Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.02.2009 14:53   #91  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Balki mavzu nomini o`zgartirish kerakmikin....Aytilgan fikrlarni o`qib, gap televizor haqida emas, televidenie yoki biror bir boshqa narsa haqida ketayotgandek tuyuldi.
Иккала мавзуни битта қилиб қўйса ҳам бўлади шекилли
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 17.02.2009 18:06   #92  
Аватар для olimbek
Оффлайн
Тошкент Давлат юридик институти
Булим бошлиги
Сообщений: 196
+ 27  80/56
– 0  1/1

UzbekistanОтправить сообщение для olimbek с помощью ICQ
Дилни тили билан бузадиган, афсуски ўзимиздан чиққан кашфиёт. Шунга айтишса керак. "Ўзингдан чиққан балога, қайга борурсан давога"
Ответить 
"+" от:
Старый 17.04.2009 16:47   #93  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Qashqirlarmi yoki..O'zbeklar?!
Gazetamizning ushbu sahifasida sizlar bilan birgalikda seriallar haqida suhbatlashishga qaror qildik. “Qashqirlar makoni”, “Jumong”, “Ishkomli uy”… biz seriallarning bu ro`yxatni uzoq vaqtgacha davom ettirishimiz mumkin. Lekin, shunga qaramasdan hozirgi kunda bu ro`yxatning salmog`i yanada ortib borayotgani barchamizga ma’lum. Ma’daniy hordiq sanaladigan bu seriallar bugungi kunda keng jamoatchilikni ayniqsa o`quvchilarni o`ziga jalb qilib kelmoqda. Bu esa bizni tashvishga solmay qolmaydi. Ushbu so`z bilan serial ko`rmang demoqchi emasmiz, aslo, bundan yiroqmiz. Lekin bugungi kunda “ko`rsa bo`ladigan” va “ko`rsa bolmaydigan” seriallar ham borligini aytib o`tmoqchimiz. Afsuslar bo`lsinki hozir “ko`rsa bo`ladigan” seriallardan ko`ra “ko`rsa bo`lmaydigan” seriallar ko`plab topiladi. Bu seriallar esa insonlar ongini zaharlash bilan bir qatorda ularga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bugungi kunda yoshlarimizni olsak, ular o`zlari ko`rayotgan seriallarga shunchalik sho`ng`ib ketganlarki hattoki ularga taqlid qilishmoqda. Seriallardagi qahramonlarning hoh salbiy, hoh ijobiy bo`lsin ularning hatti-harakatlari yoshlar tomonidan taqlid qilinayotganiga ko`p bora guvoh bo`lmoqdamiz. So`zimizning isboti sifatida “qashqirlar makoni” serialini oladigan bo`lsak. Prodyusser Osmon Sinar tomonidan ishlangan ushbu serial yaqin kunlarda NTT kanalidan uzatilayotgan edi. Bu seriallar shunchalik mashxur bo`lib ketdiki har bir qahramoni hech kimni befarq qoldirmay qoldi. Jumladan bu serialdagi “Po`lat” obrazini oladigan bo`lsak. Go`yoki har tomonlama mukammal bo`lgan bu qahramon hammaning e’tiborini o`ziga jalb qildi desak mubolag`a bo`lmaydi. Shundanmi barcha yigitlarimiz shu qahramonga taqlid qilishmoqda. Masalan yigitlarimizning kiyinishlari gap so`zlari hattoki yurish-turishlarini ko`rib bu qahramonga taqlid qilishayotganlarini ko`rishimiz mumkin va beihtiyor Qashqirlarmi? yoki O`zbeklarmi? deging keladi.
Kuni kecha bir qiziq voqeaning guvohi bo`ldim. Zargarlik do`koniga kirgan edim u yerda qandaydir zargarlik buyumi xaridorlar tomonidan talash bo`layotgan ekan. Yaqinroq borib bu qanday buyum ekanligini ko`rmoqchi bo`ldim. Qarasam oddiygina erkaklar uzugi. Buni qanday qizig`i bor deb hayron bo`ldim. Keyin bilsam bu uzuk “Qashqirlar makoni”dagi Po`latning uzugi ekan. Bu uzuk do`kondagi sotuvchilarning aytishiga qaraganda hozirgi kunda eng ko`p sotilayotgan xaridorgir maxsulotlardan biri shu uslubda yasalgan uzuklar ekan. Uzukdan tashqari ushbu qahramonlarning kiyimlari urf bo`lganidan Turkiyadan matolar keltirilib kostyumlar tikib sotilyapti. Bundan ko`rinib turibdiki, seriallar insonlarni o`zgartira olar ekan. Shularni o`ylab ko`rgan holda rejisyorlarimizdan kitobga, ilmga qiziqtiradigan filimlar suratga olishlarini, umuman film milliylikka xos bo`lgan, uni ko`rganlarda yaxshilik uyg`ota oladigan filmlarni ishlashlarini so`raymiz shundagina “Qashqirlarmi yoki O`zbeklar?” deya ajablanmaymiz.
Teshaboyeva Ziyoda ]
Ushbu maqola "o'quvchilar orasida" gazetasining aprel oyidagi sonidan
Ответить 
Старый 17.04.2009 18:24   #94  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Ushbu maqola "o'quvchilar orasida" gazetasining aprel oyidagi sonidan
Оффтоп:
Бир вақтлар бир йигит "Шайтанат" филмини қаттиқ қизиқиб кўрди ва бундан таъсирланган йигит, "Мен ҳам Асадбекка ўхшаган бўламан, бунинг учун биринчи ишни қамилишдан бошлашим керак" деб жиддий фикрини айтган эди.

Яқинда кўчада кетаётсам, олдимдан бир тўда болачалар қўлларида калтакларни кўтарволиб югуриб ўтиб кетишди. Бироздан кейин ўша тўдани бошқа тўда орқасидан қувиб келиб қолди ва икки тараф ўртада туриб жанг олиб боришди. Шу вақт тўданинг "Жумонг"и чиқиб бир болачани калтаги билан юзига уриб юборди. Юзи тирналган бола ойижон дея йиғлаб кетди. Жанг тамом бўлди, лекин боланинг юзида "Жумонг"дан қолган эсдалик озгина дилимни хира қилди-да.
Эх... "Жумонг"лар дейишдан бошқага ўтолмадим.
Ответить 
Старый 17.04.2009 18:52   #95  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Миллий телесериалларни суратга олиш учун сценарийлар танлови эълон килинди. Гуёки бизда сериал учун сценарий булишга арзийдиган роман, асар, мемуар, ........ куриб кетгандай. Амир Темур, Жалолиддин Мангуберди, Темур Малик, Бобур...... эххэээээ.... Жумонгдан кура кизикарлирок сериал булишга арзийдиган канчадан канча кахрамонларимиз бор. Буривой Ахмедов, Одил Ёкубов, Пиримкул Кодиров, Абдулла Каххор, ........ ларнинг асарлари асосида фильм олишса булади-ку.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 18.04.2009 00:32   #96  
uParty Member Known ID Group
Аватар для Husniddin Ato
Оффлайн
Erkin ijodkor
Musiqachi, Musiqashunos, Photographer
Сообщений: 303
+ 603  510/147
– 4  4/1

UzbekistanОтправить сообщение для Husniddin Ato с помощью ICQОтправить сообщение для Husniddin Ato с помощью YahooОтправить сообщение для Husniddin Ato с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Миллий телесериалларни суратга олиш учун сценарийлар танлови эълон килинди. Гуёки бизда сериал учун сценарий булишга арзийдиган роман, асар, мемуар, ........ куриб кетгандай. Амир Темур, Жалолиддин Мангуберди, Темур Малик, Бобур...... эххэээээ.... Жумонгдан кура кизикарлирок сериал булишга арзийдиган канчадан канча кахрамонларимиз бор. Буривой Ахмедов, Одил Ёкубов, Пиримкул Кодиров, Абдулла Каххор, ........ ларнинг асарлари асосида фильм олишса булади-ку.
Lekin mana shu tarixiy shahslarimizu, qadriyatu va madaniyatimizni chiroqyli qilbz qog`ozga tushura oladigan (stenariy sifatida), va ularni mukammal darajada tasvirga oladigan rejiser va bosha ko`pgina azamatlar yo`qda.

Bo`lsa ham hamma Kino olish bilan band. Kinolar nomlarining rang barangligini atmaysizmi?
__________________
Do`st orttir! Do`st orttir! Do`st orttir! Birlashtir!
Ответить 
"+" от:
Старый 18.04.2009 23:49   #97  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Masalan yigitlarimizning kiyinishlari gap so`zlari hattoki yurish-turishlarini ko`rib bu qahramonga taqlid qilishayotganlarini ko`rishimiz mumkin va beihtiyor Qashqirlarmi? yoki O`zbeklarmi? deging keladi.
Узим хам шу сериал мухлисиман. ИМХО бу сериалдан куп нарса урганса булади. Лекин купчилик таклид килаётган Polat Alemdar дан эмас, иккинчи даражали кахрамонлардан. Масалан:
Хало "МОКОКО "нинг фукаролигини олганидан сунг "МОКОКО" элчиси элчихона ховлисида унга хилпираб турган байрокни курсатиб "Шу бизнинг давлатимиз байроги" дейди. Шунда Хало (бир умрга камалган наркобарон!!!) кулларини куксига куйиб байрокка салом берадида, ва бу ишини шундай изохлайди: "Байрок, хар холда миллатнинг гурури".
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 15.05.2009 07:47   #98  
Аватар для axmedovshuhrat
Оффлайн
Сообщений: 265
+ 25  96/69
– 1  19/10

Uzbekistan
Endi axborot ko'rsatuvlari haqida bir nima desangiz?
Qachon axborotga oid ko'rsatuvlarni ko'rganda shunga amin bo'lamanki, xorijiy yangiliklarga o'tishdan oldin boshlovchi albatta "... xorij axborot agentliklarini bergan ma'lumotiga asosan ..." deb aytadi. Men hayronman O'zbekistonda xalqaro jurnalistlar yetishmaydimi? Axir shunday fakultet va yo'nalishlar bor-ku?! Ularda bir necha yildan beri mutaxassislar tayyorlanadi, xo'sh nima uchun ularni ishga solib chet elda bo'layotgan voqealarga o'zimizning shaxsiy fikrimizni bildirmasak?! Har holda mualliflik huquqi bor chet el axborot agentliklarini, biz quruqdan-quruq ko'chirsak qanday bo'ladi? Ular biz haqimizda nima o'ylashlari mumkin?
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 23.05.2009 11:47   #99  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Kecha bir tanishim kichik o'g'illari haqida gapirib qoldilar:
"Oshxonaga kirsam kichik o'g'lim muzlatkichni o'qlov bilan urayapti."O'g'lim nima qilayapsan?" desam.
-"Jumong bilan qilich-qilich o'ynavomman" deb javob berdi"
Buni eshitib ham kulging, ham yig'laging keladi...
Ответить 
Старый 23.05.2009 13:48   #100  
Аватар для Jahongir Znaxar
Оффлайн
-
-
Сообщений: 15
+ 168  3/2
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Kecha bir tanishim kichik o'g'illari haqida gapirib qoldilar:
"Oshxonaga kirsam kichik o'g'lim muzlatkichni o'qlov bilan urayapti."O'g'lim nima qilayapsan?" desam.
-"Jumong bilan qilich-qilich o'ynavomman" deb javob berdi"
Buni eshitib ham kulging, ham yig'laging keladi...
Bunaqa gaplayu, holatladan yig'labam, kulibam bo'ldik... uje hich narsa qomadi shekilli, hal qilish yo'lini topishimiz kere
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх