Nigora Umarova |
10.10.2011 12:13 |
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze
(Сообщение 623727)
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
(Сообщение 623380)
Bir kuni mendan: "Hayotingizni qayta boshdan yashashni istarmidingiz?"-deb so'rab qolishdi. Nimayam derdim, umuman, mening hayotim juda yaxshi kechdi, aytishim mumkinki, ayrimlarga taqqoslaganda a'lo darajada yashadim. Biroq, shunday bo'lsa-da, uni qaytadan yashab ko'rishda hech bir mantiq yo'q, deb hisoblayman. Bu xuddi ilgari bir necha bor o'qib chiqilgan detektiv romanni qayta mutolaa qilish kabi zerikarli yumush bo'lur edi.("To'qson yillik yubileyimga")
Somerset Moem
|
Bu fikrni S. Moem aytagan...mening esa savolim barcha forumdoshlarga:
-Siz-chi? Siz ham shu haqida hech fikr yuritganmisiz? Sizga ham tasavvur qilib ko'ring, bir imkoniyat berilsa-da, umringizni 10-20 yilga ortga qaytarishsa uni qanday boshlagan bo'lar edingiz? Yoki o'zgartirmagan bo'lar edingizmi?
|
Hayotimni qaytadan yashashni aslo istamagan bo'lardim. Sababi qaytadan boshlagan hayotimda umr yo'lida uchratgan insonlarimni, yaqinlarimni balki qaytadan uchratish nasib etmas. Har bir kechirgan kunim men uchun dars, har bir uchratgan insonim hayot maktabida men uchun muallim vazifasini bajargan va bajarib qoladi. Hayotim qiziqarli va mazmunli, har bir kunim baxtdan iborat. Menda nimadir yo'qligini sezganimda mendan-da nochorroq insonlar borligini ko'rib bergan ne'matlariga shukronalar keltiraman.
Agar mo'zija ro'y berib 10-20 yil ortga qaytgan taqdirimda esa o'rganmagan, bilmagan bilimlarim rosa ko'p. Ularni o'rgangan bo'lardim.
Biroq bunday mo'jiza ro'y bermaydi. Shunday ekan o'zimda mavjud bo'lgan bor imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qilaman.
|