19.11.2009 12:35
|
#11
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Цитата:
Сообщение от Maestro
Оффтоп:
2 Нигора Умарова:
Модератор, тилшунос, мураббий, икки карра форум маликаси ;-) нуктаи назаридан эмас, балки оддий адабиёт ихлосманди сифатида билдиришингиз мумкин булган шахсий фикрингизни билмокчийдим:
Сиз "денгиз", "сингил" каби сузларни бугинлашда "ден-гиз", "син-гил" шаклида эмас, балки янги коидаларга мувофик "де - нгиз", "си - нгил" шаклида келтирилишини нормал хол деб хисоблайсизми?
|
Оффтоп: Tahsinlarga tashakkur!
Adabiyot ixlosmandi sifatida fikr bildira olmayman. Chunki ixlosmand sifatida ma'lum qolipda fikrlashga to'g'ri keladi. Tilning sofligini saqlab qolish uchun sa'yi harakat qiluvchi o'zbek sifatida fikr bildirsam degandim.
Ng harf birikmasi, yumshoq n tarzida talaffuz qilinuvchi so'zlarda so'z o'rtasi va oxirida uchraydi. Tong, bodring so'zlarida bu seziladi. Singil, ko'ngil so'zlarida esa N va G tovushlarini alohida talaffuz qilamiz. Tovush nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsam, bo'g'inga ajratish holati to'g'ri bo'ladi. Harf nuqtai nazaridan esa bu xato. Mana shu narza tilshunos bo'lmagan oddiy insonni chalg'itadi. Tilshunoslar harf tovushning yozuvdagi ifodasi prinsipiga asosan alifbodagi mana shunday tafovutlarni yo'qotishsa yaxshi bo'lardi.
|
|
Ответить
|