Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 21.02.2009 10:41   #71  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
"Xoki poyi yaxshilar bo'l..." g'azali komil inson uchun zarur fazilatlardan bahs etadi.
Цитата:
Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdan burun,
Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdan burun.
"Xok"-inson tanasi azalda Tangri tomonidan yaratilgan oddiy ashyo-tuproqdir. Poy-oyoq. "Xoki poyi yaxshilar bo'lmoq" ning asl mazmuni yaxshi odamlarga fidoyi, sadoqatli, muhabbatli bo'lmoqlikka da'vatdir. "Xoki poyi yaxshilar bo'l" nasihati, ehtimol, quruqdan-quruq aytilganda, yaxshi tushunarli va ta'sirli bo'lmasdi Inson ruhiga ibratli ta'sir etish uchun shoir nasihatni taqdiri azal oxiratidan dalil keltirib izhor etadi. Qismat shundayki, odam hayotdan ko'z yumgach, qaro yer qo'yni unga "chok" bo'ladi, ya'ni йфик qazilib, marhum dafn etiladi. Oxir-oqibatda inson jasadi tuproq-xokka aylanadi. Binobarin, shoir so'zini ana shunday mantiqiy asoslab turib saboq beradiki, "Ey odamzod, baribir bir kuni tuproqqa qorisharkansan, undan burunroq tuproqsimon yaxshilarning fidosi bo'lgin". "Tuproqsimon yaxshilar" esa bu kamtarin insonlardir.
Ответить 
"+" от:
Старый 21.02.2009 11:01   #72  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Odamlarga yaxshilik qila olmasa, loaqal, yomonlikni ham ravo ko'rmaslik mumtoz bobokalaonlarimiz tomonidan bot-bot ta'kidlangan hikmatlardandir. Islom madaniyatida mo'min uchun qattiq ta'qiqlangan yomonliklardan biri g'iybatdir.
Цитата:
Mo'mineni g'iybatidin munda og'zing pok qil,
Anda do'zaxni o'ti misvok bo'lmasdin burun.
Tangri taborak va taolo Kalomi shariflarda insoniy munosabatlarni buzuvchi eng yomon illatlar qatorida g'iybatni qoralab, insoniyatni undan qaytargan ekan: "Ey mo'minlar, ko'p gumonlardan chetlaninglar! Chunki ayrim gumonlar gunohdir. (O'zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar va ayrimlaringiz ayrimlarni g'iybat qilmasin!Sizlardan biron kishi o'zini o'lgan birodarining go'shtini yeyishni yaxshi ko'rurmi?! (Bas, gunohi bundanda ortiqroq bo'lgan g'iybatni ham yomon ko'ringiz). Allohdan qo'rqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir". (Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi, "Cho'lpon" nashriyoti, Toshkent, 1992-yil, 492-493-betlar)
Biror kishining aybini yo kamchiligini, г ma'naviy, ruhiy, aqliy, jismoniy xususiyat bo'lishidan qat'iy nazar, o'zi ishtirok etmagan davrada gapirish g'iybatdir. Qur'on ta'limotida g'iybat o'lgan birodarining go'shtini yeyishdan ham ortiq gunoh sifatida qoralanar ekan, g'iybatchilik mutlaqo g'ayri insoniy odat ekanligini yaqqol tushunish mumkin. hadis ilmida faqat пэшнифе qilishgina emas, balki, g'iybatchining suhbatida ishtirok etish, mo'min birodarini g'iybatdan himoya qilishga qodir bo'la turib, himoya etmaslik ham og'ir gunoh sanaladi.
Huvaydo g'iybatni alohida baytda tilga oladi va undan saqlanishga da'vat etadi. Huvaydo pandicha, bu dunyoda og'izni g'iybatdan pok tutish zarur. Misvok- tish va og'iz bo'shlig'ini tozalovchi shifobaxsh ildiz. Agar odam og'zini g'iybat bilan bulg'asa, narigi dunyoda uning og'ziga misvok o'rniga do'zax olovlari poklovchi vosita bo'ladi. "Do'zax o'ti", "misvok" obrazlari orqali Huvaydo axloqiy g'oyani aniq va ta'sircha ifodalashga erishgan.
Ответить 
"+" от:
Старый 21.02.2009 11:06   #73  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Komil inson uchun eng muhim fazilatlardan biri qanoat bo'lib, г odamzotni badnafslik va ochko'zlik ofatlaridan omon saqlashi mumkin. G'azalning navbatdagi baytida shu mavzu yoritilgan:
Цитата:
Ko'rsatib ganji qanoat, och ko'zingni sayd qil,
Ko'zlaringni kosasiga xok to'lmasdan burun.
Shoir Huvaydo o'z g'azalida ko'z kosasiga tuproq to'lmasdan burun, och ko'zni to'ydirish tadbirini ko'rsatadi. Och ko'zning muddaosi ganj-xazina. Shunday ekan, uning og'zini xazina bilan bog'lash kerak. Faqat och ko'zni ovlash uchun mol-dunyo xazinasini emas, qanoat xazinasini safarbar etish lozim.
Ответить 
"+" от:
Старый 21.02.2009 11:11   #74  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Navbatdagi nasihat kamtarlik, kamsuqumlik, beta'malik xususida:
Цитата:
Xoru xasni yostanib, qilma ta'madin bir xase,
Qabring uzra to'dayi xoshak unmasdin burun.
