|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Закрыто |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#331 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
|
|
![]() |
#332 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
|
|
![]() |
#333 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Har kimki hayotdan olmasa ta’lim, unga o`rgatolmas biror muallim, deganlaridek, o`rganaman degan odamga hayot o`zi istaganidan ko`prog`ini o`rgatib qo`yarkan. Hech kim onadan shoir yo kuychi bo`lib tug`ilmaydi. Dard (masalan, ishq dardi!) chekkan – shoir, kuygan – kuychi bo`laverar ekan. Yoshlikda qanchalik sodda va ishonuvchan bo`lganimni eslab entikaman. Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi, deganlaridek hamon o`sha soddalik va ishonuvchanlik tark etmadi. Biroq, hayot ozmi-ko`pmi shumlikka ham o`rgatib qo`ydi. Bu – yaxshilikka, ezgulikka xizmat qiladigan “shumlik”. Undan hech kim ozor chekmaydi hisobi. Ozroqqina bo`lsa-da vijdoni borlarga tegishli xulosa chiqarishlari uchun yordam beradi. Murg`ak qalbimda ijodga ishtiyoq paydo bo`lganidan buyon ko`p aziz ustozlardan saboq oldim. Ijodning nozik sirlarini o`rganishda hamon davom etyapman. Hozir ham ustozlarning har bir durdona so`zini qalbimga jo qilishga intilaman. Gul bor joyda tikan ham uchragani misol o`sha ustozlarni topgan ijod maskanlarida goho bitta-yarimta “tikan”ga ham duch kelaman. Agar uning “maslahati” o`rinli bo`lsa, har qancha achchiq bo`lsa ham jon deb qabul qilgan bo`lur edim, afsuski... Ilk “tikan”ga roppa-rosa 35 yil ilgari, beshinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim duch kelganman. Undan avval maktabimiz devoriy gazetasida, so`ng respublika bolalar nashrlarida (hozirgi “Tong yulduzi”, “Turkiston” gazetalari va “Gulxan” jurnali) ancha-muncha she’r, ertak va maqolalarim chiqqandi. O`sha tahririyatlardan ijod sirlari bayon etilgan xatlar kelardi. Ijod bo`stonida adabiyot o`qituvchimizdan keyingi ustozlarim menga e’tibor bilan xat yo`llashgan o`sha aziz insonlar bo`lgan! Beshinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim o`qituvchimiz tuman gazetasiga ham yozishimni maslahat berdi. Pochta orqali maqola jo`natsam, butunlay o`zgartirib (o`zlaricha “tahrir” qilib) yoritishdi. Ochig`i, ba’zi “tahrir”lar sira yoqmasdi. Undan o`zim yozganlarim tuzukroqligini his etardim. Axiyri bir kuni o`ntacha she’rimni ko`tarib o`sha tahririyatga bordim. Kimdir “Madaniyat” bo`limiga kirishimni aytdi. Qiya ochiq eshikdan sekin mo`ralasam, qoshi qalin bir kishi savlat to`kib o`tiribdi. Salom bergancha iymanibgina kirdim. (Olloh rahmat qilgurlarning nomlarini aytmay va ruhini bezovta qilmay qo`ya qolaylik…) U qo`lyozmalarimni hijjalab o`qirkan, barmoqlari bilan nimanidir sanardi. Chamasi, sanog`i to`g`ri chiqdi. Demak, she’rlarning vazni joyida! Qofiyasiga ham e’tiroz bildira olmadi. Baribir, u aftini bujmaytirgan sari mening yuragim g`ijimlanib ketayotganga o`xshardi. Xuddi gunoh ish qilib qo`ygandek his etardim o`zimni. Nihoyat, “Madaniyat” bo`limi mudiri menga g`alati yuzlanib, shunday dedi: – Ulug` shoir ...ning she’rlarini ko`chirib kelgani uyalmadingizmi? Bu tuhmatomuz ta’nadan xafa bo`lish o`rniga xursandligimdan boshim shiftga tekkudek sakrab ketdim: – Ming rahmat, sizga! Demak, she’rlarim ulug` shoirniki darajasida! Men hech qachon birovdan ko`chirmayman, boshqalar mendan ko`chirsin! O`sha shoirning darslikka kiritilgan she’rlaridan boshqasini o`qimagan edim... – Muncha chuldiraysiz?!