uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Gap haqida gaplar (https://uforum.uz/showthread.php?t=13146)

Tulqin Eshbekov 15.06.2010 19:19

Gap haqida gaplar
 
Qitiqlaydigan gaplar

Har gapga farishta omin deydi...
Onamning aytgani


O`zbekona har bir gapimiz zamirida olam-olam ma’no mujassam. Ularning ma’nosini qancha teran anglasangiz fikr sandig`ingiz shuncha boyiydi. Har qanday suhbat-u hangomada topib gapirganlar hech qachon yutqazmaydi! Gapidan adashganlargina yutqazishi mumkin! Chunki ular hayotda ham adashishlari hech gapmas. Gapini eplagan tinglashni ham biladi!
Ba’zilar qaerda qanday so`zlashni bilmaydi. O`rinsiz aytilgan gap qanaqa oqibatlarga olib kelishi haqida ko`pincha o`ylab ham o`tirmaydi. So`ng, hamma balo tilimdan, degan bilan o`rniga tushadimi? Nechundir oilada ham, jamiyatda ham yoshlarga eplab gapirishni o`rgatish o`rniga unga qarshi kurashamiz. Ota-ona farzandiga “kam gapir” deb tarbiya bersa, maktabda o`qituvchisi jim o`tirishga majbur qiladi. Talabalarga “tilni tiyish”ni eslatib turamiz. Shu zaylda ketaversak, ular gapirish san’atini qachon, kimdan o`rganadi? Faqat jim yurish oqibati nimalarga olib kelishini deyarli o`ylamaymiz... Axir, tili chiqib, ongi shakllanayotgan yoshlarga muomala madaniyatini o`rgatish tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri emasmi? Shayx Sa’diy ta’biri bilan aytganda:
“Ikki hol aqlsizlik: gap kelganda gapirmay,
Zarur chog`da jim turmay, bo`lib ketish so`zamol”.

(Davomi bor) :187:

Tulqin Eshbekov 15.06.2010 20:08

Qitiqlaydigan gaplar

Ulug` shoir Alisher Navoiyning “Izzat tilay desang, kam de” degan shoh satrlari mudom e’zozlanadi! Izzatini bilganlar bu o`gitga rioya qiladilar. Hamma shu falsafaga itoat etgan taqdirda, nimaga erishamiz, deguvchilar ham yo`q emas. Ular, izzat-hurmat deganlari yaxshi bo`lardi-yu biroq, nimanidir boy berib qo`ymaymizmi, deya iddao ham qilishadi. Ularga javoban bir “o`zlashgan” maqol: tilni tiygan boy bo`ladi!
Yoshlikdan yaxshi gapga o`rganmaganlar hayotda yomon gaplar girdobida qolib ketishi hech gapmas. Demak, yoshlarga chiroyli gapirishni o`rgatsak maqsadga muvofiq bo`lardi! Ish bilguncha gap bil, degan iddaoni kim qanday tushunadi, bilmadimu, biroq, dunyoviy tillarni puxta o`rganganlar hech qachon yutqazmaydi.

(Davomi bor)

Tulqin Eshbekov 16.06.2010 14:06

Qitiqlaydigan gaplar

Shu o`rinda gap atalmish buyuk ma’naviy ne’matning yaralishi, ibtidosi-yu intihosiga nazar tashlaylik. Bilamizki, dunyo asli so`zdan yaralgan. Ollohning “Bo`l!” degan kalomidan olam, yana “Bo`l!” deganida dunyo, so`ng tog`lar, daryolar, jonzotlar, Odamato yaralgani qadimiy kitoblarda yozib qo`yilgan.
Hozir ham biror odam gap-so`zsiz tug`ilmaydi. Ya’ni, bo`lg`usi ota-onalar ahdu-paymon qiladilar, nikoh o`qitadilar. To`ydagi tilaklar, o`lanlar... Bular har bir tug`ilajak inson hayotining ibtidosidagi buyuk gaplar! Bo`lmag`ur gaplar bilan tug`ilganlar ham yo`q emas. Ular “turli mish-mish bilan dunyoga kelgan”i mashhur she’rda yozilgan! Bu – g`iybat qilib yurgan nusxalarga berilgan bahodir.

