Navbatdagi nasihat kamtarlik, kamsuqumlik, beta'malik xususida:
Цитата:
Xoru xasni yostanib, qilma ta'madin bir xase,
Qabring uzra to'dayi xoshak unmasdin burun.
|
Inson omonat dunyodan abadiy maskanga safar qilgach uning йфикш muqarrar ravishda o't-o'lanlarga burkanadi. mavsumi o'tgach, ular qurib-qovjirab, xas-xashakka aylanadi. Inson jasadi xas-xashak ortida qolib ketadi. Huvaydo hikmaticha, oxir -oqibatda odamzod jisman xasdan ham past ahvolda qolar ekan, shundan burun dunyo molidan bir xaschalik narsa ta'ma qilmasdan, xoru xasdek xokisorlik maqomiga erishishi naqadar oqilona yo'l.