Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.07.2010 00:45   #11  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Kitobda bugungi davr adabiyotiga ham keng o`rin beriladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “G`aroyib saltanat” maqolasida bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To`xtaboev ijodi keng tadqiq qilingan bo`lsa, “Ijodiy o`zlik sari yo`l” maqolasi taniqli shoir va adib Anvar Obidjon ijodiga bag`ishlangan. Muallif bir o`rinda shunday deydi: “Yurtimizda Anvarlar ko`p, Obidlar ko`p, ammo, Anvar Obidjon yagona! U o`zbek bolalar adabiyotiga o`z ovozi bilan kirib keldi. Ochig`i, ushbu to`plamga – “Betakror o`zlik” degan nomni ham shu xokisor shoir taklif etgan”. Muallif bir o`rinda uni shunday ta’riflaydi: “Anvar Obidjon borliqqa – mavjudotu mahluqotga; oy, quyosh, yulduzlarga; uzluksiz g`imir-g`imir harakatga bolaning ma’sum ko`zi bilan boqdi. Pishiq-puxta, umri uzoq asarlar yaratdi. Bolalar adabiyoti pirlari qatoridan o`z didi, tili, uslubi bilan joy oldi”.
Muallif bolalar adabiyotiga oid fikrlarini davom ettirar ekan, “Bolalikning beg`ubor osmoni” maqolasida shoir Tursunboy Adashboev ijodiga alohida to`xtaladi. “Bolafe’l shoirgina bola holatini, beqiyos olamini anglaydi,– deb yozadi muallif.– Tursunboy Adashboev jahon bolalar adabiyotini bir butun deb biladi”. Maqolada bolalar adabiyotini yanada rivojlantirish omillari haqida jo`yali fikrlar ilgari surilgani e’tiborga molikdir.

(Давоми навбатдаги саҳифада)
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх