Цитата:
Сообщение от Rakhmat26
Mahallada duv duv gap filmida shu davrdagi o`zbek mentalitetiga xos qadimiy udumlarimiz, milliyligimizni sindirishga qaratilgan yashirin g`oyalar bor.
Misol: Hovlidan dom avfal degan g`oya,
|
Aynan bunday g'oya yo'q. "Sinch yoki paxsa devorli uylar kuchli zilzilaga chidolmadi. Zilziladan omon qolganlar ham ancha eskirib ketgan, ularning o'rnida endi birato'lasiga yangicha, ko'p qavatli uylar qurish kerak", degan tashviqot va buni tomoshabinga yetkazish g'oyasi bor. Ya'ni - shahar ko'rinishi yangilanishga muhtoj. Filmda ko'ringan hovli uylarning birortasi ham binoyidekkina emas, hammasining devori nurab yotibdi...
Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentdagi qurilishlar bilan izma-iz butun O'zbekiston bo'ylab shahar joylar va rayonlar markazlarida domlar qurish keng ko'lamda boshlab yuborilgan. Va bu juda to'g'ri ish bo'lgan.
Цитата:
Сообщение от Rakhmat26
Misol:... yoshlar ota-ona ruxsatisiz turmush qurishi mumkin degan g`oya,
|
Bunday g'oya yo'q filmda. Aksincha, har bir yigit va qiz o'zi uchun umr yo'ldoshini o'zi tanlash huquqiga ega, degan g'oya bor. Bu g'oya esa siz aytgan g'oya bilan bir xil emas. Agar siz aytgan g'oya filmda ilgari surilgan bo'lganida, farzandlarining tanlovidan norozi bo'lgan ota-onalar film oxirida ham noroziligicha qolishi kerak edi...
Xullas, tanqidlaringizning ba'zilarida jon bor, ammo, aksariyatida yetarlicha asos yo'q, nazarimda...