![]() |
"Mahallada duv duv gap" filmidagi ba'zi holatlar o`zbek mentalitetiga to`g`ri kelmaydi
Misol uchun: Umarning otasi (Arslon aka oldiga bo`lg`usi kelini Umida (yengil kavaleriya)ning borishi, qo`lidan ovqatini yulib olishi, BULARNING BARISI UMARNING OTASI EKANLIGINI BILA KO~RA Qilishi; Qaysi o`zbek qizi o`z qaynotasining oldiga borib qo`lidan tovog`ini yulib oladi??? Bundan boshqa yana Azimjonning Moskvada onasidan beruxsat uylanishi.
-Ha chidasang o`lasanmi? Onasi bechoraning bu xabarni eshitganda qanchalik qiynalishini chi... Bu filmdagi ba'zi holatlar o'z davridagi goyaviy qarashlar bilan sug'orilganligi... Bu filmni mahorat bilan tasvirga olinganini tan olgan holda, bu filmni goyaviy asoslarini to'liq qayta ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman va fikrlaringizni kutib qolaman. |
Цитата:
|
"Mahallada duv-duv gap"ni qaytadan suratga olgandan ko'ra, hozirda inkubatordan chiqayotgan o'zbek filmlarini jilovlasa, epaqaga keltirsa, foydasi aaaancha-muncha ahamiyatli bo'lardi...
|
Filmda rejissyor mahorati, aktyorlar mahorati, yozuvchi-ssenarist mahorati uyg'unligi uning barcha g'oyaviy illatlarini yuvib ketadi.
|
Filmdagi ishonish qiyin bo'lgan voqealar: Oyposhshaxon(Maryam Yoqubova)ning devor oralig'iga sig'may qolishi, Arslon aka(Rahim Pirmuhammedov)ning obedlanish jarayoni, to'yda "kelin qochib ketdi" sahnasi, Lutfixonimning "Lift deganlari shu bo'lsa kerak-da" gaplari o'ta bo'rttirish bilan berilgan.
|
Лекин юқорида санаб ўтилган камчиликларига қарамай бу фильмни қайта-қайта кўришдан зерикмаймиз...
|
Цитата:
|
[MOD]Mavzuning ochilishiga nima turtki bo'ldi?[/MOD]
|
Agarda g'oyaviy jihatdan qaraydigan bo'lsak, o'sha davrlarda yaratilgan "Xo'ja Nasriddin Buxoroda", "Xo'ja Nasriddinning sarguzashtlari", "Alisher Navoiy", "Sen yetim emassan", "Toshkent - non shahri", "Tohir va Zuhra" filmlaridan ham illat topsak bo'ladi.
O'zi shundoq ham "Mirzo Ulug'bek", "Osiyo ustida bo'ron", "Dorbozlar" filmlari ekran yuzini ko'rmayapti. Osha davrlardagi filmlardagi aktyorlar mahoratiga tan bermay iloj yo'q. Bu filmlar o'zbek madaniyatining ma'naviy xazinasi hisoblanadi. |
Цитата:
|
| Текущее время: 20:08. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»