17.09.2009 12:55
|
#11
|
ученик
Сообщений: 35
+ 194
57/23
– 0
0/0
|
Цитата:
Adabiyot o’ladimi?
Ruhiy kamolot vositasi sanalgan badiiy adabiyotlar san’at turlari orasida alohida o’rin tutadi. Badiiy adabiyotning asosini esa so’z tashkil etadi. So’z yordamida nafaqat voqea hodisalar, balki turli xil o’ylardan tortib,ko’ngil torini chertguvchi nozik tuyg’ularni ham ifodalash mumkin. Shu sababdanmi adabiyotga “ruhiy kamolot vositasi” deya ta’rif beriladi. Insonning hayollari, istaklariyu armonlari badiiy adabiyotda aks etadi va unda tasvirlangan hayot serqirra va ta’sirli ekanligi bilan kishi e’tiborini o’ziga tortadi.
Adabiyot shunday san’atki, unda inson hayotining buguni qan-day tasvirlansa, o’tmishi va kelajagi ham shunday aks ettiriladi. Badiiy asarda fikr aytish bilan kifoyalanmay insonning qalbiga ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor beriladi.
Har bir millatning qiyofasini belgilashda uning adabiyoti hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiyot milliy ruhni aks ettiradi. Ammo bugungi kunda har bir adabiyot namunalari ham milliy ruhimizni aks ettiravermaydi. Shunchaki nom qozonish maqsadida yengil-yelpi asarlar yozib, omma e’tiboriga havola etayotgan “chala yozuvchilar” ham talaygina. To’g’ri asar yaratish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Lekin bu yaratilgan asarlar ozgina bo’lsada inson qalbiga yo’l topsa va uni yaxshi yo’lga yetaklasagina u haqiqiy asar bo’ladi. Axir asar yozishdan ham maqsad shu emasmi? Yaratilayotgan har bir asarda o’y-fikrlar emas, milliyligimiz, milliy ruhimiz, qadryatlarimiz aks ettirilgan asarlar yaratishsa yaxshi bo’lar edi. Lekin bu so’zlarimiz bilan hamma asarlarni ham qoralamoqchi emasmiz. Faqat nomigagina yaratilayotgan asarlar ham borligini aytib o’tmoqchimiz va bu asarlar borgan sari adabiyotimizni yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkinligi bizni havotirga solmay qolmaydi. Buning natijasida esa adabiyotimiz halokat yoqasiga kelib qolishi va keyinchalik butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkin. Adabiyoti bo’lmagan millat esa unitilishga mahkumdir. Negaki millat o’z adiblari va asarlariga tayanib yashaydi. Lekin shunga qaramay bugungi kunda milliyligimiz, milliy ruhimiz aks ettirilgan asarlar borligi bizni quvontirmay qolmaydi va bizning shunday asarlarimiz va ularni yaratuvchi adiblarimiz bor ekan badiiy adabiyotimiz hech qachon o’lmaydi!
TIU qoshidagi akademik litsey o'quvchisi
Teshaboyeva Ziyoda
|
|
|
Ответить
|