Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
***
Bir kuni mendan: "Hayotingizni qayta boshdan yashashni istarmidingiz?"-deb so'rab qolishdi. Nimayam derdim, umuman, mening hayotim juda yaxshi kechdi, aytishim mumkinki, ayrimlarga taqqoslaganda a'lo darajada yashadim. Biroq, shunday bo'lsa-da, uni qaytadan yashab ko'rishda hech bir mantiq yo'q, deb hisoblayman. Bu xuddi ilgari bir necha bor o'qib chiqilgan detektiv romanni qayta mutolaa qilish kabi zerikarli yumush bo'lur edi.("To'qson yillik yubileyimga")
Somerset Moem
|
Nigora, xafa emasdirsiz, copy paste qilganimga...aynan shunga oid mavzu ochaman deb turgan edim aslida....
Bu fikrni S. Moem aytagan...mening esa savolim barcha forumdoshlarga:
-Siz-chi? Siz ham shu haqida hech fikr yuritganmisiz? Sizga ham tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa..uni qanday boshlagan bo'lar edingiz? Yoki o'zgartirmagan bo'lar edingizmi?
hurmat bilan,
Ra'no