11.2009, 17:51
"Ватаним мени"

Нега чаман истамас янтоқ,
Сахросидан келмайди бери.
Ахир қумсар ёнган шу овлоқ
Не қилса хам унинг ватани
Шу бир янтоқчалик бўлмасам
Болам дема ватаним мени
Бешигимсан аллалар айтган
Эшигимсан кузатиб кутган
Хар балодан авайлаб-асраб
Эркалатиб кафтидан тутган
Хизматингда турмасам сени,
Болам дема ватаним мени

Фахрим менинг шошмақомларинг,
Чоргохларинг, сараторларинг,
Салватингга дунё бош эгкан
Самарқанду Бухороларинг
Тарихингни билмасам сени
Болам дема Ватаним мени
Хизматингда турмасам сени,
Болам дема ватаним мени

Буюк сафар бошладинг мана
Хар қадамда қилдинг тан-тана
Фарзандларим бошин силаган
Сендайин юрт кўрмадим яна
Агар қадринг билмасам сени
Болам дема Ватаним мени
Хизматингда турмасам сени,
Болам дема ватаним мени...

(Ушбу шеърни Озодбек Назарбеков жуда маромига етказиб куйлаганлар)

Oygul Rasulova
17.11.2009, 20:37
Куп шеър укиганман. Укимаганларим ундан хам куплигини ушбу сахифада куряман. Изланувчан форумдошларимга миннатдорчилик билдираман.


Устоз, ўзингизнинг шеърларингиз ҳам бор-ку. Ушбу саҳифабоп янги шеърларингизни кутиб қоламиз.

Masud Mahsudov
18.11.2009, 01:36
Mening yuragimga ketaylik...

Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo,
Orziqib kutadi bugun yuragim.
Mening yuragimga kelgil, marhabo,
Mening yuragimga kelgil, malagim.

Muhabbat baxtini topadi unda,
Kelgil, afsonalar aytmoqda bog'lar,
Aziz boshing uzra yaltirab kunda
Oltinga aylanar kuychi yaproqlar.

Mehribon yellarning qanotlarida,
Qani, yur, boraylik lola tergali.
G'aroyib gullarim bordir narida,
Gulim, ko'rmagansan umringda hali.

Qaragil, naqadar tiniqdir osmon,
Uning huzuriga yurgil, boraylik.
U yerga qaro tun yo'lamas aslo,
Bulutlar qayg'udan ketmas qorayib.

Qani, qo'llaringni qo'limga qo'y-chi,
Mening yuragimga ketaylik birga.
Sira ham u yerdan ketmaylik ko'chib,
Achchiq tajribalar ortib taqdirga...


Rauf Parfi

Umida Shodiyeva
18.11.2009, 07:12
Atrofingda
Atrofingda o’rtanur parvona bechoralar,
Bechoraki shunchalar, sham’ingda ovvoralar.

Bir qiyo boqsin debon, o’tga urar o’zlarin,
Qilmaysan hargiz nechun ularga nazzoralar.

Men xasta ko’ngil ila sevmoqdan hayo etdim,
Ular sevging vajidan sharmisor dilporalar.

Sayr etib ko’kda quyosh, chopar hilol ortidan,
Go’yo yorga talpinib yetishgay sayyoralar.

Sham’i jamoling sening kuydirar andog’chalar,
Ko’zlardan qaynab – toshib otilgay favvoralar.

Necha yuz, yo balki ming oshiqlarni do’st etding,
Dushman bo’ldi senga ne ma’shuqi nigoralar.

O’tkir senga g’azallar bitmagidan ma’ni yo’q,
Kuyib ko’kka sovrilgay tashbeh – u iboralar.

O’tkir Xidirov

Abror Qodirov
18.11.2009, 22:48
Shamol soching tarasa seni,
Atrofingni o’rasa seni,
Hatto yuzing silasa seni,
Shamollarga rashkim keladi!

Quyosh nurga belasa seni,
Oy oroming tilasa seni,
Ko’kdan ko’ngling so’rasa seni,
Oy, quyoshga rashkim keladi!

Gullar sendan bo’sa olsalar,
Yo’llaringni to’sa olsalar,
Hayollaring buza olsalar,
Shu gullarga rashkim keladi.

Ardoqlasa seni kunduzlar,
So’roqlasa ming-ming yulduzlar,
Axtarsalar daryo, dengizlar,
Barchasiga rashkim keladi!!!

(uzr, muallifini bilmayman)

Nigora Umarova
19.11.2009, 10:57
Кунлар,
ўтар,
кунлар бесамар,
Қумга сингган ёмғир сувидек,
Учиб кетар,
оҳ,
тўзғиб кетар,
Вақтнинг гули қоқигулидек.

Юрагимнинг тори узилар,
Томиримда чинқирар алам.
Армонларнинг бўйи чўзилар,
Кўнглим каби чўкади олам.

Нима қилдим,
қандай яшадим,
Қай кунларнинг бағрини тилиб.
Ўзни ўққа,
чўққа ташладим,
Жонни,
танни садпора қилиб.

Кунлар ўтар,
кунлар бесамар,
Кўзларида жиққа ёш билан.
Паналардан кимдир мўралар,
Қўлларида ҳасад тош билан.

Бунда эса,
мен зору гирён,
Баттар ботиб рўзғор лойига.
Кўнгил сарсон,
ишқ унда тийрон,
Қўёлмайман бошим пойига.

Ҳасрат деманг,
жоним қолмади,
Умр эмас, бу умр эмас!
Бу бир ўчоқ,
тутаб,
ёнмади,
Бу бир хотир,
Ранги йўқ, элас!!!

Фарида Афрўз

Kahramon Jalilov
19.11.2009, 17:51
Dazmol qilar edi yosh kelin,
Yorning oppoq kuylagin.
Xayollarga bulib qolib band,
Kuydiribdi Kuylak ko’kragin.
Shunda Elbek kelib yoniga,
Asta artar qalqigan yoshin.
Qo’y yig’lama Aziz sevgilim,
Kuysa kuyar bitta kuylagim.
Hayotda sen shu kuylak kabi,
Kuydirmasang bo’ldi yuragim.

Elbek

Kahramon Jalilov
19.11.2009, 17:55
MEROS

Boshing silab o’tgan mayin elmasmi?
Kutsang ostonangga mehmon kelmasmi?
Mehmon kelsa havas bilan qaragan
Shu yurt bizga meros qolgan emasmi?!

Novda suqsang soya berar bir kuni,
Chinordayin qaddin kerar bir kuni.
Hosil bersa, bolang terar bir kuni.
Shu yurt bizga meros qolgan emasmi?!

Maysaga boq, to'larcha bor g'ururi,
Dengizlarcha bor to’lqini, sururi.
Tandiringda qut-baraka hovuri! –
Shu yurt bizga meros qolgan emasmi?!

Asray desang asragulik xazinang,
Sajda qilsang ham Makka-yu Madinang.
Otang qurgan uyda uxlar nabirang –
Shu yurt bizga meros qolgan emasmi?!

Posbon bo’lib qo’rg'oningga, qal’angga,
O’zing mehr beryapsanmi dalangga?
Bir kiroyi Vatan bo'lsin bolangga! –
Shu yurt bizga meros qolgan emasmi?!

O’TKIR XIDIROV

Nigora Umarova
20.11.2009, 11:54
KUZ O’YLARI…

Atrof sariq tusda, xiradir osmon,
Yaproqlar shivirlab so'ylamoqda sir.
Sinoatga to'lgan shu fasli xazon,
Hassos yuragimning tarjimasidir.

Xayolim qush kabi uchib ketmoqda,
Ayro yo'llari yo'q shamol yo'lidan.
Taqdirga tan berib hayot o'tmoqda,
Tutib yolg'izlikning so'lg'in qo'lidan.

Huzur-halovatga begona ko'nglim,
Shikasta dillardan izlaydi najot.
Umid-la ko'z tikib, boshin egib, jim,
Qilarin bilmasdan boshlaydi ijod.

Xazin satrlardan qalbimni topib,
Mungli misralardan qidirib to'zim,
O'zim bemor qilib, ham bo'lib tabib,
To'lg'anib yozaman har bitta so'zim.

Daraxtlar sevinchi - ko'klam ilinji...
Men esa oromim qidirib tundan,
Ichimni kemirib, timdalab, yulib,
She'rlarim yozaman...
Shu qolar mendan.

Kuzgi barg sigari sarg'ayib, so'lib,
Uzilib, yo'q bo'lib ketmasam bo'ldi.
Bir-birovga muhtoj foniy jahonda,
Hech kimga keraksiz o'tmasam bo'ldi...

Masud Mahsudov

bekww
21.11.2009, 05:40
XATOLARING KERAK ULARGA

Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.

Abdulla Oripov

Kahramon Jalilov
26.11.2009, 16:07
HAYIT

Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham ancha to‘qdir.

Bugun qalblar rohat ila masjidga qo‘ymish qadam,
Bu kun Alloh kalomini tinglagay har bir odam.

Bukun go‘yo farishtalar osmondan tushib saf-saf
Horig‘, so‘lg‘in ko‘ngillarga taqib ketmishlar sadaf.

Sadaflar asli iymondan so‘zlabon yuraklarga
Aqoid ilmidan aytmish ul ilm keraklarga.

Alloh lafzin unutgan qalb yangi oy chiqqan kecha
O’n bir oylik chang-g‘uborni boshladi bir-bir yecha.

Qanday yaxshi bu kun do‘stlar, qanday go‘zal bu kunlar,
Alloh uchun aziz bo‘lmish yarim oy bedor tunlar.

Bu kun yana kelarmi, yo u kunga yetmaymizmi,
Shu bois, bul aziz kunni qadriga yetmaymizmi?

Mir Alisher bayti aytar: mahzun dil, chekma jabr.
Har kuning Hayit o‘lubon, har tuning o‘lsin qadr.

Bugun shunday kun erurki, ul kunning tengi yo‘qdir,
Bu kun nafslar hotirjam-u, ko‘ngil ham bir muncha to‘qdir.

Xayrulla Hamidov

Nigora Umarova
26.11.2009, 16:57
Hayit g'azali

Hayotni Sen hayot etgan
umidlarda muborak et,
O'g'il-qiz, onalar ham
mo'ysafidlarda muborak et.

Sano et tillarni ham
Salovat et, Taborak et,
Azizu avliyo azmin
muridlarda muborak et.

Munavvar et Jaloliddin
jaloli-la ko'ngillarni,
Fariduddin kabi fazli
faridlarda muborak et.

Duolar aylagay bir el,
duo tole kalitidir,
Bu el mushkillarin shunday
kalitlarda muborak et.

Saodatlik bu kunlarda
sabohatlik, saodatlik
Satrlarni Sirojiddin
Sayyidlarda muborak et.

Sinovlar, ranju zahmatlar
aro bergan shu umringni
Ilohi, barchamizga iyd-
hayitlarda muborak et.

Sirojiddin Sayyid

Tulqin Eshbekov
27.11.2009, 22:52
ЗАМОНАВИЙ ОИЛА
(Ҳазил)

Дадаси ёнбошлаган,
Телевизор олдида.
Тинмай босар пультини,
Футболга оз қолди-да!
DVDга диск қўйиб,
Мода кўрар бекаси.
Ажнабийча кўйлакнинг,
Ўзи бўлар эгаси!
Катта ўғил қўлидан,
VIP телефон тушмайди.
Ҳамкорлари хорижда,
Савдоси ҳеч пишмайди.
Эрка қизи пайдар-пай
Жўнатади SMS.
Хаёлида ўқишмас,
600-лик “Мерседес”.
Компьютернинг ёнида,
Кенжатойи эрта-кеч.
Қулоғидан “наушник”,
Ухласа ҳам тушмас ҳеч.
Замонга мос барчаси,
Ҳозир шундай-да замон!
Фақат чол-у кампирлар
Ўзгармади-да ҳамон.
Тиним билмас отахон
Ўчоқ бошида кампир.
Қайнаб турса-да қозон,
Кўнгли тўлмас, не камдир?
Қийналганмиз биз, дея,
Қийнамас ҳеч ёшларни.
Ҳамон емай едирар,
Лаган-лаган ошларни!..

Nigora Umarova
28.11.2009, 12:57
Dunyolarga sig'magan g'avg'o

Biz ketganda o'zimiz yeru,
Ko'ngil-osmon, ko'kka ketgaymiz,
Kekirganning yoniga emas,
Cho'g'ni bosib, cho'qqa ketgaymiz.

Sotqin o'zg'ir, o'tmaganida,
Xoin orom kutmaganida,
Nomus bizdan ketmaganida
Ko'krak tutib o'qqa ketgaymiz.

Bog' ko'rmadik kirganda boqqa,
Dog' qo'shildi dog' uzra doqqa,
Ko'ngil lim-lim to'lgan. To'qmoqqa
Yoshli qorachuqqa ketgaymiz.

Qish ortidan o'tar ko'klam, yoz,
Topolmasmiz. Ko'ngli moslar oz,
O'zimizday g'aribga peshvoz
Biz tushmasmiz cho'qqa, ketgaymiz.

Umrning tong, shomlarida ham
Butlansak deb chekdik ozor, g'am,
Bolamizning tomlarida ham
O'taverra chakka, ketgaymiz.

Zarb yermiz, zarb tushirib yovga,
Tiriklikning g'ami ham sovg'a.
Dunyolarga sig'magan g'avg'o
Bir kun jim-jim, yo'qqa ketgaymiz.

Halima Xudoyberdiyeva

Oygul Rasulova
28.11.2009, 16:28
Қийналганмиз биз, дея,
Қийнамас ҳеч ёшларни.
Ҳамон емай едирар,
Лаган-лаган ошларни!..


Шундай бағри кенг бува-бувилар доим бор бўлсин,
Уларга неваралар қанот, ёр бўлсин!

Tulqin Eshbekov
29.11.2009, 10:19
“МЕҲМОН”
“Тўйимизга айтилганлардан кўра айтилмаганлар кўпроқ келишибди...”
Маҳалладошлар суҳбатидан.

Уни тўйга айтиш шарт эмас,
Эшитса бас, келади ўзи.
Чиқиб олар давра тўрига,
Сўнг бақрайиб туради кўзи.

Қулоғига чалинса бўлди,
Айтилгандек ҳозиру нозир.
Меҳмонжонлар бир четда қолиб,
Ўзи роса дилини ёзур.

Унга шароб тутиш шарт эмас,
Тортиб олиб ўзи қуяди.
“Тамада”лик биздан бўлсин, деб
Беўхшовроқ кулиб қўяди.

Сув ўрнига сипқорар ароқ,
Ичаверар қолгунча бўкиб.
Сўнг алжирар тўй эгасига,
Ҳасратини солади тўкиб:

“Нега мени тўйга айтмадинг?
Ахир, менсиз ўтадими тўй?!
Гуноҳингдан кечмоқлик учун,
Қани яна юз граммдан қуй…”

Куй авжига чиққанда у ҳам,
Рақсга тушар роса диконглаб.
Қистир-қистир бўлармикин, деб
Атрофига қўяр аланглаб.

Нафс қонса ҳам тўймайди кўзи,
Қўлига не илинса олар.
“Тўйдан юқсин” дея хаспўшлаб,
Мамнун ҳолда қўйнига солар.

Карнай-сурнай садоси ичра,
Кўнгил овлаш бўлса ўйингиз.
Баъзан шундоқ “меҳмон”лар билан,
Балки қизиқ ўтар тўйингиз...

AbuMuslim
02.12.2009, 05:42
БИЛМАДИМ, ЯҚИНМИ
ОХИРЗАМОНА


Кўнглим айтар, дўстлар, айлайин баён,
Билмадим, яқинми охирзамона.
Дунё учун шариатни ташлабон,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Муллалар илмига этмади амал,
Шариат ишига айламай жадал,
Феълимиз бузилиб, кўпайди касал,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Муфтилар мол олиб, ривоят берар,
Ноҳақ пулни олар, ҳақни куйдирар,
Феъллари бузилиб, фасод кўпаяр,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Раис бўлса, бечорадан пул олар,
Бермаса, бўйнига қил арқон солар,
Гуноҳлар кўпаяр, шариат қолар,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Эшонлари риё айлар намозин,
Ғафлатда ўтказар қиш билан ёзин,
Ёлғон сўзлаб, элдан олар ниёзин,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Сўфилар нафс учун малла тўн кияр,
Шубҳали таомни ҳалол деб, еяр,
Шайтон феъли билан каромат деяр,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Шайх деганлар назр устинда уришиб,
Бир пул учун, зан, фарзандга сўкишиб,
Авлиё қошида мундоқ бўлишиб,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Хўжалар фахр этар асли зотини,
Қиём Исомиддин қўйиб отини,
Фалон кас хўжа деб хом авлодини,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Кадхудо бўлганлар тўғри сўзламас,
Пора олар, лекин Ҳақни кўзламас,
Ноҳақ гувоҳ бўлар, даъво тингламас,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Бойларда қолмади хайру саховат,
Дунё деб кезарлар, бўлмас фароғат,
Ғариблар бойлардан кўрмас кифоят,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Ўғли хушрўй бўлса, этармишлар шод,
Гўёки давлати бўлгандир зиёд,
Кун-кундан жаҳонда кўпайди фасод,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Қиз-жувонда йўқдир ҳаёдан асар,
Йигитлар қиз билан ўйнашиб кезар,
Ёмон иш кўпайди кун кундан бадтар,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Замона ишлари ёмон бўлибдир,
Жаҳон ичра фасод ишлар тўлибдир,
Феълимиз айнибон, ранглар сўлибдир,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Бойлар закот бермай, бўлибдир судхўр,
Эл ичинда кўпайибдир ҳасадкор,
Умр ўтиб, ғафлатда бўлибмиз мағрур,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Гуноҳлар кўп бўлиб, озайди савоб,
Қўрқаман, бу жаҳон бўлгай деб хароб,
Касб этиб сотарлар ароғу шароб,
Билмадим, яқинми охирзамона

Махтумқули, мунча қилмоқ ҳикоят,
Оқилларга, шояд, бўлгай кифоят,
Дунёнинг ишига йўқдир ниҳоят,
Билмадим, яқинми охирзамона.

Махтумқули

bekww
02.12.2009, 07:19
***

Bisotimni bog'da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko'kdagi zilol,
Kamalakka almashaman men.

Yog'dularga ko'milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo'lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Qo'shiqlarim bo'lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!..
Barcha yozgan she'rim bir kosa
Sumalakka almashaman men.

Muhammad Yusuf

Nigora Umarova
02.12.2009, 16:59
Odamzod

Qancha suruvlarni odamzod yedi,
Barra shirvozlarni yedi odamzod.
Semiz qo'chqorlarning boshiga yetdi,
Ayting, qay manzilga keldi odamzod?

Turib ilik yeydi,
Go'sht yeydi uxlab,
Zarra parvosi yo'q kitobga, kuyga.
Hozir yotibdi u qornini silab,
O'zi ham aylanib qolganmi qo'yga?..

Sirojiddin Sayyid

Nigora Umarova
02.12.2009, 17:21
Bevafolik

Ko'zni ko'zning ziyosiga vafosi yo'q,
Ziyosining qarosiga vafosi yo'q.

O'sm ketar, egma qoshlar g'arib qolgay,
Ikki qoshning o'z "yo" siga vafosi yo'q.

Xinolari tashlab ketgay tirnog'ini,
Tirnog'ining xinosiga vaafosi yo'q.

Gul to'kilar, xazon bo'lar, bahorining
Gulning qaddi ra'nosiga vafosi yo'q.

Vafo istab yot yo'llarga ketgay ko'ngil,
Ko'ngilning o'z sadosiga vafosi yo'q.

Inson toki bino bo'lmish, bino qurmish,
Binosining binosiga vafosi yo'q.

Butun umr dunyo yig'ar, lek umrining
Yiqqan molu dunyosiga vafosi yo'q.

Hayot yo'lin mehnatlaru, jafosi ko'p,
Biroq nechun davosiga vafosi yo'q?

Sultonlari sultonini sotgan dunyo,
Gadosining gadosiga vafosi yo'q.

Suqrotini yeydi oxir suqrotlari,
Sinosining Sinosiga vafosi yo'q.

Diyonatning uyi kuyib ketgay, agar
Mullosining duosiga vafosi yo'q.

Qay shoirkim, bobosiga ixlosi yo'q,
Navoiyning navosiga vafosi yo'q.

"Vafo" so'zin o'zgartirib yozaverar,
Davrning o'z imlosiga vafosi yo'q.

U ne yanglig' xalq bo'lgaydir, millat bo'lgay,
Elningki o'z podshosiga vafosi yo'q?

Biz Vatanni ona deymiz, lekin nechun
Farzandining onasiga vafosi yo'q?

Bandasidan kutmagilkim, bandasinkim
O'z yaratgan Xudosiga vafosi yo'q.

Sirojiddin Sayyid

Kahramon Jalilov
03.12.2009, 17:37
"Жондан азиз"

Юрагимда кийик бўлиб ухлаб ётган,
Киприклари ошиқ дилим тирнаб ётган
Менда хойи-хавас йўқдир ундан ортган
Юрагимда шу ишқ бордур жондан азиз...
Жондан азиз, ишқ бордур жондан азиз

Кўрсам дардим нари кетар жилмаяман,
Улар билан тўлиб-тўлиб улғаяман,
Комил бўлсин дея ўйланаман,
Жон томирим фарзандларим жондан азиз
Жондан азиз, фарзандларим жондан азиз

Савлатининг соясида саждаларим,
Менга азиз чинорларим, майсаларим
Бешигида онам айтган аллалари
Ўзбек деган бир юрт бордур жондан азиз
Жондан азиз, бир юрт бордур жондан азиз

Қўшиқларим ким тинглайди сизсиз ахир
Мен ким бўлдим, сиздек қаро кўзсиз ахир.
Хуш келдингиз дея бугун очдим бағир
Худо суйган элни мехри жондан азиз,
Жондан азиз, элим мехри жондан азиз,
Жондан азиз, шу эл мехри жондан азиз,
Жондан азиз, шу ишқ бордур жондан азиз..
==============================
Бу шеърни ким ёзганини билмайман, лекин Озодбек Назарбеков жуда маромига етказиб ижро этганлар...

Nigora Umarova
04.12.2009, 17:30
Quyoshdan mohtobga borayotirmiz,
Sabohdan sahobga borayotirmiz.
Yashamoq aslida azob chekmoqdir,
Azobdan azobga borayotirmiz.
Ulug' vayronadir odamzod ko'ngli,
Biz o'shal xarobga borayotirmiz.
Ba'zan umrimizni ko'p hisob aylab,
Ko'p yo'lg'on hisobga borayotirmiz.
Kimlardir savobga cjog'lanib chiqqan,
Kimlardir sarobga - borayotirmiz.
Aslida hammamiz eng buyuk Savol,
Eng buyuk Javobga borayotirmiz.

Sirojiddin Sayyid

Tulqin Eshbekov
04.12.2009, 18:35
"Дилдаги сатр"лар малҳамдир дилга,
Юракдаги дардлар чиқмоқда тилга!
Шеърият қуёши интернетда ҳам ,
Маънавий нур бўлиб таралгай элга!

Kahramon Jalilov
04.12.2009, 19:18
Шеърият қуёши интернетда ҳам
Internet, ssilka, net bilan bog'liq so'zlar she'riyatda qo'llanilsa juda boshqacha chiqarkan, 3-4 marta o'qidim ajoyib bo'larkan...

Kahramon Jalilov
04.12.2009, 19:21
Quyoshdan mohtobga borayotirmiz,
mohtob so'zi nima bidiradi?
Zo'r she'r ekan hayotiy, hammamiz savol-javobga albatta boramiz!!!

AbuMuslim
04.12.2009, 19:23
Ёғилмасин ёшлар ёшларга!

Юксакликка етган сари
Кундан-кун аҳли башар,
Не сабабдин ортмоқдадур
Сафларингда аҳли шарр?

Кўп зотдошинг зоти қуруқ,
Суратлари сўликдир,
Кўплаб кўзи очиқларинг
Тирик мурда – ўликдир.

Бул барчасин тингла холис,
Уйма қовоқ-қошларинг,
Ўйла эрта-индин кунинг,
Эҳтиёт қил ёшларинг!

Кўп ёшларинг босмас қадам
Боболар босган изда,
Яроқлиси саноқлидир,
Кўпи тугар ўттизда.

Ҳўлу қуруқ гиёҳларни
Тортган, ичига тиққан,
Турли санчқи, игналардан
Томирлари толиққан.

Турли мараз, иллатлардан
Қалтирар қаричлари,
Эзилган, кўп хароб бўлган,
Тугаб бўлган ичлари.

Танасидан таралгайдур
Ҳар турли бадбўй ҳидлар,
Ҳар миллатда ортиб борар
Сўнгги вабо – СПИДлар.

Гиёҳвандлик бозорига
Бул кун осон борилар,
Ҳар сония истеъмолда
Қоп-қоп қора дорилар.

Хароб ҳолда ётса ҳамки
Қанчалар мажруҳ-майиб,
Хумор тутиб, «қора ем»га
Қўл узатар букчайиб.

Томирларга турли-туман
Игналарни санчадур,
Билсанг эди, булар сони
Сафларингда қанчадур!?

Хумор тутиб ҳурпаядур,
Хуруж қилар асаблар,
Парвойинг йўқ, қуриб борар,
Тугар наслу насаблар.

Бул фожиа сабаби ҳам
Оч нафсингга тақалар,
Наҳот, афзал бўлса инсон
Зотидан шул чақалар?!

Тутам ўлат ўқига сен
Ваҳ, шунчалар асирсан!
Сескан, ахир ё, алҳазар,
Бунчалар бетаъсирсан!

Озор берар озуқалар
Ортасан ошқозонга,
Барг тутатиб, ичга тортиб
Пуфлайдурсан ҳарёнга.

Бошда бу хил ҳунарларни
Ўрганасан аранг сан,
Сўнгра бу хил ҳунарлардан
Қутулолмай гарангсан...

Қизлар қирқар сочларини
Қирқ кокил ўрмасдан,
Қанча қизлар – тайёр келин,
Чимилдиқни кўрмасдан.

Ёш нигоҳлар тайёр турар
Бир кўришда ёқишга,
Баъзи куёв чора билмас,
Ҳатто, ўзин боқишга.

Гул юзли ой чеҳраларни
Келинликка сўрмаслар,
Кўп ёшларинг куёвликка
Ўзни лойиқ кўрмаслар.

Ё тўй қилиб, уч кун ўтмай
Турли қилиқ, зардалар,
Сохта севги, ҳатто сохта
Эрур иффат пардалар!

Ҳаққа хиёнат эмасму
Бундай қилиқ, соҳирлик?
Ўз шаънингни топташмасму,
Бундай сунъий зоҳирлик!

Кўпдир, кимса кийим демас
«Кийим»ларни кийишлар,
Сўз талашар тушунтирсанг,
Йўқдир тилни тийишлар.

Тушунгали тоби йўқдир
Гап талашар басма-бас,
Ёшларингга ёзадурман:
«Бу ҳолни қилманг ҳавас!».

Шундай ёшлар ҳам бор, алар
Тўғри йўлдан тойишмас,
Дуо қилиб барчаларин
Кексалар ҳеч койишмас.

Ёш авлодинг Яратганга
Содиқ бир авлод бўлсин,
Содиқларнинг ҳар савобли
Соҳада сафи тўлсин!

Ёшларни деб бир кун кўздан
Ёғилмасин ёшларинг,
Ёшларга де: «Бузилмасдан
Бу ёшликдан ошларинг!».

Ёшлик барча махлуқотнинг
Чиройли бир гул фасли,
Бул ёшликнинг бил қадрини
Қуримай инсон насли!

Абдуғофур Собир Мирзо

Ra`noxon Xo`jaeva
05.12.2009, 09:59
mohtob so'zi nima bidiradi?

Моҳтоб сўзи форс-тожикча сўз бўлиб "ой" маъносини англатади.

Umida Shodiyeva
05.12.2009, 10:56
O’glim …

Meni xursand qil o’glim,
Sendan boshqa kimim bor..?
Shundog’am yarim ko’nglim ,
Sendan topmasin ozor.

Bemor bo’lsam yonimga
Otam bo’lib kel bolam.
Jon qo’shguvchi jonimga
Onam bo’lib kel bolam.

“Aka!” desam, “Xa!” degin,
Tergab qo’y, goh-gohida.
Gul ko’tarib kel bolam,
Bir ukamning o’rnida.

Meni xursand qil o’glim….

Singillaring mehmondur,
Qaydadur topar qo’nim.
O’g’lim meni yupantir,
Senga qolgaydir kunim.

Baxtli ko’rsat o’zingni,
Senga qarab suyunay,
Suyib o’g’il- qizingni,
Senga tog’day suyanay.

Meni xursand qil o’g’lim,
Sendan boshqa kimim bor…?
Shundog’am yarim ko’nglim,
Sendan topmasin ozor.

Osmon birdur, yer birdur,
Bu yurtda g’arib bo’lmas.
Yarim ko’nglim musofir,
Baribir ko’nglim to’lmas.

Yaxshisiz, deb maqtagin,
Yomondurman ehtimol…
Yaxshi so’z dilga yaqin,
Yomoni kelar malol.

Meni xursand qil o’g’lim,
Sendan boshqa kimim bor…?
Shundog’am yarim ko’nglim,
Sendan topmasin ozor.

Meni xursand qil o’glim…

Ozodbek Nazarbekov Ijro etgan

bekww
06.12.2009, 12:17
«АЙРИЛМА»

Мастона юрганча ўзга юртларда,
Униб-ўсган ўз юртингдан айрилма.
Мағрур каклик каби нафс деган дардда
Чоҳга тушиб, қанотингдан қайрилма.

Таваккал эт — халққа сиринг бериб бор,
Сабрли бўл, бесабрлик ҳам бекор,
Ҳар қаерга борсанг, насибангдир ёр,
Бой бўлай деб, иззатингдан айрилма!

Номардлар ҳам ярамаслар, ночорлар,
Тузинг ичиб, ишинг бўлса қочарлар,
Сирингни фош этиб, айбинг очарлар,
Қадринг билган улфатингдан айрилма!

Гадоларнинг кўнгли шоҳликни тилар,
Нодон кўнгли ёлғон сўзни рост билар,
Беқадрлар душманингга дўст бўлар,
Таълим берган устозингдан айрилма!

Биров қашшоқ бўлиб, биров бой бўлар,
Ҳар кишининг бахти-иқболи кулар,
Бошга нима келса, тилингдан келар,
Махтумқули халқ ёдидан айрилма!

КОМИЛЖОН ОТАНИЁЗОВНИНГ «Айрилма» қўшиғидан

Махтумқули сўзи

Oygul Rasulova
07.12.2009, 15:00
Internet, ssilka, net bilan bog'liq so'zlar she'riyatda qo'llanilsa juda boshqacha chiqarkan, 3-4 marta o'qidim ajoyib bo'larkan...

Замонавий шеърият гулзори шу тариқа бойийди-да. Бу сўзлар Мир Алишер Навоий даврида бўлганида сўзсиз улуғ шоирнинг шеърларида ҳам тараннум этиларди!

Masud Mahsudov
07.12.2009, 18:52
Internet, ssilka, net bilan bog'liq so'zlar she'riyatda qo'llanilsa juda boshqacha chiqarkan, 3-4 marta o'qidim ajoyib bo'larkan...

Замонавий шеърият гулзори шу тариқа бойийди-да. Бу сўзлар Мир Алишер Навоий даврида бўлганида сўзсиз улуғ шоирнинг шеърларида ҳам тараннум этиларди!

ssilka, net degan so'zlarning bog'lama, tarmoq degan tarjimalari bor o'zbekchada... Agar chetdan kirib keladigan shunaqa so'zlar bilan she'riyat gulzori boyiydigan bo'lsa, unaqa she'riyatning rivojlanmaganligi ming marta afzal... Tilimizga sal hurmat bilan qaranglar... Har xil bema'ni zarpechaklar bilan gulzor sarishtaligini buzmanglar...

Masud Mahsudov
07.12.2009, 19:10
O'zga yurtda kechgan o'ylar...

"O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l" deb bejiz aytmagan xalqimiz... Ish, o'qish bilan yurtdan tashqarida bo'lishga to'gri keladi... Harakat qilamiz,intilamiz...o'qiymiz...ishlaymiz...lekin.. lekin baribir bir kun kelib ona yurtga qaytish kerakligini ich-ichimizdan xis qilsak-da, buni hammamiz ham tan olgimiz kelmaydi... Hayot esa...to'xtamaydi, o'tib boraveradi... Har o'tgan yil bizlarni tobora yurtga begonalashtirib, o'zga yurtga bog'lab boraveradi...
Yaqinlarni, qon-qarindoshlarni, sinfdoshlarni, qadrdon do'stlarni eslab ich-ichimizdan g'alati sog'inch keladi-yu, kimga aytishni bilmaymiz... Yana o'zimizni ovutib yashayveramiz - "menga shu yerda yaxshi-ku.. Yaxshi o'qiyapman/ishlayapman..Yeganim oldimda, yemaganim ketimda" deb o'zimizni aldab yashayveramiz... soatlar, kunlar, haftalar esa o'tib boraveradi... Onajonimiz, buvijonimiz tizzalariga boshimizni qo'yib bir lahzaga bo'lsa-da, halovat topgimiz keladi... Ukamizga, akamizga yaqin bo'lib, yelkadosh bo'lib yashagimiz keladi... Onajonimiz, otajonimzga ertalab issiq non bilan qaymoq ko'tarib kirib, birga nonushta qilishdek orzuni, yetolmayotgan bo'lsak-da, qilaveramiz... oylar esa...o'taveradi, o'taveradi...
Haftaning ma'lum kuni uyga, yaqinlarimizga telefon qilib, ko'ngillarini ovlagandek bo'lamiz... "Qachon kelasan?" degan savollariga o'qishni, ishni "bahona" qilib, "shularni tugatib olay, boraman" ,- deb va'dalar beramiz... Bilmaymiz-ki, onajonimiz deyarli har kuni, har soatda bizlarni kutib yashaydilar...yonlarida bo'lishimizni judayam-judayam xohlasalar-da, "Mayli, o'glim/qizim, qayerda bo'lsang ham, tinch bo'lsang bo'ldi", -deb (noiloj) javob qaytaradilar... Biz esa, bir qo'ng'iroq qilib ularni "ko'ngillarini olganimiz"dan xursand bo'lib yashashda davom etaveramiz... fasllar almashaveradi...
Magazinda yoki ishxonada bizga g'alati ko'z bilan bilan "nonimni yarimta qilgan kelgindi" qabilida qaragan odamga yeb qo'ygudek bolib o'qrayib qaraymiz, lekin hech nima deyolmaymiz... O'zga yurtda baribir begonadek yashayotganimizni yana bir bor xis qilamiz... ertaga nasib qilsa, oilali bo'lsak, farzandimizni biz yashayotgan jamiyatda, o'zga yurt, o'zga xalq ichida katta bo'lib, tarbiya olishini umuman istamaymiz-u, lekin, nima ham qilardik, biz shu yerda yaxshi o'qiyapmiz/ishlayapmiz..." Shuning o'zi baxtli bo'lish uchun yetarli emasmi", - deb fikr qilamiz... Aslida esa, baxtning makoni ona yurtimizda, ona shahrimizda/qishlog'imizda, onajonimiz, buvijonimzning yonlarida ekani bilmaymiz... Ertalab nonushtaga olib kirilgan qaymoq uchun otamizning ko'ngli ko'tarilib, qilgan duolarida-yu, akamiz-ukamiz bilan yelkadosh bo'lib, kulib, yayrab yashashimizda, qarindoshlar, yaqin do'stlar, sinfdoshlar davrasida, oz bo'lsa-da, rizqimizni terib yurishimizda ekanini bilmaymiz... Umr esa... o'taveradi...o'taveradi...Shu kuyi yashab Olami Boqiyga safar vaqti yetganini ham bilmay qolamiz...Afsus...

(c)

bekww
08.12.2009, 11:28
ШЕРАЛИ ЖЎРАЕВНИНГ «ТАРК АЙЛАМА» қўшиғидан:


Эй, азиз дўст, кўзларим гирён, мани тарк айлама,
Кетма ой, мендан йироқ, осмон мани тарк айлама,
Эй, замин, пойимда тур, даврон мани тарк айлама,
Ўзга оламда юриб, карвон мани тарк айлама.

Кўк аро сендан мунаввардур ул моҳи анвари,
Қўлдаги қутлуғ асойинг йўлда жоним раҳбари,
Мен-ку чавгонман нигоҳинг олмагил мандан нари,
Қистама отингни, эй, армон, мани тарк айлама.

Гоҳ у ёну, гоҳ бу ёна талпинар лов-лов ёниб,
Титрагай ожиз бу танда эътиқод ҳам ўртаниб,
Бўлди ким собит бу йўлда кимдир имондан тониб,
Дуо этарман ёлвориб, имон мани тарк айлама.

Эй, замин пойимда тур, даврон мани тарк айлама,
Жисм аро жонсан ҳамиша, жон мани тарк айлама.

Жалолиддин Румий.



http://www.parvona.uz/news/articles/2198.html

komol_76
08.12.2009, 20:13
койил, шунча шеър, бир бошдан укиб чиквомман. маза кивомман.Силани эътиборилага арзимас янги ижод намунасини такдим кимочиман. Бахолисила диган умиддаман...


Юракларим сиқилиб кетди,
Йиғлаяпман кўрсатмасдан ёшимни.
Соғиниб кетяпман Сизни – онажон!
Бир бор силаб қўйинг бошимни.

Бировни айблашга чидамас виждон,
Не бўлса барига сабабчи ўзим.
Фақат соғиняпман қайноқ бағрингиз
Ва сўзингиз, келақол қўйнимга, қўзим.

Ўйламай босилган залвор қадамлар,
Тиканлар устига тушганкан бешак.
Оғриқлар азоблар экан танамни,
Бошим силаб туринг - ягона истак!

Бошим силам туринг, кўтарай дароз,
Қаддим тик тутишга мадор бу қўллар!
Илло, ўғлин бошин силаса Она,
Яратганнинг ўзи хамиша қўллар!!!

Masud Mahsudov
10.12.2009, 05:26
Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq,
She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.

Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim...

(noma'lum shoirdan)

Gulnora Voisova
10.12.2009, 10:30
Тош шаҳрида уйим –
Болахона эди,
Бир бурчаги ўрин,
Бири китоб бари...
Менга тинчлик
Бермай қийнар
Мана энди,
Тушларимда
Бухоронинг оҳулари.

Айтматовга
Хатлар ёздим,
Жавоби йўқ.
Шеърлар ёздим,
Босишмади,
Ҳисоби йўқ.
Муҳаррирлар
Борсам қоши
Уюлади,
Кўрамиз дер,
Кўрмас,
Ташлаб қўйилади.
Менга –
Ҳасад
Қилишгандек туюлади...

“Ўғлим шоир!..”
Онам еру кўкка сиғмас,
Тонгда ишга,
Оқшом чопар
Фолбин сари.
Биров билар,
Биров кулар,
Биров уқмас –
Тушларимда
Бухоронинг оҳулари.

Бир кун ахир,
Рост сўзини
Айтди биров,
Бир бўғиндан
Оз сўзини
Айтди биров.
Айтмай қилган
Ноз сўзини
Айтди биров…
Тупроқ йўлдан
Чўғлар босиб
Қайтди биров.

Бу дунёнинг
Ширин дарди
Шеърлар экан,
Менга забон
Берган - манов
Ерлар экан.
Қоним унинг
Ҳаяжони,
Туйғулари,
Кулгулари,
Қайғулари,
Йиғилари,
Тушларимда
Бухоронинг оҳулари...

Айтматовга
Хатлар ёздим,
Жавоб келди.
Шеърлар ёздим
Ҳисоби йўқ –
Китоб бўлди.
Муҳаррирлар
Борсам қучоқ
Очишади.
Ўқиймиз дер,
Ўқимасдан
Босишади.
Менга –
Ҳавас
Қилишгандек боқишади.

Фолбин кампир
Айтганлари
Ёлғон бўлди,
Ёмон бўлди,
Бир қишлоққа
Достон бўлди.
Ҳузурига
Ўша оқшом
Онам шошиб,
Қўли қуруқ
Борган экан
Армон бўлди…

Армоним кўп
Бу дунёда
Ўзимнинг ҳам,
Давоми кўп
Сизга айтар
Сўзимнинг ҳам.
Дилни ёқиб,
Тилга чиқмай
Қолганларин,
Қўшиғимга
Бу кун сиғмай
Қолганларин,
Айтсин барин,
Айтсин барин,
Айтсин барин –
Тушингизда
Бухоронинг оҳулари!..

М. Юсуф

Nigora Umarova
10.12.2009, 11:03
Ochgan o'tni yondirma qayta,
Yomon, yomon uning yonishi.
U qizishib, gurlagan paytda,
Mushkul uni o'chirmoq ishi.
Iltimosim, qayta yozma xat,
O'ynatmasin yurakni nido.
Biz bir fursat bo'lganmiz гдафеб
Va manguga aytganmiz vido.
Aybdor senmu yo men gunohkor,
Surishtirmoq paytimas, do'stim,
Yoz-u, bizning dilga cho'kkan qor,
Dil qorini kim ko'ribdi, kim?!
Ko'nikkanman endi bariga,
Endi men shod qo'shiq aytaman.
E'tiqodim zanjirlariga
Zarb tekkizma, endi qaytadan.
Kech gullagan ekinlar sovuq-
Izg'irinda bo'ladir nobud.
Qayta yoqma sen ham o'tni, yo'q,
Qul qiladir bizlarni г o't.

Halima Xudoyberdiyeva

AZiza X
10.12.2009, 19:19
Senga kashtam haqida yozmoqchi edim-a?

Eshit:

Dastro'moldan ozgina kattaroq, ayollar ro'molidan ozgina kichikroq, to'g'ri to'rtburchak shaklidagi mato. Chetiga jimjimali allambalo tikkanman(Uyimizga yaqinda parda tiktirganmiz, shuni ostatoklaridan), rostini aytsam o'zim ham ularni niam deb nomlanishini bilmayman. Bu mani birinchi tikuvchilik ishim, professional tikuvchidek choklarini tekis-aniq-tiniq tikolmayman. Mani qo'lim ko'proq ruchka ushlashga yoki klava shaqillatishga moslashgan-buni bilasan))

Davom etamiz...
Mato ikki qavat, yupqa, ozgina yaltiroq mato. Uni nomi organza ekan. Ko'z oldingga keltir: pushti to'g'ri to'rtbuchak shaklida, atrofiga jimjima tikilgan sintetik dastro'mol. Uning bir chekkasiga pushti va oq rangdagi gul qadalgan. Gul bu yerda 2 xil vazifani bajaradi: Ham quyosh, ham gullik vazifasini. O'zi gulga o'xshaydi, lekin ostiga 4 ta tasma tikilgan. Bu xuddi quyosh nur sochyapti)))degandek. Bu tasmlar kumushrangdagi yaltiroq matodan tayyorlangan. Quyoshning oldida 4 ta uchli yulduz bor(Buni ma'nosini hozir etmayman). Bu yulduz ham kumushrang. Yonida esa OY. Yarimoy. Ammo oy ustiga parda tortilgandek xiraroq. Hozir tushuntiraman. O'zi oyni kumushrangdagi materialdan tikkanman. Keyin ustiga bir qavat organza tikdim. Shunda tikkan Oymomom hadeb yarqiravermay, xuddi yuziga parda tortib olgandek turadi(Buni ma'nosini esa o'lsam ham aytmayman).

Endi Dastro'molimizning pastki qismiga tushamiz. Ro'molchaning ikkita chetiga bir juft-bir juft gul tikkanman. Ular ham kumushrang. Hammayog'i. tagida kichkina maysazori ham bor.

Matoning o'rtasida esa o'rtacha kattalikda serdsa-yurak shakli bor. Ostida kumush mato, ustiga esa xuddi oymomoga o'xshab och pushti rangdagi mato qoplangan. Lekin atrofini tikmadim, atayin ochiq qoldirdim.

Hozircha shular. Bitta harfni boshladim: Q harfining O qismini tugatyapman))) Ana endi azob boshlanadi. Harflarni Unchalik yaxshi tikolmayapman, buning ustiga birov ko'rib qolsa...

Mana bo'ldi...To'g'ri, ko'z oldingga keltirish qiyin bo'lgandir,,, xm..bu mani aybimmas. Kelsang-ko'rasan!

Boshqa ilojing yo'q. Uni rasmini yubormayman. so'rama)))

Bo'ldi, endi ketdim.

A imtihondan BESH oldim.

Bye-bye, o'zingni ehtiyot qil.



Azizangiz...

Hozir o'sha kashtani ramkaga solib qo'yganmiz..

komol_76
11.12.2009, 22:49
рахматлар учун рахмат. бунисиям каминага тегишли...

Усмон Азимнинг «Биз учрашмадик..»
шеърини ўқиб....

Бир бор висолингга етмоқлик орзу.
Майлига лабларнинг болин сўрмасак
Осмонлар узилиб тушмас-ку ерга,
Не бўларди биз хам бир бор учрашсак.

Майли, индамагин, ҳеч нима дема,
Розиман, тикилиб, кўз-ла сўзлашсак.
Ортиқча гап-сўзлар ғамини емай,
Не бўларди биз хам бир бор учрашсак.


Кундузи қуёшни кўрдим ой билан,
Бахтиёр иккиси нурланар, бешак!
Майли, ўртамизда анҳор, йўл бўлсин,
Не бўларди биз хам бир бор учрашсак

Ялиниб тангридан сўрайман, илло –
Зора, у дунёда висолни қучсак!!
Зеро, бу дунёда кўришган куни,
Қўлингда жон берсам керак учрашсак!!!

Umida Shodiyeva
12.12.2009, 00:17
G’aflat

Tabiatga deylik tashakkur,
Bosh egaylik unga, albatta,
Noqisligi uchun tafakkur,
Bo’lganimiz uchun g’aflatda.

Sevinamiz borligimizdan,
Do’stlar bilan qilamiz huzur,
Ular uyi nihondir bizdan,
Biz bilmaymiz… Shunga ham shukur.

Muqaddasdir biz uchun vafo,
Tabarrukdir ma’sum ahdimiz,
Ne ekanin aldamchi dunyo
Anglamaymiz – bu ham baxtimiz…

Bu dunyodan ketarmiz bir kun,
Bizga ayon, ammo qay soat?
Bexabarmiz …
Odamzod uchun
G’aflat o’zi buyuk saodat.

Erkin Vohidov

bekww
12.12.2009, 09:58
Muhabbat chiroyli kapalak


Muhabbat chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgali.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo tutganim.

Yuragim ranjigan boladay
na ermak,taskinga ko'nadi.
Muhabbat chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.

Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan...
Qanchalik yugirmay,baribir
orqada qolardim sho'rlikdan...

Shavkat Rahmon


***


SHAVKAT RAHMON

Uchib-qo‘nib, uchib-qo‘nib shom-saharlar
Nafis san’at sahnasida poyga ketdi.
Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar,
Kapalaklar uchmaydigan joyga ketdi.

Kim quyoshga soldi yerdan topib gavhar,
Kim ko‘ngliga shu’la istab oyga ketdi.
Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar,
Cнiroq yonib o‘chmaydigan joyga ketdi.

Chorbozorda so‘z axtarar xaridorlar,
Birov katta ketsa, birov mayda ketdi.
Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar,
Yolg‘on qasam ichmaydigan joyga ketdi.

Ayollarning bandi bo‘ldi qaysi mardlar,
Qay darveshlar chog‘ir ila mayga ketdi.
Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar,
Tuhmat toshi tushmaydigan joyga ketdi.

Nag‘malarni bas qilinglar, endi etar,
Qo‘llaringiz bekor dutor-nayga ketdi.
Shavkat Rahmon qayga ketdi, birodarlar,
Osoyishta uxlaydigan joyga ketdi.

Iqbol Mirzo, 1997 й.

Tulqin Eshbekov
12.12.2009, 20:39
SAMOVIY SAVDO
yoxud Oyga xaridorlar hangomasi

Emishki, qay bir yurtda,
To`planishib yuzta boy,
Savdo qilib samodan,
Talash bo`lgan emish Oy.
Xaritasin chizishib,
Taqsimlasha boshlabdi.
Oy sathini chamalab,
Kimdir boshin qashlabdi.
– Hilol bo`lib ko`ringan,
qismi bizga,– der biri.–
Ko`zga o`xshab turgan joy,
Qolmas endi hech siri.
Erga mutloq teskari,
Tomonin ham bo`lishgan.
Ko`rolmagach, axiyri,
Arzonroqqa kelishgan.
Bozor bo`lgach narx-navo,
Oshib-tushib yurarkan.
Oyning yorug` tomoni,
Ancha qimmat turarkan.
– Bu tomoni oydindir,–
depti biri bemalol.–
U tomoni hech qachon,
Ko`rinmasa bu ne hol?!
Taxlab chiqsam pulimni,
Oygacha ham etadi.
U tomonga sarflasam,
Dollar “jalka” ketadi…
Muhokama avjida,
Xaritani talashar.
Lekin Oyga hech biri,
Chiqolmasin bilishar.
– Borib ko`rsam,– der biri,
Qolmas edi armonim.
Sotib olgan joyimga,
Koshki etsa darmonim.
Oyga etak tutishni,
Ko`rsatardim bir bora.
Dovruq solib dunyoga,
Dong taratsam men zora…
Savdolashib puldorlar,
Qoldirmabdi qarich joy.
Boyvachchalar dastidan,
Talon-taroj emish Oy.
Bu samoviy savdoda,
Bor ekan bir o`zbek ham.
Miyig`ida kulib u,
Gapirarkan juda kam.
Uning gali etganda,
Salmoq bilan so`zlabdi.
Boshqalardek hovliqmay,
Uzoqroqni ko`zlabdi.
– Ko`kka narvon qo`ygan-ku,
Ulug`bekning kitobi.
Bobomizdan merosdir.
Osmon, Oy-u Oftobi!
Ne qilasiz talashib,
Quruq gapdan foyda kam.
Agar hayot bo`lganda,
Osh damlardik Oyda ham!

Gulnora Voisova
13.12.2009, 09:13
Иқрор

Шоирлик мен учун асло орзумас,
Шу ҳам иш бўлдими йигит бошимга.
Ҳамма шоир зотин йиғса - арзимас
Онамни соғиниб тўккан ёшимга.

Ана, улар қилар булбулларга дўқ:
"Эй қуш, бу боғларнинг мен булбулиман!"...
Шоирлар билан ҳеч ошнолигим йўқ,
Мен ёруғ дунёда кўнглим қулиман.

Аммо юрагимни қийнар бир азоб,
Қўй десам қўймайди, тутқазар қалам.
Мен кетмон сўрасам - тутади рубоб,
Куйлайман жонимдан ўтганда алам.

Осмонга қарасам кўринар тупроқ,
Майсага термулиб ойни кўраман.
Бу қандай кўргулик, билмайман, ўртоқ,
Мен қачон далада буғдой ўраман!..

Шоирлик мен учун асло орзумас,
Шу ҳам иш бўлдими эркак бошимга.
Ҳамма шоир зотин йиғса - арзимас
Уйимни соғиниб тўккан ёшимга.

Ана, улар салқинг хиёбонларда
Энтикиб ёзишар келажакка хат.
Оқибат ҳақида ҳайқиришар ва
Абдулла Орифни қилишар ғийбат...

Бўлди.
Шеър ёзмайман.
Мен энди одам,
Оддий одам бўлиб яшай бошлайман.
Кўнглимга ачиниб агар ёзсам ҳам,
Тунда ёзиб, тонгда ўтга ташлайман!

М.Юсуф

Hilola Shofayziyeva
13.12.2009, 09:41
Kumush

Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Muhammad Yusuf

Kahramon Jalilov
18.12.2009, 12:10
Bunday she'rlardan keyin o'z-o'zidan shunaqa ilhomlar keladiki, turib-turib "Shoir emasman, Muhammad Yusuf arig'laridan suv ichganman holos" degan so'zlar yanada qanoat bahsh etarkan kishiga, bir do'stim aytgan ekan she'r bu muhabbat gar u insonlarga ta'sir qilsa, his uyg'ota olsa, haqiqatda ham M. Yusuf ijodi shundaylar qatoriga kiradi, insonlarda mavjud barcha hislarni oddiy so'zlar bilan ifodalash eng buyuk insonlarning ishi...

Biz bahtli bo'lamiz hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa uchrasharmidik...

Kahramon Jalilov
18.12.2009, 12:17
Ko'pincha menga klassik ashulalar yoqqani uchun, ularning so'zlarini doim yozishga harakat qilardim, iloji bo'lsa sinfdoshlar orasida (maktablik chog'larda) juda ko'p marotaba hirgoya qilardim, chunki ularni so'zlari va aytilishi shunchalik ishlanganki...Mana yana o'sha ashulalardan biri 20 asrning haqiqiy shlager ashulasining she'ri, bu ashulani ko'p artistlar aytishgan eng yaqqol na'munasi N. Abdullayeva va F. Zokirov birga duet ijrosida aytishgani judayam jonli chiqqan...

"Кел"

Қайдасан азизим, қаро кўзлигим,
Севгилим, “Юлдузим”, ширин сўзлигим,
Қўлимда сенга деб сузилган шароб
Кўзларим йўлингда, ширин сўзлигим,
Кел, кел гулёр айтиб кел,
янграсин хар ён
Дилрабо кўйингга тўлсин осмон,
о-о-о-о-о............

Кел бахор рамзини куйга солиб кел
Далалар нафасин бирга олиб кел
Бўйингдан гуркираб турсин (холимиз)
Кел бахор сингари хандон солиб кел
Кел, кел гулёр айтиб кел,
янграсин хар ён
Дилрабо кўйингга тўлсин осмон,
о-о-о-о-о............

Feruza Xodjayeva
18.12.2009, 16:02
Бўйингдан гуркираб турсин (холимиз)
Бўйингдан гуркираб турсин хонамиз

Iymandar
18.12.2009, 16:18
O'zbeklar azaldan mehmonchi eldir,
mehmon tangdan ham ulug' deydilar.

Бу ерда «Меҳмон отангдан ҳам улуғ дейдилар» деб ёзилган бўлса керак? Аслида, умуман чиройли шеър.
Манимча шоир бироз хато қилган. Отадан улуғи фақат Яратган Аллоҳ. Халқимиздаги мақолда аслида «отангдек» (ёки «отангдай») деб ёзилган/айтилган бўлиши керак.

Nigora Umarova
18.12.2009, 16:31
Бу ерда «Меҳмон отангдан ҳам улуғ дейдилар» деб ёзилган бўлса керак? Аслида, умуман чиройли шеър.
Манимча шоир бироз хато қилган. Отадан улуғи фақат Яратган Аллоҳ. Халқимиздаги мақолда аслида «отангдек» (ёки «отангдай») деб ёзилган/айтилган бўлиши керак.

Бўлиши мумкин. Бундан ташқари мендан техник хато ҳам ўтганга ўхшайди.

Iymandar
18.12.2009, 18:07
Жисми қонундан нафас тори узилмасдан бурун,
Бошинга даври қазо базми қурилмасдан бурун,
Жуббаи жон тири риҳлатдан сўкулмасдан бурун,
Эй кўнгул, қасринг асоси – тан бузилмасдан бурун,
Токи обрўй қўраси – дандон тўкулмасдан бурун;

Бебақодир қолиби тан, боғлама иқбол анга,
Бўлма ғарра орият, дунёда мулку молинга,
Ёд этиб гўру қиёмат, йиғла доим ҳолинга,
Бир назар сол, моумандан воз кечиб, аҳволинга,
Оч кўзинг ибрат билан, тупроққа тўлмасдан бурун.

Махтумқули

Ғарра – мағрурланиш.
Моуман – манманлик, худписандлик

Iymandar
19.12.2009, 12:00
Лабларига ҳаёт суви қуйилавергач, тўғон тошларидан ўт униб чиқибди.

***
Оқим ўртасида тўхтаб қолган шохча гўё дарёнинг қудратини қоқ иккига бўлиб турганга ўхшайди.

***
Бу кўл ойна каби тиниқ. Ўз аксингни томоша қилмоқчи бўлсанг, эҳтиёт бўл, бехос кўзингдан ёш томса, у тўлқинланиб кетади, юрагинг ҳам!

***
Кўзингни юм, ўтмишингни кўрасан, лекин ундан кўзингни юмма!

***
Одамни келажак эмас, ўтмиш донишманд қилади, лекин донишмандлик келажакка интилишнинг ўзгинасидир.

***
Одамлар чироққа ёғ қуйишди. Пилик эса, «энди пичоғим ёғ устида», деб ўйлади, оловга кўпроқ ёғни рўпара қилаверди… Лекин ҳақ жойида қарор топди: Пиликнинг боши ҳар кеч қирқиладиган бўлди.

***
Баъзан мен кимдандир кутиб юрган нарсани … у мендан кутаётган бўлади.

***
Ҳаёт ажойиб ўқитувчи: иншо ёздиради, ўзингга текширтиради, баҳони эса бошқалар қўяди. У ҳеч кимга ё унвон, ё гувоҳнома бермайди. Фақат баъзи ўқувчиларгина «чипта»ни ўзлари ясаб олишади, ён-веридагиларни алдаб – инонтириб юришади.
Ҳаёт эса бир кулиб қўйиб, ўзининг абадий иншосини давом эттиради. Ўзингга текширтиради. Баҳони бошқалар қўяди.

***
Икки чол суҳбатлашарди. Уларнинг вазмин, урғули суҳбатидан шу сўзлар қулоғимга чалинди:
- Бу дейман, мулла Шомурод, кўҳна дунё қаёққа кетяпти ўзи?
- Ўтмишга, қария, ўтмишга…

***
Ўзининг ҳақлигини бирон марта ёқлай олмаган одам бошқани ҳимоя қила олмайди.

***
Оёқларинг чиққунча онангнинг елкасидан тушмадинг, неча беланчакнинг бели сени кўтаравериб букчайди, юрадиган бўлганингда синф тўридаги парта опичиб олди сени… Хайрият, улғайдинг! Қани, олға! Ҳаётга қадам қўй энди!
Э, нега жим турибсан? Ё… энди кимнинг елкасини кўзлаяпсан?!

***
Эшикнинг тутқичи гердайди: «Мен жаҳон эшикларини очгувчиман».

***
Бўйиннинг гавдани идора қилишдаги хизматларини маржон билмайди, чунки ўзининг гавдаси йўқ, ўзи бировларнинг бўйнида!

***
Унинг бутун вужуди қорнига – нафсига бўйсунади, у – халта!

***
У очилиб ётган ҳикматни кўрмайди, ёпиқдаги ҳамма нарсадан сир ахтараверади.

***
Бир дўстим авваллари «тез-тез кўришиб турайлик» дегувчи эди, яқинда қўнғироқ қилди, хайрлашаркан, қўшиб қўйди:
- Телефонлашиб турайлик!

***
Сен алик олишдан олдин менга бошдан-оёқ тикилдинг, мен эса саломимдан сўнг турқингга назар солдим.

***
У киши катта иш қилишдан ҳам кўра, катта ишда туришни яхши кўрар эдилар!

***
Китоб дўконининг бошқалардан ажойиб фарқи шуки, бу дўконга ҳар бир харидор ўз тарозуси билан келади.

***
Бир шахсни биламан. У биздек ёшлар орасида: «Тилимизни, урфу одатларимизни ундай қилиш лозим, бундай қилиш лозим!» деб юради. Эътиборлироқ давраларда миқ этмайди ёки бутунлай бошқа нарсаларни гапиради.
Шундай, у ҳамма келишикларда турланадиган одам! Фақат БОШ келишикда эмас!

***
Кўз – топади. Баъзан, яширади ҳам!

***
Нега ипак қурти аввал ўзини ипакка брукаб, кейин ўлади?
- Умр бўйи қилган меҳнатига мукофотни ўзи танлайди!

***
Уришқоқ қўчқор қариган эди… Кўк майсани ҳам базўр тамшайди. Раҳмим келди унга Эркаламоқчи бўлдим. Кафтимга иккита барг қўйиб узатган эдим, пихиллаб калла ташлади…
- Эҳ, калла, калла!...

***
Баъзи одам ўзини пок кўрсатмоқ учун атрофидаги лойни ер юзига чаплаб ташлашдан ҳам қайтмайди.

***
Бир дўстим: «Ўзимдан ҳам кўра соямни яхши кўраман!» - деганди. Сабабини хамон ўйлайман: «Ҳеч нарса таъма қилмай, умр бўйи изингда юргани учунми?!»

***
- Болалар ўт ўйнашни, чоллар ўтга қараб хаёл суришни ёқтиришади. Икки оралиқдагилар-чи?
- Уларнинг ҳаёти ўзи олов-ку!

Омон Матжон

bekww
19.12.2009, 17:36
Bekor

Oyga ergashsagu, yerni ko'rmasak,
Peshonadan tomgan terni ko'rmasak.
Eldan olib tursa-gu, elga bermasak,
Yurtning bolasiman deganimiz bekor.

Ota obro'siga ko'ksimiz kerib,
Yursak yulduzlarni benarvon urib
Nogoh yiqilsagu, ketmasak turib,
Mardning bolasiman deganimiz bekor.

Bir chimdim alamga qaddimiz buksak,
Nomard poyin o'pib, unga tiz cho'ksak,
Qizg'aldoq misoli bargimiz to'ksak,
Tog'ning lolasiman deganimiz bekor.

Bolamiz yig'lab tursa, ko'zga ilmasak,
Ota-ona motamida yig'lay bilmasak,
Daryolar to'lsa-yu, biz bir to'lmasak,
Qalbning nolasiman deganimiz bekor.

Osmondagi har qanday bulut yomg'ir to'kolmas,
Mardning bolasini nomard bukolmas,
Do'stim, agar bizni elimiz tan olmas,
Elning bolasiman deganimiz bekor.


PS. Шерали Жўраев қўшиғининг матни, муалиф ўзларимикан?

Mubina
21.12.2009, 12:41
Toshkent
Osiyoda yakkasan
Halovatli pakkasan
Doningni yegan chumchuq
Qaytib kelar Makkadan

Anhoring ko'p, soying ko'p,
Masjidu saroying ko'p,
Uzilmaydi mehmoning
Qozoningda moying ko'p

Yigitlaring burgutdek
Yaratmasdan turmas tek
Hech bo'lishmas kambag'al
Asl zoti sayyid, bek

Qut baraka yuqqan yurt
Katta-kichik siqqan yurt
Elga kerak bo'lganda
Qodiriylar tuqqan yurt
Marhabo Karimova

Nigora Umarova
25.12.2009, 14:18
Qish chillasi

Janub bizdan olislab ketdi,
Shimol keldi surilib yaqin.
Qorlar bilan siyladi bizni,
Ruhimizni ko'tardi tag'in.

Ruhning qanotiga osildik,
Sho'rlik bizni ko'tarolmadi.
Dalalarda yer chopaverib,
Bellarida mador qolmabdi.

Turg'izmadik yiqilgan ruhni,
Qanotiga bosmadik malham...
Paydo bo'lar qaydandir shunda
Qon isini olgan bir kalxat.

Qanotlari qonga bo'yalgan
Ruh qorlarda o'rmalar endi.
Kattalar qartadan bo'shamas,
Bolakaylar o'ynaydi "Kinder".

Hech kimning u bilan ishi yo'q,
Qirchillaydi dalalarda qish.
Uxlab yotar bog'larda bahor,
Qor ostida uxlaydi yumush.

Gul unmagay, ko'karmas giyoh
Ruhning qoni to'kilgan yerdan.
Shu taqirda undirmoq uchun
Xudo bizga paxtani bergan.

Faxriyor

Nigora Umarova
25.12.2009, 14:24
Mayli, qahringizni siz sochavering,
Sizning shafqatlarga bir ahmoq yo'q zor.
Bahor, yoz, kuz sizga, qishni-chi bering,
Menga gulmas, kifoyadir sovuq qor.

Qahringiz qahraton, azizim, rahmat,
Bariga tayyorman muzlamoq uchun.
Meni buzilishdan saqlgay minba'd,
Mabodo, qahringiz ko'rsatsa kuchin.

Faxriyor

Nigora Umarova
25.12.2009, 15:18
Kimning jilmayishin oldim o'g'irlab,
Kimning tabassumin tortdim yuzimga?
Begona tabassum sig'madi, zo'rlab
Tortaverdim uni lekin o'zimcha.

Falokat ko'rgazdi shunda bo'y-enin:
Bir cheti yirtildi tabassumning "shart".
Siri fosh etilgan josusday meni
Bexos tanivb qoldi izlab yurgan dard.

Faxriyor

Nigora Umarova
26.12.2009, 13:19
Botartibdir hasratingiz ham-
Dard ichinda so'zingiz-qisqa.
Anduh ichra nigoh-xotirjam-
Turarkansiz farishta tusda.

Ozodadir vido oningiz,
Qafasdadir g'azab shiddati.
Og'rimagan go'yo joningiz-
Siz-mag'rursiz, poksiz, jannati.

Ezgulikka suyanchsiz-karam,
Sizda yo'qdir gina, adovat...
Hamma dunyo ketar siz bilan,
Mening bilan qolar falokat.

Usmon Azim

Nigora Umarova
26.12.2009, 13:26
Hali siz yo'qsizu
Sog'inchingiz bor...
Visolga chiqaman yuragim yonib,
Sizga tutqazaman
Yam-yashil bahor,
Yerga tushirasiz-qo'lingiz tolib.

Hali yonimdasiz.
Ammo bir savdo
Boshimda aylanar changalin yozib.
Men tortiq etaman yozni...
Beparvo
O'tasiz-
Avgustning ko'ksini bosib.

Hamon dil tolpinar
Sizday olamga.
Ishqning anduhiga hamon jon bog'liq.
Sizga kuz beraman...
Kuzgi olmadan
Olib qololmaysiz biror bir og'riq.

Endi fasllarimqolmadi manim-
Ufqda eng so'nggi kunduzim ado.
- Qishing qayda qoldi?- bo'zlaysiz...
Jonim!
Bilmaysiz,
Uch fasl berganin Alloh.

Usmon Azim

Umida Shodiyeva
28.12.2009, 23:19
Onajon

Ostonada kutarsiz, keb qolsaydi bolam, deb,
Men yuraman ro’zg’oru farzandlarim g’amin yeb,
Asli bir kam dunyoning bitiraman kamin, deb,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Siz- chi Rayhon isini saqlab dimog’ingizda,
Keb qolar, deb, ob qo’ying oshni tovog’ingizda,
Yuragingiz ezilib, sog’ingan chog’ingizda,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Siz bedor, men beparvo, uyqum, tushlarim qursin,
Sizsiz novvot chaynagan nodon tishlarim qursin,
Sizni kuttirib qo’yib, qilgan ishlarim qursin,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Sizga oylab bormay, kuy-g’azallarni yo’qladim,
Yog’lik palov, choyxona, guzarlarni yo’qladim,
Mehri yolg’on jononu go’zallarni yo’qladim,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

So’ray endi Xudodan, ochsin sizga yo’limni,
Dunyo ishi to’smasin sizga cho’zgan qo’limni,
Bag’ringizga egildim, qabul aylang uzrimni,
Sizni yo’qlab, kunda bir borolmayman, onajon.

Marhabo Karimova

Umida Shodiyeva
28.12.2009, 23:21
Onasini berib qo’yganlar

Yuragida shamchirog’I yo’q,
Ishongani bo’gu rog’I yo’q,
Suyanayin desa tog’i yo’q,
Onasini berib qo’yganlar.

Cho’kib qolar baland bo’ylari,
Ko’z yoshisiz o’tmas to’ylari,
Huvillab qoladi uylari,
Onasini berib qo’yganlar.

Xumorlari tutgan pallada,
Zo’rg’a turar joni tanada,
Yig’lab yurar pana-panada,
Onasini berib qo’yganlar.

G’am yuziga inib ketadi,
“Ona” desang, tinib ketadi,
Bir zarb bilan sinib ketadi,
Onasini berib qo’yganlar.

Ilinadi oshu nonini,
Bir ko’rishga berar jonini,
Hidlab yurar to’n ro’molini,
Onasini berib qo’yganlar.

O’lmaydilar onalar atay,
Qismatimiz shu ekan, netay,
Sizni qanday qilib yupatay,
Onasini berib qo’yganlar?!

Marhabo Karimova

bekww
29.12.2009, 07:01
Вильям Шекспир, "Сонетлар"

85

Камтарин музамнинг тиллари тугик,
Ўзгалар сени мадҳ айлаб шу асно,
Шеърлар битишади манзур бўлгудек,
Олтин қаламларда этишиб иншо.

Уларда сўз эса, менда хаёл, ўй,
Бесавод муллага ўхшайман бироз.
Ҳар гал шеър ўқилса, янграб мисли куй,
"Омин!" дейиш келар қўлимдан, холос.

Хар гал "Балли!" дейман, "Айтганинг тўғри!"
Ва яна бир нима қўшаман баъзан.
Аммо қалбим тўла лиммо-лим туйғу,
Айтиб беролмасман уни сўз билан.

Уларни қадрла сўзлари учун,
Мени эса - сўзсиз туйғуларим-чун...


Жамол Камол таржимаси

bekww
30.12.2009, 08:05
Вильям Шекспир, Сонетлар

12

Соат занг уради, санайман ана,
Ҳадемай кундузни ямлар қаро тун.
Бинафша ранги ҳам сўнар жимгина,
Қора кокиллари оқарар бутун.

Мағрур дарахтлар ҳам яланғоч бу дам,
Япроқларни йўлда супурар шамол.
Поҳол ғарамлари аравалардан
Тобутга тушгандек боқар бемажол.

Мен ўйлайман кўрку тароватингни,
Анвойи чечаклар, гуллардек албат
У сўлиб, сарғаяр, битар бир куни,
Ўрнида юз очар янги латофат.

Сен кетсанг, ўрнингда авлодинг ҳамон
Ўлим билан жангни этдиргай давом...


Жамол Камол таржимаси

Nigora Umarova
14.01.2010, 10:58
Agar dardga to'lsang, do'stni izlama,
Endi so'zlar ketdi-so'zni izlama,
Shafqat keltirguvchi ro'zni izlama-
dardingni telbavor shamolga yashir.

Maqomsan-dilni sho'x bayot tushunmas,
Sen-saydsan, "oh"ingni sayyod tushunmas,
hasratni gullagan hayot tushunmas-
Ko'z yoshing ta'birin savolga yashir.

Dunyo, chayqalmoqda-og'ib turibdi,
Dunyoga shaytonlr yoqib turibdi,
Qara, haq falakdan boqib turibdi-
Rostni ildizdagi kamolga yashir.

Hamdard bo'lmoqlikka bemorlar topgin,
Vatanning kuyida zor-zorlar topgin,
Yiqmoqqa daraxtmas, devorlar topgin-
Erk so'zin qafasda beholga yashir.

Bu go'zal bog' ichra bahor dengizi,
Mavjlari- yam-yashil, ufqi-qirmizi,
Bahor-payg'ambardir, sen ham-termiziy-
Bir hadis topsang gar niholga yashir.

Bahor yuragingga bir shirin sasdir,
O'zligin sezmaydi-bu dunyo mastdir,
Mastlik ham beshafqat hayotdan bahsdir-
Hayotning ma'nosin zavolga yashir.

Usmon Azim

Nigora Umarova
19.01.2010, 12:58
Jondan o'tdi

Toqqa chiqay, desak, toshlar qo'ymasa,
Ko'zga yoqay, desak, qoshlar qo'ymasa,
yashashga mana bu boshlar qo'ymasa...
Bizga ham atalgan dunyolar bormi?!

***

Jilovlashdi, asov ot edim,
Chidolmadim-yana dod dedim.
Sindirishdi oyoqlarimni,
Yuragimdan qattiq lat yedim.

Kurashlardan charchamadim, toldim,
Jim yashashni o'rganib oldim.
O'sha jonning huzuri ekan,
Bora-bora ko'nikib qoldim.

Behzod Fazliddin

bekww
20.01.2010, 07:10
SAL OLDINROQ

Qadam bossam titrardi zamin,
Tovonimdan chaqnardi chaqin.
Nahot shunday sho`x, bеbosh edim,
Sal oldinroq balki yosh edim.

Bo`lmasa ham pulim cho`ntakda,
Orzuim mo`l edi yurakda.
Endi go`yo hafsala yo`qday,
Sal oldinroq dil edi cho`g`day.

Ko`z dеgani tortarkan xira,
Bosar ekan ovozni shira.
Dеmak shunday kеlar qarilik,
Sal oldinroq bilmagan edik.

Kеcha shamol xush edi dilga,
Bugun esa yoqmaydi bеlga.
Bilarmikin sochimdagi qor -
Sal oldinroq kеlganin bahor.

Bahordan so`ng shoshib yoz kеtar,
Kuzu qishning navbati yеtar.
Umr shunday o`tishin ildam -
Sal oldinroq o`ylamabman ham...


Bobur Bobomurod

AbuMuslim
20.01.2010, 09:42
Кўр бўлсун кўзларимким, ўзгаға солсам назар,
Жонга ўт тушсун агар сендан бўлак ёр айласам.

Ҳам кўнгил юз пора бўлсун, майл қилса ўзгаға,
Тил кесилсун ўзгаға бир ҳарф гуфтор айласам.

Жондин айрилсун тану ё бир йўли синсун аёғ,
Ғайр кўйин бир қадам ҳар сори рафтор айласам.

Фурқат

Nigora Umarova
20.01.2010, 09:47
Кўр бўлсун кўзларимким, ўзгаға солсам назар,
Жонга ўт тушсун агар сендан бўлак ёр айласам.

Ҳам кўнгил юз пора бўлсун, майл қилса ўзгаға,
Тил кесилсун ўзгаға бир ҳарф гуфтор айласам.

Жондин айрилсун тану ё бир йўли синсун аёғ,
Ғайр кўйин бир қадам ҳар сори рафтор айласам.

Фурқат

Muhtaram AbuMuslim!

Bu she'riy parchami, davomi bormi?

Umida Shodiyeva
20.01.2010, 17:35
So’nggi va’da

Yorug’ she’rlar yozaman endi,
Sen ham faqat yaxshi tushlar ko’r.
Men ikkinchi o’zimni yengdim,
Men o’zimdan yana keldim zo’r.

O’z izmiga tushar hammasi,
Qor ostida qolib ketmas iz.
Jinko’chada zulmat sharpasi –
Osmon saqlar bizni Ishqimiz.

Nima yo’ldan urar bandani?
Aytganingdan chetga jilmayman.
Tangrim, kechir men arzandani,
Ortiq senga isyon qilmayman.

O’z yurtiga haydayman g’amni,
Yo’qotishdan tamom qo’rqmayman.
Topolmasa agar kulbamni,
Yorug’likni o’zim yo’qlayman…


* * *

Bardosh libosining iplari tig’dan,
Amallab kiydingnmi, yechishdan ne naf?
Ko’zingni yashirma ko’ngli munglig’dan,
Seva olish sharaf, sevilish sharaf.

Daqyonusdan eski bu dahri dunda
Bir yangi zarraday ko’zga ilinsam.
Murodim gullari ochilgan kunda
Ne tong, yashashga ham mahkum qilinsam…

So’nggi nafasgacha eshiklar ochiq,
O’z holidan o’zi gumonda gumon.
Nazdimda ko’rmagan bu qadar Oshiq
Bir tomchi diydorga g’arq bo’ldi jahon…

Behzod Fazliddin

bekww
21.01.2010, 08:29
Maryam Sattorovaning "QURBON O`LAM" qo`shig'i matni

Fuzuliy g`azali

Kel-keley, mohiliqo, husningga qurbon o`lam,
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam,
Chashmi masti labi xandoningga qurbon o`lam,
Oftobi ruyi toboningga qurbon o`lam,
Qadi navrastayi larzoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.

Ikki qoshing qalamu, ikki ko`zing chashamai nur,
Barq urib oyinadek siynayi sofing ko`rinur,
Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur,
Yo`q nazokat ichida sen kabi durdonayi dur,
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.

Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot,
G`unchadek ikki labingdin to`kilur qandu novot,
Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot,
Gul yuzingdan manga bir bo`sa berib ayla zakot,
Man sani ro`yi gulistoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.

Qo`llaring panjayi xurshid, beling g`unchamiyon,
Ko`ylak ichra badaning sof erur obiravon,
Rahm qil, kel, mani og`ushima ey, ofatijon...
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy dema jon,
Siyayu sogfi shofobaxshingga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.

Man sanga banda bo`lib, hatto g`uloming bo`loyin,
Barq urib qoshingda parvonasifat o`rgiloyin,
Manga zulm aylama, o`shal yuzing ko`royin,
Kulbayi hokingga siynamni qo`yib jon beroyin,
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy demakim,
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam,
Yor sana qurbon o`lam.

Gulnora Voisova
21.01.2010, 09:39
Тонг

Бугун эрта туриб тонгни кўрдим.
Оқ шоҳи рўмоли бошида.
Уфқ кийинтириб гўзал фалак,
Сочини тарайди, қошида.

Суқланиб қарадим, тонгнинг юзига.
Бир қарашда оппоқ шоҳига ўхшар.
Бир қарашда мармар, бир қарашда зар,
Бир қарашда эса садафга ўхшар.

Тонг ажойиб бир пайт, тенги йўқ ҳусн,
Гўзал табиатнинг дилбар лавҳаси.
Йил - китоб, ҳар кундуз ундан бир варақ,
Тонг эса варақнинг гул сарлавҳаси.

Табиат саҳарда мисли бир ғунча,
Тонг эса ғунчанинг очилган чоғи.
Ёки тахмин қилинг табиат бир қиз,
Тонг эса у қизнинг мармар ёноғи.

Тонгнинг тасвирига ранг бисотидан,
Энг ёрқин, энг гўзал мато сайладим.
Чунки тонг саодат ва нур келтирар,
Унга илҳомимни ҳадя айладим...

Уйғун

Nigora Umarova
21.01.2010, 09:43
Тонг
...Табиат саҳарда мисли бир ғунча,
Тонг эса ғунчанинг очилган чоғи.

Уйғун

Бугун тонг мана шундай кўринишда отди. Тонгни кутиб олишни яхши кўраман.
Уйғун шеърларида табиатни гўзал равишда тасвирлайдиган ажиб бир нафислик бор.

Danger
21.01.2010, 13:18
Ishq bogiga qadam quydim, boshimda or yuq ,gam budur
G'am mendan ming gam bor, bir gamhor yuq
Ey ajal qurqitmagil, jonim kerakmasdur manga
Senga jon darkor bulsa, men kabi tayyor yuq

Nigora Umarova
21.01.2010, 13:22
ishq bogiga qadam quydim, boshimda or yuq ,gam budur
gam mendan ming gam bor, bir gamhor yuq
ey ajal qurqitmagil, jonim kerakmasdur manga
senga jon darkor bulsa, men kabi tayyor yuq

Hurmatli Danger!

Mavzuga binoan she'r muallifini ko'rsatib o'tsangiz.

Nigora Umarova
21.01.2010, 13:35
Ne uchun faryod chekursan, so'zlagil, ey sharshara,
Anduhi birla yuzingga kim ajin solmish, qara,
Ne edi dardingki dard chekding tunu kunlar aro,
Bosh urib toshlarga yig'larsan, nechun bu manzara?

Zebunisobegim (tarjimon M. Muinzoda)

Nigora Umarova
21.01.2010, 13:38
Andalib guldan kechar borib chaman ko'rsa mani,
Butparastlik qilmag'ay gar barahman ko'rsa mani.
So'z aro bo'ldim nihon xushbo'y gullar bargidek,
Kimki ko'rmoq istasa so'z ichra shan ko'rsa mani.

Zebunisobegim

Kahramon Jalilov
22.01.2010, 08:55
Sog'indim

Sen ketdingu, ey voh seni Dildor sog'indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog'indim,
Hech qancha zavol o'tmadi men zor sog'indim,
Sensiz ezilib tunlari bedor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...

Shahringda kezib ahtaraman bosgan izingni
Kunduz ezilib tunlari bedor sog'indim
Men zor sog'indim, seni yor sog'indim...

Yonimda eding bilmas ekanman seni qadring,
Ayniqsa shu kun bo'ldi zulumkor sog'indim.
Tezroq kelaqol bir kulib, oy yilga barobar,
Sensiz yuragim porayu angor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...

Sen ketdingu, ey voh seni Dildor sog'indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog'indim,
Hech qancha zavol o'tmadi men zor sog'indim,
Sensiz ezilib tunlari bedor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...
Do'stimning eng sara qo'shiqlarning matnlari daftaridan, muallifi kimligini bilmayman, oldindan uzr so'rab qolaman

olim
22.01.2010, 17:25
Sog'indim

Sen ketdingu, ey voh seni Dildor sog'indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog'indim,
Hech qancha zavol o'tmadi men zor sog'indim,
Sensiz ezilib tunlari bedor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...

Do'stimning eng sara qo'shiqlarning matnlari daftaridan, muallifi kimligini bilmayman, oldindan uzr so'rab qolaman

Muallifi ma'lum bo'lmasa balki qo'shiqni kim ijro qilganini yozsangiz xam bo'lsa kerak.

olim
23.01.2010, 11:55
Sog'indim

Sen ketdingu, ey voh seni Dildor sog'indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog'indim,
Hech qancha zavol o'tmadi men zor sog'indim,
Sensiz ezilib tunlari bedor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...

Shahringda kezib ahtaraman bosgan izingni
Kunduz ezilib tunlari bedor sog'indim
Men zor sog'indim, seni yor sog'indim...

Yonimda eding bilmas ekanman seni qadring,
Ayniqsa shu kun bo'ldi zulumkor sog'indim.
Tezroq kelaqol bir kulib, oy yilga barobar,
Sensiz yuragim porayu angor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...

Sen ketdingu, ey voh seni Dildor sog'indim,
Hajringda kuyib, lahzada ming bor sog'indim,
Hech qancha zavol o'tmadi men zor sog'indim,
Sensiz ezilib tunlari bedor sog'indim,
Men zor sog'indim, ey yor sog'indim...
Do'stimning eng sara qo'shiqlarning matnlari daftaridan, muallifi kimligini bilmayman, oldindan uzr so'rab qolaman
Bu she'rni qo'shiq sifatida juda ko'p ustoz sanatkorlar ichro qilishgan. So'ngi bor Husan ichrosida eshitganmiz.

Kahramon Jalilov
24.01.2010, 11:16
Ushbu klassik qo'shiqlarni hozirgi zamonda ijro etilishida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni kuzata turib Olim aka bilan ozgina tortishib qoldik va ular shunday savol berdilar: xamma klassik qo'shiqlarni zamonaviy shiori ostida buzilishiga siz muhlis sifatida qanday qaraysiz?

Menimcha klassik qo'shiqlarni zamonaviy holatga ham olib kelganda ham hech qanday buzilish bo'lmaydi (100 dan bittasi bo'lishi mumkin), aksincha yanada boyiydi, klassik qo'shiqlarda asosan matn va uni ijro etishiga katta ahamiyat berilgan, shuning uchun uni musiqasini o'zgartirish yoki shunga o'hshash narsalar qilish orqali qo'shiqlar yanada ijro etilishi variantlari ko'payadi va bu orqali ustoz artistlarimizni me'roslarini yanada boyitgan bo'lamiz, hozirgi zamonda esa qo'shiqni ijro etilishida asosiy e'tibor uning musiqasida yoki klipida bo'lib qolgan so'zlari bilan hech kimni ishi bo'lmay qolgan, ustoz san'atkorlarimiz bu qo'shiqlarni o'sha paytlarda bir asbob orqali yoki umuman asbobsiz ijro etishgan, chunki sharoit shuni taqozo qilgan...
Bu she'rni qo'shiq sifatida juda ko'p ustoz sanatkorlar ijro qilishgan (Qahramon Jalilov) .

Bekmirzo
24.01.2010, 17:31
Menimcha klassik qo'shiqlarni zamonaviy holatga ham olib kelganda ham hech qanday buzilish bo'lmaydi (100 dan bittasi bo'lishi mumkin), aksincha yanada boyiydi, ...Bu gapning isboti sifatida Fond Forum 2009 yil sentyabr oyida sotuvga chiqargan "Toshkent: asliyat va nazira" musiqali disklar to'plamini keltirish mumkin, deb o'ylayman.

Shu to'plamning 2-diskini tinglab ko'rganlar bormi?

Nigora Umarova
26.01.2010, 15:06
"Suratingni yubor, sog'indim,
Yolg'on aytsam til tortmay o'lay",-
Debsan xatda. Suratim nechun
Kerak bo'ldi, qurboning bo'lay?

Yuzlarimni ko'rmak istasang,
Yo oyga boq, yoki kunga boq.
Sochlarimni ko'rmak istasang,
Uyqudan kech, oysiz tunga boq.

Qoshlarimni ko'rmak istasang,
Ko'kka qara, chiqqanda hilol.
Ko'zlarimni ko'rmak istasang,
Nazaringni yulduzlarga sol.

Yonog'imni ko'rmak istasang,
Sahroga chiq, lolazorda yur.
Lablarimni ko'rmak istasang,
Sahar turib g'unchaga yuz bur.

Tishlarimni ko'rmak istasang,
Havasingni marvaridga ayt,
Gar o'zimni ko'rmak istasang,
Yovni yengib, zafar bilan qayt.

Uyg'un, 1942-yil

Nigora Umarova
26.01.2010, 15:20
Sevganingni, sevgingni maqtab
Shirin gaplar aytishing mumkin.
Ammo, kulfat tushsa boshimga
Gaplaringdan qaytishing mumkin.

Agar sevsang meni yurakdan
Birga suzgil selda, oqinda,
Birga totgil achchiq-chuchukni,
Birga bo'lgil uzoq-yaqinda.

Qayg'udosh bo'l qayg'ursam agar,
Birga sevin sevinganimda.
Kulfat tushsa, agar boshimga
Tashlab ketma, bo'lgil yonimda.

Quyosh bo'lib nur soch kunduzi,
Yulduz bo'lib yo'l ko'rsat tunda.
Baham ko'rgil nimaki bo'lsa,
Ishonaman sevgingga shunda.

Uyg'un, 1965-yil.

Kahramon Jalilov
26.01.2010, 21:16
Бу шеърни буюк Ватандошимиз Машраб қаламларига мансуб бўлиб, устоз санъаткор, хизмат кўрсатган артист Камолиддин Рахимов жуда маромига етказиб ижро этганлар. Бу қўшиқни мактаблик чоғларимизда жуда кўп маротаба ижро этганмиз, шунинг учун дилимга энг яқин шеър бўлгани учун ёзиб қолдираман...

Йўқлар кишим борму

Наманган шахридан кетар бўлсам,
Мен йўқлар кишим борму.
Ғариблик шахрида йурсам
Мени йўқлар кишим борми

Қалқони қариндошим
Бу йўлда бўлса йўлдошим
Кўзимдин оқизиб ёшим
Мени йўқлар кишим борму

Мухаббат шарбатин ичдим
Қозондек қайнабон тошдим
Бу фоний дунёдан кечдим
Мени йўқлар кишим борму

Тушибдир бошима савдо
Раз-му ишқ ғавғо
Ўзига айлади шайдо
Мени йўқлар кишим борму

Турарга тоқатим йўқдир
Юрарга холатим йўқдир
Юракда ишқ ўти кўпдир
Мени йўқлар кишим борму

Қарорим йўқ турай десам
Наманганда юрай десам
Жахонни сайр этиб кетсам
Мени йўқлар кишим борму

Бу мискин зорин Машрабнинг
Киши холига сиғмайдир
Бу ердан бош олиб кетсам
Мени йўқлар кишим борму...

Nigora Umarova
04.02.2010, 09:55
Ko'z yumar ekanman, munavvar qalbim
Mangulik o'yiga yana bo'lar g'arq...
Qo'hna kitoblardan bitiklar qadim,
To'sdek qaro zulmat aro urib charx-

Kelib ro'paramga, mayliga g'addor
Dahshatlar shevasin etingiz talqin,
Faqat xotiramga tegmang siz zinhor,
So'nggi nafasgacha qolsin г yorqin.

Toinki azoblar silsilasida
Sen menga tuyulma yot siymo bo'lib;
Mayli, qiynoq ortsin yana yuz hissa,
Tursang bas qoshimda sen masrur, kulib.

O'lim o'z og'usin so'nggi soniya
Bosgaydir labimga bamisli malham,
Shundan so'ng odamlar kelib, qabrga
Ko'mgaylar vujudim, ovozimni ham.

Anna Axmatova(Mirpo'lat Mirzo tarjimasi)

Umida Shodiyeva
05.02.2010, 23:33
Eski haqiqat

Gar pixini yorgan fuqaro
O’zlashtirmoq bo’lar bugunni,
Yecholmasdir ming yillar aro
Sevgi degan eski tugunni.

Faqat sira tinch qo’ymas bir hol,
O’ylatadi dunyo ishlari:
Nigohlari ma’yus majnuntol,
Chinorlarning xo’rsinishlari…

Behzod Fazliddin

Kahramon Jalilov
06.02.2010, 18:01
Бу қўшиқнинг сўзлари ... минг марта эшитгандан кўра бир марта кўрган афзал...
Дилбарим

Ошиқ бўлдим сенга, жоним сен ўзинг
Дилдан шайдо қилган бу қаро кўзинг
Ноз этма эй гўзал, куйдирма мени
Ишқинг ўтида ёндирма мени, куйдирма мени

Дилбарим, севганим
Дилбарим, бахтим сен ўзинг
Бахтим сен ўзинг...

Сенга юрагимни олиб берайму
Кўкдан олма каби юлдуз терайму
Ох фақат хижронда қолдирма мени
Ишқинг ўтида ёндирма мени, куйдирма мени

Дилбарим, севганим
Дилбарим, бахтим сен ўзинг
Бахтим сен ўзинг...

bekww
07.02.2010, 07:29
SEN QAYDASAN YURAGIM

Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz…

Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.

Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.

Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay men?

Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.

Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi.

Zulfiya

Nigora Umarova
10.02.2010, 11:39
Kimga o'xshadi bu dema bolangni,
Olma daraxtidan uzoqqa tushmas.
har kimga ham aytma nolangni,
Bolangdan shikoyat hech kimga xushmas.

Saxt-sumbat seniki bolangda shundoq,
Fe'li ham sendandir yo onasidan.
Tarbiya qilganding sen uni qandoq,
Urug' unar axir o'z shonasidan.

Menga o'shqirdi-ya, deysan o'kinib,
Esla-chi, otangga muomalangni!
Deysan, kirsa-chiqsa yurar so'kinib,
Sen ham so'karding-ku o'z oilangni.

Xullas, arpa ekib, bug'doy olishga
Urinma, behuda hasrating endi.
Noo'rin bolangdan doim nolishga,
Sening tarbiyangdan shu bola undi.

O'zingning kimliging aslo unutma,
Arpani ekibon bug'doyni kutma.

(muallifini bilmayman...)

Scarlette
13.02.2010, 07:12
Seni ilk bor uchratganda
Sevdim deb o`ylaganda Qanday oshkor qilsam deb qiynalganda
Sevardim seni
Boqqing kelmay boqqanda
O`zgalar senga yoqqanda
Azoblanib
Sevardim seni
Bir qayrilib boqqanda
Yurak bag`rim yoqqanda
Salom berib o`tganda
Sevardim seni
Lek shu ekan taqdir
Qiynadi meni bu yoqda
Sen esa yasharsan baxtli uyoqda
Achinmayman,hech yoqda
Bo`lmagandir sevgi javobsiz
Kutaveraman sevging
Hatto bo`lsam ham tuproqda

bekww
13.02.2010, 10:43
GURLA , YURAK!

Gurla yurak, gurlagin!
Dunyo torga tor doim.
Ezguliklar hamisha –
Intilganga yor doim.

Bu dunyoga kelganmiz,
Olov bo’lib yongali!
Dunyo ne’matlaridan,
Lazzat olib qongali.

Qaysi bir qalb topinmas,
Zulmat ichra ziyoga!
Yonish nima bilmasak –
Kelarmidik, dunyoga!

Yiqilsang ham yer bo’lib,
O’zing qo’lga ol yana!
Chunki hayot hech qachon,
Tutmas bizga bol yana.

Gurla yurak, men uchun
Gurlab tursang, bo’lgani!
Men kelmadim dunyoga -
Armon bilan o’lgali!


"QALDIRG’OCH" kitobidan oldim:

http://kabutar.by.ru/qaldirgoch.html

Nigora Umarova
15.02.2010, 23:12
Ё Раб, мани бечоро гирифтори худам,
Гардида табиби хешу бемори худам.
Абнои жаҳон зи ман ҳама безоранд,
Ман низ аз эшонаму безори худам.

Абдусаид Абулхайр
Мазмуни: Ё Раб, мен бечора ўзим билан ўзим гирифторман. Бемор ҳам, табиб ҳам менинг ўзимман. Аҳли жаҳоннинг бари мендан безордирлар. Мен ҳам ўшалардан бириман – чунки ўзим ўзимдан безорман.

Nigora Umarova
15.02.2010, 23:23
Дилдор зариф аст, гуноҳаш ин аст,
Зебову латиф аст, гуноҳаш ин аст.
Охир ба чи айб мегурезанд аз ў?!
Аз айб афиф аст, гуноҳаш ин аст?

Жалолиддин Румий

Мазмуни: Дилдор нозикфаҳм, зийрак, гўзалдир – гуноҳи шу. Ниҳоятда зебо ва латофатлидир – гуноҳи шу. Ахир, нима айби учун ундан қочишади? У мутлақо беайб мусаффодир – гуноҳи мана шу!

Nigora Umarova
16.02.2010, 10:38
G'animlar tahqirlab beshafqat,
Onangdan ayrilding, dedilar,
tutqunning ko'zida betoqat,
Qatra yosh ko'rmoqchi edilar,
Qatra yosh...
Mag'rur qoldi mag'rur bosh.

Ko'z yoshlar boisi-g'am, alam,
Yoringdan ayrilding, dedilar,
Ko'ziga boqdilar, shod, xurram-
Qatra yosh ko'rmoqchi edilar,
Qatra yosh...
Mag'rur qoldi mag'rur bosh.

Qasoskor xabarlar bilmas had,
Vatandan ayrilding, dedilar
Va uning ko'zida so'nggi dard-
Qatra yosh ko'rmoqchi edilar,
Qatra yosh...
Bir qalqdi... Jon edi o'sha yosh!

Azim Suyun

Nigora Umarova
16.02.2010, 10:49
Bahodirsiz kelar arg'umoq

Maysalar lol egdi boshini,
Qizg'aldoqlar to'kdi yoshini,
Ko'k berkitdi shan quyoshini,
bahodirsiz kelar arg'umoq.

Unsiz qoldi qushlar samoda,
Uchqur jayron yelmas sahroda,
Tindi latif, sarin shabboda,
Bahodirsiz kelar arg'umoq.

Tog'lar boqar g'amgin, tund, behol,
Oq na'matak tebranmas xushhol,
Bemajoldir chashmai zilol,
Bahodirsiz kelar arg'umoq.

Qonxo'r g'anim, qonxo'r qotil kim?..
Havo bo'g'iq, badqavoq va dim,
Chopib chiqqan el, xaloyiq jim,
Bahodirsiz kelar arg'umoq.

Azim Suyun

Nigora Umarova
16.02.2010, 10:55
Oq va qora

Oq buloqni izladim,
Qora buloq duch keldi.
Qora buloq suvidan ichdim, yoronlar,
Oq buloqqa yetguncha.

Oq daryoni izladim,
Qora daryo duch keldi.
Qora daryo bag'rida cho'mildim, do'stlar,
Oq daroga o'tguncha.

Oq tog'larni izladim,
Qora tog'lar duch keldi.
Qora tog'lar quchog'ini kezdim, yoronlar,
Oq tog'larga yetguncha.

Oq va qora dunyoni
Chappor urib aylangum,
Oq shomlar tugab, do'stlar,
Qora shomlar quchguncha.

Azim Suyun

Nigora Umarova
16.02.2010, 11:03
Bahodirning qilichi

Bahodirning qilichi sindi...
So'nggi nuqta. Tugadi ertak.
Pastak hovli chetida dilxun
Bir bola yig'laydi-
qo'lida kitob.

Bahodirning qilichi sindi,
Bahodirning qilichi sindi.
Yovniki butun!

Qayga ketdi yaproqdek bola,
Bo'ta kabi qayda bo'zlaydi?
Uchib yurgab varaqlar, ana,
Shamollarga ertak so'zlaydi.
Bola qani?.. Bilmayman, ammo,
Ishonaman, qaylardadir г
Bahodirga qilich izlaydi...

Azim Suyun

Nigora Umarova
19.02.2010, 02:13
Hali kuymagan dil, kuylanmagan dard.
Yig'lanmagan yig'i, ko'rilmagan tush.
Hali sevilmagan bir gul-sumanbar,
Malomat ko'rmagaan yalangoyoq rushd.

Bir yoziq-hali-da qo'l urilmagan.
Yuziga hali dog' tushmagan hilol.
Og'izlarga tutilmagan bir lagan,
Hali tangrilar xol qilmagan Bilol.

Hali sen haqingda so'zlanmagan so'z.
Hali to'qilmagan g'iybat va fasod.
Hali kafanlikka bichilmagan so'z.

Bitilmagan she'rlar. So'nmagan umid.
Bir ko'ngil-bozori bo'lmagan kasod.
Bir ko'z - ololmagan hali men yumib.

Faxriyor

Masud Mahsudov
19.02.2010, 02:20
Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Quyosh boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor.
Olcha gulni ko’zlaringga surtasan behold.
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.
So’lg’in-so’lg’in lablaringdan ucharkan shu so’z,
Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib ko’z
O’ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
Bu tabiat suyumlidir ham ko’zlari ko’r,
Goh sharobdan, goh og’udan qilar bizni mast.
Belginangga tirak bo’lay, onajonim, tur.
Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.
Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash.
Ko’zlaringda umid yonar tikilgan oni.
Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g’ash,
Qizg’ish, lola rang qonlaydir bu kun dunyoni.
Bu dunyoning qir-darasi mo’l,
Yerni yalang oyoq bossang yayraydi taning.
Yashamoq – bir tansiq taom, unga ursang qo’l,
Brogan sari ochiladir ishtahang saning.
Bog’lardagi yetilgusi har mevali shox,
Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.
O’g’lonlaring kelar ana, ochishib quchoq,
O’g’lonlaring meva qadar bir shirinlikdir.
Onaginam!
O’zing tortma davralardan, el chorlaganda,
“Tiriklikning bayrami”, deb sozlaganda tor,
O’zing so’lg’in lablar bilan pichirlaganda:
“Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor”.

Halima Xudoyberdiyeva

Nigora Umarova
19.02.2010, 02:39
Oramiz bulutli kundayin ochiq,
Nafratlar oraga bemalol sig'ar,
Kirlari qurigan ayolday mehr
dor-ishonch rishtasin o'rtadan yig'ar.

Kiyimmas-bu dorga ilingan matoh,
choyshabmas-osilgan kunning qo'riga.
Agar u sho'r bo'lsa, bizning sho'rimiz,
agar u oq bo'lsa, demak, qurigan.

Faxriyor

Nigora Umarova
19.02.2010, 05:08
Ne tong, bahor izmi kuzdadir,
saharlaring shomlarga do'nar.
Kemtiklashib boradi badr,
ko'ngil taqdir misoli sinar.

Iltijolar etdim namozshom:
tangrim, bahor bunday kelmasin.
Jabring bo'lsa, bo'lsa intiqom,
menga bo'lsin, gulga bo'lmasin.

Gul ko'nglagi ko'ngil shomidir,
titrayurman miskin, g'amboda
sensizlikning ajdar komida.

Sipqorurman so'ngsiz hasratim,
bir o'tinchim bo'lmaydi ado:
seni bahorlardan asrasin!

Faxriyor

Nilufar Xudoyberdiyeva
19.02.2010, 13:38
Osmonimni obod qilgan qamar eding,
Balolardan saqlaguvchi tumor eding,
Ko'zlarimga mudom ko'zi xumor eding,
Yo'llarimni yoshing bilan yuvar eding,
Meni desa joningni ham berar eding.

Jon chekarding ozor yetsa gar jonimga,
Ming aldasam ishonarding yolg'onimga.
Nogoh tikan botar bo'lsa tovonimga,
Tikanlarni kiprigingda terar eding,
Meni desa, joningni ham berar eding.

Yo'qsan, seni yo'qlab yo'llar qaragim yo'q,
Yurak yutib boray desam, yuragim yo'q.
Endi meni o'zimga ham keragim yo'q,
Meni hatto mendan ziyod sevar eding,
Meni desa, joningni ham berar eding.


She'r muallifini bilolmadim. Marhum xonanda O. Madaliyev ijro etgan edilar

bekww
20.02.2010, 08:29
Осон эмас

Менинг севгим, менинг ғуссам,
Сендан қандай кўнгил узсам.
Ишон сўзим ёлғон эмас,
Кўнгил узмоқ осон эмас.

Менинг Мажнун ҳолимга боқ -
Кўзимнинг ёшлари ирмоқ.
Қийин эмас кўнгил бермоқ,
Кўнгил узмоқ осон эмас.

Кеча биз шод эдик ҳай-ҳай,
Гўё биздан бўлак йўқдай.
Хайр дейман, сенга қандай?
Кўнгил узмоқ осон эмас.

Кеча бахтли эдик, жоним,
Қумлардан уй курдик, жоним.
Қандай уйни буздик, жоним,
Кўнгил узмоқ осон эмас.

Дегайлар бу бир кам дунё,
Омонат гоҳ, мубҳам дунё.
Узилса жон не ғам, аммо,
Кўнгил узмоқ осон эмас!..


Муҳаммад Юсуф шеъри,
Ғиёс Бойтоев мусиқаси.

"Бекажон" газетасининг "Ўлмас тароналар" саҳифасидан

Masud Mahsudov
21.02.2010, 19:55
Eng toza meva… Bir kelinchak to’rt oylik xasta chaqalog’ini qaytib olmaslik sharti bilan kasalxonaga tashlab ketdi
Gunoh mahsulidir balki jahonda
Dunyoga keltirmish ba’zi xatolar.
Va lekin hamma vaqt, har qanday onda
Go’daklar eng toza meva atalar.

Mevam, qaysi bog’da bunyod bo’lding Sen,
Qay noshud bog’bon u mevasin otgan.
Qay bir qondan bino, zuryod bo’lding Sen,
Onam deb har kimga jovdirab yotgan.

Balki otang border tuyg’usi ko’lmak
Ammo amali bor, berguvchi Farmon.
Mushkulmas, onangning holini bilmoq,
Uning Seni tashlab topgani armon.

O’zi tashlab o’zi daraklab, so’rab
Yurar tang’ib sutli ko’kraklarini.
Ajab, seni oppoq choyshabga o’rab,
Dazmollab ketibdi ko’ylaklaringni.

Muhabbat, sevardim Seni jon qadar
Sen bunda ishqmas, yo’q, so’qirsan, mastsan.
Ona, Sen ham endi ketarsan badar,
Qaytib bu ko’ylakni dazmollamassan.

Bilmayman, kim bunda o’tar solib dod,
Kimdan oz, yo kimdan ko’proq ayb o’tdi.
Bilganim- ko’rnamak, nopok ikki zot
Bir toza mevani poymollab o’tdi.

Birovlar qarg’aydi kuyinib, bo’zlab,
Birov ko’z yoshini artar panada.
Har ko’krakdan ona isini izlab,
Chaqaloq chirqirar kasalxonada.

Halima Xudoyberdiyeva (http://www.ayel.edunet.uz/ahalim.htm#engtoza)

Kahramon Jalilov
22.02.2010, 11:44
Jonimdan o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglumdin o'zga maxrami asror topmadim

Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim
Ko'nglim kibi ko'ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko'ziga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo
Xargiz bu telbani yana hushyor topmadim

Nochor furqati bila xo'y etmishisham, netay
Chun vaslig'a o'zimni sozovor topmadim

Bori boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul
Nechaki borib eshigiga bor topmadim

Bobur, o'zingni o'rgatako'r yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

Z. M. Bobur
********************************

O'tinchim har besh vaqt nomozda,
Xor qilma yot yurtda, yahshi-yomonga.
Va kechir so'nggi dam yuzim o'girsam,
Qiblamas ona-yurt Anjon tomonga...

Nigora Umarova
23.02.2010, 11:38
Mansura

Tilak

Parvona bo'ldingiz, devona do'ning,
So'zlarni yamlamang, chala chaynamang.
Biroz og'ir bo'ling, tuproqday og'ir,
To'lqinday chorasiz bo'lmang! Bu-jabr!
Nelarni yozdim men, neni yozmadim.
Yozganlarim, yutganlarim-to'lqinlar...
Yurtga muhabbatim, kattakon sabr.
Adashib ketmaslik tilayman Sizga!

Rauf Subhon

Nigora Umarova
23.02.2010, 11:52
Tanish iboralar

O'tmishda aytganlar bugunga to'g'ri kelmas. Bugunning gapi ham kechadan o'zgacharoq. Bunday xalq naqlidin uqib bo'lmas. Iqbolim deb yongan taqdirlar o'zi shundoq... fikrni uqsang-u, tiyilsang yaxshi odat. gapni chuvalatmoq ojiz odamning ishi. jasorat qilichin sindirgan jangchi nahot, maydonda surar ot, u o'zi qandoq kishi... O'zini qayerga qo'yarin bilmas kimsa, sahnada tomosha ko'rsatishi shart emas. tevarak nazarin xo'p o'rgangan bo'lsa ham, aqoidi to'g'ri-yu, amalda mard bo'lmas...

Kundalik odam

Kundalik yozmoqda kundalik Odam,
Ko'rganlarin yozar, bilganin yozar.
Bilmaganin taxmin-bashorat qilar,
O'zini donolar safiga qo'shar.
Ba'zan oshar, ba'zida jo'shar,
Barmog'in uchida ko'rar u Xalqni.
Bilmaydi, oyog'in tagida yer aylanishin,
Yurganida zamin ortga og'ishin.
Ko'pda u bashorat qilib yanglishar,
Kundalik yozadi kundalik odam.
Xuddi dorboz kabi yurar, tekis yo'llarda,
Bir yuzida quvonch, bir yuzida g'am.
Yuzida posangi buzilgan.
Kunda... kundalik yozar.
Kundalik odam... kunda... kundalik...

Rauf Subhon

Nigora Umarova
23.02.2010, 11:59
Ilm istagi

Yomonlik qo'lingdan kelmas, bu aniq. Yaxshilik tugundir, shunday yechilmas. Bilganing qulf ekan barcha eshiklar. Qo'l cho'zib borsang ham kunday ochilmas.
Sen tikka yurmading, aylanib yurding. Neki aylanadir bari mukammal. oyog'ing yerdamas, asli osmonda, shu sabab chorlaydi ko'kka bor amal.
Tong ottirgan xo'roz ucha bilmasa... Ot yetaklar odam... otga minmasa... Ichingda g'iybatlar bir zum tinmasa, ularni sirtingda oshkor qilmaysan...
Uchar ko'ngil uchar, yana ruh uchar, uchgan odam qaytib yerga qo'nmaydi...

Rauf Subhon

Nigora Umarova
23.02.2010, 12:06
Qudratli yurtda

Ko'krak samolarni surar nariga... Bu qudrat ruhimni bezovta qilar. Qo'l siltab ketolmam rizqning bariga, har tongda ko'ksimni bir yulduz tilar...
Bu rizqning barisi musofirniki. Musofirdan musofirga qolar omonat. ochunda mehmonman, neni qo'riyman?.. Ko'ksimga tuyog'in bosganday bir ot... Qahrabo to'lqinlar umidbaxh o'tday... Umrim o'tayapti xizmatchilikda. Mehnatim tunni-yu g'amni aritgay. Kibr bor aslida izzatchilikda.
har doim shukrimni bildirib qo'yib, yashayapman pokiza yurtda, vatanda. takrorlayman har kun farzandligimni, bag'ishlab borimni O'zbekistonga!

Rauf Subhon

Majnuntol
25.02.2010, 03:35
Jur'atim yetmaydi qilgani izhor,
Yurak tubidagi birgina so'zni.
Oshiqman bo'lgum yo'q oshkora iqror,
Qalbim ardog'ida asrayman sizni
Kuyib pinxona...
Tilginam boylanur aylasangiz so'z,
Dilga yod manzildan izlayman sizni.
Ko'rinmay qolsangiz izlab tolar ko'z,
Qalbim ardog'ida asrayman sizni
Suyib pinxona...
Sog'inchning eng shirin daldasi bo'lib,
Olis nigohlarga so'zlayman sizni.
Umrim varog'idan yod so'zni olib,
Qalbim ardog'ida asrayman sizni
Tuyib pinxona...
Nigohning ibodek bir husni xaqqi,
Sadosiz asrayman bu sof tuyg'umni.
Meni to'xtatolmas hech kimning xaqqi,
Qalbim armoniga bermayman sizni
Bo'lib begona...

(menga juda yoqadi bu she'r, biroq muallifi kimligini bilmayman)

Coach
26.02.2010, 19:59
"Когда ваш друг открывает вам свои мысли, не бойтесь говорить ему "нет" лишь про себя и не отказывайте ему в "да". И когда он молчит, пусть ваше сердце не перестанет слушать сердце его, Потому что, если есть дружба, все мысли, все желания и все надежды рождаются и разделяются с радостью, которой не нужно признание и не нужны слова. Но не горюйте, когда вы расстаетесь с другом своим, Ведь то главное, что вы любите в нем, может быть виднее в разлуке, как путешественнику гора видится лучше с равнины. И пусть не будет в вашей дружбе целей других - только углубление духа. Потому что любовь, которая ищет не только открытия собственной тайны, - это уже не любовь, а лишь сеть, брошенная наугад, чтоб поймать, что попадется.
И пусть все лучшее в вас будет для друга. Раз уж он должен знать ваши отливы, пусть он знает и ваши приливы. Потому что зачем вам нужен друг, если вы ищете его, только чтоб скоротать свое время? Ищите встречи с другом всегда, когда у вас есть время Жить. Ведь друг существует, чтобы удовлетворить вашу нужду, а не заполнить в вас пустоту. И в сладости дружбы пусть будут смех и разделенные радости. Потому что сердце находит утро свое и набирает сил как раз в росе малых вещей."
Халиль Джебран, "Пророк"

AbuMuslim
01.03.2010, 00:50
Жим туринг, шовқиланманг, уйқу ичида ул пари?
Юрма, тек тур, эй шамол, юрсанг-да, юр биздан нари.

Кўкда бир тўп қиз-малак уйқу куйини бошлади,
Илгари чалган тирик, жонли куйини ташлади.

Бош учида айланар бир тўп фаришта жимгина,
Кўк элининг тангриси – ой ҳам қарайди тинчгина.

Ул олса кўзлар юмулган... куйини ёндирганча,
Кўп гўзал кўзларни юмдиргач, уялдиргачгина...

Чарчаган, толган, умидсиз кўзларим тўймай қарар,
Ҳар қаршида кўнглима минг турли йўллар солар...

Бу ётиш, бу уйқу, бу қандай ширин, қандай гўзал,
Жонланар, бз кўрсатар синган ва ясанган амал.

У ётиш, уйқу на ерда, на ҳаёлий кўкда бор,
Бу гўзал, сирли тамоша менда, мен ўксукда бор.

Жим туринг. Шовқиламанг, уйқу ичинда ул нари,
Кўзларим тўймай қарар, борлиқ кўринма, тур нари...

Чўлпон

Shokirbek
01.03.2010, 13:46
Жим туринг, шовқиланмангшовқинламанг, уйқу ичида ул пари?
Юрма, тек тур, эй шамол, юрсанг-да, юр биздан нари.

Кўкда бир тўп қиз-малак уйқу куйини бошлади,
Илгари чалган тирик, жонли куйини ташлади.

Бош учида айланар бир тўп фаришта жимгина,
Кўк элининг тангриси – ой ҳам қарайди тинчгина.

