|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#42 | ||
Заблокирован(а)
|
Цитата:
Цитата:
Оффтоп: So'z oxiri "~at" bilan tugaydigan qofiyadosh so'zlarni qidirib yuruvdim, sizga katta rahmat. ![]() |
||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#44 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Biz insonlar hayot ekanmiz ,nimaki anglasak,har bir anglagan narsamizni ,xoh u tirik jon bo'lsin, xoh jonsiz o'z aqlimiz bilan anglagan holda xulosa chiqara olishimiz zarurdir.Billurday tovlanuvchi ,bu sarob mol dunyoga burkangan olamda sodir bo'layotgan jamiki hodisalar,har bir kunimiz bizga darsdir,muallimimiz esa hayot.
Aqlimni tanib,insonligimni tushunibmanki ,bu olamning ishlariga tan bermay na iloj va na hojat bor. Inson atalmish mavjudod kimgadir sal kerak bo'lsada,shu ko'ksingdagi kesak emas yurak bo'lsa ,ana shundagina sen kim ekanligingni ,nima uchun hayot ekanligingni anglay olasan,sen yulduz,Oy ,Quyosh bo'lma oddiygina inson bo'l,inson bo'lganda ham, xalqing sening oldingdan ham ,ortingdan ham yaxshi hayollar ila yod etishsiz,ana shu sening ma'naviyatli inson ekanlingdan darak beradi,ana shudagina sen "ma'naviyat" so'zini his qila olasan! |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#46 |
ТДПУ
тадқиқотчи
Сообщений: 46
+ 18
18/12
– 0
0/0
![]() |
Юқоридаги барча фикрларни ўқиб, тўғриси ҳайрон қолдим. Маънавият деганда кўпчилик қандайдир таърифлар ва баланпарвоз гаплар билан изоҳлаган. Ахир маънавият эрталаб уйғонганимиздан тортиб то қуёш ботгунча қилган амалларимизнинг ҳаммаси маънавият-ку. Ҳа тўғри кимдир бизни аччиғимизни чиқарадиган ишларни қилади. Лекин унинг қалбига қулоқ солсак ундан маънавиятли киши йўқ. Аҳамият берсак турли халқларда маънавият тушунчаси турлича талқин этилиб, англанилади. Ғарб мамлакатларида маънавият диний тушунча, яъни духовность сўзи маънавиятнинг таржимасидир. Бу хусусда олим А.Эркаев "Миллий ғоя ва маънавият" китобларида жуда моҳирлик билан изоҳлаганлар. Шунинг учун маънавият деганда миямизни қотириб уни илоҳийлаштирмайликда, унга амал қилайлик. Сумкаси оғир аёлга ёрдам, йиқилган кичкинтойга юпанч, дўстларга ҳамдард, билим олиш, ёпилмаган водопровод жўмрагини ёпиш, кўчада пақилдоқ пақиллатадиган ўсмирга маслаҳатчи, тўй ва азада елкадош ва х.к. Яъни инсонийлик қонун-қоидаларини, миллий менталитетимиз, келажагимиз устуни сифатида шакллантириб келайлик. Чунки биз буюк аждодлар авлодимиз бизнинг келажагимиз давомчилари ҳам буюк бўлиши керак. Шундай эмасми?
|
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#47 |
Ташкентский педагогический университет имени Низами
студент
Сообщений: 31
+ 45
17/12
– 0
0/0
![]() |
Маънавият сўзини хар ким хар хил талкин этади. Менинг назаримда маънавият бу инсоннинг бу хаётда келиши, камол топиши, таълим-тарбия олиши, ота-онаси ва устозларининг беминнат маслахатларига амал килиши ўзининг юриш-туриши, ахлок-одоби, ички ва ташки маънавияти, кийиниш маданияти билан бошкаларга ўрнак бўла оладиган шахсни тушунаман. Албатта бу менинг шахсий фикрим. Чунки хозирда айрим инсонларнинг айникса ёшларнинг маънавияти пастлигидан енгил хаётни ўйлашларидан турли хил йўлларга кириб боришлари бир марта орзу-хавас деб кириб боргандан кейин унинг тавбасига таянганидан сўнг бу иллатнинг ёмон эканлигини англаб етади. Унда афсуски кеч бўлади. Шунинг учун айтса керак доно халкимиз "Билмайин босдим тиконни тортадурман жабрини".