– Gapimni cho`rt kesdi mudir.– Sizdan shoir chiqmaydi, she’r yozish texnikasini bilganingiz bilan orginal fikr yo`q. Yaxshisi, maqola yozing. Faqat, birovlar bilan gaplashganda muxbirman deb osmondan kelmang, balandparvoz gaplarni yig`ishtiring!.. – Qachon, qaerda, kimga osmondan kelibman? Kimga muxbirman, debman? Balandparvoz gap, deysizmi?. Pastparvoz gap qanaqa bo`ladi?! – Muncha jizzakisiz?– Mudir boshini sarak-sarak qildi.– Sizga kasb etikasini tushuntirdim. Xohlamasangiz muxbirlik qilmang... Bo`g`zimga nimadir tiqilgandek indamay chiqib ketayotgandim, karidorda istarasi issiqqina kishi to`xtatdi. Gazeta muharriri ekan. She’rlarimni olib, meni xonasiga boshladi. Qo`lyozmalarimning u er-bu eriga qalam tekkizgan bo`ldi-da mayingina boqqancha shunday dedi: (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 08:54. |
|
![]() |
#334 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
– Mashqlaringiz yomonmas. Gazetaning keyingi sonida beramiz. Qurg`oqchilikdan so`liy boshlagan nihol suv ichganida qanday yashnab ketsa, bu ajoyib muomaladan shu qadar yayradimki, asti qo`yaverasiz! Birinchi uchragan “tikan”ga ko`rsatib qo`yish istagi tinchlik beramadi. Qandaydir qitmirlik paydo bo`la boshladi. Maktabimiz kutubxonasidan o`sha shoirning kitobini olib, to`rt-beshta she’rlarini ko`chirdim-da tagiga ism-familiyamni yozdim. Tahririyatga borib “Madaniyat” bo`limi mudiriga uzatdim. Qoshi qalin amaki yana barmoqlari bilan har bir “satrim”ning bo`g`inlarini sanab chiqdi-da bosh chayqadi. – Umuman she’rga o`xshamabdi,– dedi g`alati qarab.– Sizga maqola yozing, dedim-ku. Bu tuman gazetasi! Ko`proq xabar, maqola yozish kerak... Qo`lyozmalarimni qaytarib olgach, qayta ko`z yugurtirgan kishi bo`ldim-da atay boshimni changalladim: – Voy, kechirasiz, sizga boshqa narsani ko`tarib kelibman. Bu she’rlarni o`sha shoirning kitobidan ko`chirib olgandim. Shunchaki mashq qilish uchun,– dedim sumkamdan kitobni chiqarib ko`rsatib.– Mana, ishonmasangiz… Mudir shunday vajohat bilan qaradiki… o`zimga kelganimda avtobusda uyga qaytayotgan ekanman. O`shanda “IZLANISH va saboq” degan maqola yozdim. IZLANISH, bu – o`ziga xos ijodiy IZLANISH bo`lib, o`rischasiga aytganda, ayrim “tupoy”lar yo`limga to`siq bo`lganida uning basharasini ko`rsatib qo`yish uchun topgan usulim. Saboq – “tikan”ning basharasini fosh qilgach, chiqaradigan xulosa! Bu xulosani avvalo o`zi, keyin ijod muxlislari chiqaradi, degan umiddaman. Keyinchalik o`sha “Madaniyat” bo`limi mudiri bilan apoq-chapoq bo`lib ketdik. Menga ko`p yaxshiliklar qilgan bo`ldi. “Mang, manavi olmani eng,– degan gapi sira qulog`imdan ketmaydi.– Bu redakstiyaning bog`idan! Tatib ko`rsangiz, umringiz redakstiya bog`larida o`tadi!” Chindan ham umrim ijod bog`larida o`tmoqda! Qachonki biror muvaffaqiyatga erishsam, farishtadek ustozlar qatorida o`sha “tikan”ni ham eslab, ruhiga duo qilib qo`yaman… Ijod bo`stoniga kirib borar ekanman, tangrimning o`zi biri-biridan oqilu dono, fikri teran, bag`rikeng ustozlarga oshno qila boshladi. Onda-sonda biri-biridan beso`naqay, o`zini dono ko`rsatishga chiranadigan nodon, kaltafahm, “tikan”larga ham duch kelaverdim. O`shanda bu usul Umar Xayyom iborasi bilan aytganda, ko`p mushkul tugunni hal etishda qo`l kelaveradi. Jurnalistika fakultetini tamomlagach, boshqa bir tuman gazetasida faoliyatimni boshladim. Yana yangi ajoyib ustozlarga va yana qandaydir “tikan”larga duch kela boshladim. Farishta nurdan, odam tuproqdan yaralgan, deyishadi. Biroq, bu gazeta muharriri rosa mag`zava to`kilgan tuproqdan yaralgan ekan, desam jizzakiga chiqarmang... Yo`llanma bilan kelgan yosh jurnalistni g`oyat mehribonlik bilan kutib olgan muharrir ko`zimga avval farishta bo`lib ko`rindi. Bir kuni u menga shunday topshiriq berdi: “Gazetamizning o`tgan haftada chiqqan uchta sonini obzor qilib keling. Tanqidiy fikr bo`lsa tortinmay aytavering. Tahririyatimizga yangi kuch kelgani sezilsin!” O`shanda muharririmizning oppoq sochlari ostida qanday qora fikrlar g`ujg`on o`ynaganini qayoqdan bilibman. Ustamon sinab ko`rayotganini sal bo`lsa-da sezganimda qulfi dilimni bu qadar ochmasmidim, ularning g`ij-g`ij xatolarini xaspo`shlab gapirishga o`rganarmidim … Xullas, gazetamizning uchta sonini qip-qizil qilib bo`yab tashladim. Letuchkada bamisoli bulbuligo`yo bo`lib ketsam, deng… – Shunaqa shablon gazeta chiqargandan chiqarmagan...– deb boshlagan navbatdagi ta’nali gapimning yarmi bo`g`zimda qoldi. (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 08:56. |
|
![]() |
#335 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
– Bas!– Stolga qars etib urilgan mushtdan nafasim ichimga ketdi. Bir daf’a oraga tushgan sovuq sukunatdan vujudim muzladi. Muharririmiz menga eb qo`ygudek qaragancha majlisga yakun yasadi.– Gazetamizni “shablon” deganlarning o`zlari shablon! Qani, hamma o`z ishiga marsh! Keyin bilishimcha, muharrir yozgan muallifsiz bosh maqolalarni juda oshirib tanqid qilibman… Shu-shu olijanob muharririmiz men uchun “tikan”ga aylandi-qoldi. Har bir maqolamni qizil qalami bilan bo`yab “tahrir” qiladigan odat chiqardi. “Sababli” so`zini “tufayli”, “ammo”ni “biroq” shaklida boplab “tahrir” qiladi-da letuchkada (kunda-kunora o`tadigan majlisda) uni ko`z-ko`z qilib mag`zava to`kadi: – Mana, jurnalistika fakultetini tamomlab kelgan kadrning ahvoli! Bopladimmi, degandek g`olibona boqadi. To`rdagi tirjaygan mahalda pastdagilarning hiringlashini ko`rsangiz. Jamoamizda ijod nimaligini yaxshi tushunadigan ajoyib qalamkashlar ham bor edi. Ular xolisona fikrlarini yakkama-yakka qolishganida quloqqa shivirlab aytishardi... – Shu fikringizni nega letuchkada aytmaysiz?– So`radim bir kuni ensab qotib. – Endi-i, kimning aravasiga o`tirsang, o`shaning ashulasini aytasan, degan gapni eshitmaganmisiz... Bor-e, deya hammasiga qo`l silkib ketishingga bir bahya qoladi. Maqolalarimdan bitta nusxasini respublika gazetalariga yuborishni kanda qilmadim. Katta gazetalarda deyarli tahrirsiz yoritilayotgan qator maqolalarimni ko`rib ko`rmaslikka olishardi. Tuman gazetasi muharririning “tahrir”lari g`ashga tegavergach, yana bir bor “IZLANISH va saboq” usulini ishga soldim. Tarmoq rahbarlaridan birining nomini eshitganida muharririmizning labidan uchuq toshardi. Uning viloyat gazetasida yoritilgan maqolasini shartta ko`chirdim-da tagiga o`z ism-familiyamni yozib qo`ydim. Odatdagidek kotibaga topshirdim. (U paytlari almisoqdan qolgan yozuv mashinkasi ham kamyob edi. Birgina muharrir kotibasi chiq-chiq etkizib yozishiga havasim kelardi). Kotiba bu gal burunchasini jiyirgancha shunday dedi: – Sizzi narsayizzi qayta-qayta ko`chirishdan rosa charchadim-de. Avval qo`lyozmayizzi muharrirga ko`rsating. To`ygunicha chizsin, keyin birato`la mashinkalayman... Qo`lyozmamni ko`tarib muharrir xonasiga kirdim. Kotibasining gapini takrorladim. Muharrir tirishgan peshonasini battar tirishtirgan ko`yi qo`lyozmamni oldi-da qizil qalam bilan chizishni boshladi. Hash-pash deguncha qip-qizil qilib bo`yadi. (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 08:58. |
|
![]() |
#336 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Shunda oldiga o`sha viloyat gazetasini tashladim. Uning asl basharasini o`ziga ko`rsatib qo`yish uchun izlanganim va saboq olayotganimni oshkor qilgandim, u bir sapchib tushdi. Qo`lyozmamni ayovsiz g`ijimlarkan, sekin vishilladi: – Bugundan sokrashenaga tushdiyiz. Boshqa ish toping o`ziyizga… O`sha rahmatli muharrirdan ko`p yaxshiliklar ham ko`rganman. Odatimga ko`ra, biror muvaffaqiyatga erishgan onimda ustozlardan qancha mamnun bo`lsam, “tikan”larning ham boriga shukr qilib qo`yaman. O`ylab ko`rsam, “tikan”lar garchi jig`imga tegayotgan bo`lsa-da, parvozga shaylanayotgan burgutning qanotini yanada qayrashga xizmat qilayotganini to`g`ri anglamoq kerak! Haqiqiy tikanlar yo`lda oyoqqa qadalgani misol majoziy ma’nodagi “tikan” ijodning nurafshon yo`llarida uchrab turishi ham notabiiy emaskan. Ba’zan zo`r fikr tug`iladi. Uni ijodiy davralarda aytsam “ofarin!” deydigan fikri teranlar ko`p bo`ladi. Afsuski, yana peshonasi tirishgancha bosh chayqab, yo`qqa chiqarishga chiranadigan “tikan”lar ham jig`imga tegadi. Shunda “IZLANISH va saboq”ni biroz takomillashtirsam, olamguliston bo`ladi-qoladi. Ya’ni, o`sha fikrimni “falonchi buyuk allomaning mana bu fikriga nima deysiz?” deb gap boshlayman. “Tikan” shu zumda gulga aylanib ma’qullagach, matbuotda o`z fikrim sifatida bemalol e’lon qilaman. Jazavaga tushgan “tikan” meni ko`chirmakashlikda yo birovning fikrini o`zlashtirganlikda ayblash uchun chiranishini ko`rsangiz! Manba topib bo`psan! Manba kerak bo`lsa, mana! O`zimiznikidan zo`rini qattan topasan, nodon!! Ba’zan “tikan”larni sinash uchun buyuklarning fikrini o`z nomimdan aytib ko`raman. Shunda ularning ko`r-ko`rona bosh chayqashini ko`rib huzur qilib kulaman. Xulosa shuki, yolchitib yoza olmaydiganlar ijod bo`stoniga kirib qolsa, changitib, to`zdirishdan boshqasiga yaramaydi. Go`yo sizni tanqid qilgan bo`lib, o`zicha “ochko” yutadi. Bunaqa “tikan”lar ustidan bezavol o`tishning qulay usuli 35 yildan buyon yaxshi samara berayotgan ekan, undan hali yana bemalol 55 yil samarali foydalansam ajab emas! Hi-hi-hi. (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 08:59. |
|
"–" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#337 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Anglab etgan falsafamni qarang: hamma kasb tanlaydi. Biroq, shunday kasblar borki, ular o`zi munosib fidoyilarini tanlab oladi. Shulardan biri – jurnalistika! Tug`ma iste’doding bo`lmasa bu kasb egasi bo`lish juda qiyin. Bo`lganda ham yarashmagan yamoqqa o`xshab yurasan... Ijodkor esa hamma-hammasini o`zi kashf etadi, yangidan yaratadi. Yo`qdan bor qilish, yangilik yaratishning mashaqqati haqida gapirmasa ham bo`ladi. Ommabop va hammabop so`z aytish, dildagini tilga chiqarish, qiyomiga etkazib yozishning mashaqqati qancha bo`lsa, mas’uliyati undan ham kattaroq. Har bir gap-so`zing ma’naviyat va ma’rifat tarozisiga o`lchanadi. Bir shoir yozganidek: Odamlar bor, bir gap bilan suyab qo`yadi, Odamlar bor, bir gap bilan bo`yab qo`yadi. Ijodkorning har bir gapi yo suyaydi yo bo`yaydi… Bir gap bilan dunyoni hayratga solishi yo to`s-to`polonini chiqarishi hech gapmas. So`z aytish yo yozishning yana bir nozik va mashaqqatli jihati borki, uni ochiq-oydin tushuntirish g`oyat mushkuldir. E’tibor bergan bo`lsangiz, iste’molchilar atalmish odamlarga lazzatli ovqat, bejirim kiyim-kechak, hashamatli uy, chiroyli engil mashina qanchalik yoqishini izohlashga hojat yo`q. Afsuski, aksariyat xom sut emgan bandalarga yaxshi gap yoqmaydi... Qurilibdi, degan xushxabardan ko`ra – buzilibdi, urilibdi, surilibdi degan noxush xabarlarni jon qulog`i bilan tinglaydi. Urilish, surilish kabi sovuq gaplarni qoyilmaqom qilib aytganlarni olqishlaydilar... (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 09:00. |
|
"–" от:
|
![]() |
#338 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Gap iste’molchilarining ana shu “ehtiyojlari”ni yaxshi bilgan ayrim xorij telekanallari asosan dunyoning qaeriga o`t ketgani, qaerda portlash sodir etilgani, qaysi dengiz toshib, qancha odam cho`kib ketgani, qay bir samolyot yoki poezd halokatga uchragani va yo`lovchilar halok bo`lgani, qanaqa bankni o`marib ketishgani haqidagi gaplarga alohida urg`u beraveradi. Soddadil axborot iste’molchilari esa shunaqa ur-yiqit qabilidagi gaplarni qoyilmaqom qilib yoritganlarni demokrat deb hisoblashadi... Afsuski, bunaqa gaplar insoniyat taraqqiyoti uchun unchalik xizmat qilmasligini tushuntirganlarga quloq tutadiganlar necha foizni tashkil etarkin?.. Nazdimda, axborot maydonida to`g`ri gapingga to`g`anoq bo`ladiganlarga qarata aytilishi zarur bo`lgan gap Hadisi sharifda bitilgan ekan: “Ogoh bo`lingki, haq gapni bilgan kishining u gapni gapirishiga odamlarning haybati to`sqinlik qilmasin…” (“Axloq-odobga oid Hadis namunalari” kitobidan. –Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1990, 40-b.) Forumimizning beqiyos imkoniyatlaridan foydalanib “Gap haqida gaplar” turkumini bir chimdimdan e’lon qila boshlaganim hamono nomi gurjichaga o`xshash “Pfefferminze” deganlari “tikan”ga aylana boshladi. U boshda bir-ikkita xolisroq fikr aytgandek bo`ldi. Munkar va Nakir haqida yozgan fikrlari uchun tashakkur bildirdim. Keyin jo`yali gap topa olmasa qo`shnining bog`iga tuxum qo`yib keladigan nodon tovuqdek qizil “-” belgisini muttasil qo`yib jig`imga tega boshladi. (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 09:02. |
|
"–" от:
|
![]() |
#339 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Uni va ko`p she’r o`qiganman deb guppillab yurgan yana bir “tikan”ning basharalarini fosh etish uchun “IZLANISH va saboq” usulini ishga soldim. Ulug` shoirlarning Gap mavzusiga hamohang to`rtliklaridan yoritdim. Yo`q, “Pfefferminze” bu gal qizil tuxum qo`ymadi. Chunki, u tupoy emas! Yangi forumdosh ham emasligi shundan ayon bo`ldi-qoldi… Bekmirzoga o`xshash qalami tuzukkina, fikri teran-u, afsuski biroz surbet do`stimizning qo`shimcha niqobi, deyishdan tilimni tiyganim ma’qul. Shaxsan ko`rmagan narsangni gumon qilib gapirish bizga yarashmaydi. Men nomini vaqtincha tilga olmaslikka qaror qilgan forumdoshnikidan saviyasi ancha yuqori, yuragi ham tozaroqdek ko`rinadi. Maestro deganlari bilan taxminan teng fikrlaydi, biroq, undan bunaqa bachkanalik chiqishiga ishonmayman. Xulosa shuki, “Pfefferminze” – shu atrofdagi qitmir forumdoshlardan birining qo`shimcha niqobidan boshqa narsa emas! O`zi yolchitib biror narsa yoza olmaydi, yozganlarga loy chaplashdan charchamaydi… (Unga aytar gapim shu: e, birodar, qalaming yomonmas, fikrlashing chakkimas. Shu qobiliyatni kir va qora ishlarga sarflashdan muddaong nedur? Birovning bog`ini changitib va o`quvchilarni chalg`itib nafratiga uchramasdan Ijod bog`ingni yaratsang-chi!) Ko`p she’r o`qiganman deb guppillagan forumdoshimiz esa Abdurahmon Jomiyning to`rtligini ham “Umar Xayyomniki” deb bilag`onlik qilganida kulgidan o`zimni tiya olmadim. Bir paytlar Umar Xayyomning to`rtligini Abu Ali ibn Sinoniki deganida ham rosa kulgiga qolgandi bechora… Bilag`on Bekmirzo ham ko`p kitob kitob o`qimaganini ko`rsatib qo`ydi. Kitob varaqlaganida bizga “ko`chirmakashlik emasmi?” deya hovliqmalik qilmasdan o`sha bilag`on do`stiga qarata: “Bunisi Umar Xayyomniki, bunisi Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub!” deganida qoyil qolardim. Mana sizga “IZLANISH va saboq”ning achchiq sabog`i! Demak, bunaqa “tikan”lar men uchun 35 yil ilgari ham bo`lgan, xudo umr bersa, 55 yildan keyin yana duch kelsam aslo ajablanmayman. Nari borsa, ushbu qoralamalarimni yangi misollar bilan boyitib yoritishim va yangi muxlislarga “Gul va tikan” mavzuidagi masalnamo gaplarni taqdim etishim mumkin. “Tikan”ga, sen Gulga aylan, deyish noo`rin. O`zi baquvvatroq oyoqlar ostida sinib yanchilish uning qismatidir. Kezi kelganda ba’zi yosh forumdoshlarga aytadigan gapimiz ham qolib ketmasin. Mabodo biror tomoshaxonaga kirib qolsangiz, bodroqqa o`xshash pop-korn degan narsani chaynamang. Tomoshaxonani oshxonaga aylantirib biror narsa eyish – hojatxonaga aylantirib nimadir qilish kabi naqadar tarbiyasizlik, madaniyatsizlikdir! Tomoshaxonada odob bilan jimgina tomosha qiling! Eydigan narsangizni oshxonada yo uyda dasturxon boshida baham ko`ring. Boshqa narsaning ham o`z joyi borligini aytishimga hojat bo`lmasa kerak. Bu tarbiyani aslida oilada, bog`chada, maktabda olganingizda nur ustiga a’lo nur bo`lur edi! Qaysidir forumdoshimiz “Xalq so`zi” gazetasiga, yana biri “Bekajon”ga tosh otgandek bo`ldi. Ijodning mashaqqatli yo`llarida “Xalq so`zi”ning “x”sicha, “Bekajon”ning “b”sicha bo`la olsangiz do`ppingizni osmonga otavering. Chunki, afsuski, bu ajoyib ommabop nashrlarning saviyasiga eta olmayotganimizdan taassufdaman. Koshki edi o`sha gazetalarda avval o`zingiz biror mavzuni qoyilmaqom qilib yorita olsangiz! Yana kimdir “minbardan tushing” qabilida bema’ni gap yozdi. Baraka topgur, agar sahifamizni minbarga qiyos etsangiz, haftada bir ko`rinib qo`yganimizni ham ko`p ko`rmang-da. Undan ko`ra o`zingiz yuksaklardan turib aytishga arzigulik ijodiy fikrlar kashf eta olsangiz koshki edi! (Davomi navbatdagi sahifada) Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 19.08.2010 в 09:05. |
|
4 "–" от:
|
![]() |
#340 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
IZLANISH VA SABOQ
Bu gaplarni yozishdan maqsad – jahon axborot maydonida o`z ovoziga, salohiyatiga ega bo`lib borayotgan jonajon Forumimizda chinakam ziyoli, ma’nili, fikri teran ijodkorlar rosmana bo`y ko`rsatsa! Endi mayda-chuyda gaplarga barham beraylik, azizlar! Forumimiz bizni mushtlashtiradigan maydon emas, bil’aks, do`stlashtiradigan, hamfikr, hamkor qiladigan mo`’tabar maskan ekanligini unutmaylik! “Gap haqida gaplar” turkumi haqidagi tahliliy fikrlaringizni kutib qolaman. Barchangizga eng ezgu tilaklar ila To`lqin ESHBEK |
|
2 "+" от:
|
|