Цитата:
Сообщение от Maestro
Устоз, гапни айлантиришнинг нима кераги бор?! ;-) Айнан шу мавзу мактабга алоқадор бўлганлиги учун ҳам гап шу борада бораяпти. Қўшни мавзуларда эса ёзувчилар, санъаткорлар, актёрлар, журналистлар ва х.к. ҳам роса ғийбат қилганмиз;-). Тегирмон навбати биланда энди. ;-)
|
Maktab to`g`risida ekanligi kunday ravshan, ammo faqat o`qituvchining sha`niga balchiq chaplashning nima keragi bor? Umuman olganda balandparvoz gaplarni yoqtirmayman, ammo bir rahbarga qarab "Men bu yerda (maktabda) sizni ham, ozimni ham, o`sha vazirlarizzi deb ham emas mana shu bolalarni deb yuribman" deganimda balandparvoz gap gapirih niyatim yo`q edi (buni mensiz ham eplab yotishibdi). Faqat, yaqqol ko`rinib turgan narsani tushunishga aqli yetmaganlar o`qituvchiga hamma narsani ag`darayotganida qaysi joyi bilan o`ylayotganini tushunmayapman. Haqiqatga mening qarshiligim yo`q, ammo bu pul muammosida o`qituvchining aybi yo`q. Bu narsalarni o`quvchilar o`qishlari mumkin ekanligini ham hisobga olyapsizlarmi?