Inson omonat dunyodan abadiy maskanga safar qilgach uning йфикш muqarrar ravishda o't-o'lanlarga burkanadi. mavsumi o'tgach, ular qurib-qovjirab, xas-xashakka aylanadi. Inson jasadi xas-xashak ortida qolib ketadi. Huvaydo hikmaticha, oxir -oqibatda odamzod jisman xasdan ham past ahvolda qolar ekan, shundan burun dunyo molidan bir xaschalik narsa ta'ma qilmasdan, xoru xasdek xokisorlik maqomiga erishishi naqadar oqilona yo'l.
Ответить 
"+" от:
Старый 21.02.2009 11:21   #75  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Mo'minlarning ko'ngliga ozor bermaslik, ularni g'am o'ti bilan o'rtamaslik, aksincha, shodlik bilan sarafroz etish tasavvuf adabiyotining eng insonparvar g'oyalaridandir. Alisher Navoiyning "Kimki bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay" yoki Boborahim Mashrabning "Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen, Agar bir dilni buzsang, yuzar Ka'ba buzulmazmu" kabi baytlari ushbu g'oya ifodasining oliy namunalaridandir. Mutasavvuf shoirlar mo'minlar ko'nglini Ka'baga o'xshatishadi. Chunki iymonli inson ko'nglida Alloh bor. Shuning uchun Alloh yashayotgan uyga aylangan mo'min ko'nglini shod etish Ka'bani obod etishdek savob, mo'min dilini og'ritish Ka'bani buzishdek gunoh sanaladi. Huvaydoning navbatdagi baytida mana shunday so'fiyona dunyoqarash mujassam:
Цитата:
Qilma g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,
Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdin burun.
Huvaydo mo'min dilini g'amga botirgan odam tong-la mahshar kuni bu gunohi uchun Tangri oldida g'amgin qiyofada javob berajagidan ogohlantiradi. Demak, qiyomat kuni Alloh huzurida mulzam qolishdan burun mo'minlar ko'nglini shod etishga shoshilish lozim.
Ответить 
"+" от:
Старый 24.02.2009 16:07   #76  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Muqaddas hadislardan birida shunday hikmat bor: "Ogoh bo'lingki, umringizning qolgan qismi bamisoli yashab turgan kuningizning qolgan qismi kabidir". shu hikmat mazmunidan kelib chiqib< Huvaydo g'azalining tugallanma baytiga nazar solaylik:
Цитата:
Ey Huvaydo, kechalar yig'lab yaqongni chok qil,
Domani subhi qiyomat chok bo'lmasdin burun.
Tun bilan tong orasida bir kechalik hayot bor. Ogoh bo'lmoq lozimki, bizga berilgan umr yoxud uning qolgan qismi tun bilan tong oralig'idek juda qisqa, tez o'tar fursatdir. Kecha oxirida falak yoqa yirtib, tong otadi. Kechani g'animat bilib, Tangri oldidagi qarz va gunohlarni qiyomatga qoldirmay, toat-ibodat, tavba-tazarru, poklanishlar bilan tongni qarshilashga odatlanmoq farzdir..
Bu g'azalning badiiy qimmati shundaki< mo'jaz bir g'azalda shoir Huvaydo inson axloqi uchun zarur bo'lgan olti fazilatni qamrab olib talqin etgan. Birinchi baytda xokisorlik, ikkinchi baytda g'iybat qilmaslik, uchinchi baytda qanoatpeshalik, to'rtinchi baytda ta'masizlik, beshinchi baytda beozorlik, oltinchi baytda obidlik, ya'ni toat-ibodat bilan mashg'ullik amallari mo'min-musolmonga dasturalamal sifatida uqtiriladi. Yagona g'oyani yoritishga qaratilgani va bu go'ya baytlararo izchil ochilib, yaxlit mazmunni ochishga xizmat qilgani uchun ham g'azal yakpora g'azal hisoblanadi.
Ответить 
"+" от:
Старый 01.06.2009 21:31   #77  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Анвар Хожиахмедовнинг "Навоий арузи нафосати" номлик китоби сотувда бор экан... Мумтоз адабиётга оид яхши маълумотлар хам борга ўхшайди...
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 13.10.2009 20:09   #78  
Аватар для iSultan
Оффлайн
Сообщений: 189
+ 45  37/26
– 2  2/2

Uzbekistan
Навоий газалларини укиб, советлар замонида Комил Яшинга ухшаш одамлар томонидан Узбек адабиёти умуман бошка шаклда хаклкка такдим этилганлигига яна бир бор амин булдим.
Абу Муслим шархлар учун рахмат.
Ответить 
Старый 02.11.2009 18:48   #79  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Ўзбек адабиётига оид яхши сайтни кимдир килса, деб роса кутдим... : )
Ахири ўзим килмасам бўлмайди деган хулосага келдим...

www.adabiyot.com - доменини сотиб олдик... : )
Ответить 
Старый 05.11.2009 19:06   #80  
Аватар для Fariza Hasanova
Оффлайн
uy
bekorchi
Сообщений: 60
+ 135  56/29
– 0  0/0

Uzbekistan
O'zbek adabiyotiga oid ma'lumotlardan men ko'pincha www.ziyouz.com sayti orqali foydalanaman.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх