Цитата:
Сообщение от Bekmirzo
Hali ham yetib bormabdi...
Savolni boshqacha yozaman: Siz "Xrushchovkalar"ni qurishni Moskvadan o'rganib kelishni O'ZBEKLAR UCHUN kamsitilish emasmi, dedingiz. Sizningcha, bizga chetdan kirib kelgan kostyum-shimni kiyib yurish O'ZBEKLAR UCHUN kamsitilish hisoblanadimi yoki yo'q?
Qiynab qo'ydim shekilli sizni a, mavlono Fayzbek 
|
Bir ko'r kishi yo'ldan chiqibketib, mevali daraxtga urilib ketibdi.

Va daraxtni ekkan odamni o'zicha so'kibdi.
Sizningcha kim aybdor?
Biz hohlaymizmi yo'qmi? Bizni ota bobolarimiz dini Islomni qalbiga joylab, unga amal qilgan. Bu tarihiy haqiyqat.

70 yil ichida bizni o'zligimizdan, dinimizdan, iymonimizdan ayirmoqchi bo'ldi, to'g'rimi yo' noto'grimi?
siz aytayotgan o'sha Xrushyovkalar bizni o'zbekona hayotimiz va inson siftida hisobga ham olinmasdan loyihalashtirilgan. To'g'rimi yo noto'g'rimi?
Siz o'sha misol qilayotgan kostyum shim bizga zaruz deb hisoblaylik va sizga bir yengi kalta, astari yo'q qilib, hullas siz orzu qilgandek emas boshqacharoq qilib, sizga bo'laveradi deb tikib berishsa siz o'zingizni qanday sezasiz, kamsitilgandaymi, yo kiyib ketaverasizmi. buni sezish uchun, bilim, g'urur va albatta keljakka bo'lgan ishonch kerak.
balki siz kiyib ketaverarsiz, indamassiz, lekin men bunday qila olmayman.