Цитата:
Сообщение от qaha111
Hozirgi zamonda ahborot-tehnologiyalari takomillashib ketishi natijasida juda ko'plab o'zgarishlar vujudga kelmoqda, o'z qo'llarimiz bilan nimalarni yaratyapmiz-u, nimalarga e'tiborsizlik bilan qaralmoqda, ahir reklamalar ham bir tarafdan odamlarning yurish-turishidan, ularni o'zlarini hozirgi kundagi ahvollarini tahlil qilish natijasida ishlab chiqiladi, ba'zilari yuksak tehnologiyalarni rivoji natijasini hisobga olib ishlab chiqiladi... Shunday ekan reklamalarga ham o'zgina e'tibor beraylik, bular bizga ham tarbiyaviy ham madaniy-ma'naviy ozuqa beribgina qolmay hozirgi kundagi turmush sharoitni ham yaqqol ko'rsatib beradi...
|
Fikrlaringiz asossiz. Tijoriy reklama mahsulotlari na tarbiyaviy, na ma'naviy ozuqa bera oladi. Reklamadan maqsad tovar yoki xizmat haqida iste'molchilarga axborot berish, iste'molchilarni xaridga undash, kishilarda turli assotsiatsiyalar hosil qilish.
Bizda esa ba'zi kompaniyalar G'arb davlatlari uchun mo'ljallangan reklama roliklarini shunchaki qo'pol tarzda tarjima qilib berishaveradi. Vaholanki, ularning ba'zilari tushunarsiz bo'lib qoladi, ayrimlari mentalitetga to'g'ri kelmaydi.
Ayollar kontratseptivi haqidagi bir reklamani olsak. Ayolning qarib quyulmagan onasi qiziga qanday kontratseptiv ishlatish kerakligini maslahat berib, o'zi bu kontratseptivning boshqa, keksa yoshdagi ayollar uchun mo'ljallangan turidan foydalanishini alohida ta'kidlab o'tadi.