Ул олса олис, кўзлар юмулган... куйини ёндирганча кўйни ёндиргачгина,
Кўп гўзал кўзларни юмдиргач, уялдиргачгина...

Чарчаган, толган, умидсиз кўзларим тўймай қарар,
Ҳар қаршида қарашда кўнглима минг турли йўллар солар...

Бу ётиш, бу уйқу, бу қандай ширин, қандай гўзал,
Жонланар, боз кўрсатар синган ва ясанган ("я"ни "ё"дек чўзиб ўқиш керак) амал.

У ётиш, уйқу на ерда, на ҳаёлий кўкда бор,
Бу гўзал, сирли тамоша менда, мен ўксукда бор.

Жим туринг. Шовқиламанг, уйқу ичинда ул нари пари,
Кўзларим тўймай қарар, борлиқ кўринма, тур нари...

Чўлпон



Аруз вазни бузилмаслиги учун тахминимча ғазал шу кўринишда бўлса керак.

Kahramon Jalilov
01.03.2010, 16:54
Севара Назархон "Сув ёқалаб" фильмига соундтреки ...
Отажонимсиз
Онамдай бошимни силаган
Худодан бахтимни тилаган
Болам деб шамолдек тинмаган
Қалби зиё отажонимсиз...

Суядирсиз худди ўзим деб
Келажагим кўрар кўзим деб
Бут бўл қизим, Қумри қизим деб
Мехридарё отажонимсиз...

Шодлигимсиз, суянган тоғим
Гулларимни асраган боғим
Талпинаман соғинган чоғим
Бағридунё отажонимсиз...

Чекмасин деб зарра озор-ғам,
Аямайсиз мендан жонни хам
Дардларимга бўласиз малхам
Дардга даво отажонимсиз

Суядирсиз худди қўзим деб
Келажагим кўрар кўзим деб
Бут бўл қизим, Қумри қизим деб
Мехридарё отажонимсиз...

Nigora Umarova
02.03.2010, 17:41
Ezilib-ezilib yomg'irlar yog'di,
Ezilib-ezilib ado bo'ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlar yoqdi,
Gohida "oh" urding-o'rtandi jahon.

Umring qo'rong'u ko'chalаrida
Muhabbatu nafrat horg'in kezindi.
Bahorning yomg'irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.

Taqdirning beomon shiddat yomg'iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg'irning yo'qdir oxiri-
Ezilib yig'laydi so'nggi ongacha.

So'z kimga kerakdir? Lab ochmagin. Jim.
Taqdir so'zga loyiq qoldirmadi sir-
Men ham yomg'ir kabi bir yog'ib o'tdim,
Sen ham yomg'ir kabi yig'lab o'tding bir...

Usmon Azim

Nigora Umarova
02.03.2010, 17:49
Bolari tentirar-gullarga cho'ri,
kapalak jonsarak-boqqa xizmatkor.
Quyoshning tillarang jismini so'rib,
Namxush havolarda ko'karar bahor.
Yurgin, yurib o'tgin ko'ksimdan, shamol!
Tiriklik ne ersa, xoki poyiman.
Bugun toshlarda ham ko'rguvchi kamol,
Dunyoning toshqinsel telba soyiman.
Menga begonaday turmagin hargiz,
Yam-yashil jahonim, ne yumushing bor?
Qara, hatto ari gullarga kaniz,
Hatto kapalak ham boqqa xizmatkor.

Usmon Azim

bekww
02.03.2010, 20:51
* * *

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.


Zahiriddin Muhammad Bobur

Majnuntol
04.03.2010, 03:53
Sevgim... Sog'inch qorg'onida samovot sultoniga salovat aytib, dunyoning bevafoligidan o'kingan sevgim. Seni sog'indim. Seni axtargim keldi. Ayt, kimdan, qaylardan so'roqlayin seni?!.Bevafo yorga deb uzgan gullarimning uvollaridanmi?..Yolg'on orzularga yolvorgan ko'nglimning javobsiz savollaridanmi? Bulbullar bayotidan iymangan g'unchalar yuzidan to'kilguvchi shabnamlar ayting...Rayhonlar bisotidan har tong sochilguvchi atri nasimlar ayting, ayting qaylardan so'roqlay? Umidim ummonida suzib borayotgan oq kemam, hayolim ko'kida bulutlar ko'ksini tilib qanot qoqayotgan oqqushlarim, oqar suvlarga orzularini kokil qilib tashlab qo'ygan ma'suma majnuntollar ayting, munojotlarim sizga yetib borgaymi?Dunyoda javobsiz qolgan so'roqdanda og'irroq tosh yo'q. Men ko'ksimdagi shu toshni gullatgim keladi. Gullagan toshlar...Naqadar go'zal... Ey, bevafo dunyoning ko'rguliklaridan zerikkan yulduzlar... Chimdim nuringizni adashgan oshiqdan darig' tutmang. Agar bilsangiz, tun ko'ksini kuydirguvchi bir oh bor. Bu oshiqlar ohi ...

Bir oh bor totli biram,
Chekkuvchidan jon olgan.
Bu oh asli dunyoga,
Majnundan meros qolgan.

Mening sevgim, sen qanday oh uradirsan? Har ohingdan bir gul ochilgaymi? Ko'nglim vafo gulining rasmini chizishni istaydi.Agar qo'rqsang sevishni bilmagan odamlardan qo'rq, ko'nglim. Sen esa sevishni bilasan!

Nigora Umarova
04.03.2010, 12:05
Ba'zan o'quvchilarimdan maktublar, she'riy satrlar olib turamn. E'tiboringizg ana shulardan birini havola qilmoqchiman.
Birovning maktubini e'lon qilish yaxshi emas, biroq undagi savollar har birimizning qalbimiz murg'akligida, balog'at ostonasiga qadam qo'yayotganimizda kechgan, muhtaram forumdoshim...


Somon yo’li gallaktikasi
Yer sayyorasi
Yevrosiyo materigi
Osiyo qit’asi
Sharq mamlakati
O’rta Osiyo davlati
O’zbekiston Respublikasi
……… shahar
…………… tumani
……….. ko’chasi
…………….. akademik litseyining
…- bosqich …..- guruhida o’quvchi
…………dan emas,
Arjumandbonudan sizga…

Assalomu alaykum, mehribonim!

Qalbimning jo’shqin soylaridagi oqayotgan suvlar kabi beg’ubor va undagi ochilmoqqa bel bog’lagan boychechaklari singari zebo salomim sizga payodoz bo’lsin. Ko’klamdagi sirli kalom bahor muborak!
Sizning aytganlaringizni, o’rgatganlaringizni qilib hech ham kam bo’lmayotgan qizingiz, bugun siz bilan yana sirdosh, suhbatdosh bo’lishni lozim topmoqlikka jur’at etdi. Aybga buyurmaysizmi?
Ahvollaringiz yaxshimi? Tuzukmisiz? Sog’lig’ingiz haqida 100% qayg’urayapsizmi yoki… 
Oxirgi vaqtlarda ko’p tushimga kirayapsiz, tinchlikmi? Sizdan xavotir olishga haqqim bor! Chunki qoidasi shunaqa!!!
Esingizdami, “Hayotda shunday vaziyatlar bo’ladi-ki, oqni qora, qorani oq deyishga to’g’ri keladi” derdingiz. Buning aslida nima ma’noda aytganingizga to’g’risi tushunmagandim. Balki, hali ham yaxshi tushunib yetmagandirman. Ammo, tushunish uchun harakat qilishga majbur bo’layapman.
Mehribonim, savol bersam maylimi? Insonlar nega bir-birini aldaydi, nega bir- birini tushunishni istamaydi, nega birodari ortidan tosh otadi? Aldovlarining so’rog’idan nega qo’rqmaydi? Nega uyalmaydi? Bahona uchun sabab doim topiladi. Ammo… nega…? Bu dunyoning mehmonxona ekanligini va mehmonga kelganini nega unutadi?
Qiyin ekan… hamma bilan murosa qilish, insoniy inson bo’lish qiyin ekan…
Kim do’st, kim dushmanligini bilish qiyin ekan…
Ba’zilar uchun nafsni tiyish qiyin bo’lsa, ba’zilar uchun nafsiga qul bo’lish qiyin ekan.
Ba’zilar uchun ro’stgo’y bo’lish, ba’zilar uchun yolg’onchi bo’lish qiyin ekan.
Ba’zilar uchun saxiy bo’lish, ba’zilar uchun baxil bo’lish qiyin ekan.
Mehribonim, yuragingizni siqib yubordim-a? Kechiring…
Nima qilay, bu hayotda Volidamdan keyin eng birinchi sirdoshimsizga aylangan yaqinimsiz.
Aytgancha, litseyda sizni mandan “…… opam, yaxshi yuribdilarmi?” deb so’rashyapti. Bu ketishda rostanam meni, ……ni qizi deyishadi.
Keyinroq, yana yozarman.
Baxtimga sog’- omon bo’ling. Allohning panohiga.

Masud Mahsudov
04.03.2010, 12:23
Yig'lamang

Ona, meni o’ylab yig’lamang,
Men ham yig’lab yubormay axir.
Uzoq yo’lga chiqqan kemaman,
Endi langar tashlashim og’ir.

Ufq bag’riga qadab yo’limni,
Duongizni orqalab ketdim.
Qishlog’imni Haqqa topshirib,
Osmonlarni yoqalab ketdim.

Kamalakka uy qurdim, ana,
Oydan narvon tashlagim keldi.
Yulduz emas, quyosh ham emas,
Chaqmoq bo’lib yashagim keldi.

Men tog’larning qorini kurab,
Daryolarni cho’lga buraman.
Yer sharidan guvalak quyib,
Bitta ulkan qishloq quraman.

Allangiz yod bilaman, har kun
Vulqonlarga alla aytaman.
Meni o’ylab g’am yemang faqat,
Bir kun emas, bir kun qaytaman.

Maftuna

Masud Mahsudov
04.03.2010, 12:25
Tushimga kirmangiz

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Halovatlarimni olib qo’yasiz.
Ko’zimga yashirib suratingizni,
Ko’ksimga ismingiz solib qo’yasiz.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Yuragim sog’inchdan qovjirab qoldi,
Ko’zlarim qaygadir tentirab ketdi,
She’rim – mast, qalamim aljirab qoldi.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Xonamning yuragi hapqirib ketdi.
Qovurg’asi sinib qoldi ko’rpamning,
Bolishim xayoli sochilib ketdi.

Sevgilim, tushimga kirmangiz endi,
Siz kirmagan tushim qolmadi hisob.
Sog’inaman sizni tushimda ko’rib,
Tushimga kirmagan kuningiz azob.

Maftuna

Masud Mahsudov
04.03.2010, 22:07
Bo'lmasa

Qo’shiq kuyga jo’r bo’lurmi, dilda otash bo’lmasa,
Muhabbatni kuylagaymi, ko’ngillar yosh bo’lmasa.
Navolarga, iforlarga to’lgan sevgi bog’ida
Gulga bulbul yor bo’lurmi, qalblar tutash bo’lmasa.

Ishqning chigal yo’llaridan adashmasdan o’tgani,
Qayg’u izlab topolmagan dunyolarga ketgani,
Yo’llariga intizorin baxtdan sarmast etgani,
Suygani hamroh bo’lurmi, yo’llar to’qnash bo’lmasa.

Qo’llarida tutsa hamki dunyolarning qudratin,
Osmonlarga yetgan bo’lsin obro’si-yu hurmati,
Jahon ahlin lol etsa-da husni, saxti-sumbati,
Visol taxtin zabt eturmi dardi o’xshash bo’lmasa.

Inson inson bo’lolmagay o’lsa iliq hislari,
Marg’ilondan o’chib ketgay Otabekning izlari,
Ikki dunyo yig’lab o’tgay ma’sum Kumushqizlari,
Ollohimning himmatida bizni qo’llash bo’lmasa.

Maftuna

Nigora Umarova
05.03.2010, 12:07
Sirlashuv

Onam ma'yus majnuntol edi,
Shoxchalari yer tomon boqqan.
Turishlari sirli fol edi
Jilg'alarga qo'shilib oqqan.

Yaproqlari suvga yozdi xat
Boshlab qaydan qaytdi, bilmadim.
Shivirlashdi suv bilan faqat
Ammo
Nima aytdi, bilmadim.

Ovoz solib demadi "Yohu"
Na yig'lab, na bag'rin tig'ladi.
Faqat suvga dardin aytsa u
"Sirqirashib suvlar yig'ladi".

Bilmaganman, chiqmagan uni
Qay yuk bosgan bosiq toshimni.
Shu suv bilan sirlashgan kuni
Ko'tarolmam menam boshimni

Halima Xudoyberdiyeva

Masud Mahsudov
05.03.2010, 12:30
Yolg'izlik


Sovuq. Vujudimda kuchli bir titroq
Qorong’u kechada yuribman kezib,
O’tkinchilar loqayd, ko’chalar sassiz
Faqat yomg’ir yog’ar yurakni ezib.

Begona bir shahar, begona hayot
Yolg’izlik miyamni olmoqda so’rib,
Ruhsizlik buluti suzar tanamda
Achchiq yosh ko’zimga qoladi to’lib.

Zulmatning tim qora po’lat zanjiri
Chirmashib boradi oyoqlarimga,
Sukunatning nohush, og’r bosimi
Qo’rg’oshindek oqar quloqlarimga.

O’z yog’ingga o’zing qovurilasan
Dunyoning sen bilan zarra ishi yoq,
Birovdan gar ko’rsang jindek yahshilik
Olamda sendanda bahtli kishi yo’q.

Hayolingdan o’tar jonajon yurting
Qo’msaysan so’zlashni ona tilingda,
Eslab issiqqina oshiyoningni
Sezasan rohatbahsh hisni dilingda.

Seryomg’ir shaharning ruhsiz bag’rida
Vatan hijronila kunlar o’tadi,
Qadrdon uyimning to’rida meni
Bir tishlam tishlangan qoq non kutadi.

Desperado (bir forumdosh, niki shunday, ismi yodimdan ko'tarilibdi)

Ulugbeck
06.03.2010, 17:23
Бу дунё арзимас фидо бўлишга,
Бандасан, уринма Худо бўлишга,
Ҳар неки тақдирдур Оллоҳдан бўлак,
Шоҳмисан, тайёр тур гадо бўлишга!

Бойликка инонма- омонатдир у,
Бахт қушин кутмагин - ҳикоятдир у,
Чинакам давлату-обрў истасанг,
Сабру-тоқат, мехнат, каноатдир - у.

Ёр васли - жилвагар, ўтиб кетади,
Нафс ёмон - хийлагар, ютиб кетади,
Мард булгил мардларга кулади толеъ,
Эгилсанг у замон тепиб кетади.

Бу дунё арзимас фидо бўлишга,
Бандасан, уринма Худо бўлишга,
Ҳар неки тақдирдур Оллоҳдан бўлак,
Шоҳмисан, тайёр тур гадо бўлишга!


Рахматли Мухриддин Холиков ижро этган (шеър муаллифини билмайман)

Nigora Umarova
10.03.2010, 11:56
Adabiyotshunos olim Naim Karimov bilan Usmon Nosirning hayoti va ijodi yuzasidan suhbatlashganimda bir narsani aytib berdilar:"Magadandagi lagerlardan birida azob-uqubat chekib yotgan Usmon Nosir o'sha yerda ham bir nechta doston yozgan ekan. Afsuski, bu asarlar hanuzgacha qidiriи topilmagan. Mahbuslaru lager nazoratchilaridan iborat zulm va o'lim maskanida Usmon Nosirga ilhom qayerdan kelsin? U Oloy bozori yaqinidagi qamoqxonada yotganida devorlarda mana bu satrlarni ilhom tufayli yozib tashlamagan:

... Qarg'a qag'illashda etsa ham davom,
Bulbul navosiga el solur quloq.
Jarlikda ham qaynar, beorom qaynar
El nazari tushgan ilhomgoh buloq.

O'lmaslik da'vosin qilmoq nomardlik,
Nom qoldirmoq uchun urin olamda.
Ezgu ishing qodir uzoq yashashga,
Qulamas bir o'rin berur olamda.

Umidim bor: bulbuling bo'lib,
Qurmoqlikka boshingga oshyon.
Vomiq, Farhod, Majnundan ko'ra
Muhabbatim hadsiz, bepoyon".

She'riy satrlar hali biror kitobda e'lon qilinmagan. Ular menga yoqqanligi uchun darrov yozib oldim. Bu satrlar-ilhomiy holning mevasi emas, balki tuhmat toshi ostida ezilib yotgan Shoir qalbining hayqirig'i. Bu satrlar zarurat taqozosi bilan tug'ilgan. Bu satrlar Inson ruhining vulqoniy toshqinidir.

Behzod Saidov
10.03.2010, 14:53
Ўрик гуллаганда

Деразамнинг олдида бир туп
Ўрик оппоқ бўлиб гуллади.

Новдаларни безаб ғунчалар
Тонгда айтди ҳаёт отини,
Ва шаббода қурғур илк саҳар
Олиб кетди гулнинг тотини.

Ҳар баҳорда шу бўлар такрор,
Ҳар баҳор ҳам шундай ўтади,
Қанча тиришсам ҳам у беор
Еллар мени алдаб кетади.

Майли дейман ва қилмайман ғаш,
Хаёлимни гулга ўрайман;
Ҳар баҳорга чиққанда яккаш,
Бахтим борми, дея сўрайман.

Юзларимни силаб, сийпалаб,
Бахтинг бор, деб эсади еллар.
Этган каби гўё бир талаб
Бахтинг бор, деб қушлар чийиллар...

Ҳамма нарса мени қаршилар
Ҳар бир куртак менга сўйлар роз,
Мен юрганда боғларга тўлар
Фақат бахтни мақтаган овоз:

“Мана сенга олам-олам гул,
Этагингга сиққанича ол,
Бунда толе ҳар нарсадан мўл,
То ўлгунча шу ўлкада қол.

Умрида ҳеч гул кўрмай, йиғлаб
Ўтганларнинг ҳаққи ҳам сенда,
Ҳар баҳорни йиғлаб қаршилаб
Кетганларнинг ҳаққи ҳам сенда...”

Деразамнинг олдида бир туп
Ўрик оппоқ бўлиб гуллади...

Ҳамид Олимжон.

Nigora Umarova
10.03.2010, 17:53
Кабутардек юрак уринар,
Неча кундир сенсиз яшади.
Мана, кўрким, энди ҳар нафас
Вужудимда ўт туташади.

Неча кундир йўқолди тинчим
Ва уйқуга этдим алвидо.
Неча кунлар. неча соатлар
Хаёлингга айладим фидо.

Ўтар экан тунлар ва кунлар,
Айрилиқда ахтариб висол
Ва тонгларда якка ҳам ўйчан
Кезар экан паришон ва лол.

Борлиғимни исмингни айтиб
Чулғаб олар бир гўзал хаёл,
Ўша жилва ва ўша оташ,
Ўша кўзки сузгун, хаёлкаш,
Ўша имо, ўша ишора
Эта бошлар юракни пора.

Ҳамид Олимжон

bekww
16.03.2010, 22:15
Ўрик гуллаганда
Деразамнинг олдида бир туп
Ўрик оппоқ бўлиб гуллади.
Новдаларни безаб ғунчалар
Тонгда айтди ҳаёт отини,
Ва шаббода қурғур илк саҳар
Олиб кетди гулнинг тотини.

Раҳмат, ажойиб шеър! Албатта, биринчи мисралари ёд этиб кетган, гарчи рус мактабида ўқиган бўлсакда, оҳирги мисраларидан бири эса эса Насиба Абдуллаеванинг қўшиғини эслатди, ёшлигимизда (80-нчи йилларнинг бошларида) шундай қўшиғлар бўларди...
Мана шу қўшиқ:
http://www.liveinternet.ru/users/2471242/post122486662/

Албатта, бу ерда шеър матни ҳам, баъзи сўзлар ҳам ўзгарган, лекин, бари бир, ажойиб!..

Nigora Umarova
19.03.2010, 11:46
Olov edim-o'chdim,
Yulduz edim-uchdim;

Ko'k edim-yer bo'ldim,
So'z edim-she'r bo'ldim.

Tog' edim-qumman, qum:
Har zarram mungdir, mung;

Qiynoqlar to'foni-jonimda,
Zamonlar aldog'i-ongimda.

"Voh, jonim!..."
demoqqa haqliman-

Negadir baxtliman, baxtliman!

Usmon Azim, 2009-yil

Nigora Umarova
19.03.2010, 12:04
Bahor o'la gullar edi...
Bir gulni suydim.

Gul "uz, dedi, meni", oshkor-
Uzmadim-qo'ydim.

Qovjiratdi gul jismini
Hijronning yozi.

Shundan buyon she'r yozaman-
Aqldan ozib...

Shundan buyon u yillarga
Qaytgim keladi.

"Ey, gul! Seni sevaman" deb
Aytgim keladi.

Nima uchun bu dunyodan
Ketganim yo'qdir?

Hali gulni aniq tasvir
Etganim yo'qdir.

2009-yil, 30-noyabr.

Oramizga yomonlar tushdi,
Ko'nglimizga tumanlar tushdi,
Kuzlar tushdi, xazonlar tushdi...

Yorug'likda o'sgan baxt qushi
Tumanlarda adashib uchdi.
Yo'q taqdirga hijron qo'nimmas,
"Kechir" demoq, axir, o'limmas,
Bu kuzlardan kechayin desam,

Ko'nglim tuman. Ko'nglim ko'rinmas.

Usmon Azim, 2009-yil, 1- dekabr.

Nigora Umarova
19.03.2010, 12:42
Bir kam dunyo,
Sen ham bir banda.
Mayli, kamu ko'stlaring bo'lsin.
Lek ko'rganda shod, ko'rmaganda
Sog'inguvchi do'stlaring bo'lsin.

Ularga dil to'la himmating,
Mehr to'la ko'zlaring bo'lsin.
Qaydasan, deb, buzib xilvating,
Bosib kelar do'stlaring bo'lsin.

Sevin ular tegsa joningga,
Ishdan qo'ysa kul, yayra, kuldir.
Kelmay qo'ysa birov yoningga
Dunyo oxir bo'lgani shuldir.

Erkin Vohidov

Nigora Umarova
19.03.2010, 12:45
Topishmoq

Topishmoq aytadi menga nabiram:
- "K"dan boshlanadi, har uyda bor,-der,-
Sodda ish asbobi...
Men, ketmon, desam,
Nabiram kuladi:- Yo'q, bu-kompyuter!

Erkin Vohidov

Nigora Umarova
19.03.2010, 13:06
Qo'lingni pardalar qilding

Yuzingni bir ko'ray desam,
qo'lingni pardalar qilding.
Zavqiy

Yor yuzini bir ko'rmoqqa zor,
Faryod qilib o'tdi ustozlar.
Zamon o'zga endi, o'zga yor,
Na parda bor, na ishva-nozlar.

Mumtoz shoir qaytsa tirilib,
O'zga baytlar aytib ketardi.
Qo'lni yuzga pardalar qilib,
Zamoniga qaytib ketardi.

Erkin Vohidov

Nigora Umarova
20.03.2010, 16:10
Navro'z xayollari
(turkum)

Goh o'rmalasa ham oldingga tikka
Tutashib ketguncha qorong'ulikka,
Goh qopqonlik qilar hurkak kiyikka
O'zing yorishtir bu yo'llarni, navro'z.

Bulbul o'ldi. Gul-chi yondi, ochildi,
Yellarning bo'ynidan quchdi, osildi,
Bugun г nenidir sezdi, bosildi,
Gunohidan o't, bu gullarni, Navro'z.

Bu qo'lga qon tekkan. Bu qo'lni asti
Chopib tashlasak ham haqqi ketmasdi.
Ammo.. Balki zarur birovga dasti...
O'zing yuv bu qonli qo'llarni, Navro'z!

Ko'klam gullab ketsa toshu xarsang ham,
Ko'klam gullab ketsa qari-qartang ham,
Balo-qazolardan eng xatarli dam
O'zing asra qizu-ullarni, Navro'z!

Bu bemorlar tongni kutar mung'aншиб
Ular ham boy, ketgan dard bilan boyib,
Suya, suya! Ular ketmasin toyib,
Uzma, uzma joni qillarni, Navro'z!

Halima Xudoyberdiyeva

Nigora Umarova
20.03.2010, 16:19
Boshini ko'p eggan bir jon
2

Navro'z, bag'ri tilingan gul,
oyoq osti qilingan gul,
Yaproqlari shilingan gul,
Bugun "omon" ayta kelding.

Singan bir senmas, gul yuzim,
Menam sindim. Sindi sozim,
Bugun yerdan uzib o'zim
"Alyor, zamon" ayta keldim.

Nainki inson qatag'on,
Chordarvesh, devon qatag'on,
Aql qatag'on, ong qatag'on,
Sen ham ketib, qayta kelding.

Sumalakli qozonlaring
Ag'darildi azonlari,
Chiqib changing, to'zonlaring
Fikrimni ulg'ayta kelding.

To'zib, qayg'u chekkan bir jon,
G'urbatlarga cho'kkan bir jon,
Boshini ko'p eggan bir jon,
Bosh ko'targan paytda kelding.

Ko'karmoqda har to'rt taraf,
Unmoq sharaf, o'smoq sharaf!
Tosh ko'ngilga el tik qarab
Tosh ko'targan paytda kelding.

Endi shunday qasos-un-nard
Endi tingan, singan nomard,
Eldan ketib, fasodu, dard,
Osh ko'targan paytda kelding.

Halima Xudoyberdiyeva, 1988-yil 18 mart

Nigora Umarova
20.03.2010, 16:29
O'sish fasli qachon keladi?
3

Bu nurash, bu cho'kish faslidir,
Iztirob, g'am chekish faslidir,
Bor dardingni to'kish faslidir,
O'sish fasli qachon keladi?

Til uzaygan. gapirmoq fasli,
Qulog'ingga gap kirmoq fasli,
Ro'zg'oringga naf kirmoq fasli-
O'sish fasli qachon keladi?

Ko'zlarimga yosh keldi tez-tez,
Ko'zim ko'zlab tosh keldi tez-tez,
Ruhim-egik bosh keldi tez-tez,
O'sish fasli qachon keladi?

Nohaq kelib haqlarni quvdi,
Quvlashib pok suvlar keluvdi.
Nopok kirib oyog'in yuvdi,
O'sish fasli qachon keladi?

Bugunning bu yozug'ini buz,
Sen kelding-u, o'sdi dala-tuz,
Odamlarga o'zing ayt, Navro'z,
O'sish fasli qachon keladi?

Halima Xudoyberdiyeva, 1987-yil, 27-mart

Ulugbeck
20.03.2010, 16:34
"Ҳар тунинг Қадр ўлубон, Ҳар кунинг ўлсун Наврўз!". (А.Навоий)

Nigora Umarova
20.03.2010, 17:00
"Ҳар тунинг Қадр ўлубон, Ҳар кунинг ўлсун Наврўз!". (А.Навоий)

Эй юзунг боғи насимида ҳавои наврўз,
Лаъл тожинг бўлуб ул боғда бўстонафрўз.

Зулфу рухсор ила комимға мени еткурсанг,
Ҳар тунинг қадр ўлубон, ҳар кунинг ўлсун наврўз.

Кўнглум ул лўъбат илигида гирифтор ўлмиш,
Қушни ул навъики лаъб аҳли қилур дастомўз.

Дарди ҳажрингда куяр кўнглуму ўз ҳолимға
Кишисизликдин ўзумдурмен ўзумга дилсўз.

Даҳр золиға кўнгул бермаки, Рустамларни
Макр ила айлади ожиз бу ситамгора ажуз.

Кўк жафосидин ўлур хобгаҳинг бўз туфроғ,
Бўлса остингда сипеҳр ашҳаби янглиғ кўкбўз.

Эй Навоий, сену Хисрав била Жомий таври,
Санъату рангни қўй, сўзда керак дард ила сўз.

Ҳазрат Низомиддин мир Алишер Навоий

bekww
22.03.2010, 01:31
Зумрад баҳор

...жилмаяр баҳор,
боларига ишвалар қилар,
Ҳар дамгидан ясаниб наҳор
Офтоб нури бўйнига илар.
Кутгил, кутгил, кўкламни соғин,
У албатта, очар кучоғин.

Гул умрининг илк онларини
Олқишлайди ошиқ капалак,
Қизғонмасдан осмонларини
Бағрин очар рангин камалак.
Кутгил, кутгил, кўкламни соғин,
У албатта, очар кучоғин.

Биллур сувлар оқур мастона,
Ялпиз иси ариқ бўйида.
Боғлар ёзиб шоҳи сўзона
Табиатнинг яйрар тўйида.
Кутгил, кутгил, кўкламни соғин,
У албатта, очар кучоғин.

Адирларга инар оппоқ нур,
Майин тонглар элтарлар сабо.
Боболарнинг тилида шукур
Орзу берар олисдан садо.
Кутгил, кутгил, кўкламни соғин,
У албатта, очар кучоғин.

Атрофингда яхши одамлар,
Дарё бўлиб тошади меҳри.
Баҳор сари элтади дамлар
Аллалайди эртанинг сеҳри.
Сен баҳорни соғиндинг чоғи,
Кутгил, кутгил, сабр қил, сабр,
У ҳам сени соғинган ахир.


Муаллифни билмайман, телевизордан ёзиб олгандим ўтган йили:
http://video.mail.ru/inbox/n_a_g/522/526.html

Majnuntol
24.03.2010, 03:19
YOLG`IZLIK IZIDAN QUVIB YASHAYMAN,
ORZUGA AYLANDI ISHQ HAM HAYOT HAM
MEXRU MUHABBATGA JUDA TASHNAMAN,
MENI ISITOLMAS XATTO OFTOB HAM
XOTIRALAR QIYNAR RUHIMDA QALQIB,
YOMG`IRDAY KO`Z YOSHIM TO`KILMAS GARCHI
KO`KDAGI QO`L YETMAS OY KABI BALQIB,
MENI ALDAB QO`YDI BAXTNING SOG`INCHI !!!

Colorado
25.03.2010, 01:49
Дунёга келиб лойга билмай ботаколдим,
Дармон йукидин неча огиз суз котаколдим.

Курдум мен ани душмани рухи тан экандур,
"Ло" уки била икки кузига отаколдим.

Майхонага кирдим, билаколдим куяримни,
Масжидга кириб, зохиди яхдек котаколдим.

Зохид, манга бир шишада май, санга намозинг,
Минг таквини бир шишаи майга сотаколдим.

Вахдат майини пири мугон илгидин ичтим,
Мансур киби дорга бошимни осаколдим.

Девоналигим шухрати оламга тулубдур,
Бир жилвасига икки жахондин утаколдим.

Айб айламангиз Машраби бехудни, ёронлар,
Найлайки, бу гурбат кучасидин утаколдим.

Umida Shodiyeva
01.04.2010, 16:09
Go’dak

Derazadan qarab turar murg’ak ko’zlar,
Onam kelib qolarmi, deb yig’lar ko’zlar.
Yetimni ko’z yoshini kim artar endi
O’zi yig’lab, yana o’zi tinar ko’zlar.

Qaydan bilar axir, bola
Degan so’zi, faqat “Ona…”.
Ostonasi bo’lmaguncha,
Bahor nima, bayram nima.

Otang bilan kezar shayton,
Onangdan-ku ketganing inon.
Erkalaydi, kelgin desang
Oyni degin, onajon.
Ezma diling, ezilma,
Bo’ldi kutma, bolajon…

Toshdan mehr izlama,
Bo’ldi endi, yig’lama.
Manzili yo’q kimsadan,
Qo’ygin manzil so’rama…

Hali senga oftobni,
Yog’dulari taralar.
Qodir Xudo ashkida,
Sen uchun baxt yaralar.

Derazadan qarab turar murg’ak ko’zlar,
Onam kelib qolarmi, deb yig’lar ko’zlar…

(Botir Qodirov ijro etgan.)

Kahramon Jalilov
01.04.2010, 19:07
Гар ўлсам…

Самодаги юлдузларга кўчсам хамки,
Зулматларда шамдек ёниб ўчсам хамки,
Олисларда сендан айро тушсам хамки,
Дарё бўлиб тошар кўнглим, тошар кўнглим,
Юрак сен деб уриб турар - она юртим,

Сен бўлмасанг бўлармидим юлдуз бу кун,
Ишкиндан калб ёнар кеча-кундуз бу кун,
Чукур ботди калбимга бир илдиз бу кун,
Илдизидан узилса ким шаксиз сўнар,
Илдизидан узилмаган чинор бўлар.

Гар ўлсам, бешигимнинг ёпинчиғин топинглар,
Йиртиқ ямок бўлса-да тобутимга ёпинглар,
Кўрсинлар йиғлаганлар, умрим бир хатодир,
Бу дунёдан топганим шу бир парча – матодир…

Сенга томон талпинарман, юрагим сен,
Хар қадамда панох менга, керагим сен,
Кайда бўлмай сенинг битта бўлагинман,
Кечолмасман сендан асл ўзлигимсан,
Қора қошли, кора кўзли Ўзбегимсан,

Мен Ватанни алишмасман дунёларга,
Алишмасман Париж-у, Рим, Амриқоларга…
Тупроғингни заррасидек - тиллоларга–ей!
Она юртим дилдан севган дилбандингман,
Хизматингга камарбаста фарзандингман…

Гар ўлсам бешигимнинг ёпинчиғин топинглар,
Жулдур-жавоқ бўлса-да тобутимга ёпинглар,
Кўрсинлар йиғилганлар, умрим бари хатодир,
Бу дунёдан топганим шу бир парча – матодир…

Чикмай туриб ширин жони баданидан,
Кечмас юлдуз ўз элидан, Ватанидан,
Айро тушмас булбул хам ўз чаманидан,
Булбул бўлиб наво қилдим – боғларингда,
Гарчи канча алам қолди - зоғларингда…
Shu she'rni muallifini topgangga bitta "+" mendan

Masud Mahsudov
01.04.2010, 22:47
Мовий осмонимда ёнди офтобим,
Нигоҳхинг қадалди нигоҳларимга.
Ишқнинг жаннатидан ҳур-малаклари
Авф сўраб келдилар гуноҳларимга.

Сенсиз бахт осмонин қургим келмади,
Кўзларимни боғлаб, юмиб яшадим.
Сенсиз кўчалардан юргим келмади,
Хижронларни дилга кўмиб яшадим...

Яшадим соғинчга бўлиб ҳамхона,
Яшадим армонлар устидан кулиб.
Сенсиз оғу булиб туюлди нафас,
Бўғилиб яшадим, яшади ўлиб...

Дийдор билан қайтди умримга маъно,
Тун зулмати кетиб, наҳорим кайтди,
Минг йилги хазонлар, аёзлар кетиб,
Сен қайтдинг - кўнглимга баҳорим қайтди...

Руҳим бор умримни бир онга жойлаб,
Шу онда ёнингда бўлсам ҳам рози...
Тиз чўкиб, изларинг тавоф айласам,
Кўзингга термулиб ўлсам хам рози...

Ишониб яшасам майлими ишққа???
Борлигим кўнглингга келмасми малол???
Борлигинг кўнглимга ягона таскин
Покиза севгимни айлама увол...

Aliya

bekww
01.04.2010, 23:35
О, баҳор! Мен сени кутганларим рост,
Йўлинга кўз тикиб ўтганларим рост.
Дилни сувлар қилиб, тилни сел қилиб
Яна ўз ичимга ютганларим рост.

Бу кеч шамоллар ҳам эрка, хуркаклар,
Бу кеч қаламларим ёзгай куртаклар.
Менинг соғинчларим гуллаган диёр,
Онам айвонидан келдингми, баҳор!


Яна муалифи ноаниқ шеър, яхшиси буни кўриб эшитиш керак, ўтган йил март ойида ёзиб олганман...
http://video.mail.ru/inbox/n_a_g/522/528.html

bekww
02.04.2010, 00:36
SEN BAHORNI SOG'INMADINGMI

Абдулла Орипов шеъри

http://img.mail.ru/r/foto2/f/ico_moder.gif (http://video.mail.ru/cgi-bin/complain?id=527&author=n_a_g@inbox.ru) http://video.mail.ru/inbox/n_a_g/522/527.html

Masud Mahsudov
03.04.2010, 03:36
SO'NGGI MAKTUB

Bugun ham yurakni qiynar muhabbat
Ikki kuch kurashar bunda beayov.
Biri der : men usiz yashashim kerak
Biri der:hayotim usiz zim- ziyo.

Aslida yuragim yasholmas sizsiz,
Tirikdir u sizning yodingiz bilan.
Sizsiz yashamoqqa hohishim emas
Hayot majbur etsa,ayting ne qilay?

Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar
Uzun- uzun hatlar bitgim keladi.
Ammo oramizda uzoqdir yo’llar
Uzun armonlarim Tangrim biladi.

Hayot yo’li boshqa bo’lsa ham hatto,
Ko’ngil yo’li boshqa ekan, voajab.
Ko’ngil amrin har dam etolmay ado,
Inson yashar ba’zan baxtidan ajrab.

Tushunolmay qoldim,o’zimga o’zim,
Nimani kutaman ,o’zim bilmayman.
Goho sizni eslab ,entiksam, goho,
Sizsizlikdan to’yib-to’yib yig’layman.

Umrbod shu sevgim bilan yashashni
Qanchalar hoxlashim bilsangiz edi.
Lek ,sevgi-talpinish bo’lsa ,besamar
Talpinishning, ayting,foydasi nedir?

O’lmaydi, deydilar ,asl muhabbat,
Men ham bugun uni yurakka ko’mdim.
Ochilmayin so’lgan sevgim haqqiga
Pinhon tilovatlar qilishga ko’ndim.

O’zimni qiynamoq menga orzumas,
Yuragimni berib qayg’u alamga .
Endi unutishim kerak sizni,bas,
Yo’qsa qalbga kim solmas alanga.

Sizni unutmasam murg’ak yurakni
Bir umrga armon parchalab tashlar.
Tatimay qoladi eng baxtli damlar ,
Sizsiz bag’ri –dilim ayriliq g’ashlar.

Naqadar azobli sizni unutish,
Qalbimga yozilgan har bir so’zingiz.
Har nega vaqt davo etsa ham,lekin,
Yillar ham yuvolmas qalbdan izingiz.

Bilaman ,yashaysiz kimlardir uchun ,
Ko’ngil-chun yashamoq shartmikan, deysiz.
Unutmang, yashayman men ko’ngildagi
Inson-chun ,siz o’sha inson erursiz.

Azizim ,avf eting ,kechiring meni,
Sizni shunday deya ataganimga.
Kechirin sevgim-chun ,she’rlarim uchun,
Har bir onim sizni yodlaganimga…

Shunday yo’l topayki,toki yuragim,
Baxtim, hayotimga yetmasin ozor .
Shunday xotiraga aylaning, toki
Sizni eslab dilda yashnasin bahor.

Sizni eslaganda yoshlik,muhabbat,
Qalbimga baxsh etsin ajib ehtiros.
…Men sizni unuta olmadim,aslo,
Sizsiz yashamoqni o’rgandim, xolos.

Malika

Feruza Xodjayeva
05.04.2010, 13:11
SO'NGGI MAKTUB

Bugun ham yurakni qiynar muhabbat
Ikki kuch kurashar bunda beayov.
Biri der : men usiz yashashim kerak
Biri der:hayotim usiz zim- ziyo.
Juda ham chiroyli she'r. Uzr,lekin menimcha bu she'r ilgarigi sahifalarda ham qo'yilgan edi,adashmasam.

Kahramon Jalilov
08.04.2010, 12:38
Tog'risi bu yerdagi hamma sherlarni to'plab bitta kitob qilib chiqarsa bo'larkan, "Uforum" "Dildagi satrlar",...

Nigora Umarova
08.04.2010, 12:50
Tog'risi bu yerdagi hamma sherlarni to'plab bitta kitob qilib chiqarsa bo'larkan, "Uforum" "Dildagi satrlar",...

Keyin she'r mualliflari mualliflik huquqini suiste'mol qilganlikda ayblab sudga berishadi. :-)

Kahramon Jalilov
08.04.2010, 12:52
Keyin she'r mualliflari mualliflik huquqini suiste'mol qilganlikda ayblab sudga berishadi. :-) Муаллифи ёзилган тақдирда хамми ?

Nigora Umarova
09.04.2010, 10:42
Men Bibi Oysha emasman,
hazrati Xadicha ham emas, ammo
Yuragimda bitta odam bor,
Rasuldek sevimli,
Xudodek tanho!
Xudoyo, men uchun bu qismat nega?
Nechun yuragimda sevgi bu qadar?
Kimning qayg'usi bu-
bir ishq beega,
Qorong'u umrimga soladi xatar?
Yolg'iz bo'ldim,
bir oliy sharaf,
yoki mahrami xos buyuk zot uchun.
Ammo suyagimni o'tlarga qalab,
Jannatiy bir sevgi yonadi nechun?
Oydin tushlarimda olma tishladim,
Boshlarim aylanar sevgi isidan!
Xudoyim, Xudoyim,
jismimni qadim
yaratding, ayt, kimning qobirg'asidan?
Shu qadar mahrummanki, yetmas kuchim,
Nur istab-ruhimning isyoni tinmas,
Gunohlarin so'rab berguvchi,
Men, axir, Hazrati Oyisha emas!
Qalbni barbod etgan ishq bilan nega
Arshingga gunohkor qo'yaman qadam?
Bu olov umrimga bo'lgali ega,
Nahot, topilmadi bu yorug' Odam?!
Oydin tushlarimda olma tishladim,
Boshlarim aylanar sevgi isidan!
Xudoyim, Xudoyim, jismimni qadim
Yaratding, ayt, kimning qobirg'asidan?!..

Zebo Mirzo

Nigora Umarova
09.04.2010, 10:57
Sev meni...

Olovli vulqonni yutgandek zamin,
Ko'targani kabi jannatni osmon,
Qovjirab kutgandek tomchini sahro,
Saqlagani kabi sirini ummon.

So'nggi nafasdagi bir yutum havo,
Hayot kabi aziz, qadrli jondek,
O'lsa-xiyonatdek, qolsa-baxtsizlik,
Ketsa-birga ketadigan iymondek.

Ruhlar olamida birga tug'ilib,
Birga o'ladigan yolg'iz yor kabi.
Ossa-o'zin osib, biroq o'zgaga
O'zini bermagan baland dor kabi.

Hech kimga hech narsa demasdan borib,
G'ayurlar boshiga yog'ilgan toshdek.
Qahraton qishlarni beparvo yorib,
Yashringan g'orimga kirgan quyoshdek.

Bu g'anim toshlarga achchiqma-achchiq,
Qismat yo'llariga qarama-qarshi.
Xudoning qoshidan kelgan dur yanglig',
Ko'tarib kelgandek muhabbat arshin.

Sev meni!
Men seni sevganim kabi.
Ko'zlarim ko'zingda tursin jaranglab.
Ruhingga tutashsin ismim gulxani,
Shunday yonki, hech kim tutolmasin lab!

Qahrimda, zulmimda, bori-yo'g'imda
Shu qadar sevginki, so'ramay: "Nega?"
Nainki, bu dunyom, u dunyomda ham
Sendan o'zga inson bo'lmasin ega!..
Sev meni!..

Zebo Mirzo

Majnuntol
14.04.2010, 02:30
Sog'inaman deysiz, kulib qo'yaman,
Bilmaslikka olaman bilganlarimni.
Sizga aytolmayman ko'rsatolmayman,
Ko'zimda yosh bilan kulganlarimni.

Sog'inaman deysiz kulib qo'yaman,
Iltimos aytmang!...
Ichingizda qolsin shu munavvar nur!
Armon sahrosida haqiqiy mardlar.
Jimgina sog'inar, so'zsiz yig'lashar!!!

Sog'inaman deysiz boshim egaman,
Bilmaslikka olaman bilganlarimni.
Sizga aytolmayman cho'g'lar ustida,
Tong qadar tilovat qilganlarimni!

Ahir sog'inmoq ham ibodat qilmoq,
Sog'inch ko'z yoshlarga yuzlarni chayar!
Armon tunlarida haqiqiy mardlar,
Jimgina sog'inar, so'zsiz yig'lashar!

Sog'inaman deysiz,aytmayman men ham,
Og'zini yopaman aytarlarimni!
Aytmasman hijronning oyoqlariga,
Tut kabi to'kilib qaytarlarimni!

Iloho to'qnashmaylik tasodifan ham,
Birga uchratmasin na do'st na g'ayur!
Armon changalida haqiqiy mardlar,
Jimgina sog'inar, so'zsiz yig'lashar!

(Muallifini bilmayman)

Nigora Umarova
14.04.2010, 17:02
Tunda Samarqandning minoralari
Yo'g'rilib samodan to'kilgan tushga,
Harir ko'ylakdagi parilar kabi
uchadi aylanib ilohiy qushga...

Oyning shiviridan uyg'onadi yel,
Xush nafas yeladi havoni yiqib,
Qirq birinchi hujra yo'laklaridan
Bibixonim keladi chiqib!..

Koshinlar bag'ridan ko'z ochar qayta,
Naqshlar qa'riga singib ketgan gul.
Nogahon ismimni ayta va ayta,
G'oyibdan menga xat uzatar qo'l!..

Pichirlab o'qiyman... Ko'zim o'ngida
Ochilar osmonning sirli darchasi.
Men esa turibman vaqt so'ngida,
qo'limda egasiz maktub parchasi!

Qaysi g'isht ostida qoldirilgan u?
Va qaysi musavvir sog'inch-la bitgan?
Balki meni kutgan ming yillar burun,
Va so'nggi nafasda yashirib ketgan?

Maysa ko'zidagi shabnam-qadahni
Asta ko'tararkan lojuvard osmon.
Umrimda ko'rmay hech bunday farahni,
Uyg'onib ketaman yurak-bag'rim qon.

Men uni izlayman har tun, har oqshom,
Jim tinglab har bitta qadam sasini.
Ko'zlarimni yumib, yutaman shodkom
Olis Samarqandning xush nafasini!..

...Unda Samarqandning minoralari
Yo'g'rilib samodan to'kilgan tushga,
Harir yo'lakdagi parilar kabi
Aylanib uchganda ilohiy qushga.

Oydin nurlaridan to'shab Oy gilam,
Yulduzlar ochganda osmon darchasin
Men kirib boraman ko'zda yosh bilan,
Qo'llarimda esa yurak parchasi!..

Zebo Mirzo

BeK
15.04.2010, 09:34
ONAJON

Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.



Muhammad Yusuf

BeK
15.04.2010, 16:11
G'afur G'ulomni "Bilib qo'yki seni vatan kutadi" nomli she'rini kim to'liq biladi?

Nigora Umarova
15.04.2010, 16:23
G'afur G'ulomni "Bilib qo'yki seni vatan kutadi" nomli she'rini kim to'liq biladi?

A'lo mamlakatning, a'lo farzandi bilib qo'yki seni Vatan kutadi...

Qolgan satrlari yodimda yo'q.
Lekin shunga o'xshash bir she'r bilaman.

Nigora Umarova
15.04.2010, 16:44
Vaqt

G'uncha ochilguncha o'tgan fursatni
Kapalak umrimga qiyos etgulik,
Ba'zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so'nishi uchun yetgulik.

Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o'z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tug'ilib, o'sib
Yashab, umr ko'rib, o'tguchilar bor.
Ko'z ochib-yumguncha o'tgan dam qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

Bir onning bahosin o'lchamoq uchun
Oltindan taroz-u, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ayhannos ovoz.

Yigit termuladi qizning ko'ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum...
Qo'sha qarimoqqa muhr bo'ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik ko'rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguchi aziz, mukarram.

... Reyxstag ustiga g'alaba tug'in
Qadashda otilgan jangchining o'qi
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.

G'alaba amri-la mag'lub nemisning
Generali qo'l qo'ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal'un imzoda odamlar o'qur
Million yil fashistning umriga lan'at.

Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so'raydi qadrin.
Fursat g'animatdir, shoh satrla-la
Bezamoq chog'idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma'badin yoqmoq shart emas,
Ko'plarning baxtiga o'znikin jamlab
Shu ulug' binoga bir g'isht qo'ysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal.
Umrdan o'tajak bir lahza uchun
Qudratli qo'l bilan qo'yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g'animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

G'afur G'ulom

bekww
15.04.2010, 18:14
***

Кел, эй, кўнгил, шаробдай қуйил,
Қақраб қолган қақроқ лабимга.
Маст бўлайин, майлига буткул,
Малҳам бўлсанг, соғинч дардимга.

Туйғулардан кўзим қамашиб,
Узоқ йиллар куйладим ойни.
Илон каби ул ҳам чирмашиб,
Туйғулардай авради мени.

Ой ҳам бугун бегона менга,
Бегонадир осмон ҳам ахир.
Умидимдай суяндим тонга,
Бу тонгларки, йилт этган шамшир.

Маст айларди шудгорнинг ҳиди,
Замин бугун димиқиб ётар.
Чигирткалар саси ҳам тинди,
Сукут юрагимга наштардай ботар.

Умр ўхшар эгик дарахтга,
Белин букар буюк бир соғинч!
Мен хушимда ўхшаб карахтга,
Тушларимда яшайман нотинч.

Шовуллаган сойни куйладим,
Оқиздирмас ҳатто соямни,
Мен ҳамиша бахтни ўйладим,
Чақмоқларга санчиб миямни.

Йўқ! Тугамас кўнгил сафари,
Бўлмаса ҳам армоннинг васли.
Бўл ҳаётнинг ғолиб аскари,
Қалбим, сендан топдим тасалли!

Кел, эй, кўнгил, шаробдай қуйил,
Қақраб қолган қақроқ лабимга.
Маст бўлайин, майлига буткул,
Малҳам бўлсанг, соғинч дардимга.

Тилак Жўра

Kahramon Jalilov
15.04.2010, 20:15
Ота - она

Мен бахтлиман нега йиғлайсиз она,
Дардни хам хаммага бермайди худо,
Бахтим шу дардимда, дардим бахтимда
Бутун юрт ортимдан қиляпти дуо.

Юрт илдамламоқда чўққилар сари,
Карвон қадам ташлар олдинга қараб
Мени деб шу отам дардидан ариб
Бир қадам олддинда юрса не ажаб.

Оллохим умр бер ота-онамга
Сабр бер гохида тушганда ғамга
Шундоғам мен учун қанча дард ютди
Нопоклик юқмасин дея боламга

Эртага бахорнинг авжи сўнса хам
Дарёларнинг эрка мавжи сўнса хам
Остонаси олтин қаср керакмас
Отам омон бўлсин, соғ бўлсин онам...

Қадримнини қаричлаб ўлчаб юрмадим,
Бахтимни бозордан излаб юрмадим
Оғзимдаги ошни илиб кетганда
Дўстларим очоф деб сўзлаб юрмадим

Менга керак эмас бировнинг рисқи
Бут бўлсин хар кимнинг насиби касби,
Отамнинг кўзига бир бор тик боқсам
Онам оқшомлари чўчиб турмасми ?

Тўғриси, тўғриси чарчадим ортиқча юкдан
Дўстгамас, ишимга ошиқ шерикдан
Хар куни Бухорога чақирар отам
Онам мени кута-кута зериккан...
(Ахад Қаюм)

Turon
22.04.2010, 02:46
GUNOHLARIM

Ellar o‘chirdi chiroqlarimni,
Shamol sovurdi yaproqlarimni,
Sizni kuylayman
Quyun ho‘pladi gulbog‘larimni,
Bo‘ron ko‘tardi tuproqlarimni,
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
Ishonganlarim – sirdosh bo‘lganlar,
Suhbati shirin, dildosh bo‘lganlar,
Yo‘lning yarmida yo‘ldosh bo‘lganlar –
Qayda, kim ko‘rdi hamrohlarimni,
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
Jon desam, jondek jononim qani?
Har so‘zimga yuz qurbonim qani?
O‘zi – chin, so‘zi yolg‘onim qani?
Muncha xor etdi nigohlarimni,
Bilmayin qoldim gunohlarimni.
Bitta gulim bor – so‘lmaydi aslo,
Mendan o‘zgaga ko‘nmaydi aslo,
Shukurki, ushlab bo‘lmaydi aslo,
Sizga ko‘rsatay barmoqlarimni
Bilmayin qoldim gunohlarimni.

Iqbol Mirzo

Kahramon Jalilov
02.05.2010, 12:22
Онам

Ярим кўнглим қани тўлсайди,
Гўдак қалбим дийдор қумсайди,
Сочлари оқ хаста бўлса хам
Орангизда онам бўлсайди...

Хўп ёш эдим ёш қолиб кетдим,
Кўзларимда ёш олиб кетдим,
Ёш боладай эркалаб айтдим,
Орангизда онам бўлсайди...

Онаси бор кўнгли ойдами,
Давраларда ёки тўйдами,
Сўнгги қатор, сўнгги жойдами,
Орангизда онам бўлсайди.
Фарзандларим тўйин кўрмаган
Набирлар бўйин кўрмаган
Хеч бўлмаса қирққа кирмаган
Орангизда онам бўлсайди...

Ярим кўнглим қани тўлсайди,
Гўдак қалбим дийдор қумсайди,
Сочлари оқ хаста бўлса хам
Орангизда онам бўлсайди...
************************
(Озодбек Назарбеков куйи)

Nigora Umarova
04.05.2010, 11:28
Buncha shamol esdi so'z aro,
Buncha uzun nafas o'tildi.
Aytilmasdan tunlari qaro
G'amlar bugun ichga yutildi.
Buncha og'ir havodan so'lish,
Nasimlarim, siz yo'qsiz axir.
Buncha uzoq cho'zildi o'lish,
Yashash esa shunchalik taxir...
Ko'zlarimga tortilgan mildan
Olam butkul siyoh rangida.
So'zlar uchib bormoqda dildan,
Ko'milmoqda unut changida...
To'kilmoqda yashil barglarim
Umidlarim chil-chil sinmoqda.
Yuragimda she'rning marglari,
Ichimdagi tovush tinmoqda...
So'z yo'q, demak, chora ham yo'qdir
Tuyg'ularning butkul tarkiga.
Ko'ngil na och va na-da to'qdir,
Yurak butkul azob g'arqida...

Pahlavon Sodiq

Nigora Umarova
07.05.2010, 16:55
Кечиринг

Мен сиздан сўрайман бу кеч кечирим
Ҳижрон бўлганим-чун, бўлмайин висол.
Гарчанд умрингизинг тонгги кечини
Аралаш қилдим мен, карталар мисол.

Ўйлайсизми, мени қилди деб атай
Сизга бурилмасдан кетганим-чун тик.
Мен дардли кўксимни ёриб кўрсатай
Борми унда Сизга зарра ёмонлик?!..

Гарчанд, оқлай олмас ўзин айбдор дил,
Ишонинг, сезмасдан қолдим мен у чоқ.
Табиб бўлайин деб бўлганим қотил,
Малҳам бўлайин деб урганим пичоқ.

Беаёв ишқингиз ўтин ўчирдим,
Кечира олсангиз, агар кечиринг...

Ҳалима Худойбердиева

AbuMuslim
13.05.2010, 05:30
ЮРАГИНГДА МАКОН ТУТГАН ҚУЛ

Билмам, қандоқ, не сабаб, качон
Ҳаётингга ошно бўлган ул —
Боши эгик, бесўз, беисён
Юрагингда макон тутган қул.

Кимга даъво қилурсан, билмам,
Қайси маслак, кай тузум масъул?
Кетмас бўлиб жой олмиш маҳкам
Юрагингда макон тутган қул.

Исканжадан етим зурриёд,
Қатағондан бева қолган тул,
Кўҳна замин қаъридан фарёд
Юрагингда макон тутган қул.

Бургут эдинг, парвози баланд,
Сенга ҳам ёр зулфқор, дулдул.
Нечук увол мусича монанд
Юрагингда макон тутган кул?

Умр қошу киприк ораси,
Гадоликдан адолик маъқул.
Қуллар ичра энг бечораси
Юрагингда макон тутган кул.

Кел, уйкулик кўзингни оч сен,
Ўз ҳолингдан каҳ-каҳ уриб кул.
Шундай кулки, ичингдан қочсин
Юрагингда макон тутган кул.

Эркин Воҳидов

Nigora Umarova
13.05.2010, 12:10
Йиқилган байроқдай кўтариламан...

Ўзимдан кутганим
ўзимга келди.
Бўрон садолари
бўзимга келди.

Умрбод кутганим,
қонлар ютганим,
Уйғонган шиддатим,
тизимга келди.

Тоғни кемираман,
тошни тиламан.
Энди очилгайдир,
йўлларим, келинг.

Йиқилган байроқдай
кўтариламан.
Мени кўтаргувчи
қўлларим, келинг.

Ҳалима Худойбердиева, 31 январ 2010 йил.

Nigora Umarova
14.05.2010, 18:01
Ҳасадгўй
Жаҳаннамдан қўрқмас бу одам
Зеро, ўзи тирик жаҳаннам
Ажабо, куяди жизғанак бўлиб-
Омади юришган боласидан ҳам.
Қоронғу юраги – илон уяси,
Қулатгиси келар тоғни кемириб...
Қайнатиб ичади иғво гўштини
Кимнингдир ғамидан юрар семириб
Қўшнисин бошига кулфат тушганда.
Тилла топган қулдай яйрайди.
Узун кечаларда ҳаловат топмай
Ҳасад пичоғини тинмай қайрайди
Гарчи у шайтоннинг содиқ шогирди,
Баъзида устозлик қилар шайтонга
Вайрон этилмаган кўнгил қолмагач
Ёзғириб тош ота бошлар осмонга.
Ҳамиша қўлида қонли белкурак
Ковлайди, ковлайди тутиб хумори
Билмайди,
Бир куни мажақлаб кетар
Ўзини
Қулатган ҳаёт девори...

Ҳалима Аҳмедова

AbuMuslim
15.05.2010, 14:49
УЯТЧАНЛИК

Бу қалтис дард,
Зийрак бўлинг,
Белгилари аёндир:
Бош сал эгик, қўл кўкракда,
Тил чучук, юз алвондир.

Уларга кўп дуч келганман,
Кўнглим дарҳол сезади.
Уятчанлар одоб билан
Юрагимни эзади.

Мана, унга каранг!
Хушрўй,
Мўмингина боладир.
Порахўрмас, кўлингизни
Қайтаролмай оладир.

Дўкондор ҳам кўп уятчан,
Қизил коғоз қасдида
Бош кўтармас.
Икки кўзи
Пештахтанинг остида.

Бу — отадир,
Аслида у
Оталикка яролмас.
Дада, дея чопиб келган
Боласига қаролмас.

Ҳамкасбим бор —
Соҳиб зиё,
Эл дардини туёлган.
Лекин ҳак сўз айтмокка у
Катталардан уялган.

Бу амалдор кўтарилган
Кимларгадир суялиб.
Трамвайда юрмайди ҳеч
Халойикдан уялиб.

Унга сира иш тушмасин,
Бағринг қонга бўялар.
«Хўп» дегани тортинади,
«Йўк» дегани уялар.

Мулойим зот сеҳргардир,
Нақд қурбони бўласиз.
Кулиб туриб пичоқ урса,
Раҳмат айтиб ўласиз.

Уятчанлик эга шундок
Киши билмас қувватга.
Бир уятчан бутун элни
Қўяолар уятга.

Биз улардан кулсак, ичда
Улар биздан кулади.
Бу касални йўк килмасак
Жуда уят бўлади.

Эркин Воҳидов

AbuMuslim
15.05.2010, 15:01
Кулган бошқалардир, йиғлаган менман
Ўйнаган бошқалар, инграган менман
Эрк эртакларин эшитган бошқа,
Қуллик қўшиғини тинглаган менман...

Бошқада қанот бор, кўкка уччадир,
Шохларга қўнадир, боғда яйрайдир.
Сўзлари садафдек, товуши найдек,
Куйини ҳар ерда элга сайрайдир.

Менда-да қанот бор, лекин боғланган...
Боғ йўқдир, шох йўқдир, қалин девор бор
Сўзлари садафдек, товуши найдек
Куйим бор... уни-да деворлар тинглар.

Эркин бошқалардир, қамалган менман,
Ҳайвон қаторида саналган менман...

Чўлпон

Kahramon Jalilov
18.05.2010, 17:11
Ишқим изхор этолмаган кун,
Сени ташлаб кетолмаган кун,
Висолингга етолмаган кун,
Ўзим ёр-ёр айтай тўйингда...

Севишимни сир тутиб жоним,
Энди тўғри йўл тутиб жоним,
Қўлларингга гуллар тутиб жоним,
Ўзим ёр-ёр айтай тўйингда...

Бағрим ўхшар қизғиш лолага,
Юраккинам тўлиб нолага,
Рашким келиб куёв болага,
Ўзим ёр-ёр айтай тўйингда...

Айро кетдинг кўнглим тўридан,
Йиғлолмадим ғурур зўридан,
Бахтлар тилаб қалбим қўридан,
Ўзим ёр-ёр айтай тўйингда...

Nigora Umarova
19.05.2010, 15:18
Ўзим ёр-ёр айтай тўйингда...

Shoirlar ham she'r matnini o'ylamay yozishadi. O'zganiki bo'layotgan sevgilisiga yor-yor aytish insonning ko'ngliga sig'armikan bunday payt?

AbuMuslim
19.05.2010, 15:30
Shoirlar ham she'r matnini o'ylamay yozishadi. O'zganiki bo'layotgan sevgilisiga yor-yor aytish insonning ko'ngliga sig'armikan bunday payt?

Жаҳл ёки алам устида айтилган муболаға бўлса керак... : )

Nigora Umarova
19.05.2010, 15:31
Саркарда

Ҳали борлар бор деб жон узар экан
Сиртга боқиб, боқмай ичга, қаърига.
Ҳали бойлар бойга жой тузар экапн
Жулдир, қашшоқларни суриб нарига.

Буюк жангу – жадал давом этади!

Бўлаверса очнинг шармандалари
Тўқнинг бирор қинғир, бирор ғари йўқ.
Урчиб, ўсаверса нафс бандалари,
Йўқсил бўлаверса борган сари йўқ –

Буюк жангу – жадал давом этади!

Фил зил юкин чумолига ортса-ю,
Ночорга балолар йўлайверсалар.
Борлар ниҳоли-да йўғон тортса-ю,
Йўқсил чинорлар-да қулайверсалар.

Буюк жангу – жадал давом этади!

Борлар айш-ишратда қусаверса маст,
Хорлар титраб турса борнинг сасидан.
Мен аёл эмасман,
Шоир ҳам эмас.
Мен шу жангнинг саркардасиман!
Буюк жангу – жадал давом этади!

Ҳалима Худойбердиева

Nigora Umarova
19.05.2010, 15:33
Жаҳл ёки алам устида айтилган муболаға бўлса керак... : )

Ҳуши ўзида эмас- маст инсоннинг гапларига ўхшайди кўпроқ.

Kahramon Jalilov
19.05.2010, 16:49
Ҳуши ўзида эмас- маст инсоннинг гапларига ўхшайди кўпроқ.
Shoirlar ko'pincha ilhom keltirish ozgina urib olishadi...shunda yozgan bo'lsa kerak, lekin juda hayotiy yozilgan!!!

Nigora Umarova
19.05.2010, 17:04
Shoirlar ko'pincha ilhom keltirish ozgina urib olishadi...shunda yozgan bo'lsa kerak, lekin juda hayotiy yozilgan!!!

U-bu shoirning yonida shishadosh bo'lgandek gapirasiz-a? :)
Ular ishq mayidan mast bo'lishadi. To'g'ri, ishq mayidan mast inson telbavor bo'ladi, biroq yorining to'yida yor-yor aytish darajasida emas.

Kahramon Jalilov
19.05.2010, 17:23
Ular ishq mayidan mast bo'lishadi. To'g'ri, ishq mayidan mast inson telbavor bo'ladi, biroq yorining to'yida yor-yor aytish darajasida emas.
Shoirlar bo'r shoirlarning naqshidir,
Shoirlar bo'r telba undan yahshidir...(qo'shiqlarga she'r yozadigan shoirlarga atab)

Nigora Umarova
19.05.2010, 17:27
Shoirlar bo'r shoirlarning naqshidir,
Shoirlar bo'r telba undan yahshidir...(musiqalarga she'r yozadigan shoirlarga atab)

Sizning yuqoridagi she'ringizni o'qigan qo'shiqchilar(agar mavzuni o'qishsa, albatta) qo'shiqlariga buyurtma berishadi.:)

Jahon shoirlari ey gulshani bog',
Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zog'.

Sayfi Saroyi

Nigora Umarova
19.05.2010, 17:36
Shoirlar bo'r telba undan yahshidir...(qo'shiqlarga she'r yozadigan shoirlarga atab)

TV-MARKAZ kanali orqali yosh ijrochining qo'shig'i yangradi:
Qo'shiqning boshlanishidagi misralar Zulfiyaxonim(Isroilova) niki: "Qalb bo'lganda yiroqda iroda ekan ojiz..." Qolgan so'zlar esa bilmam qayerdan olingan.
Qo'shiqni eshitayotib bir rivoyat esimga tushdi:"Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiyga yosh shoir o'z g'azalini olib kelibdi:
- Taqsir, iltimos g'azalimni ko'rib bersangiz, deb.
Hazrat ko'rsalarki, she'rning har bir misrasi u yoki- bu shoirning she'ridan olingan. Hazrat,
- She'ringni bir karvon desak, so'zlaring tuyadir. Tuyalarni bandlikdan ozod etsang, hammasi o'z egasini topib oladi, - deya javob qaytargan ekanlar".

OmoN
19.05.2010, 17:58
Shoirlar ko'pincha ilhom keltirish ozgina urib olishadi...shunda yozgan bo'lsa kerak, lekin juda hayotiy yozilgan!!!Masud Mahsudov, Қаҳрамон Сизни алкаш деяпти... :)

AbuMuslim
20.05.2010, 02:03
КЎКЛАМ ҚАЙҒУСИ

Эй қоронғи узун қишнинг ҳаёли
Кўклам чоғи кўзларимда ўйнама!
Айрилиқнинг чидаб бўлмас малоли
Кўклам, майса юзларида қайнама!

Бир оз... бир оз кўнгил берай кўкламда
Шафтолининг гўзал, қизил юзига,
Бир оз... бир оз алданмайин кўнглимда
Бош чиқарган йигитликнинг сўзига.

Қаршимдаги кулиб турган юмшоқ қиз
Кўм-кўк майса ўртасида бир гулдир.
Кўп йиғладим ... ёшларимни қатор чиз
Ва қаршимда гўзал қизни бир кулдир!

Кўклам чоғи ... Сайроқ булбул сайрамас,
На учунким, танбуримнинг тили ёъқ.
Ул гўзал қиз чин қараш-ла қарамас,
На учунким, умидимнинг ёъли ёқ.

Тилларимда ҳар кўкламнинг қўшиғи,
Юрагимда ҳар гўзалнинг севгиси,
Кўзларимда ҳар қайғидан бир йиғи,
Юзларимда алданишнинг белгиси.

Ёлғиз менми кўклам чоғи йиғлаган?
Ёлғиз менми ҳар умидда алданган?
Ёлғиз менми кўкрагимни тиғлаган?
Ёлғиз менми севинч билан бўлмаган?
Эй кўкламнинг кўз тортғувчи келини,
Нима учун йиғлатасан бир мени? ...

=136"] ("http://e-adabiyot.uz/administrator/index.php?option=com_content&sectionid=6&task=edit&cid[)Чўлпон

Masud Mahsudov
26.05.2010, 02:34
Uzoq o’lkalarning bir chekkasida,
Ko’zimda miltirar sog’inch yoshlarim.
Eski xotiralar iskanjasida,
Sizlarni sog’indim, Sinfdoshlarim…

Oq ko’ylak…
qora shim…
qo’llarda papka,
Tizilib turardik tonglari safga…
Sochilib ketganmiz hamma tarafga –
Qachon ko’rishamiz, sinfdoshlarim?

Tarix darslarimiz… Yuvosh muallim…
Matem-chi, tushunmay, tinglar edik jim…
Sizlar mening ortda qolgan yoshligim,
Umrimning parchasi – sinfdoshlarim…

Ming bor arazlashib, ming bor yarashib,
Tanaffsuda kulgu gaplar ulashib,
Partalar ustida yurgan kurashib,
Ajralmas do’stlarim - sinfdoshlarim.

“Kim o’zar” bo’lardi har bitta fanda,
Toshqin daryo edik – toshar o’zandan…
Bugun, mayli, ortda qolay – o’shanda,
Izingiz ko’rardim, sinfdoshlarim…

Yillar o’tgan sayin osharkan qadr,
U onlar qaytarib bo’lmas tuhfadir…
G’ala-g’ovur sinf esingizdadir?
Sho’xligim qo’msadim, sinfdoshlarim…

Eslab o’tiribman, egib boshlarim,
Bilmam, nega, sizsiz kechar tushlarim.
Shu kecha, dardlarim aytmay birovga,
Sizlarni sog’indim, Sinfdoshlarim…

Judayam sog’idim Sinfdoshlarim…

(c)

OmoN
26.05.2010, 11:39
Judayam sog’idim Sinfdoshlarim…Қойииииил.

Kahramon Jalilov
26.05.2010, 18:24
http://img.uz/d/2010/05/4bfd20723d4ed.jpg (http://img.uz/)
ХАЙР МАКТАБИМ
Хар лахза биз кутгандик,
Қачон келар экан деб бу кун,
Бир нарса йўқотгандек,
Бугун хаёлларим мағзун.
Тарк этамиз нахот энди,
Мехр тўла кенг бағрингни,
Сўнгги қўнғироқ хам тинди,
Энди тушундим қадрингни .
Мактабнинг ховлисида
Югурар эдик тинмай
Бу хаёт орасида
Нелар борлигин билмай
Кўрсатиб тўғри йўлни
Дилга мухаббат созлаб
Дуога очар қўллар
Кузатади устозлар...

Хайр энди мактабим
Яхши қолгин дўстим
Унутмасмиз сени
Қанча кетсак йироқ
Хайр энди мактабим
Соғинамиз сени
Қайтолмасмиз бироқ
Кўз ёшин тутолмай
Киприкларда титроқ
Хайр энди мактабим

Ёдимда кечагидек
Илк бор севиб қолганим
Худди эртакдагидек
Хаёлларга толганим
Боролмай ёнига хеч
Қаролмай кўзларига
Кун ўтиб бўлдими кеч
Тўймадим сўзларга
Сўнгги сенга бор қараб
Севгимни изхор этсам
Сендан қалбингни сўраб
Хузурлар олиб кетсам
Қалдирғочдай хар томон
Учади синфдошлар
Дўстларим бўлинг омон
Тўхтамас кўздан ёшлар ...

Хайр энди мактабим
Яхши қолгин дўстим
Унутмасмиз сени
Қанча кетсак йироқ
Хайр энди мактабим
Соғинамиз сени
Қайтолмасмиз бироқ
Кўз ёшин тутолмай
Киприкларда титроқ
Хайр энди мактабим

Nigora Umarova
27.05.2010, 10:59
Hammaning dunyoqarashiga xos va mos ravishda dildagi o'z satri bo'ladi. Tohir Malikning "Talvasa" romanida asar qahramoni o'g'rilik olamining yirik vakili Bo'ron(Keldiyor)ning sevimli satrlari quyidagilar bo'lgan ekan.

Pulga alyor

Kosani to'ldiring, ayting alyorni,
Shu pulning, shu qulning sog'lig'i uchun.
Aysh qilib o'ltirgan yigitlar bilan,
majlisda qizlarning borligi uchun.
Ichaylik shu pulning salobatiga,
Pul ko'p zo'r, azamat, pahlavon bir kuch,
Agar pul bo'lmasa butun dunyoda
Odam yo'q, turmush yo'q, hatto yashash puch.
Pul bo'lsa, pul berib-bazm olasan,
Pul bo'lsa, pul berib-imon olasan,
Pul bo'lsa, pul berib-vijdon olasan,
Pul bo'lsa, pul berib-xotin olasan!
Bazm pul, vijdon pul, xotinlar ham pul,
Shariat, qoshu ko'z, shirin so'z ham pul,
Jonlar pul, tanlar pul, ko'kraklar ham pul,
Hattoki muhabbat, yuraklar ham pul.
Bilmadim, Xudoning o'zi dunyoni
Yaratsa, pulni ham o'ylaganmidi?
Shu pulning o'zidan kuchli ekaninn,
Xudoning o'zi ham bilganmi edi?
Pul bo'lsa, pul uchun tizni cho'ksalar,
Pul bo'lsa, pul uchun yerni o'psalar,
Pul bo'lsa, pul uchun odamni so'yib,
Qonidan ko'chaga suvlar sepsalar.
Ayting-chi, kim kuchli - Xudomi yo pul?!!
Minglarni darbadar, sargardon qilgan...
Ayting-chi, bu jonlar, qizlarmi yo tul?
Bir marta ochilmay gul kabi so'lgan,
Ichaylik, qo'zini qo'ydan ajratib,
Bolani otadan ajratgan uchun.
Ichaylik singilni ona o'ynidan,
Ajratib fahshlarga irg'itgan uchun,
Ichaylik og'aga singilni qo'shib,
Singilni sharmanda qilgani uchun,
Begunoh, beaql, mas'um jonlarning
Qo'lma-qo'l gul kabi yurgani uchun.
Ichaylik, ichaylik, bu aroqlarni,
Kosani to'ldirib suzing, poshshaxon,
Qattiqroq qichqiring, alyor bo'lsin deb,
Ichamiz, kosada, mayli, bo'lsin qon!!!

Umar Ismoil, "Rustam" dramasidan, 1936-yil.

Nomlash kerak bo'lganida men bu she'rni "ko'ngil ko'zlari chirk bosgan qalbdan chiqqan dahshatli qora she'r" deb nomlagan bo'lardim.

Aytganday, Umar Ismoilning "Rustam" dramasi bugungi kunda O'zbek Milliy akademik drama teatrida qo'yilmoqda.

Husen
27.05.2010, 11:32
"ko'ngil ko'zlari chirk bosgan qalbdan chiqqan dahshatli qora she'r"

Нақадар қисқа сарлавҳа... :)

Nigora Umarova
27.05.2010, 11:39
Нақадар қисқа сарлавҳа... :)

Сарлавҳа эмас, тавсиф. Шеър номининг тавсифи. Сарлавҳаси эса "Пулга ода".

bekww
28.05.2010, 07:43
Тошкент оқшомлари

Андижондан учиб келаётгандик,
Сўнги рейс эди-да, кечқурун эди.
Сал ўтмай кўринур суюк пойтаҳт,
Мана ёндашдик ҳам...
Ҳов, азиз Тошкент!
Бунчалар азамат, чиройли ва соз!

Кун сайин қадрли, суюк, дилнавоз!
Ерости саройлар, не музахона,
Музахона эмас, тугал афсона!
Кун сайин юксакроқ учар довруғинг,
Кун сайин олисроқ кўчар ёруғинг,
Кун сайин машҳурсан, зўрсан нечоғлик.

Кўллик ва дарёлик, гулзорлик, боғлик.
Кундузи қуёшли, кеча чироғлик.
Не олис китъалар тилашур соғлик,
Сени тарк этганлар мангу дил доғлик.
Андижондан учиб келаётгандик,
О, сен! Ёрқин оқшом, Тошкент оқшоми...

Миртемир:

http://video.mail.ru/inbox/n_a_g/522/537.html

bekww
28.05.2010, 08:18
Tashvishi insondadur

Bu jahon mezbon, tiriklar barchasi mehmondadur,
Bilki dehqon zahmatining maqsudi xirmondadur.
To'qligi tinchlik navosi nay bilan chirmandadur,
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi insondadur,
Qo'zg'olib turgan bu olam tashvishi sultondadur.

Ushbu olam barchamizga ko'hna mehmonxonadur,
Kimga ayshu ishrat o'lsa, kimsaga g'amxonadur.
Haq yo'lin topmay birovlar bunda ko'p hayronadur,
Desam aytdi: "Bu zamin barchamizga onadur",
Qo'zg'olib turgan bu olam tashvishi sultondadur.
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi dehqondadur.

Ushbu olam orzusi senda ham bordur axir,
Orzuim yer yuzida, balki keng osmondadur.
Balki gul yuz suhbatidur, yoki yallodir gapir,
Desam aytdi: "Orzuim qizu o'glonimdadir".
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi insondadur,
Qo'zg'olib turgan bu olam tashvishi sultondadur.

Kimsalar bor el g'amini o'zidan ustun qo'yar,
Uyqusiz tunlarda el deb qilni qirq mingga bo'lar,
Buncha zahmat chekmadingmi ey birodar, kim bilar?
Desam aytdi: "Bilsa bilsin, bilmasa tangrim bilar"
Har qarich yer, tomchi suvning tashvishi insondadur,
Tinchligi yo'q ushbu olam tashvishi sultondadur.

O`ktam Mo`minov qo'shig'ining ma'tni, asli qo'shig' Sherali Jo'raevga tegishli, IMHO.

Husen
28.05.2010, 09:48
Андижондан учиб келаётгандик, Сўнги рейс эди-да, кечқурун эди.

Ҳурматли bekww
Сизга ҳамкасбим Мастура Абдуллаевадан - бобосининг овозини эшитиб, кўзидан ёш қуйилган невара номидан каттакон миннатдорчилик билдираман.

Nigora Umarova
28.05.2010, 10:08
Ҳурматли bekww
Сизга ҳамкасбим Мастура Абдуллаевадан - бобосининг овозини эшитиб, кўзидан ёш қуйилган невара номидан каттакон миннатдорчилик билдираман.

Мастурахон шоир Миртемирнинг набираларими?

Husen
28.05.2010, 11:31
Мастурахон шоир Миртемирнинг набираларими?
Худди шундай!

Shokirbek
29.05.2010, 01:04
Iymonimga

Vulqon - yaram tilib chiqqan qaynoq qon,

Yomg’ir - bag’rim tubin yuvgan achchiq yosh.

Ko’lmak - pokligini unutgan vijdon,

Ufq - xazon bo’lgan bechoram-bardosh.


Borlig’im bo’shliqdir, to’ldirgin meni…


Tanam - hissiyotlar tark etgan makon,

Qalbim - tiriklikka befarq bo’lgan tosh.

G’ururim - dashtlarda adashgan karvon,

Ongim - yorug’ligin yo’qotgan quyosh.


Borlig’imdir zulmat, nur bo’lib kelgin…


Lost nikli bir forumdoshimiz ijodidan..

AbuMuslim
29.05.2010, 07:19
АЛДАНИШ

Беш йиллик ёнишим бир йил учунми?
Эркалаб ўткувчи бир ел учунми?
Кўзимга кўринган саробми эди,
Мен шунга алданиб тоғларми ошдим.

Севгимнинг боқчаси харобми эди,
Шу боқча ичида йўлми адашдим?
Кўзимни ўраган киприкми эди
Ёки кўк тусида пардами эди,

Кўнгил шу чоққача тирикми эди,
Жоним кўклардами, тандами эди.
Қўлимни тегиздим... Одам эди-ку,
Кўзимда ўйнаган бир нур эди-ку,

Сезгим-да соғ, тетик, бардам эди-ку,
Бўйнимга қўл солган бир ҳур эди-ку.
Нега мен сезмадим? Ўт эмасмиди?
Шул ўт ичидаги мен эмасмидим?
Каъбамга осилган бут эмасмиди?

Бутни тангри деган мен эмасмидим?
Мен уни хаёлий, тотли бир севиш —
Илоҳий муҳаббат, ишқ билан севдим.
Беш йил, шунинг учун беш йил англайиш...
Ёниш, куйишларим... оҳ, энди билдим.

Оҳ, энди билдимким, барчаси хаёл,
Барчаси бир тотли, роҳат туш экан.
Кет, йўқол кўзимдан, ҳақиқат, йўқол,
Бағримга ботмоқда оғули тикан.

Чиндан-да мен у кун ёлғизми қолдим,
Чиндан-да у ўтли севги битдими?
Чиндан-да турмушдан оғизми олдим?
Чиндан-да умидим буткул кетдими?

Чиндан-да кўнглимда севги ўтлари
Чўғсиз ўчиб қолган шамдек ўчдими?
Чиндан-да каъбамнинг санам, бутлари
Кул-парча булдими, буткул кўчдими?

Чнндан-да мен букун севмасми бўлдим?
Чиндан-да мухаббат ўтими сўнди?
Чиндан-да мен букун тиканми илдим?
Кўнглим бу алданишга, оҳ қандай кўнди

Севгимнинг яшаши бир йилми эди?
«Ғув» этиб ўткучи бир елми эди?

Чўлпон

bekww
29.05.2010, 13:29
Сообщение от Nigora Umarova Мастурахон шоир Миртемирнинг набираларими?

Худди шундай!

Мабодо Мастура Абдуллаева 1992 йилда "Литературный институт Отделение переводчиков"ни тамомламаганмиканлар?

Husen
31.05.2010, 10:23
Мабодо Мастура Абдуллаева 1992 йилда "Литературный институт Отделение переводчиков"ни тамомламаганмиканлар?
Мастура Абдуллева 1998 йилда ТошДУ (ҳозирги ЎзМУ) нинг ҳорижий филология (роман-герман) факультетини битирган.

Majnuntol
01.06.2010, 03:38
Balki bo'lolmadim sizga munosib,
Buni kech bilganim uchun ham tavba,
Sizga she'rlar bitib, maktublar yozib,
Bezovta qilganim uchun ham tavba.

Dunyoda bormikan sizday jafokor,
Sizdek mehri tansiq, parvosiz dildor,
Vafo degan so'zni bekordan bekor,
Quloqqa ilganim uchun ham tavba.

Axir yurmasmidim men ham sho'x-shodon,
Sizning borligingiz bilmasdan, xandon,
Sizni deb shuncha yil sargashta-sarson,
Bag'rimni tilganim uchun ham tavba...

(Abdulla Oripov)

Gulhayo Qobilova
01.06.2010, 09:54
Bolalik haqida she'r

Hali unutganimcha yo'q
daraxtlarning tilini,
qushlar bilan lug'atsiz so'zlasha olaman -
Hali unutganimcha yo'q.
Haliyam ishonaman va qayg'uraman
yulduz uchsa tungi osmondan.
Maysalarni majaqlamayman -
maysalar daraxtga aylanishiga
ishonchimni yo'qotmabman hali.
Hamon qo'rqaman -
bolalikda qo'shnimizning itidan,
ertak kitoblarim tugab qolishidan qo'rqardim.
Bugun esa onamning oppoq
sochlariga boqib qo'rqaman...

Xurshid Davron

Fursatdan foydalanib 1-iyun Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni bilan barcha beg'ubor qalb sohibi bo'lmish bolajonlarni bayramlari bilan tabriklayman.

Masud Mahsudov
01.06.2010, 10:07
Bolaligim...

Qalbga sig’may olam dardlari,
Ba’zan chuqur o’yga tolaman
Juda xomush bo’lgan paytlarim,
Bolalagim eslab qolaman…

Eslayman-u, ichimda bir joy,
Jiz etadi.
O’rtanadi jon…
“Oymoma” deb atalgan ey, oy -
Qayerdasan, qayda, bolajon?

Zumga bo’lsa ham o’sha damga,
Bo’lar edim jon-jon deb qaytgan…
Ba’zan ketsam edi quvilib,
Quvlamachoq o’ynagan paytga…

Arg’imchoqqa o’tirib olsam,
G’ubor qolmas ruhda, ham tanda
“Katta bo’lsam…” degan xayolni,
Qilmay qo’yar edim o’shanda…

Bekinmachoq istagan ko’ngil,
Shamol kabi yeladi goho…
O’tib ketgan yillar ortiga
Yashiringim keladi goho…

Bolaligim, oh, bolaligim,
Shaloladan sho’x bolalagim
Qaytib kelmas beg’ubor davrim -
Gunohlari yo’q bolaligim…

Ketib qolding… juda ham erta,
Endi seni qaydan topaman?
Sening bilan qilgan orzuni,
Bugun g’amlar bilan yopaman…

Kattalikni qilmagin tilak;
Oxiri yo’q o’ylagan ishing…
Biri tugab-tugamay yana,
Boshlanadi boshqa tashvishing…

Qalbga sig’mas bo’lsa dardlarim,
Bolaligim eslab qolaman…

(c)

Nigora Umarova
02.06.2010, 04:34
Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Ham qayg'umga, ham quvonchimga.

Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Men unga ochaman bag'rimni,
Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Asta unutaman yomg'irni.

Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Oxir meni asir etar ul.
Yomg'ir yog'ar, shig'illab yog'ar,
Yog'a boshlar qog'ozga ko'ngil.

Rauf Parfi

AbuMuslim
07.06.2010, 23:16
Келдим (Чустий ғазали)

Азизлар, бу лаҳадга юз туман армон билан келдим,
Ҳисоби йўқ гуноҳу беадад нуқсон билан келдим.

Қолиб аҳлу аёлим, қасру айвон, молу-мулким ҳам,
Кетиб жоним жасаддан, оҳу минг афғон билан келдим.

Кафандан бошқа ҳеч бир нарса йўқ энди бисотимда,
Кўзимдан кетди нуру, бу тани бежон билан келдим.

Солиб тобутга мурдамни, ўқиб дўстлар жанозамни,
Кўтардингиз лаҳад сорийга, бу имкон билан келдим.

Эшиги, туйниги, айвони йўқ бир уйга қўйдингиз,
Бу уйга на тўшак, на ошу на бир нон билан келдим.

Бу ер навбат-банавбат одам авлодини ер эрди,
Лаҳад комига мен ҳам ушбу дастурхон билан келдим.

Умидим, бу қоронғу қабр ичра нур сочур албат,
Дилимда нақш бўлган ояти Қуръон билан келдим.

Мени раҳматли деб, ким эсга олса, унга минг раҳмат,
Ўлимга бўйсуниб, Ҳақ айлаган фармон билан келдим.

Дуода Чустийни ҳам фотиҳангиздан қуруқ қўйманг!
Биҳамдиллоҳ, мусулмон аҳлиман иймон билан келдим.

Masud Mahsudov
10.06.2010, 04:21
Qarsak nima o`zi?
Ikkita kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlasam chalaman, xohlamasam yo`q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qo`ltiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir, o`zbekning bir o`jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko`paygan juda,
yurakni so`z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o`ylab so`ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.

Qarsak nima o`zi?
Arzimagan gap,
kerak bo`lsa topilar qoplab,
Titroqqa to`ldirib osmon gumbazin,
qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G`irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg`on she'r aytishdan qaytsaydi shoir,
miltiq o`qlariday gumbirgum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O`jar shoirlikni tashlab o`shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo`lib,
ishga kirar edim O`zbekistonga.

Shavkat Rahmon

Nigora Umarova
21.06.2010, 17:56
Зилзила

Зилзила. Худдики бузилган ини
Қушлардай тўрт томон чопар одамлар
Ёвуқлаб келгандай қиёмат куни
Чинқириб бир-бирин топар одамлар.

Бир-бирини излаб
Учар худди ўқ,
Телбаҳол, бир-бирин сўраб югурар.
Ўзи шир яланғоч, ўзи эсда йўқ,
Гўдагин латтага ўраб югурар.

Билмаслар
Қаёнга оғиб борар ер.
Сўнгги кун келгандай Даҳру давворга.
Одам “болам қани?”
“Отам қани?” дер
Қулаб тушаётгандай синчга, деворга!

Одамлар,
Одамлар фақат едингиз,
Кийдингиз, тебратиб бўлмовди сизни,
Зилзила келгунча қайда эдингиз,
Нечун топмовдингиз
Бир-бирингизни?!

Кўрмай оёқнинг остидан нарини,
Излаш фақат ерлар ютар чоғдами?
Кўриб қолгандами бақо жарини,
Зилзила ёқангдан тутар чоғдами?

Бир бор ўгрилмадинг
Сўлу соғингга,
Англамадинг
Кимлар нечун солар дод.
Ҳей, одам,
Бир-биринг қидирмоғингга
Наҳот зилзилалар шарт бўлса,
Наҳот?!

Ҳалима Худойбердиева, 12 декабрь, 2004 йил.

Bekmirzo
22.06.2010, 14:30
Xasta bulbulim


Ayt, ey, xasta bulbulim,
O'shga qachon yetamiz?
Yashil bog'lar sarg'aydi,
Mag'iz bo'ldi g'ujumlar.
Oh, voy, muncha yo'l og'ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o'rtasida
Madorim yo'q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O'shga qachon yetamiz?
Qorli tog'lar bag'rida
Begim — O'shim ko'rindi,
Sulton — O'shim ko'rindi...

Shavkat Rahmondan

Nigora Umarova
22.06.2010, 15:28
Unutganning kuysin ikki dunyosi...
"O'sh-O'zgan faryodi" turkumidan

Andijon shahar shifoxonasida yotgan 16 yashar Akbarali bunday deydi: "Oilamiz, "Qurshob" sovxoziga qarashli dalalarda piyoz ekardi. O'sha 5 iyun kuni biz to'qayga bekindik. Yarim kechada yashiringan joyimizdan chiqib yo'lga tushdik. Soy bo'yiga chiqqanimizda bizni bosqinchilar ushlab olishdi. Onamning qo'lida ikki yarim yashar ukam bor edi. Osha ukamni onamning bag'ridan uzishib soyga otib yuborishdi. Onamni ham suvga oqizishdi. Ularning orqasidan otam, akam, o'zlarini soyga otishdi. oyoqlarimga o'q tegib yiqildim... Onam bilan ukamni haligacha daragi yo'q..."

Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Tozalanib, qizg'ish gilam yozilib,
Qonli izlar ketaversin bosilib,
Lablarining chetlaridan qon sizgan
Bolachalar turaversin osilib...
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Oyog'i uzilgan murda, ot sudrar,
Bir qo'l ham yo'q, burda-burda, ot sudrar,
Fita otgan pahlavonni yo Rabbiy-
Bobolar ot surgan yerda, ot sudrar...
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Onang oqib bo'liq bo'ldi, Akbarjon!
Ukang oqib baliq bo'ldi, Akbarjon!
Endi qaydan bo'lsin ular daragi,
Bu ters hukmi xoliq bo'ldi, Akbarjon!
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Ketay desang ular ruhin shod aylab,
Soyga borma, bora ko'rma yod aylab,
Jon bolam-ov? jonbiz bo'lay joningga,
Chiqaversa qo'sh balig'ing dod aylab!
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Turon, jim-jit, soyi, tog'i chinqirar,
O'sh, O'zganning behisht bog'i chinqirar,
Onasining qursog'iga sanchilgan,
Tig'dan o'lgan chaqalog'i chinqirar,
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

O'tgan o'tdi. Bo'lmas ortga qaytarib,
faqat yurak zirq-zirq sanchgan paytlari-
Bu yashinvor chinqiriqli Turonda,
Ota Turkdan tarqalganga aytarim:
Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

Halima Xudoyberdiyeva, 1990- yil, 20- avgust

Nigora Umarova
22.06.2010, 15:40
Sado

Men oh tortsam, ohimga
Kimlar sado qaytarar&
tarqalib ketgan toshlar,
Qumlar sado qaytarar.

"Ovoz bering bormisiz?!"
Vahshat qichqirig'imga
Bir tomiri qilt etmay
Jimlar sado qaytarar.

O'sh, O'zganda hovlilar
Har sharpadan seskanar.
Egasiz qolgan otu,
Kiyimlar sado qaytarar.

Bosqinchi tunda bosdi,
Otdi. Chavaqlab osdi.
Ho'ngrab yig'lagan shamol,
Quyunlar sado qaytarar.

"Siz tirikmi edingiz,
Yovga nima dedingiz?"
Qabrlar, qabrchalar,
Uyumlar sado qaytarar...

Halima Xudoyberdiyeva, 1990- yil, 4- sentabr

Nigora Umarova
22.06.2010, 16:33
Karomat

Ko'nglimda ko'nglimning ming sinig'i bor,
Ko'nglimda g'amlarning o'tkir tig'i bor,
Yig'i bor, oldinda katta YIG'I bor,
Elning bolalari o'lmas bekorga!

Obdon yuvgan bilan yuvilarmi qon,
…Qotilidan qochib yo'lga chiqqan jon,
Tobutlarda sarson... armon-a, armon...
Bu bolalar qoni yozilmas qorga!..

Bu kun tinch dengizday tursang-da tek, jim
Qa'ringdan o'kiriq kelmoqda, xalqim,
Ertaga bu jonsiz bolalar qalqib,
Jonli vijdonlarni tortajak dorga.

Halima Xudoyberdiyeva

Bekmirzo
22.06.2010, 23:30
Unutganning kuysin ikki dunyosi...
"O'sh-O'zgan faryodi" turkumidan

Andijon shahar shifoxonasida yotgan 16 yashar Akbarali bunday deydi: "Oilamiz, "Qurshob" sovxoziga qarashli dalalarda piyoz ekardi. O'sha 5 iyun kuni biz to'qayga bekindik. Yarim kechada yashiringan joyimizdan chiqib yo'lga tushdik. Soy bo'yiga chiqqanimizda bizni bosqinchilar ushlab olishdi. Onamning qo'lida ikki yarim yashar ukam bor edi. Osha ukamni onamning bag'ridan uzishib soyga otib yuborishdi. Onamni ham suvga oqizishdi. Ularning orqasidan otam, akam, o'zlarini soyga otishdi. oyoqlarimga o'q tegib yiqildim... Onam bilan ukamni haligacha daragi yo'q..."

Balo tog'u-qir oshganini unuting,
Balo bizga yondoshganin unuting,
Qorachiqlar o'yib olingani-yu
Qaroqlardan qon toshganin unuting,
Unutganning kuysin ikki dunyosi!

.....
Hozirgina 1:11 minutlik bitta video ko'rdim. O'sh shahrida 100 nafarga yaqin qirg'iz "Sartterge o'lum!" degan hayqiriqlar, shodlik aralash qiyqiruvlar ostida bir o'zbek yigitining tiriklayin yonib, kul bo'layotganiga INDAMASDAN, doira shaklida tizilib, qarab turishibdi... Aftidan, ustidan benzin quyishgan shekilli, gurillab yonyapti... VAHSHIYLIKdan o'zga narsa emas... Video bir haftacha oldin qirg'izlarni o'zi tomonidan telefon kamerasida olinib, tarqatib yuborilgan sanoqsiz videolardan bittaginasi ekan, xolos... :cray::cray::cray:

Yuqoridagi she'rni 6-7 soat oldin o'qigandim, yodimga tushib ketdi... :( :( :( :( :(

AbdulAziz
23.06.2010, 15:43
Ўзбегимсан, қирғизимсан...

Ярим ойки юрак тинмай пуркайди зардоб,
Томирларим қақшаётир захил, қонталаш,
Йигрима йил қайтиб кўзин очмишдир гирдоб,
Надоматким, бутун элда бугун жон талаш!..

Эй, сен, шайтон илкидаги қўғирчоқ гуруҳ,
Қумурсқадай ёпирилган алвон этакка,
Мен “сарт” бўлай, мени ўлдир, ўтда ёнсин руҳ!
Тегинма лек титраётган маъсум гўдакка!

Шон талашиб ким дунёга бўлибди устун?
Ҳар кас ёвуз ё зўр бўлсин, етар ажали...
“Қурол беринг!” деб инграган онанинг бир кун
Кўз ёшига хор-зор чўкиб кетгайсан ҳали...

Унут бўлди ул суюкли пайғамбар сўзи:
“Аллоҳ асрар балолардан мўмин бандани,
Қачонки у ўз қавмин еб, ўймаса кўзин,
Гар кетмаса малъун иблис сари алданиб!”

Олов ичра қовжираган биродаримдир,
Синглим эди ваҳшийларча зўрлаганинг зот.
Минг-минг ёшу кексаларнинг кўнгли яримдир,
Авлодларга етмасайди машъум хотирот...

Йўқ, мен уруш очинг дея қилмасман даъват,
Етар ахир кўпчиб ётган замин дардлари!
Ҳар кимса ҳам бу жаҳонда яшасин пурбахт!
Қуриб битсин ғаламиснинг сиёсатлари!

Ўзбегимсан, қирғизимсан, жон томиримсан,
Шунча замон бир-бирининг тотган тузини!
Сен бошимсан, ўртамдирсан ва охиримсан!
Ёдингда тут пайғамбарнинг буюк сўзини!

Аъзам Обид
23 июнь, 2010 йил
Тошкент

Husen
24.06.2010, 09:22
Hozirgina 1:11 minutlik bitta video ko'rdim. O'sh shahrida 100 nafarga yaqin qirg'iz "Sartterge o'lum!" degan hayqiriqlar, shodlik aralash qiyqiruvlar ostida bir o'zbek yigitining tiriklayin yonib, kul bo'layotganiga INDAMASDAN, doira shaklida tizilib, qarab turishibdi... Aftidan, ustidan benzin quyishgan shekilli, gurillab yonyapti... VAHSHIYLIKdan o'zga narsa emas... Video bir haftacha oldin qirg'izlarni o'zi tomonidan telefon kamerasida olinib, tarqatib yuborilgan sanoqsiz videolardan bittaginasi ekan, xolos...

Афсуски, ўша видеони мен ҳам кўрдим! Қайдан ҳам кўрдим? Кўргандан кўра бу кўзларим оқиб тушса бўлмасмиди?!! Фикри ҳаёлим остин-устун бўлиб кетяпти, биродарлар! Бунчалар ваҳшийлик нечун, ахир? Азобли ўлим топган миллатдошимдан кўра бу манзарани бир туки ҳам сесканмасдан томоша қилиб ўтирган қўшниларимизга ачиндим! Чин дилдан ачиндим! Уларнинг бу қадар тубанликка тушиб кетишига сабаб нима ўзи! Тушунинглар, ўзбекларга нисбатан бу қадар нафрат, бу қадар адоват бўлиши учун муаммонинг томири ҳам кескин илдизлаб кетган бўлиши керак эди. Яъни ўзаро нифоқ портлаши учун аввало у йиллар бўйи йиринглаб, мада бойлаши керак эди.
Эътироф этилаётган учинчи кучлар ана шу нифоқдан боплаб фойдаланишди, холос! Демак, Қирғизистон жанубидаги ўзбек-қирғиз дўстлиги деган тушунчалар шу пайтга қадар шунчаки баландпарвоз гаплар бўлиб келган ва унга арзимаган "туртки" боис даҳшатли тарзда дарз тушди!

Kahramon Jalilov
01.07.2010, 12:49
Otam (Ozodbek Nazarbekov kuyi)

Suyanganim tog'im derdi sizni onam,
Yashnab turgan bog'im derdi sizni onam,
Bu dunyoda hatto aziz, otamdam ham,
Mening yahshirog'im derdi siz onam
Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz...

Siz yonimda boyligimsiz kimdan kamman,
Duoingiz bilan elda mukarramman,
Honadonim chirog'isiz, shu sababdan
Ko'cha-kuyda yurganimda hotirjamman.
Goho shodon goho g'amgin nolamdirsiz
Onam, shunday bino qo'ygan otamdirsiz...

Ota desam yayragaydir zabonlarim,
Siznikidir surgan davru-davronlarim,
Sizni quchib bobom deya erkalasa,
Quvonaman jonim qizim-og'lonlarim.
Onam, onam, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan binodirsiz,
Opam, singlim, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz...

Nigora Umarova
02.07.2010, 15:19
Мени менда деманглар, менда эмасман.
Бир мен бордир менда, менинг ичимда.
Румий.
ОмоНнинг хабаридаги ёзувни кўриб...

Аввал ичингга кир...
Аввал ичингда қил ибодатингни,
Аввал ичингда ёй шаҳд, қанотингни.
Аввал ичда тикла иморатингни
Шу муҳим. Муҳиммас ташқи ёмғирлар.
Ичингни тозалаб, қириб олдингми,
Ўзингни жам қилиб, кириб олдингми.
Ҳар бир кунжингни текшириб олдингми,
Муҳиммас ташдаги илашган кирлар.
Ич хазон. Ташқари гулашдан қўрққин,
Кўзни тий. Кўз ёшдан, қул ёшдан
қўрққин.
Муҳими ичингдан қулашдан қўрққин-
Ичингдан кетмасин илоҳий нурлар.
Ғам ема. Бир камдир, тўлдириб бўлмас,
Аввал ўз ичингга кир, кириб бўлмас.
Ички бургут кўклаб, ўзни урарми
Ташқарида Сени ўлдириб бўлмас.

Ҳалима Худойбердиева,16 ноябрь, 1995 йил

Masud Mahsudov
04.07.2010, 12:33
Men kimnidir kutgayman mahzun,
Men kimgadir yig'lamog'im shart.
Tanholik-la turibman o'zim,
Mening bilan birgina zulmat.

Yiroqlarda ingranar List ham,
Qulog'imga bo'zlaydi Furqat.
Huzurimga chiqmas bir odam,
Men baribir kutgayman faqat.

O'ksib-o'ksib axtaraman nur,
Qorong'uda bo'lgayman ado.
Qo'ng'iroqlar jarangi kelur,
Qanday mash'um bu go'zal sado.

Shilliqqurtday to'lg'anar ariq,
Suyanaman badburush tolga.
Osmon yuzi shundayin sariq
Sovuqlikni qaylardan olgan?

Kular-da va qalqib borar oy
Ul hayosiz shundoq yalang'och.
Kimni aldab balqib borar oy -
Tevarakda kecha qorasoch.

Men kutgayman, elitmas uyqu,
Men kimgadir yig'lamog'im shart,
Ayting, nechun tashlab ketdi u,
Nechun tashlab ketdi muhabbat?

Tugab borar tun yanglig' toqat,
Saharlarga bergayman hisob.
Qayga ketdi, qayga muhabbat,
Yuragimda muqaddas azob.

Rauf Parfi

AbuMuslim
15.07.2010, 17:58
УМР ЎТМОҚДАДИР ДАРЁ МИСОЛИ

Эсиз, болаликни қолдириб ортда,
Умр ўтмоқдадир дарё мисоли.
Қолдириб-қолдирмай из бу ҳаётда,
Умр ўтмоқдадир дарё мисоли.

Оппоқ тонгни улаб тийраи шомга,
Бирда шак келтириб сирли оламга,
Гоҳо таъзим қилиб бадкор, бадномга,
Умр ўтмоқдадир, умр ўтмоқда.

Қай кезлар ушалмай орзу-армонлар,
Бирда ғолиб келиб тулкисимонлар,
Бирда бой берилиб бебаҳо онлар,
Умр ўтмоқдадир, умр ўтмоқда.

Денгиздай мавж уриб, қирғоқдан тошиб,
Юрар йўлимиздан бирда адашиб;
Ким биландир зимдан мансаб талашиб
Умр ўтмоқдадир, умр ўтмоқда.

Яратиб не сирлар, не мўъжизалар,
Қутлуғ кун кетидан кун ўтказилар.
Беҳуда ўтган дам—кўнгил эзилар...
Умр ўтмоқдадир, умр ўтмоқда.

Ҳар тонгда тўрғайдан олдин уйғониб,
Чаманлар яратиш ишқида ёниб,
Бирда-чи: эътиқод, имондин тониб
Умр ўтмоқдадир, умр ўтмоқда.

Эрта билан боғлиқ—не дамларимиз,
Билиб-билмай босган қадамларимиз,
Хайрли иш, алам, қарамларимиз
Умр ўтмоқдадир дарё мисоли.

Кексалик мўралаб эшик қоқмоқда,
Болалик қайтадан қайтарилмоқда...
Биздан эрта кунга нелар қолмоқда?
Умр ўтмоқдадир, умр ўтмоқда.

Ўлмас созни ўйлаб дегинг келмайди,
Ўчмас издан сўйлаб дегинг келмайди,
Мангуликка бўйлаб дегинг келмайди
Умр ўтмоқдадир дарё мисоли...

Тўра Сулаймон

AbuMuslim
15.07.2010, 18:02
ТАВАЛЛО

Нелардандир кўнгил бўлиб ғаш,
Ҳам эгилиб бу эгилмас бош,
Кўзларимда қалқиб турса ёш
Бу ҳолимга беролмай бардош.
Муштипар Онам йиғлайдир,
Қолганлари ёлғон йиглайдир.

Қайтар бўлсам қуруқ қўл овдан,
Қора қозон қолса қайновдан;
Ҳам айрилиб ўлжа, уловдан,
Қарзга ботар бўлсам бировдан
Таскин бериб Онам йигландир,
Қолганлари ёлғон йиғлайдир.

Бирда ҳақдин, бирда ноҳақдин,
Жабр кўрсам бир бетовфиқдин
Ортда турсам қалби қуроқдин,
Қадрим хароб бўлса тупроқдин.
Оҳлар уриб Онам йиғландир,
Қолганлари ёлғон йиғлайдир.

Оға-ини ўртасида гап...
Алҳол, келиб чиқмиш ихтилоф:
Бири иззат, бири мулк талаб
— Бу оқ сутим, меҳримга хилоф, —
Дея шўрлик Онам йиғлайдир,
Қолганлари ёлғон йиғлайдир.

Синалмоқнинг гали келганда,
Ноҳақ мағлуб бўлсам майдонда,
Номим қолмас бўлса жаҳонда,
Ким дўст—душман билинар онда,
Аҳволимга Онам йиғлайдир,
Қолганлари ёлғон йиғлайдир.

Ғаним бир ён, мен бир ён бўлсам,
У устивор, мен урён бўлсам,
Бу ҳам камдай ногирон бўлсам —
Оғоч отга ёнма-ён бўлсам
Ой тутилиб, Онам йиғлайдир,
Қолганлари ёлғон йиғлайдир.

Бўлсам гумроҳ, бўлса гуноҳим,
Вужудимга солмасдин ваҳм,
Қабул айлаб тавалло — оҳим,
Дариғ тутмай меҳринг, илоҳим,
Йиғлатмагил мушфиқ Онамни,
Волидаи Муҳтарамамни.

Тўра Сулаймон

komol_76
26.07.2010, 16:25
Мухаббатим, қайдансан, қалб ардоғим...


Изларингни излаб бордим тоғларга,
Тоғлар хайрон, қайдан келди бу мажнун.
Сахролардан сўроқладим, тентираб,
Сахро сепди юзларимга майин қум.

Шамолларга шивирладим, қайда деб,
Сочларимни силаб қўйди эпкинлар.
Жилғаларга йиғлаб кўрдим ялиниб,
Кўздан оққан ёшларимни ювдилар.

Дарахтларни қучдим ёрдам беринг деб,
Соя солди бошим узра шохлари
Юлдузларга боққан эдим мўлтираб,
Нулар сочиб эркалади Моҳлари.

Одамлардан сўрагандим, севгимни
Жинни дея устимдан хўб кулдилар....

Kahramon Jalilov
28.07.2010, 09:57
Сен етим эмассан (Нилуфар Усмонова куйи)

Бу дунёда етим кўпдир, етимлар кўпдир,
Бағри бутун юраклари тутумлар кўпдир,
Бўйдан хам кўп очнахару елпимлар кўпдир
Лек бу юртда етимнинг хам бахти бутундир,
Иймони бут давлатли юрт тахти бутундир.
Сен етим эмассан йиғлама болам,
Бошингда бош пананг - ватан бор бунда,
Сен етим эмассан ўксима болам,
Қошингда парвона отанг бор бунда...

Ким бўлсанг хам ўзбекнинг кўз-қароғида сен
Мехрида сен, мухаббату ардоғида сен,
Ўзбекистон бағридаги булоғида сен,
Рост бу юртда етимнинг хам бахти бутундир
Исломи бор, қўрғони бор, қадри бутундир...
Сен етим эмассан йиғлама болам,
Бошингда бош пананг ватан бор бунда,
Сен етим эмассан ўксима болам,
Қошингда парвона отанг бор бунда...

Ботиржон Эргашев

Coach
28.07.2010, 10:43
Фарида Афруз

Қуёш ботди, шафақ қизарди,
Тун чўкди,
Кўксим санчиди...

Запало солнце,
Закат покраснел,
Кольнуло сердце.

The sun is down, sunset is red,
Night is coming to end,
My heart is signing...

Coach
28.07.2010, 10:48
Фарида Афруз

Ота - сабр, тоғамдир - меҳр,
Акам - қалқон, иним - тегирмон,
Менинг эса бошим - палахмон...

Отец - терпение,
Защита - брат,
Моя голова - камень пращи...

Father - patience, uncle - care,
Brother - defense,
But my heart is a sling...

OmoN
28.07.2010, 10:50
Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib,
Toliblarg’a durru gavhar sochtim mano.
Riyozatni qottig’ tortib, qonlar yutub,
Men daftari soniy so’zin ochtim mano.

So’zni aydim harkim bo’lsa diydor talab,
Jonni jong’a payvand qilib, ragni ulab,
G’arib, yetim, faqirlarni ko’nglin siylab,
Ko’ngli butun xaloyiqdin qochtim mano.

Qayda ko’rsang, ko’ngli sinuq marham bo’lg’il,
Andog’ mazlum yo’lda qolsa, hamdam bo’lg’il.
Ro’zi mahshar dargogiga mahram bo’lg’il,
Movumanlik xaloyiqdin qochtin mano.

G’arib, faqir, yetimlarni R a s u l so’rdi,
O’shal tuni Me’roj chiqib diydor ko’rdi,
Qaytib tushub g’arib, faqir holing so’rdi,
G’ariblarni izin izlab tushtum mano.

Ummat bo’lsang, g’ariblarg’a tobe’ bo’lg’il,
Oyat, hadis har kim aytsa, some’ bo’lg’il,
Rizqu ro’zi harna bersa, qone’ bo’lg’il,
Qone’ bo’lub, shavq sharobin ichtim mano.

Madinaga R a s u l borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.

Oqil ersang, g’ariblarni ko’nglin ovla,
Mustafodek elni kezib, yetim kovla,
Dunyoparast, nojinslardin bo’yun tovla,
Bo’yun tovlab, daryo bo’lub toshtim mano.

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi g’amnok,
Piri mug’on hozir bo’l, deb sochti taryok,
Shayton la’in mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mug’on xizmatida yugrub yurdum,
Xizmat qilib, ko’zim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin so’ngra qanot qoqib uchtim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,
Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,
Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni har kim so’rar –
Rozi bo’lur ul bandadin parvardigor,
Ey bexabar, sen bir sabab, o’zi asror,
Haq Mustafo pandin eshtib, aydim mano.

Yeti yoshda Arslonbobg’a qildim salom:
“Haq Mustafo amonatin qiling in’om”,
O’shal vaqtda ming bir zikrin qildim tamom,
Nafsim o’lub, lomakong’a oshtim mano.

Hurmo berib, boshim silab, nazar qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi,
Alvido, deb bu olamdin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, jo’shub-toshtim mano.

“Inno fatahno”no o’qub, ma’no so’rdum,
Partav soldi, bexud bo’lub, diydor ko’rdum,
Mullom urub, “uskut” dedi, boqib turdum,
Yoshim sochib, muztar bo’lub turdim mano.

Ayo nodon, ma’no bul, deb aydi, bildim,
Ondin so’ngra cho’llar kezib, haqni suydum,
Ro’zi qildi, Azozilni tutub mindim,
Langar tugub, belin bosib yanchtim mano.

Zikrin tamom qilib, o’ttum devonaga,
Haqdin o’zga hech so’zlamay begonaga,
Sham’in izlab, shogird kirdim parvonaga,
Axgar bo’lub, kuyub-yonib o’chtim mano.

Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
“Fano filloh” maqomig’a oshtim mano.

Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qottig’, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog’ qulg’a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so’z aydim mano.

Sunnatlarin mahkam tutub, ummat bo’ldim,
Yer ostiga yolg’iz kirib, nurg’a to’ldum,
Haqparastlar maqomig’a mahram bo’ldum,
Botin tig’i birla nafsni yanchtim mano.

Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.

Qul Xoja Ahmad, g’aflat bila umrung o’tti,
Vo hasrato, ko’zdin, tizdin quvvat ketti,
Vo vaylato, nadomatni vaqti yeti,
Amal qilmay, karvon bo’lub ko’chtim mano.
(c)Ahmad Yassaviy.