uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Ma'naviyat u nima o'zi? (https://uforum.uz/showthread.php?t=6033)

Abduganiyev Murod 07.08.2008 09:43

Ma'naviyat u nima o'zi?
 
Biz ko’cha kuyda yoki ishda umuman hayotda “Ma’naviyat” degan tushunchaga ko’p to’xtalamiz. Lekin xech o’ylab ko’rganmisiz Ma’naviyat nima?, Ma’naviyatli odam deb kimni atash mumkin? Shu va shular haqida siz bilan fikr almashamiz!:187:

Abduganiyev Murod 07.08.2008 09:45

Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.
I.A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat – Yengilmas kuch.”

Shohruh Rahmat 13.08.2008 16:17

Бу саволингизга юртбошимизнинг иборалари билан жавоб берсам батафсил жавбоб берсам керак:
"Маънавият-инсонни рухан покланиш, калбан улгайишга чорлайдиган, одамнинг ички дунёси, иродасини баккуват, иймон-эътикодини бутун киладиган, виждонини уйготадиган бекиёс куч, унинг барча карашларининг мезонидир":187:

Umid A’lamov 13.08.2008 16:38

инсоннинг таркиби тана (тело) ва рух (душа)дан ташкил топгани боис, инсон фақат танасини эмас, балки рухини илм, эътиқод, дин ва маданият хазинаси билан бойитишини маънавият деб тушунаман

Aziza Abdunabiyeva 15.08.2008 12:33

Цитата:

Сообщение от Umid A’lamov (Сообщение 129222)
инсоннинг таркиби тана (тело) ва рух (душа)дан ташкил топгани боис, инсон фақат танасини эмас, балки рухини илм, эътиқод, дин ва маданият хазинаси билан бойитишини маънавият деб тушунаман



Цитата:

Сообщение от Shohruh Rahmat (Сообщение 129222)
Бу саволингизга юртбошимизнинг иборалари билан жавоб берсам батафсил жавбоб берсам керак:
"Маънавият-инсонни рухан покланиш, калбан улгайишга чорлайдиган, одамнинг ички дунёси, иродасини баккуват, иймон-эътикодини бутун киладиган, виждонини уйготадиган бекиёс куч, унинг барча карашларининг мезонидир


Ma'naviyatli inson haqidachi? Nima deya olasiz?

Shohruh Rahmat 15.08.2008 16:04

Бунга хамма хар хил жавоб бериши мумкин. Хусусан мен:

"Одоб-ахлоки гузал, етук савияли ва билимга бой, иймон-инсофли, замон билан хамнафас ва мустакил фикрлайдиган, Ватани ва якинлари учун хеч нарсасини аямайдиган бошкаларга ибрат буладиган бир баркамол инсон деб тушунаман."

Nigora Umarova 17.08.2008 02:16

Цитата:

Сообщение от Aziza Abdunabiyeva (Сообщение 129938)

Ma'naviyatli inson haqidachi? Nima deya olasiz?

Ma'naviyat haqida tushunchaga ega bo'lib, unga amal qiladigan - so'zi va ishi bir insonni ma'naviyatli inson deb bilaman.
Birgina misol: ma'naviyat haqida dars o'tib, sesssiya oxirida talabalaridan pora oladigan domlani ma'naviyatli inson deya olmaymiz. Ma'naviyatli inson ma'nili yoki bama'ni bo'ladi.
Ma'naviyatni yuksaltirish uchun quruq safsata sotish emas, amalda ham biror chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Ma'naviyat, ma'no, bama'ni so'zlarining o'zgi-asosi bitta!!!

Nigora Umarova 17.08.2008 02:23

Aqlan yetuk, jismoniy jihatdan baquvvat, ma'naviy jihatdan pok inson barkamol insondir.
Inson turli xil sabablarga ko'ra nogiron bo'lishi mumkin, biroq ayrim sog'lom insonlarga nisbatan eliga, yurtiga, atrof-muhitga ko'proq foydasi tegadi. Bunday insonga nisbatan ham komillik tushunchasini ishlatsak bo'ladi.
Yuqoridagi fikrim bilan sog'lom insonlarni kamsitmoqchi emasman. Dono xalqimizning "Birni ko'rib fikr qil, birni ko'rib shukur qil" degan durdona fikrini eslatib o'tmoqchiman, xolos..

Nigora Umarova 18.08.2008 13:13

Цитата:

Odamzot nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan ko'ra sholg'om eksa qozoniga tushadi-ku.
Odamzot nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganda entikib ketadi? Undan ko'ra bulbulni sho'rvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku?
Odamzot nima uchun osmonda charaqlab turgan yulduzlarni ko'rib, ko'ngli zavqqa to'ladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku.
Odamzot nima uchun kitob o'qiyotib, suyukli qahramoni o'lib qolsa yig'laydi? Uni ytozuvchi "ichidan to'qib chiqargani"ni biladi-ku?
Odamzot nima uchun o'zga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsayu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yig'lab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.
Odamzot nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Go'dak alla eshitmasa uxlamaydimi?
Odamzot nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval o'tib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni ko'rmaydi-ku?
Gap shundaki, Odamzotni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Ma'naviyat deb ataladi!

O'tkir Hoshimov

Masud Mahsudov 21.08.2008 09:50

Ma'naviyat insonning ichki dunyosi, o'ylari, ahloqi, odobi, ilmi va dunyoqarashlarining tashqi olamdagi in'ikosidir. Albatta, u mavhum tushuncha...Lekin aynan mana shu mavhum tushuncha orqali inson hayoti aniq mazmunga ega bo'ladi.
Lug'aviy ma'nosi, bilishmcha, "ma'nolar to'plami"...Ya'ni, hayot mazmun, mohiyatining yahlit ko'rinishidir.


Текущее время: 19:48. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»