Цитата:
Сообщение от JUS
Balki noxaqlik evaziga u nimasidandir ayrilgandir o'sha vaqt. Alamini kimdan olishini bilmay, biror insonni dilini og'ritib qo'yishni oldini olib, shu jirkanch ishni qilib ko'ngli xotirjam topgandir. Aslida ko'nglida kiri yo'q, odobli, aqlli, madaniyatli qolaversa farosatda boshqalarga na'muna bo'ladigan shaxsdir. Kim bo'lganda ham yaxshi ish qilmagan, lekin...
|
Bir kuni, birovning mashinasini olib qochib ketib uzoqqa borolmay urib pachog`ini chiqargan kap-katta odamni sud (katta pul evaziga) mana shunaqa gaplar bilan oqlagan edi.
"Balki u ham mashina haydashni istagandir, axir orzuga ayb yo`q-ku, sizlar uning ichki dunyosiga kiringlar" va hakazo va shunga o`xshagan gaplar.
Men o`zim o`g`limga shunday saboq beraman.
"Agar birov senga nisbatan qo`pollik yoki yomon ish qilsa avval u nimaga shu ishni qilyapti deb o`zingdan ayb qidir. Aybing bo`lmasa, u qanday ahvolda edi deb uning ahvolini tushunishga harakat qil, agar bu ham joyida bo`lsa u bilan tenglashib o`tirishning hojati yo`q, juda ham qattiq ketmagan bo`lsa indamay ket yoki haddingdan oshmagan holda javob ber".
Bu yerdagi ahvolni esa hech narsa bilan oqlab bo`lmaydi. Jamoa mulkida nima ayb, uning ta`miriga uni xafa qilgan rahbar kissasidan pul to`lamaydi-ku. Shunaqa ahmoqning orqasidan qancha odam zarar ko`radi.