Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Школы
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Школы Школьные темы


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.02.2010 19:03   #71  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Мана бу расм мавзуга мос бўлса керак. Саралаш пайтида столнинг устига сиғмаган қогозлар.

Фақат шугина эмас. Объективга сиғмаганлариям бор
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
"+" от:
Старый 24.03.2010 22:50   #72  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Samariddin Посмотреть сообщение
Yuqorida tilga olingan "qog'ozbozlik aslida o'qtuvchining ish yuklamalari hisoblanadi. Ularni bajarish esa o'qituvchining vazifasi hisoblanadi...
Adashasiz, o`qituvchining vazifasi bolalarni o`qitish, yuqorida kimdir oylik olib o`tirishi uchun qog`oz to`ldirish emas.
Ответить 
Старый 25.03.2010 00:32   #73  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Assalomu alaykum!
Men o`qituvchiman. Bu yerdagi biz to`g`rimizdagi ko`p gaplarni o`qib hursand bo`ldim. Shu mavzuni ko`targan Azizadan juda hursandman.
Men hali 1996 yil qancha takliflar bo`lishiga qaramay o`zim maktabga kelib o`qituvchilik faoliyatimni boshlaganimdan hech pushaymon bo`lmaymanu, ammo bizga qo`yilayotgan mana bunaqa kerakmas talablardan juda ham norozi bo`laman. Buni biz o`qituvchilardan boshqalar ham bilishidan juda mamnunman.
1996 yilda biz faqat chorak hisoboti topshirardik va qolgan vaqtimizni o`quvchilarga har xil narsalar tayyorlashga va yana dam olishga bag`ishlardik (buni qarang-ki biz ham charchaymiz ) Ohirgi paytlarda bizning hayotimizni qiyinlashtirish kimga kerak bo`lib qolganini tushunmay halakman. Bundan esa avvalambor o`quvchilar zarar ko`rishayotganini menimcha isbot qilib o`tirsihning keragi yo`q. Shu qog`ozlarning 90 %i umuman kerak bo`lmagan qog`ozlar. Kimlarningdir o`qituvchi pulini halollab olishni istasa bularni bajaradi degan gapi o`qituvchi uchun haqorat deb hisoblayman, hatto-ki bundan norozi bo`lgan o`qituvchilarni dangasalikda ayblaganlarning fikrlarini ham o`qidim (hammaga Ollohning o`zi insof bersin). Hukumatimiz bizning hayotimizni yaxshilash uchun chiqarayotgan qarorlari negadir teskari bo`lib bizga yetib kelayotganida kim aybdorligini hech kim tushuntirib berolmaydi. Boshida shu narsalar yo`lga qo`yilayotganda asosiy maqsad o`qituvchining ahvolini yaxshlash edi, ammo "Хотели как лучше, получилось как всегда" bo`ldi. Shuni bunga mas`ul odamlarga yetkaza olishning yo`li bormikan. Agar birorta o`qituvchi shikoyat qilsa butun maktab siquvga olinadi va siz jamoada "Oq qarg`a" bo`lasiz qolasiz.

Последний раз редактировалось Ustoz; 25.03.2010 в 00:38.
Ответить 
Старый 25.03.2010 13:13   #74  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
Men o`qituvchiman. Bu yerdagi biz to`g`rimizdagi ko`p gaplarni o`qib hursand bo`ldim. Shu mavzuni ko`targan Azizadan juda hursandman.
Men hali 1996 yil qancha takliflar bo`lishiga qaramay o`zim maktabga kelib o`qituvchilik faoliyatimni boshlaganimdan hech pushaymon bo`lmaymanu, ammo bizga qo`yilayotgan mana bunaqa kerakmas talablardan juda ham norozi bo`laman. Buni biz o`qituvchilardan boshqalar ham bilishidan juda mamnunman.
1996 yilda biz faqat chorak hisoboti topshirardik va qolgan vaqtimizni o`quvchilarga har xil narsalar tayyorlashga va yana dam olishga bag`ishlardik (buni qarang-ki biz ham charchaymiz ) Ohirgi paytlarda bizning hayotimizni qiyinlashtirish kimga kerak bo`lib qolganini tushunmay halakman. Bundan esa avvalambor o`quvchilar zarar ko`rishayotganini menimcha isbot qilib o`tirishning keragi yo`q.
Ustoz!
O'qituvchilarning soatlab hisob-kitob ishlarini bajarib o'tirganliklarini o'quvchilarimiz allaqachon sezishgan. To'g'ri avvallari o'qituvchi faqatgina chorak davomida hisobot topshirgan bo'lsa, hozir oylik, yarim yillik, yillik hisobot- ishlagan soatlarining, arflagan vaqtining sarhisobini topshirishi kerak. Bu ham ancha-muncha vaqtni oladi. O'qituvchining o'zga o'qituvchilarning darsini kuzatishga, o'quvchilariga ijodiy dars o'tib berishi uchun o'z ustida ishlashiga vaqti qolmaydi. Axir o'qituvchi buxgalter emas-ku?!..
Xalq maorifi a'lochisi yoki yuksak mukofotlarga ega bo'lgan o'qituvchilar bilan ham suhbatlashsangiz hu gap. Ikki-uch yil ishlay pensiyaga ketaman, yoki qachon tezroq pensiyaga chiqaman, kabi.
Qog'ozbozlik o'z kasbini sevgan har qanday o'qituvchini ham charchatadi. Shuning uchun ham ko'pchilik tajribali o'qituvchilar institutlarga abuturientlarni tayyorlaydigan o'quv kurslarida dars berishni o'zlariga ma'ql ko'rmoqdalar. Sababi- qog'ozbozlik kamroq. Sifatli dars o'tish yoki dars samaradorligini ohirish uchun o'qituvchi darsga ijodkorlik bilan yondoshishi kerak. ijod qilish uchun esa vaqt darkor.
Ответить 
Старый 25.03.2010 13:16   #75  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Мана бу расм мавзуга мос бўлса керак. Саралаш пайтида столнинг устига сиғмаган қогозлар.
Фақат шугина эмас. Объективга сиғмаганлариям бор
Ойига неча килограмм макалатура топширяпсизлар? :-)
Ответить 
Старый 25.03.2010 20:09   #76  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Масалан синфдаги ўқувчиларнинг қайсилари домда-ю қайсилари ҳовлида туришининг кимга қизиғи бор? Ёки оилада нечанчи фарзанд эканлиги кимга керак?
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 25.03.2010 21:52   #77  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Maktab rahbari bo`lib ishlayotganlarga-ku hozir haykal qo`yish kerak, chunki tepadan kelayotgan har xil ahmoqona buyruqlaru topshiriqlarni bizgacha yetkazib yana yuqoridagilarga bas kelib shu ahvolda maktablarni eplab o`tirishibdi. O`tgan yili zavuch bo`lib ishlaydigan bir tanishim shunday devdi: "Bu o`quv yilida 350dan oshiq buyruq keldi, hisoblab chiqsang kuniga bittadan".
Men litseyda ishlagandim, bir kuni xo`jalik ishlari bo`yicha rahbar o`rinbosariga "Mebellar to`kilib tushmasidan oldin ularni ta`mirlab qo`yaylik" - desam, "Hozir iloji yo`q, duradgorim yo`q, eplab turing" - dedi. Qol`imdan kelgani uchun uyimdan asbob-uskunalarni olib ishdan keyin stol-stullarni ta`mirlashni boshlab yubordim. Judayam ishga berilib ketgan ekanman orqamda turgan rahbarni sezmay qolibman. Hozir maqtov eshitaman desam u odam sovuqqina qilib "Nima qilayapsiz domla?" dedi, men shohsib qolib "Agar hozir u yer-bu yerini tortib qo`ymasa, keyinroq sochilib tushadi, zavxo`zizga etsam duradgor yo`q dedi, man o`zim qivomman" dedim. "Agar duradgor topolmas ekan, kelib o`zi qilsin, yoki tashqaridan odam yollasin, siz o`qituvchisiz, hurmatingizni saqlang, faqat o`qituvchiligingizni qiling" deb chiqib ketdi. Boshida dakki eshitganimdan hafayam bo`ldim, ammo o`qituvchiga bo`lgan hurmatdan hursand bo`ldim. Endi maktabni oling. Axir ikkoviyam bizning mamlakatimizda-ku.

Последний раз редактировалось Ustoz; 25.03.2010 в 22:09.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 25.03.2010 22:06   #78  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
O`sha litsey rahbari ko`p narsani o`zi hal qilar edi, maktablarning tepasida esa rahbar idoralar ko`p. Ayniqsa XTTB degan balo hozir nima qilayotganiga tushunmayman, ilgari tog`ri ancha ish qilishar edi, endi esa bu umuman kerakmasdan tashqari, maorifni faqat orqaga tortadigan idora. Maktab rahbarlarini o`z holiga qo`yishmaydi, birorta yordam berish qo`lidan kelmaydi, endi nimamish hatto maktabga farrosh olishda ham rahbar XTTB orqali olishi kerakmish (hozircha bu faqat "mish-mish"). Esimda 2006 yili XTTB tarqatilar ekan degan gap tarqagainda o`qituvchilarning hursandligini ko`rganingizda edi, hatto oyliging oshibdi deganda ham bunchalar hursand bo`lishmasdi, yuqorida kimdir bu halqaning ma`orif zanjirida ortiqcha ekanligini sezgan, ammo yana qandaydir yo`l bilan jon saqlab qolishdi, endi o`zini ishlayotganday qilib ko`rsatish uchun har xil qog`ozlarni ko`paytirib yotishibdi. To`g`ri, ko`p buyruqlar ulargayam yuqoridan keladi, XTTB hodimlariyam nolishadi, ammo agar bizni mana shunaqa ahmoqona narsalardan himoya qilisholmasa ularning bizga nima keragi bor. Agar shu XTTB lar tugatilsa, va shundan tejalgan pul maktablarga teng taqsimlansa ozmuncha pul uvol bo`lishdan asrab qolinarmidi.
Ответить 
"+" от:
Старый 29.03.2010 00:34   #79  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Мактаблардаги абсурд қачон тугатиларкин-а? Ўқитувчилар ўзларига бириктирилган микроучасткада яшовчи болаларнинг ўқийдиган муассаса(мактаб, колледж, академик лицей)ларга бориб шу ўқувчи ростдан ҳам шу ерда ўқиши ҳақида маълумотнома олиб келишга сафарбар қилинади. Кимга кераги бор шу нарсанинг. Агар жуда ҳам зарур бўлса барча ўқув муассасалари битта тизимга қарашли-ку. Ҳар ўқув йили бошида ҳар бир ўқув муассаси ҳар бир ўқувчи ҳақида тўлиқ маълумот топширади. ХТБлар бир-бирига сўровнома жўнатса ҳам бўлади. Агар яшаш жойи бўйича рўйхат тузилиши шарт бўлса ана шу маълумотномалар асосида тузилса бўлади-ку. Иккита домда яшайдиган ўқувчиларнинг ўқийдиган жойига бориб маълумотнома йиғишнинг ўзи бўладими... Юзлаб ўқитувчиларнинг бир-икки кунлаб вақтини сарфлагандан кўра 3-4 киши 2 кунда шу рўйхатни тузиб ташласа бўлади-ку. Агар ўша 3-4 киши топилмаса мактаб ўқитувчилари навбат билан шу ишни қилишга жон-жон деб рози бўлишса керак. 2 кунлаб шаҳар кезиб маълумотнома тўплагандан кўра шу осонроқ.
Менимча ўқитувчи касбининг номини ўзгартирадиган вақт аллақачон келди. Ўқитувчи ўқитадиган одам дегани. Маълумотнома йиғиш, сайлов комиссиясида иштирок этиш, кўчаларга гуллар экиш, ойлик маошидан ободонлаштиришга сарфлаш, домларнинг подъездларини тозалаш, баъзи вилоятларда футбол командасига спонсорлик қилиш (ҳар маошдан 5-10 минг сўмдан) ва бошқа ишларнинг барчасини йиғиб битта ном бериш керак ва ўқитувчиларни шу ном билан аташ керак.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 30.03.2010 23:13   #80  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Yana xalqimizda insof bor, ko`cha-ko`yda, bozorda va yana umuman biror joyda ko`rib qolishsa, "Domla" (yoshlar "Ustoz") deb kelib ko`rishib, juda bo`lmaganda "Bizga nima xizmat" deb turishadi, bizning orqamizdan semirib quturib o`tirganlar esa borgan sari qutirib ketishyapti. Yaqinda bir RayONO hodimi bir kitobni o`qituvchilarga zo`rlab o`tqazdi, men va yana bir o`qituvchi olmay ketdik, keyin narigi o`qituvchi nimadir ish bilan RayONOga borgan ekan, unga zo`rlab o`tqazishga harakat qilinibdi, "Olmayman" desa "U xolda har hafta menga hisobot yo`zib olib kelasan" depti, u ham "Olsam qutilamanmi?" depti-da palon so`mga o`sha kitobni olibdi (yana bizga aloqasi bo`lmagan Sankt-Peterburgda chiqqan o`rissi kitobi, o`zimizda chiqqan kitob bo`lganida ham tushunardim). Mana shunaqa. Fojea shunda-ki - bunga hamma, shu jumladan yoshlar ham ko`nikib borishyapti va bu huddi nafas olishday oddiy xol bo`lib qolgan.

Последний раз редактировалось Ustoz; 30.03.2010 в 23:16.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх