17.09.2009 12:42
|
#11
|
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
|
Цитата:
|Adabiyot o'ladimi?
Adabiyot,bu so'z arab tilidagi "adab" ya'ni "odob" so'zidan olinganligini deyarli barchamiz bilamiz. Ushbu so'zga qarama-qarshi ravishda bir so'z qo'llanurki u so'zni ustoz Abdulla Avloniy o'z asarlari bo'lmish "Turkiy guliston yohud axloq" da,"Anoniyat" deya yuritganlar va unga quyidagicha ta'rif beradilar:"Anoniyat deb xudbin,mutakabbir, manmanlikni aytilur. Manmanlik johilona kibru g'ururdan paydo bo'ladurgan eng yomon xulqlardan biridur".
Ta'rifni tahlil qiladigan bo'lsak, Anoniyat shunday bosiladigan tamg'aki,u muxrlangan egasining bilimsizligi, manmanligi va yomon xulqliligidan xabar beradi.
Darhaqiqat,bugungi kunda adabiyotni qotib qolgan fan,yoinki eskilik sarqitining mahsuli deb tushunuvchilar ham yo'q emas. Bundaylar uchun esa bir kichik tajriba o'tkazamiz. Siz bor yo'g'i bir hafta mobaynida hech qanday kitob,maqola va she'r o'qimaysiz,hech qanday go'zallikka qaramaysiz,hech qanday filmni tomosha qilmaysiz,hech qanday musiqa tinglamaysiz (bular sirasiga tabiat musiqalari ham kiradi) va hech kim bilan xushmuomala bo'lmaysiz ya'ni qo'rs bo'lasiz. Xo'sh,bir haftadan keyin,yon atrofingizda siz bilan hamsuhbat bo'ladigan biror kimsa qolarmikan. Bunday holatdan so'ng esa hatto eng go'zal deb hisoblaydigan hilqat ham siz uchun eng xunuk bo'lib ko'rinadi. Endi esa bularning adabiyotning o'limiga qanday aloqasi borligini isbotlab berishga urinib ko'raman. Siz bir hafta mobaynida kitobni ochib ham ko'rmadingiz,demakki fikrlashdan bir haftaga to'xtadingiz. Siz go'zalliklarga beparvo bo'ldingiz, hayotdan zavqlanishdan bir haftaga chekindingiz. Siz filmlarni ko'rmay qo'ydingiz, jamiyatdagi o'sishdan bir haftaga oqsadingiz. Siz o'zingizga xush yoquvchi biror qo'shiq ham tinglamadingiz, shubhasiz asabiylashdingiz. Siz hamma bilan qo'rs munosabatda bo'ldingiz va buning oqibatida sizga nisbatan hech kim muloyim bo'lmadi. Demak,siz adabiyotsiz yashay olmaysiz.
Agar biz so'zlagan har bir so'zimizda, har bir kitob, maqolamizda tinglagan har bir qo'shig'imizda, ko'rgan har bir filmimizdan odobni, adabiyotni topa olmasak undan qandaydir go'zallik yoki ozuqani emas balki, qandaydir xudbinlik, zaharni yuqtirib olamiz. Ana unda biz adabiyotimizni o'zimiz o'ldirgan bo'lamiz. Adabiyot o'lsa shubxasiz anoniyatning g'alabasi bo'ladi.
So'nggi so'z o'rnida demoqchimanki, biz insonlar ongi doimo go'zalikka, yaxshilikka intiladi va bu intilish o'z-o'zidan fikrimiz tarbiyasiga, odobiga, adabiyotiga ta'sir qiladi. Agar bularning aksi bo'lsa demakki, ongimizni egallab olgan anoniyat o'z g'alabasini nishonlayotgan ekan.
Arjumandbonu
Umida.Sh
|
|
|
Ответить
|