(Davomi bor)

Tulqin Eshbekov 17.06.2010 23:24

Qitiqlaydigan gaplar

Hamma “inga”lab tug`iladi, pichirlab o`ladi.
Inson ko`p ishga ulgurmasa-da umri bo`yi gapiradi va tinglaydi.
Bemorga shifokorning dorisidan ko`ra ko`proq gapi malham.
Tili shirin xotinning eri hech qachon kasal bo`lmaydi.
Tilini tiymagan xotin tul qoladi...
Birov topib, birov qopib gapiraveradi.
Dunyoda biror ish gap-so`zsiz bitmaydi! Dunyo taraqqiyotida ilg`or fikrlar hosilasi bo`lgan gaplar o`rni alohida!

(Davomi bor)

Pfefferminze 18.06.2010 23:47

Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 413199)
Qitiqlaydigan gaplar

Hamma “inga”lab tug`iladi, pichirlab o`ladi.
Inson ko`p ishga ulgurmasa-da umri bo`yi gapiradi va tinglaydi.
Bemorga shifokorning dorisidan ko`ra ko`proq gapi malham.
Tili shirin xotinning eri hech qachon kasal bo`lmaydi.
Tilini tiymagan xotin tul qoladi...
Birov topib, birov qopib gapiraveradi.
Dunyoda biror ish gap-so`zsiz bitmaydi! Dunyo taraqqiyotida ilg`or fikrlar hosilasi bo`lgan gaplar o`rni alohida!

(Davomi bor)


Shu joyida, ko'p gapirmay, bo'ladigan ishni qil deb aytib o'tish ham kerak,menimcha, fikr tugallangan chiqar edimi?!

Tulqin Eshbekov 19.06.2010 02:09

Qitiqlaydigan gaplar

Aqli raso insonlar gap-so`z bo`lishdan qo`rqib yashaydilar...
Boshlig`ining bir og`iz gapidan miyasiga qon quyilib ketganlar qancha?
Gap bo`lmasa, janjal ham chiqmaydi.
Gapsiz na quvonch, na baxtga erishasiz...
Dunyodagi eng boy-badavlat odam ham yaxshi gapning gadosidir.
Yaxshi gapga ot, it, mushuk va boshqa jonivorlar ham erkalanadi.
Har bir insonni so`nggi manzilga kuzatish esa gap-so`zsiz bo`lishi mumkin emas. Rozi-rizolik, vasiyat qilish, aytib yig`lashlar, janazadan tortib, hatto qabristondan qaytishdagi “Yaxshi odam edi” deyishlar, so`ng behisob tilovatlar yurakka taskin beruvchi gaplardir! U dunyoda ham gapdan qutulmas ekanmiz. Munkarnakir bilan savol-javob bo`lar emish...

(Davomi bor)

Tulqin Eshbekov 19.06.2010 02:19

Цитата:

Сообщение от Pfefferminze (Сообщение 413526)
fikr tugallangan chiqar edimi?!

Бу бошқа мавзуга айланиб кетади-ёв. Бироқ, ўша мавзуда ҳам яхшигина мақола ёзса бўлади. Буни кейинроқ ўйлаб кўрармиз...

Pfefferminze 19.06.2010 19:28

Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 413545)
Qitiqlaydigan gaplar

Aqli raso insonlar gap-so`z bo`lishdan qo`rqib yashaydilar...
Boshlig`ining bir og`iz gapidan miyasiga qon quyilib ketganlar qancha?
Gap bo`lmasa, janjal ham chiqmaydi.
Gapsiz na quvonch, na baxtga erishasiz...
Dunyodagi eng boy-badavlat odam ham yaxshi gapning gadosidir.
Yaxshi gapga ot, it, mushuk va boshqa jonivorlar ham erkalanadi.
Har bir insonni so`nggi manzilga kuzatish esa gap-so`zsiz bo`lishi mumkin emas. Rozi-rizolik, vasiyat qilish, aytib yig`lashlar, janazadan tortib, hatto qabristondan qaytishdagi “Yaxshi odam edi” deyishlar, so`ng behisob tilovatlar yurakka taskin beruvchi gaplardir! U dunyoda ham gapdan qutulmas ekanmiz. Munkarnakir bilan savol-javob bo`lar emish...

(Davomi bor)

2 ta farishtani ismi birga qo'shib yozilmas edi, menimcha...Munkar va Nakir...keyin ular ikkisi u dunyoda savol-javobni qilmaydilar, balki savol -javob qabrda bo'ladi.
U dunyo deb, islom olamida jannat va do'zax tushuniladi.

Jannatda esa o'z navbatida gap bo'lmaydi, u yerda huzur va xalovat bo'ladi, lazzatlanish bo'ladi, Qur'on tilovati bo'ladi...Sizu-biz o'ylaydigan "gap-soz" hammasi bu foniy dunyoda...

Do'zaxda esa abadiy azob-uqubat..."gap-soz'"gacha hali bor u yerda...

Menimcha, "qitiqlaydigan gaplar" turkumiga u dunyoni kiritmay tursangiz bo'ladi....

Tulqin Eshbekov 19.06.2010 22:18

Qitiqlaydigan gaplar

Savobu gunoh, umr mazmuni asosan gap bilan!..
E’tiqodli kishining ibodati – gap! Ular Ollohning kalomi (gapi!)
Gapga qanchalik tashnaligimizni gap degan bazmlardan bilsa bo`ladi.
Dilga malham gaplar jozibali she’riy satrlarga aylangach, qo`shiq qilib kuylanadi!
Ba’zi vajohatli gaplar jarohatlarga aylanadi…
Hayot atalmish mo`’jizaning ibtidosidan intihosigacha gap! Shunday ekan, doimo ma’nili gapirishni o`rgansak nur ustiga a’lo nur bo`larmidi!
Gapga bo`lgan ehtiyojimizni qondirish maqsadida mudom televizor, radio (bir nechta kanallari orqali!) gapirib turadi. Kamlik qilsa, xorij radiosiga quloq tutamiz. Bu “ehtiyojimiz”ni bilgan ayrim ichiqoralar shunday paytda ustamonlik bilan axborot xuruji qilib qolishlaridan ham ko`z yuma olmaymiz.

(Davomi bor)

Tulqin Eshbekov 19.06.2010 22:27

Цитата:

Сообщение от Pfefferminze (Сообщение 413643)
2 ta farishtani ismi birga qo'shib yozilmas edi, menimcha...Munkar va Nakir...keyin ular ikkisi u dunyoda savol-javobni qilmaydilar, balki savol -javob qabrda bo'ladi.
U dunyo deb, islom olamida jannat va do'zax tushuniladi.

Jannatda esa o'z navbatida gap bo'lmaydi, u yerda huzur va xalovat bo'ladi, lazzatlanish bo'ladi, Qur'on tilovati bo'ladi...Sizu-biz o'ylaydigan "gap-soz" hammasi bu foniy dunyoda...

Do'zaxda esa abadiy azob-uqubat..."gap-soz'"gacha hali bor u yerda...

Тадқиқот учун жуда яхши мавзу! Ташаккур. Бу фикрларингизнинг илмий асосини яна бир бор ўрганиб кўраман. Ҳозирча эса, фоний дунёдан кетганимиздан кейин ҳам Гап деган мўъжиза давом этиши ҳақидаги фикрни илгари сурмоқчи эдим. Қолаверса, ўтиб кетганлар ҳақида (айниқса, даҳолар ҳақида!) асрлар оша гап-сўз тугамаскан. Буям эътиборга молик гап, шундай эмасми? Қаранг, ҳар бир Гап тагида яна қанча маънолар мужассам!
Мана шундай таҳлилий фикрларингизни кутиб қоламан.


Текущее время: 15:04. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»