04.08.2009 18:29
|
#11
|
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226
143/68
– 4
0/0
|
O'rtog'imni blogida o'qib qoldim:
Цитата:
Ucell o'zining bitta servisini TVda reklama qilyapti, agar kimdir sezgan bo'lsa. Sezmagan bo'lsa, mana bu xizmatni - "Musiqiy fon".
Nima emish:
Do‘stlaringizga hazil qiling!
Bu xizmatni yoqtirvolib, odam faqat do'sti bilan hazil qilsa koshkiydi. Ha, kimdir rostdan ham do'sti bilan hazil qiladi, kimdir reklamada ko'rsatilganidek, o'rnidan turmasidan, boshlig'iga "probka"da qolib ketdim", deb moshinalar shovqinini chiqarib beradi. Yana xuddi o'sha reklamada ko'rsatilganidek, diskotekadagi qiz: "konservatoriyada konsertdaman", deb o'z onasini aldaydi. Zo'r-a? Reklamada onani qanday qilib oson aldash mumkinligini ko'rsata olishibdi. Qoyil. Eplashtirsa bo'ladi hamma narsani.
Bugun onasini aldagan qiz, ertaga erini aldaydi. Aldangan er indinga xotini aldaydi. Zo'r-a? "Stadiondaman, futbol ko'rvomman!", - deydi-yu, Xudo biladi qaysi kvartirada ekanligini.
Umuman, raqobat odamni (yoki kompaniyalarni) har ko'yga soladi. Orqada qolayotgan oldindagidan o'zish uchun har nimaga urinib ko'radi. Kerak bo'lsa, rasvo narsalarga ham. Azart, deydi-ku. O'sha.
|
|
|
|
Ответить
|