Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 22.11.2009 04:13   #81  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от Fariza Hasanova Посмотреть сообщение
O'zbek adabiyotiga oid ma'lumotlardan men ko'pincha www.ziyouz.com sayti orqali foydalanaman.
адабиётимизга оид сайтлар кўп бўлиши керак...
Ответить 
Старый 22.11.2009 23:26   #82  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Fariza Hasanova Посмотреть сообщение
O'zbek adabiyotiga oid ma'lumotlardan men ko'pincha www.ziyouz.com sayti orqali foydalanaman.
адабиётимизга оид сайтлар кўп бўлиши керак...


Mana, O'zbek adabiyoti borasida pioner saytlardan biri
http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/adabiyot.htm
Ответить 
2 "+" от:
Старый 23.11.2009 12:09   #83  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
http://literature.uz/ Сайтига нима бўлди...? (бошқа кўлга ўтганми?)
Ответить 
Старый 23.11.2009 12:12   #84  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от Bekmirzo Посмотреть сообщение
Mana, O'zbek adabiyoti borasida pioner saytlardan biri http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/adabiyot.htm
Кўп сайтларнинг бир камчилиги бор... яъни уларнинг ривожланмай қолиши... бешта шеър кўйиладида... ва шу билан чекланади... ундай бўлиши керак эмас деб биламан... ишлаш керак, ривожлантириш керак...

P.S
Хазрати Навоийнинг "Хамса" китобининг электрон нусхалари тайёр бўлиб колди... уларни якин кунларда хукмларингизга хавола киламиз...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 24.11.2009 08:42   #85  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение

Кўп сайтларнинг бир камчилиги бор... яъни уларнинг ривожланмай қолиши... бешта шеър кўйиладида... ва шу билан чекланади... ундай бўлиши керак эмас деб биламан... ишлаш керак, ривожлантириш керак...
...
Gapingizga e'tiroz qila olmayman.
Shaxsan menda saytning shu holda qolib ketganligiga ikkita sabab bor:
a) Germaniyada yurgan vaqtimda o'zimda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni imkon qadar internetga kiritganman;
b) Uzb.ga qaytganimdan keyin, avvalgidek texnik bazaga hali qaytadan ega bo'lmadim.

Bu holat xudo hohlasa, yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Shaxsan o'zim yaqin kelajakda bitat yangi domen olib, saytni qaytadan jonlantirish niyatidaman.
Ответить 
Старый 04.12.2009 12:10   #86  
Аватар для Shokirbek
Оффлайн
Сообщений: 62
+ 124  146/45
– 1  0/0

Saudi ArabiaОтправить сообщение для Shokirbek с помощью YahooОтправить сообщение для Shokirbek с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
E'tiboringizga Xo'janazar G'oyibnazar o'g'li Huvaydoning "Xoki poyi yaxshilar bo'l" g'azalining sharhini havola qilmoqchiman..
Xo'janazar Huvaydo she'riyatida islom va tasavvufning eng umuminsoniy masalalari orifona talqin etilgan Islom ta'limotining har bir uzvi komil insonni shakllantirishga qaratilgan. Payg'ambarimiz Muhammad (SAV)ning hadisi shariflarida aytilishicha, "Din nasihatdan iborat" dir. Komil inson maslagi. so'fiylik tariqatidagi o'nta maqomdan biri nasihat tinglamoqdir. Huvaydo nazmining mazmuni ham insonni nasihat orqali kamol toptirishdir.
Цитата:

Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun,
Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdan burun.

Mo'mineni g'iybatidin munda og'zing pok qil,
Anda do'zaxni o'ti misvok bo'lmasdin burun.

Ko'rsatib ganji qanoat, och ko'zingni sayd qil,
Ko'zlaringni kosasiga xok to'lmasdan burun.

Xoru xasni yostanib, qilma ta'madin bir xase,
Qabring uzra to'dayi xoshak unmasdin burun.

Qilma g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,
Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdin burun.

Ey Huvaydo, kechalar yig'lab yaqongni chok qil,
Domani subhi qiyomat chok bo'lmasdin burun.
Rahmat, Nigoraxon.
G'azalni bu yerda keltirishingiz bunga baholiqudrat muxammas bitishimga sabab bo'ldi. Sizlarning tanqid va mulohazalaringizga muhtojman.

Ye kelar uxro g'amin, g'amnok bo'lmasdan burun,
Qabr qurtiyg'a chirik xo'rok bo'lmasdan burun,
O'zgaga va'z etma, nafsing pok bo'lmasdan burun,
Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun,
Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdan burun.

Qo'p, turib yig'la saharlar, yoqani xo'b chok qil,
Kibrdin o'zni yirog' et, nafsni chun xok qil,
Hech yema luqma haromekim, halol xo'rok qil,
Mo'mineni g'iybatidin munda og'zing pok qil,
Anda do'zaxni o'ti misvok bo'lmasdin burun.

Kaydni qilmay turub Iblis, sen oni kayd qil,
Zanjiri taqvo ila bog'lab, ayog'in qayd qil,
Payravi din bo'l mudom, aytqil degonin ayt, qil,
Ko'rsatib ganji qanoat, och ko'zingni sayd qil,
Ko'zlaringni kosasiga xok to'lmasdan burun.

Sendin ozor ko'rmasin hech jonzot yo bir kase,
Yaxshilik qilg'il barobar, yaxshidur yo nokase,
Chun masal bor: "Yaxshilik qil, suvg'a sol", buldur base,
Xoru xasni yostanib, qilma ta'madin bir xase,
Qabring uzra to'dayi xoshok unmasdin burun.

Yotma g'aflat uyqusida, oxirat yod aylag'il,
Ul zamon bodi ko'rinmay, yosh to'kib dod aylag'il,
Yaxshiliq birla ketar xonaningni obod aylag'il,
Qilma g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,
Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdin burun.

Shokiro, yirtib yaqongni ko'zlaring namnok qil,
Qo'ndi boshingg'a qirov, shoshg'il, ishing cholok qil,
Oq bo'lsin bul yuzim oxir desang, dil oq qil,
Ey Huvaydo, kechalar yig'lab yaqongni chok qil,
Domani subhi qiyomat chok bo'lmasdin burun.
__________________
Tilar bo'lsang jahon ichra imorat # Faqirlar ko'nglini qilg'il imorat.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 04.12.2009 в 12:52.
Ответить 
Старый 04.12.2009 12:39   #87  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Shokirbek Посмотреть сообщение
...Shokiro, yirtib yaqongni ko'zlaring namnok qil,
Qo'ndi boshingg'a qirov, shoshg'il, ishing cholok qil,
Oq bo'lsin bul yuzim oxir desang, dil oq qil,
Ey Huvaydo, kechalar yig'lab yaqongni chok qil,
Domani subhi qiyomat chok bo'lmasdin burun.
Ofarin, Mavlono!

Ta'rifi tahsinga til ojiz. Ushbu mavzuda hali javoblarimga bunday purma'no javob olmagandim.
Ответить 
Старый 04.12.2009 12:49   #88  
Аватар для Shokirbek
Оффлайн
Сообщений: 62
+ 124  146/45
– 1  0/0

Saudi ArabiaОтправить сообщение для Shokirbek с помощью YahooОтправить сообщение для Shokirbek с помощью Skype™
Rahmat.
Bir yerida vaznga xalal yetibdi:
Hech yema luqma haromekim, halol xo'rok qil, deb o'qilsin.
(Tahrirlash vaqti tugab ketgani uchun yuqorini o'zgartira olmadim).
__________________
Tilar bo'lsang jahon ichra imorat # Faqirlar ko'nglini qilg'il imorat.
Ответить 
Старый 04.12.2009 12:54   #89  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Shokirbek Посмотреть сообщение
Rahmat.
Bir yerida vaznga xalal yetibdi:
Hech yema luqma haromekim, halol xo'rok qil, deb o'qilsin.
(Tahrirlash vaqti tugab ketgani uchun yuqorini o'zgartira olmadim).
[MOD]Shokirbek aka!

She'riy misrani ko'rsatib o'tganingizdek to'g'rilab qo'ydim.[/MOD]
Ответить 
Старый 04.12.2009 12:57   #90  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Aruzda barmoq vazniga qaraganda she'r bitmoq juda ham murakkab. Aruzda she'r bitmak uchun ko'p va xo'b o'ylamoq kerak.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх