Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 24.01.2009 18:34   #21  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Посмотреть сообщение
Устозимни китоблари қалбингиздан чуқур жой олганидан хурсандман.
Kitobning qiziqish uyg'otganiga sabab: onalarga maslahat, qaynonalarga maslahat, qizlarga maslahat, kelinlarga maslahat kitoblari ko'p chiqqandi.
"Otalarga maslahat" beradigan kitob yozilgani.
Esimda qo`limga Tursunoy Sodiqovaning "O`glim senga aytaman" degan kitoblari tushib qoluvdi, unda ham huddi shu mavzuda nasihatli gaplar aytilgan edi.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 24.01.2009 18:38   #22  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Bir savol uyg`onib qoldi, tarbiya yo bo`ladi yo bo`lmaydi, shunday ekan biror bir muhit yo tarbiyaga o`z xissasini qo`shadi yoki umuman befarq bo`ladi. Yoki tarbiya deganda texniklar tili bilan aytganda algebraik bir kattalik sifatida qarash kerakmi, ya'ni yo musbat-ijobiy yo manfiy-salbiy?
Ответить 
Старый 25.01.2009 21:05   #23  
Аватар для Shaxnoza
Оффлайн
ТДПУ
тадқиқотчи
Сообщений: 46
+ 18  18/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Users Холислик

Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Bir savol uyg`onib qoldi, tarbiya yo bo`ladi yo bo`lmaydi, shunday ekan biror bir muhit yo tarbiyaga o`z xissasini qo`shadi yoki umuman befarq bo`ladi. Yoki tarbiya deganda texniklar tili bilan aytganda algebraik bir kattalik sifatida qarash kerakmi, ya'ni yo musbat-ijobiy yo manfiy-salbiy?
Биласизми сизни саволингизни ўқиб муҳитни тарбияли ёки тарбиясиз деб бўлмайди. Чунки ғарб билан шарқда тарбия деган тушунчада ҳар хил қарашлар бор. Келинг оддийгина тушунтирадиган бўлсам масалан бизда андиша деган фазилат ғарбда кўпинча қўрқоқлик бўлиб саналади. Ёки бўлмасам христиан динида аза пайтида бош кийим ечмаслик, ислом динида бош кийимсиз ўтириш мумкин эмас. Яқинда эшитиб қолдим янглишмасам муғуллар дўстлари юзига шапалоқ тортиб кўришар эканлар. Шундай экан бунда бир хулосани чиқариш қийин.

Последний раз редактировалось Shaxnoza; 25.01.2009 в 21:08.
Ответить 
Старый 26.01.2009 10:45   #24  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Посмотреть сообщение
муғуллар дўстлари юзига шапалоқ тортиб кўришар эканлар.
Яхшиям мугул дустим йук
Ответить 
Старый 26.01.2009 12:57   #25  
Real ID Group uParty Member Ultimate
Аватар для Shomurodov Shohruh
Оффлайн
AKA:xshom
Сообщений: 1,872
+ 1,707  983/610
– 218  30/25

UzbekistanОтправить сообщение для Shomurodov Shohruh с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Shaxnoza Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Bir savol uyg`onib qoldi, tarbiya yo bo`ladi yo bo`lmaydi, shunday ekan biror bir muhit yo tarbiyaga o`z xissasini qo`shadi yoki umuman befarq bo`ladi. Yoki tarbiya deganda texniklar tili bilan aytganda algebraik bir kattalik sifatida qarash kerakmi, ya'ni yo musbat-ijobiy yo manfiy-salbiy?
Биласизми сизни саволингизни ўқиб муҳитни тарбияли ёки тарбиясиз деб бўлмайди. Чунки ғарб билан шарқда тарбия деган тушунчада ҳар хил қарашлар бор. Келинг оддийгина тушунтирадиган бўлсам масалан бизда андиша деган фазилат ғарбда кўпинча қўрқоқлик бўлиб саналади. Ёки бўлмасам христиан динида аза пайтида бош кийим ечмаслик, ислом динида бош кийимсиз ўтириш мумкин эмас. Яқинда эшитиб қолдим янглишмасам муғуллар дўстлари юзига шапалоқ тортиб кўришар эканлар. Шундай экан бунда бир хулосани чиқариш қийин.
Men muhitning tarbiyali yoki tarbiyasizligini emas, balki o`sha muhitning qo`shadigan hissasi to`g`risida yozgan edim, yuqorida Orta-turk aytganlaridek ko`cha, maktab va b. tarbiyalarni nazarga olgan holda. Savol esa tarbiya tushunchasi to`g`risida edi: tarbiya salbiy bo`lishi mumkinmi? Tarbiyasiz yoki tarbiyasi yo`q deb aytamiz, tarbiyasi yomon desak to`g`ri bo`ladimi? Tarbiyaning o`zi ijobiy bir hususiyat sifatida namoyon bo`lmaydimi?