|
|
Ответить |
![]() |
#49 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Moddiyat va ma’naviyat ikki eshik orasidagi yo’l
Nihol ekamiz ,undan kurtak ochadi uning gulini esa arilar changlatadi , undan so’ng esa meva tugadi ,biz insonlar u mevani iste’mol qilamiz. Nihol qanchalik baland bo’y taratib ko’karsa ,mevasi ham shunchalik shirin bo’ladi , ha-ya unga yana quyosh nuri ham zarur axir , Quyosh nurisiz kurrai-olam yashay olmaydi. Shu kabi mukammal ilm olgan insonning ma’naviy dunyosi boy bo’lsa, demakki. u insonning moddiy boyligi ham bor deganidir ,chunki ma’naviy jihatdan yuksak bo’lgan inson,moddiy taraflama boylikni zo’r ishtiyoq bilan o’ylamaydi balki, o’zining tafakkur olamini, ma’naviy dunyosi bilan bog’lagan holda bir maromda ushlay oladi. Ilmni quyoshga ,niholni insonning yoshligiga ,niholnining meva tugishiga sabab bo’lgan arilarni esa ilmning ta’siri, muvafaqqiyatiga qiyosladim. Ya’niki nolish mumkin bo’lmaydigan darajada sharoit mavjud , bizning unib o’sib gurkirab barg yozishimizga imkon bor ,zero inson tafakkur olami yer yuzining kattaligidan ham bir necha marotaba ulkaroq, kengroqdir. Ushbu ta’riflardan xulosa chiqaradigan bo’lsak.Yer yuzida necha milliard insonlar yashasa ularning qarashlari ,o’y-hayollari ham turlicha bo’ladi,birini fikrini biri boshqacha yo’sinda ta’riflaydi, to’g’riroq qilib aytadigan bo’lsak insonni ,insonga o’xshatish ( ya’ni uning ichki dunyosini na’zarda tutayapman) juda murakkab va ro’y berishi qiyin bo’lgan holatdir. Endi esa shu gaplarimizni taxlil qilish uchun misol keltiramizda so’ng yana mavzuimizni davom ettiramiz. Ikki inson bir davrada o’tirib “bir dunyo muammo haqida “ bosh qotirishayapti, birini mol dunyo xirsi bezovda qilayapti va “boy bo’lish baxti” ga muyassar bo’la olmagan ,birini esa yolg’izlik-u, do’stga zorlik armoni qiynar,mol –dunyosi ko’p-u ammo,yolg’izlikdan moddiy taraflama hech bir ehtiyoji yo’q ,ekan. “ Boy bo’lish baxti “ iborasini qo’shtirnoq ichiga olganimning sababini anglay oldingiz degan umiddaman. Xo’sh ularning qay birlarini ma’naviyatli inson deb bilasiz ,albatta sizning javobingiz jo’n bo’lishi tabiiy ,chunki u ikki insonni siz va biz tanimaymizda . Insondan biror xulosa chiqishi uchun (chiqarayotgan xulosasininng boshi va oxirini belgilab olmog’i ya’ni) ozmi- ko’pmi “u” haqida ma’lumoti bo’lishi lozim . Ana shundagina bizning xulosai- bayonimiz munosib bo’lgay. Endi esa mavzuimizni kelgan joyidan davom ettirsak. Вu dunyoda o’z halol mehnati bilan bir burda barakali nonini topib kun kechirayotganlar –u va ana shu bir misqolchalik ham umrini tejamaydigan, sarxisob qilmaydiganlar qancha ekan, axir bu hayot, lekin o’tkinchi hayot ekan deb barcha –barchasini o’z bo’larchilikka tashlab qo’yish adolat peshvolarimizning to’g’ri , adolatli fikrlaridan bo’lmas edi ,ayni damda . Ne uchunki ,bunday holatlardan ko’z yumishning, quloqni berkitishning,sezgi organlarining ishdan chiqarishning iloji yo’q, garchi tomora globallashuv jarayonlarining domiga kirib borayotgan voqea ,hodisalar yuz bergan va berayotgan asrda, hayot kechirayotgan bo’lsak ham, ba’zi hodisalarning ishtirokchisiga aylanib qolmaslik hamda ba’zi hodisalarning doimiy ishtorikchisiga aylanib qolmoqlik uchun ,bor kuch va irodamizni o’z vaqti-soati bilan boshqarishimizga to’g’ri kelib qolmayaptimikan?!. Ha- ya ,yana bir gap biz moddiyat va ma’naviyat orasidagi eshikning o’lchamlarini , uning orasidagi yo’lga kimlar sig’ishi-yu, kimlar o’ta olmasligi haqida gaplashmadik. Ammo har birmiz shuni yodda saqlamog’imiz lozimki, biz Imom Al-Buxoriydey zotlar tug’ulgan o’lkaning ,shu tuproqning farzanlarimiz ,shunday ekan ,xalqimizning o’chmas yulduzi, fidoyi adiblarimizdan , ulug’ shoirlarmizdan G’afur G’ulomning sakkiz misralik baytlariga to’xtalsak-da mavzuimizga yakun yasash uchun taraddud ko’rsak: G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olg’ulik muddat Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik. Yashash soatining oltin kapgiri, Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda o’z kurrasidan, Yasab chiqa olur yangidan jahon. Yarim soat ichida tug’ilib ,o’sib Yashab ,umr ko’rib,o’tguchilar bor. Ko’z ochib –yumguncha o’tgan dam qimmat, |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#50 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ma'naviyatning kushandasi bu insonning ma'naviy inqirozga yuz tutishidir. Ma'naviyati yemirilgan inson har qanday razolatda qaytmaydi yoki "manqurt"(zombi) ga aylanadi.
Keyingi 10-15 yil ichida yer yuzasidagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar keskin, aytish mumkinki halokatli ravishda o'zgarishi, millionlab odamlar hayotidagi krizisli o'zgarishlar yashab turgan ijtimoiy muhitning ostin-ustun bo'lib ketishi, ish, yeyish-ichish, yashash, o'qish, davolanish muammolari, xotirjamlikning yo'qolishi, yolg'on, omonatga xiyonat, turli soxta din oqimlarining kuchayib ketishi, giyohvandlikning avj olishi, axloqiy buzuqlik, aroqxo'rlikning avj olishi, asosan maishiy hayotning birlamchi bo'lib qolishi, jamiyatdagi azaliy qadriyatlarning o'z qadrini yo'qotishi, jamiyatda erkak mavqeyining pasayib, ayol mavqeyining keskin oshib ketishi< muqaddas sanalgan oila o'chog'ining arzimas sabablar bilan buzulib ketishi mumkinligi, aksariyat oilalarda ota-ona emas bolalarning orzu-istaklari, ehtiyojlari boshqarishi, uyat, hayo, hurmat, halollik o'rnini pulga bo'lgan hirs egallashi, pulga sig'inish kabi qator va qator illatlar tufayli insoniyat ma'naviy inqirozga duchor bo'lmoqda. Aqlli insoniyat oldida bu inqirozdan qutulish uchun aqlni ishlatib, ilm orqali xalos bo'lish vazifasi ko'ndalang bo'lib qoldi. PS: Kimgadir bu balandparvoz gaplar bo'lib tuyulishi mumkindir. Biroq bu hayotiy kuzatishlarim asosidagi xulosalardir. |
|
Ответить |
|