|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#11 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Xalq ma’naviyati – bebaho ganjina
Qadim o’zbek xalqisan ,asl Odam avlodi, Misr ehromlaridan tarixing qariroqdir. Xorazmning har g’ishtida –bobolarning ijodi, Anglo –saksonlardan ancha yuqoriroqdir. Bizda logarifmaning mushkul muammolari, Qo’ldagi barmoqlardan oddiy qilinganda hal, “ Oliy irq” davogari .Cherchilning bobolari Hatto sanay olmasdi o’n barmoqni mukammal… (G’afur G’ulom ) Avvalambor “Xalq ma’naviyati –bebaho ganjina” ya’ni xazinamizga to’xtalib o’tsak. Biz mustaqillik farzandlari, yurtimizning arzandalari, qatag’onni va uning qurbonlarini ko’rmaganmiz .Shuning uchun bo’lsa kerak-da , aksariyat tengdoshlarimiz, xalqimiz fidoyilarining, shu kungacha yetib kelishimizga , “bir yo ikki jang qilib qo’ya qolishgan- u vatanparvar bo’lib ketishgan” degan fikrda to’xtalib ,qotib qolishadi! Bu fikr mutlaqo noto’g’ri .To’g’rirog’i buning o’ziga yarasha jiddiy hamda so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan jihatlari ham bor. Shu jumladan, xalqimizning boy tarixida ma’shum iz qoldirgan “sovuq urishiga” to’xtalsak. Bu urushda qanchadan-qancha xalqimizning fidoiylari,botir o’g’lonlari halok bo’lishdi, bu urush millatimizdan,o’zligimizdan ayirmoqchi bo’lgan yovuz kuchlarning eng shavqatsiz urushi edi. Yo’q ,men faqat bu urushni sizlarni yodingizga solib qo’yish uchun emas aksincha, bobolarimi-u , momolarimizning o’sha ma’shum kunlardagi bahodirliklari-yu, bebaholiklarini yana bir karra aytib o’tmoqchiman halos. Albatta , bizning vatanparvar xalqimiz, mustaqillikka erishdi. U necha dovonlarni oshib o’tib shu kungacha keldi. Boy tarixini, oltin merosini, o’chmas qadriyatini, bebaho ganjinasini ham o’zi bilan birga olib keldi.Biz yoshlar mana shu bugungi kungacha kelgan xazinamizdan ,bahra olayapmiz. Foydalanayapmiz, ko’rayapmiz, deyapmiz-ku, lekin bu xazinani yana qancha asr bizdan keyingi yoshlarga xizmat qila olishi , saqlanib qolishi haqida hech o’ylab ko’ramizmi?. Ha,o’ylaymiz ,qachonki bizni chuqur havotirga solgandagina o’ylab ko’ramiz. Negaki “bu xususida bosh qotirish bizning vazifamiz emasda” , shunday demoqchimisiz?. Aslo ,yosh tengdosh unday deya ko’rmang ,aks holda bu boy meros sizdan vos kechadi!... Unda esa, juda kech bo’ladi, shunisidan qo’rqaylik, bu xazinamizning misqolchalik zarrasiga putur yetishidan qo’rqaylik negaki, bizning eng katta boyliklarimiz , yangi ,sof fikrli kelajakka yetmog’i darkor. Zero , bobokalonlarimiz ham bizga qoldirgan merosni shu niyatda , ya’ni bizni shu merosni asrashga qodir avlod sanashkan-ki ,biz ham ularning bu pok niyatlaning bardavomchisiga aylanmog’imiz lozim. Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz ,xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. I.A.Karimov.( Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch). Bu ildizlar kimniki, uning davomchilari bo’lishlikka munosib farzandlarmizmi? Mulohaza qilishlikka ulgurdingizmi. Yo’q, albatta ulgurmadingiz chunki , juda qisqa vaqt –da shundaymi?! Aziz tengdosh ,biz ham shunchalik qisqa vaqtimiz bor deb , xis qilaylikki , xalqimizning bu ganjinasiga zarracha putur , gard yuqmasin! “O’zbek” so’zining asl ma’nosini bilmaydigan, tanimaydigan vatandoshimiz, xalqparvarimiz bo’lmasa kerak. Chunki o’zbekning ,bekligini anglatadigan ham uning shu nomidir. O’zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan bo’lgan suhbatlardan birida ,u kishi bir voqeani so’zlab bergan ekanlar. “ Yaqinda bir do’stimiznikiga bordik. Hovlisiga yerto’ladan qazilgan tuproqni uyub qo’ygan ekan .Hamrohimiz, Shvetsariyada yashaydigan vatandoshimiz doktor Usmon Jondonga qarab hazillashdim: -Usmon aka buning tozaligini qarang ,bunaqa soz tuproq Shvetsariyada bo’lmaydi. Shunda doktor Usmon tuproq uyumiga bir oz qarab turdilar-da , keyin javob berdilar: -Siz hazil ohangida gapirdingiz , men jiddiy javob berajakman. Siz dedingizki: “bunaqasi Shvetsariyada yo’q”. Men deymanki: “ Bu tuproq dunyonig hech qayerida yo’q. Chunki bu Vatan tuprog’i. Biz mustaqillik kuniga yetishmay turib Vatanga kelish baxtidan bebahra edik va uning bir kaft tuprog’iga zor edik. Kim iloj qilib Vatanga borish baxtiga erishsa biz undan qimmatbaho sovg’a olib qaytishini so’ramasdik, bir hovuch tuproq olib kelishini iltimos qilardik so’ng bu tuproqni ko’zlarimizga surtardik,o’pardik ,to’yib-to’yib hidlardik… Usmon akaning bu so’zlari barchamizni bir ajib tuyg’uga chulg’adi” Bu voqeadan xulosa chiqarsak .Bizning xazinamiz boy tariximiz bo’lishi bilan birgalikda ,ona yerimiz va undan unib chiqqan har bir nihol ham bizning xazinamiz , ganjinamiz , bebaho merosimizning tutib turguvchilari ekan. Shu o’rinda bir jumlani aytib o’tsam. Bu Vatan ,bu ona yer bizsiz ham yashayveradi ammo,biz farzandlar Vatansiz, uning xush ifor tuprog’izis, bobolarmizning kerakli o’gitlarisiz yashay olmaymiz , to’g’rimi aziz yurtdosh?! |
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
|