Последний раз редактировалось Shomurodov Shohruh; 26.01.2009 в 13:01.
Ответить 
Старый 26.01.2009 14:35   #26  
Real ID Group
Аватар для Muhayyo Turdialiyeva
Оффлайн
Сообщений: 380
+ 408  466/214
– 0  4/4

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Tarbiyasiz yoki tarbiyasi yo`q deb aytamiz, tarbiyasi yomon desak to`g`ri bo`ladimi? Tarbiyaning o`zi ijobiy bir hususiyat sifatida namoyon bo`lmaydimi?
Qiziq bu savolning javobi meni ham qiziqtirayapti...? Nima bo'lganda ham barcha yaxshimi yomonmi tarbiya ko'radi. Hech kim Ona qornidan yomon bo'lib tug'ilmaydi. Bu borada MUHIT ning o'rni katta...
Ответить 
"+" от:
Старый 26.01.2009 17:41   #27  
Аватар для olim
Оффлайн
Сообщений: 259
+ 557  160/82
– 0  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для olim с помощью ICQОтправить сообщение для olim с помощью YahooLiveJournalМой мир
Цитата:
Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva Посмотреть сообщение
Nima bo'lganda ham barcha yaxshimi yomonmi tarbiya ko'radi. Hech kim Ona qornidan yomon bo'lib tug'ilmaydi. Bu borada MUHIT ning o'rni katta...
Ayniqsa, oiladagi muhit tarbiyaning asosi bo'ladi deb o'ylayman.

Последний раз редактировалось Ozoda Umarova; 26.01.2009 в 18:32.
Ответить 
Старый 28.01.2009 14:11   #28  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от xshom Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Mashhurlar ibrati
-Akademik L. Landau o'n yillik maktabni 13 yoshida tamomlab, 14 yoshida universitetning II kursiga(tibbiyot fakultetiga) qabul qilingan.
Nigora opa, kitobda tibbiyot deb yozilganmi aynan, chunki Lev Landau eng mashhur nazariyotchi fiziklardan (fizik-teorik), hozirgi kungacha nazariy fizikani barcha katta oliygohlarda Landau-Lifshits kursidan o`tiladi. 14 yoshida Baku universitetining fizika-matematika va kimyo fakultetlariga o`qishga kirgan.
Nazariy fizikani o`tayotgan paytimizda o`qituvchi tomonidan Landau shaxsiga juda ehtirom bildirilgani uchun bu faktning oldidan o`tib keta olmadim, uzr
Оффтоп:
Aynan, "tibbiyot" deb berilgan. Fikrimcha, muharrirning xatosi ila "tabiiyot" so'zi "tibbiyot" bo'lib ketgandir..
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 28.01.2009 14:39   #29  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
To'g'ri va noto'g'ri tarbiya
Bolangdagi yaxshi qiliqlar, odatlar-to'g'ri tarbiya natijasi. Bu - sening mehnatingdan. Sen bu odatlarni yaxshi ko'rasan. Bu odatlarni u sendan ko'rib, eshitib o'rgandi. O'zing ham o'rgatding. Sen tusghungan, istagan, kutgan qiliqlar. Shuning uchun ular senga yoqqadi. Quvontirayapti seni. Halol mehnat dehqonni bir yilda bir marta quvontiradi. Ota-murabbiyni bir umr quvontiradi. Ko'rdingmi?
Bolangga yomon qiliqlar qayerdan "yuqadi"? Sen ishda paytingda bolangning ko'zi tushgan tengqurlari, ahloqsiz odamlardagi yomon qiliqlar, quloqlari eshitgan gap-so'zlardan. Ular qiliqqa aylanib, joyi kelganda o'g'lingning miyasidan tashqariga chiqayapti.
Yana bir sabab- sen boshqalarda ko'rgan, lekin bolangda ko'rmaganing uchun e'tibor qilmagan, ko'zda tutmagan qiliqlar.
Yana bir sabab- sen bolangda ko'rgan, lekin kayfiyatingni buzishga erinib, e'tibor qilmagan qiliqlar.
Yana bir sabab--sen e'tibor qilgan, gapirgan, lekin mashq qildirmagan, oqibatda o'smay qolgan fazilatlar.
"Falonchining o'g'li yomon" deyishadi. Aslida, bu noto'g'ri. Odam emas, berilgan tarbiya noto'g'ri bo'lgan. Demak, yomon bo'lgan. Bundan bir necha yillar oldin sezilmagan illatlarning bugun yuzaga chiqqani bu. Keyinroq, bola kattaroq bo'lganida yana kattaroq, kuchliroq bo'lib chiqadi. O'shanda kech bo'ladi. Sen ojiz, bolang ham, undagi illat ham kuchli bo'ladi. darding ichingda. Kuching, hafsalang, irodang yetmay, uf-f, deb qolaverasan.
O'g'lim yomon deb kimga aytasan? Aytishdan ne naf? Qayta tarbiya tarbiyaga qaraganda ko'proq bilim, kuch, vaqt, chidam, hatto validol-yurak dorisi so'raydi. Shu kunga tushma. Bugun bolangning tarbiyasiga 5 minut vaqt ajrat. Ertaga ko'proq ajrat. Bu men uchun yo baxtli, yo baxtsiz qarilik masalasi deb qara.
Qani, bardam bo'l. Boshla. Bolangning fe'lida nechta kamchilik bor? Sana, yoz. Tuzat. Bolang kasal bo'lsa, tanish vrachga chopganingdek, tanish pedagog psixologga chop.
Ответить 
"+" от:
Старый 29.01.2009 13:02   #30  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Tarbiya biz uchun hayot –mamot demakdir
Odam borki ,odamlarning naqshidur,
Odam borki ,eshak undan yaxshidur.
Alisher Navoiy
Aziz yurtdosh , men nega aynan shu misralar bilan boshlaganimning boisini ,aksariyatingiz allaqachon tushunib yetgandursiz. Shunday insonlar bor-ki ularning har bir bajarayotgan amallaridan ,ko’z uzolmay qolasan kishi , ta’riflarini doston qilgin keladi. Shunday insonlar bor-ki ularning qilgan ishlari-yu , gapirgan gaplarini ma’nosini topolmaysan , undaylar na yurtga ,na o’zlariga foyda keltira oladilar . Men bu so’zlarimni o’zbilarmonlik bilan, insonlarni ikki toifaga ajratib qo’yayotganim yo’q ,also ularning o’zlari ,ya’ni biz o’zimiz ,o’zimizni toifalarga ajratayapmiz ,qanday qilib deysiz-mi, biz tashqi ko’rinishga , insonning go’zal ko’rinishiga qarab ajratib qo’ymayapmizmi ,axir bizning kamtar bobokalonlarimizning “Aql yoshda emas boshda“,“Tashqi go’zallikka emas ,qalb go’zaligiga qarab insonning, qandayligini bilgin ,deya aytgan so’zlari bejizga emas. Bizning yurtimiz kelajagi , yaxshi tarbiya topgan kelajak avlodning , ya’ni bizning qo’limizda. Buning uchun biz yuqorida aytib o’tgan so’zlarimizni , shunchaki qabul qilmay ularning negizini axtarib ko’raylik. Farzand oilaning ko’rkidir, lekin shu oilaning ustuni bo’lgan Ota- onaning tarbiyasi achinarli ahvolda bo’la turib, farzandiga xavas qilguvdek tarbiya bera olarmikan, murg’ak bolaning oldida , xatto kattalar eshitsa uyaladigan so’zlarni behijolat aytib , yana yetmaganiga ularga bu so’zlarni (so’z deyishga ham uyalasan kishi ) hijjalab o’rgatishmayapti-mi? Bolaning tarbiyasi uchun ba’zi Ota-onalar ,ko’p holatlarda ustozlarimizni ma’sul qilib q’oyishadi,ularning nazdida ustoz farzandlarini tarbiyalab berishi kerak, lekin ota –onaning tarbiyasi boshqa-da, axir”qush uyasida ko’rganini qiladi”deydilar-ku. Sizlarga“Masnaviydan ibratli hikoyalar” nomli kitobdan o’qigan bir hikoyani so’zlab berishlik bilan inshoimizni davom ettirsak. “Shunday bir hikoyat bor. Yaqindagina o’g’il ko’rgan bir yosh yigit ota bo’lganidan xursand bo’lib , donishmandning oldiga kelib: -Ey ustoz ,men Tangrining inoyati bilan o’g’illi bo’ldim ,uni qanday tarbiyalash haqida maslahat bersangiz ? Shunda donishmand yosh otadan o’gli qachon tug’ilganini so’rabdi. Endigina qirq kunlik-chillasi chiqqanini eshitgan donishmand: -Bir yilga kechikibsiz ,-degan javobni bergan ekan.“ Bu hikoyatdan xulosani shunday chiqarsak, ya’ni inson yorug’ olamga kelibon ,uning nurini sezadi ,bu esa ilk ta’limdir, ezgulik taralib turuvchi nurdir, aynan shu ta’limdan boshlanadi, kelgusi ilmlar ham, Ona mehri, ota o’giti, ustoz ta’limi, yon atrofdagi do’st –u yor munosabati hamma-hammasi insonnning kamolotga yetishi , yoki boshqacharoq aytganda haqiyqiy inson bo’lishi uchun xizmat qiladi. Biz bu hayotdagi ko’rgan har bir kunimiz ,ya’ni imtihonimiz uchun juda qo’l keluvchi ilmdir tarbiya . Tarbiyali inson qanday bo’ladi? Bu savolga javobni bir mulohaza qilaylik-chi , insonning tarbiyali ekanini uning, tashqi ko’rishi ,nutq ma’daniyati , o’zini tutish odobi orqali fahmlashimiz mumkin , albatta siz bu ta’riflarni juda –juda ko’p marotaba eshitgansiz va oddiy holday qaraysiz . Bizga ibrat bo’lguvchi inson Mavlono Jaloliddin Rumiy bobomiz tarozining bir pallasida tarbiyani ikkinchi pallasida ilmni bir maromda ushlay olganlar. Tarbiya biz uchun hayot -mamot demakdir. Sizda savol tug’ilgandir qanday qilib bizning hayot- mamotimiz bo’lishi mumkin tarbiya .“Gar saloming bo’lmasa ikki yamlab bir yutar edim”menim fikrimcha barchangizning yoshlikdagi ,beg’uborkildagi tinglagan ertaklaringiz orasida shu jumla yodingizda bo’lsa kerak . Lekin bizga katta mahorat bilan aytilgan bu ertaklarda ham bir ajib ma’no mujassam , to’g’ri- mi. Biz, aziz yurtdosh har qancha faxrlansak arziydi, o’z taiximizdagi mukammal ilmli ajdodlarimiz, ezgulik ufurib turuvchi qadriyatlarimiz, havas qilsa arzigulik obidalarmiz bilan. Men xulosa o’rnida mana shu rivoyatni sizning ijozatingiz ila o’qib bersam. Ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiy do’stlari ,Podshoh Husayn Boyqaro bilan otda ketayotganlarida ustozlari Abdurahmon Jomiyning eshiklari yonidan o’tayotib ,otdan tushib piyoda o’tsalar ,u kishining do’stlari Husayn Boyqaro savol beribdilar: -ey do’stim ,nega bu eshikning yonindan otdan tushib piyoda o’tayapsiz, axir siz mening vazirimsiz,buning ustiga u zot olamdan o’tgan bo’lasalar. Shunda Navoiy bobomiz ,bunday qilmaslikka mening vijdonim yo’l qo’ymaydi ,deya javob qaytargan ekanlar . Xulosamni yakunlash uchun taradudlanayotib ,bir gapni aytib o’tsam, azizlar, biz insonlarmiz yuragimiz ,tilimiz, aql-farosatimiz, vijdonimiz bizning inson ekanligimizni doimo yodimizda saqlaylik, zero biz insoniy insonmiz, tarbiyanimizning hayot- mamotimiz deb bilguvchi insonmiz.

Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 29.01.2009 в 13:04.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх