Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 27.09.2010 16:52   #61  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение

Ma'naviyatli inson haqidachi? Nima deya olasiz?
Ma'naviyat haqida tushunchaga ega bo'lib, unga amal qiladigan - so'zi va ishi bir insonni ma'naviyatli inson deb bilaman.
Birgina misol: ma'naviyat haqida dars o'tib, sesssiya oxirida talabalaridan pora oladigan domlani ma'naviyatli inson deya olmaymiz. Ma'naviyatli inson ma'nili yoki bama'ni bo'ladi.
Ma'naviyatni yuksaltirish uchun quruq safsata sotish emas, amalda ham biror chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Ma'naviyat, ma'no, bama'ni so'zlarining o'zgi-asosi bitta!!!
Salom Nigora! Sizning fikrlaringizga xurmat bilan qarashimni bildirgan xolda, yuqoridagi fikrlaringizdan biriga o'z fikrimni bildirishimga qarshi emassiz va ijoz'at berasiz degan umiddaman.

Poraxo'rlikka mutlaqo qarshiligimni bildirgan bir paytda, insonning pora olish olmasligi uning ma'naviyatli yoki ma'naviyatsiz ekanligini to'liq ifoda eta olmaydi degan fikrdaman. Albatta, poraxo'rlik bu hunuk ish bo'libgina qolmay, u insoniyat taraqqiyotiga katta to'sqinliklardan biri deb xisoblayman. Buni vaqtida tushunib yetib tavba qilish inson ma'naviyatining go'zalligi deb bilaman.
Ответить 
3 "+" от:
Старый 27.09.2010 17:07   #62  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Samariddin Посмотреть сообщение
Ma'naviyat ma'rifatdan kelib chiqadimi yoki ma'rifat ma'naviyatdan kelib chiqadimi?
Fikrimcha, ma'rifat bu diniy ma'naviyatning manzili xisoblanadi. Diniy ma'naviyat bu umumiy ma'naviyatning bir ko'rinishidir.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.09.2010 17:38   #63  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Samariddin Посмотреть сообщение
Meni fikrimcha,ma'naviyat ma'rifatga erishish yo'lidagi bir bosqich.
Bu gapingiz bilan ma'rifat tushunchasini ma'naviyatdan kengroq demoqchi bo'lyapsiz, menimcha.
Ma'naviyat haqida shuncha gap bo'ldi, siz ma'rifatni undan yuqoriroq ekanini isbotlab bering unda.
Salom Aziza! Samariddinning gaplariga to'liq qo'shilmasam xam unda jon bor deb o'ylayman. Ma'naviyatsiz ma'rifatga erishib bo'lmaydi. Ma'naviyatning har hil ko'rinishlaridan biri bu diniy ma'naviyatdir. Uning yuqori cho'qqisi ma'rifat hisoblanadi. Ammo uni bosqich deb ata olmayman. Ma'naviyatning boyishi bu jarayondir. Bu jarayonning to'htashi yoki susayishi sabablariga har hil sharoitlardan va bahonalardan kelib chiqqan holda bilimga intilish kamayishi, yoki umuman yo'q bolib ketishi, va shu qatorda turli ruhiy zaifliklarni keltirsak ham bo'ladi. Bu jarayon teskari harakatlansa degradatsiya deb ataymiz. Degradatsiya so'zini izohlash shart emas deb o'ylayman.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 27.09.2010 18:45   #64  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Leonardo1024 Посмотреть сообщение
Butun UZB da ma'naviyatni yoshlar ongiga singdirish bilan siyosatchilar ovora
O'zi ma'naviyat manimcha tabiiy ravishda tu'gma berilgan buladi.
Shuncha manaviyat deb yurtimizda olamga jar solishmoqda. Uzbek yoshlari shunga qaramay 90 % betartib va madaniyatsiz !!!
Bu fikrga butunlay qo'shila olmayman. Fikringizda bir necha savolni ko'tardingiz. Bularga o'zimni fikrimni bildirsam.

1) O'zbekistonda ma'naviyatning inson hayotida muhim va ajralmas rolini va bu tushunchani yoshlarimiz ongiga yetqizish nafaqat siyosatchilarimiz, balki har birimizning uydagi ota-onamiz, mahalla ko'ydagi qariya-oqsoqollarimizning minglab yillar davomida maqsadi bo'lib kelgan deb o'ylayman.

2) Ma'naviyat tug'ma berilmaydi. U vaqt, hayot davomida shakllanadi va kengayadi. Insonga tug'ma ong beriladi.

3) Avvalam bor betartiblik, madaniyat va ma'naviyat so'zlari bir biriga bog'liq bo'lgani bilan, ularning ma'no-mazmunida farq bordir. Bu farqni tushunishimiz zarur deb bilaman. Madaniyat bu ma'naviyatning tashqi belgisi, ya'ni inson hulq atvoridagi aksi deb aytish mumkin, lekin insonning tashqi hulq-atvori har doim ham ichki dunyosini aks ettiravermaydi desak adashmaymiz. Urf odatlarimiz ham madaniyatimizning bir ko'rinishidir. Ba'zi bir urf-odatlarimizga to'liq tushunar tushunmas, hohlab hohlamay amal qilamiz. Bir insonning madaniyati ikkinchi insonnikiga to'gri kelmasligi mumkin. Ammo ulardan biri madanniyatli, ikkinchisi madaniyatsiz deb ayta olmaymiz.

4) 90% o'zbek yoshlarimiz madaniyatsiz va betartib deb yozdingiz. Bunday statistikani qaerdan oldingiz? Agar ko'cha kuyda yoshlarimizning hulq atvorini kuzatib yurib shu hulosaga kelib shu bahoni berayotgan bo'lsangiz adashasiz deb o'ylayman. Hech kim aqlli yoki dono bo'lib tug'ilib qolmaydi. Demak atrofdagilarning ta'siri bor. Yoshingiz kattaroq bo'lsa betartiblikni ko'rganda ikki og'iz nasihat qilib qo'ying. Og'ir joyi yo'q. Shu ishni qancha ko'p qilsak shuncha yahshi. Albatta do'q po'pisani ishlatishdan inson o'zini cheklashi lozim deb o'ylayman. Do'q po'pisa yoshlar ma'naviyatiga notu'gri ta'sir qilishini hisobga olmoq zarur, ya'ni ularning ongida zo'ravonlikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 28.09.2010 01:22   #65  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Husniddin Ato Посмотреть сообщение
Bir qancha vaqtdan beri meni bir masala qiymayapti. Bizning xalqimizda ma'naviyat, madaniyat, odob-axloq, hurmat kabi xislatlar kuchayib boryaptimi yoki ...?

Bizning maktab davrlarimizda o`qituvchilarmiz va kattalarning ko`p qaytaradigan tarbiyalaridan biri "avtobusda ketayotganingda o`zingdan kattaga joy ber" edi. Nima bu o`git ham endi modadan qoldimi?

Hatto yoshi 15-19 yoshlardagi qizlar ham oldilariga 50-65 yoshli ayol kelganda ham pinaglarini buzishmayapti. Ikkalasi bitta naushnikni qulog`iga taqqan qiz va yigit esa avtobusga keksa kishi chiqganiga e'tibor ham bermayapti. A'tibori tushgan mahalda esa, boshqa bir o`ziga o`xshagan yalqovning joy berishiga umid qilayapti.

Afsuski bu holatga har kuni yoki kun ora guvohi bo`layapman.
Xo`sh nega shunday-a?!
Yahshi o'zgarishlar bilan bir qatorda o'zligimizga zid bo'lgan ba'zi o'zga halqlar (ayniqsa g'arb davlatlari) madaniyatining salbiy ta'siri ham sezilib turadi. Ko'p chet ellarda bo'lganman, ayniqsa g'arb davlatlarida kuzatganman: odamlar o'zidan kattalarga turib joy berishni odat qilmaganlar. Menimcha, bu holat g'arb davlatlarida, hususan AQShda 60 inchi yillarda ''Hippi yo'nalishi'' ko'rinishida keng tarqalgan va keyingi avlodlarga o'z salbiy ta'sirini hozirgacha ko'rsatib kelmoqda. Mazkur yo'nalish o'zining o'zboshimcha hayot tarzi, takabburlik, beparvolik kabi hunuk qirralari bilan tanilgan va ayni shu qirralari Ovrupo va boshqa g'arb davlatlarining o'ziga hos madaniyatiga salbiy ta'sir etib kelmoqda. Bizlarga bu fenomen 80 inchi yillarda qayta qurish dasturi amalga oshirilishi davomida kirib kela boshladi.

Tarihda hali hech bir mamlakat o'tish davrini qiyinchiliksiz bosib o'tmagan. Shunday sharoitlarda yoshlar tarbiyasi, ularning ma'naviyati yuksalishida oila va mahallaning muhim o'rin egallashini bizlarga bir necha bor ta'kidlagan insonni ham bilamiz.

Hozirda yoshlarimizga internet, teleko'rsatuvlar, turli hil o'yinlar, ko'cha va transportlarda reklama stendlari yordamida odobni, hulqi-atvorni, umuman milliy ma'naviyatimiz va madaniyatimizning go'zalliklarini o'rgatsak bo'ladi. Bularni amalga oshirishda bugungi kunda juda keng sharoit yaratib qo'yilgan.
Ответить 
"+" от:
Старый 28.09.2010 02:18   #66  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Husniddin Ato Посмотреть сообщение

Xo`sh nega shunday-a?!
Hamma gap egosentrizmning kuchayib ketayotganligida. hamma yaxshi narsa menga bo'lishi kerak, hamma menga e'tiborli bo'lishi kerak, men hammadan aqlliman degan tushunchalarni paydo bo'layotganligida deb o'ylayman. Ayrim yoshlarimiz o'rtasida "Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l" degan tushunchalar yo'qolib bo'lgan hozirgi kunda.
Tanqid qilgan bilan ish bitarmidi? Avvallari "Bir bolaga yetti qo'shni ota-ona" edi. Hozir esa u davrlar o'tib ketgan.
Nega endi unday deysiz!? Tanqid qilish ham kerak deb o'ylayman, me'yorida albatta. Nasihatni ham ayamaslik kerak. Odob to'g'risida bir chiroyli maqol keltirdingiz, shu va shunga o'hshash maqollarimizni tez tez ishlatib turishimiz kerak. Yoshlarimiz qulog'ida chalinib tursin doimo.

Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Ibragim Yermatov Посмотреть сообщение
Сиз кўрсатган мисолда муаммо ёши каттароқ йўловчининг бир оғиз сўзи билан ечилади. Ажойиб ёшларимиз бор. Ҳамма ёшларни бир қилиш керак эмас.
Афсусларким, Иброхим ака ундай ёшларимиз бармок билан санарли колган хозирги кунда. Агар ёши каттарок йуловчи "бир огиз суз" гапмрса, ёшларимиз "ун огиз" килиб "доноликлари"ни намоён килишади.
Ibrohim akaning fikrlariga qo'shilaman. 'Yahshi gapga ilon inidan chiqar'. Bir og'iz so'z bilan ko'p narsani echsa bo'ladi. Yoshlarimizning psihologiyasini tushunish biz o'ylagandan osonroq deb hisoblayman, o'zimiz ham yosh bo'lganmiz.

Bir og'iz gapga o'n og'iz gap qaytarishi uchrab turadi. O'zingiz ham bir misol keltirib o'ttingiz Chiroyli qilib, kesatuvsiz, do'qsiz yoshi kattaroq odam gapirsa o'shnaqa ashaddiy gap qaytaradiganlarning katta qismi ham bosh egadi deb o'ylayman. Bosh egmagaydigani chiqib qoladi, unaqalar kayfiyatingizni buzishga arzimaydi. Aqli, uyati bo'lsa tushunib oladi. Nasihatni ayamang!
Ответить 
"+" от:
Старый 28.09.2010 02:38   #67  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Ibragim Yermatov Посмотреть сообщение
Сиз кўрсатган мисолда муаммо ёши каттароқ йўловчининг бир оғиз сўзи билан ечилади. Ажойиб ёшларимиз бор. Ҳамма ёшларни бир қилиш керак эмас.
Хамма бало шундада. 25-30 ёшдаги "ёш"ларгаям хомиладор аёлга жой беришни катталар эслатиб туриши керакми?
Menimcha kerak necha yoshdagi ''yosh'' bo'lishidan qat'iy nazar. Har hil sharoit bo'lishi mumkin. Inson hayol bilan ketayotgan bo'lsa homilador ayol borligiga e'tibor bermagan bo'lishi mumkin. Yoshlarimiz bir birlari bilan gaplashib ketayotib beparvolik qilib qo'yishi mumkin. Bir og'iz so'z bilan ularga bildirib qo'yish qiyin emas.
Ответить 
"+" от:
Старый 29.09.2010 08:34   #68  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Assalomu alaykum, muhtaram Abdulaziz aka Muhammad!

Avvalambor bir-biridan teran va mazmunli fikrlar qoldirayotganingiz uchun tashakkur, o'rinli gaplarni aytib o'tmoqdasiz. Allah rozi bo'lsin, ko'p fikrlaringizga qo'shilgan holda bir kichik savol bersam.

Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
2) Ma'naviyat tug'ma berilmaydi. U vaqt, hayot davomida shakllanadi va kengayadi. Insonga tug'ma ong beriladi.
Mana shunga salgina tushunmayapman, uzr. Ma'naviyat tug'ma berilmaydi deyilganiga biron dalil keltirib o'tasizmi?

Negadir men buning aksini deb o'ylagan ekanman. Ong - aql butun maxluqotga berilgan, faqat insonning undan farqi unga berilgan ma'naviyatida deb tushungandim. Siz aql bilan ma'naviyatni bir-biridan qanday farqlaysiz? Mumkin bo'lsa shu haqda ham aytsangiz.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy

Последний раз редактировалось Kavsar; 29.09.2010 в 08:36.
Ответить 
"+" от:
Старый 29.09.2010 09:06   #69  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Inson ma'naviyati bilan ulug'

Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Assalomu alaykum, muhtaram Abdulaziz aka Muhammad!



Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
2) Ma'naviyat tug'ma berilmaydi. U vaqt, hayot davomida shakllanadi va kengayadi. Insonga tug'ma ong beriladi.
Mana shunga salgina tushunmayapman, uzr. Ma'naviyat tug'ma berilmaydi deyilganiga biron dalil keltirib o'tasizmi?

Negadir men buning aksini deb o'ylagan ekanman. Ong - aql butun maxluqotga berilgan, faqat insonning undan farqi unga berilgan ma'naviyatida deb tushungandim. Siz aql bilan ma'naviyatni bir-biridan qanday farqlaysiz? Mumkin bo'lsa shu haqda ham aytsangiz.
Men ham shunday oylayman, nimaga bo'lmasa nasl tozaligiga va nikohga ahamiyat beriladi?
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
"+" от:
Старый 30.09.2010 03:45   #70  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Assalomu alaykum, muhtaram Abdulaziz aka Muhammad!

Avvalambor bir-biridan teran va mazmunli fikrlar qoldirayotganingiz uchun tashakkur, o'rinli gaplarni aytib o'tmoqdasiz. Allah rozi bo'lsin, ko'p fikrlaringizga qo'shilgan holda bir kichik savol bersam.

Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
2) Ma'naviyat tug'ma berilmaydi. U vaqt, hayot davomida shakllanadi va kengayadi. Insonga tug'ma ong beriladi.
Mana shunga salgina tushunmayapman, uzr. Ma'naviyat tug'ma berilmaydi deyilganiga biron dalil keltirib o'tasizmi?

Negadir men buning aksini deb o'ylagan ekanman. Ong - aql butun maxluqotga berilgan, faqat insonning undan farqi unga berilgan ma'naviyatida deb tushungandim. Siz aql bilan ma'naviyatni bir-biridan qanday farqlaysiz? Mumkin bo'lsa shu haqda ham aytsangiz.

Salom Kavsar! Savollaringiz o'rinli deb o'ylayman. Ularga quyida javob berishga urunib ko'raman. Eslatib o'tay bu mening shahsiy fikrlarim.

Ong va ma'naviyatni vinchester (harddisc) va fayllar, dasturlar misolida ko'rsak bo'ladi. Ongni vinchester deb olsak, uning hotirasidagi fayllar va dasturlar ma'naviyat deymiz. (Ba'zi olimlarning aytishicha inson o'z miyyasining o'rtacha o'ndan birini ishlatar ekan. Bu fikr qanchalik to'griligini aytolmayman, ammo inson oddatdagidan ancha ko'proq narsani o'rgana oladi deb o'ylayman).

Ong bu insonning ichki dunyosi deb bilaman. Inson onasining qornida embrion ko'rinishida, yoki tug'ilgandan keyingi but inson ko'rinishada bo'lsin uning ongining boshlang'ich nuqtasi qorong'u bo'shliqni tashkil etadi, meni fikrimcha.

Aql so'zining ma'nosi biror bir narsa tog'risida hulosa chiqarayotganda mantiqni ishlatish jarayoni va/yoki qobiliyati deb tushunaman.

Ma'naviyat bu yuqorida aytib o'tkanimizdek, ma'nolar, tushunchalar, hissiyotlar, fikrlar, hulosalar to'plami, yig'indisi deb tushunaman. Inson umr davomida yangi narsalarni o'rganadi, hotirasiga saqlaydi, natijada uning ma'naviyati kengayib boradi. Yana bir o'hshatish: ma'naviyat bu insonning ichki va tashqi dunyosini bog'lab turuvchi ko'prikdir.

Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 30.09.2010 в 04:14.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх