Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
Polisemiya(ko'p ma'nolik) bilan sinonimlarni adashtirib bo'larkanmi?.. Adashtirmay fikrimni to'g'ri bayon etdim. Balki Siz noto'g'ri tushungandirsiz.
|
???
Цитата:
Nigora Umarova 
filologiya fanlari doktori, professor Mazluma Asqarova, o'zbek tilining leksikalogiyasi bo'yicha dotorlik ishini yoqlagan, professor Hasanxon Jamolxonovning leksiyalarida, ilmiy suhbatlarida eshitmagan "o'zbek tili leksikasi" bo'yicha "yangiliklar"ni Sizning xabarlaringizdan o'qimoqdaman.
|
Siz menga olimlarni fikrlarini takrorladingiz demoqchisizmi? To'g'risi tushunmadim sizni ironiyangizni?
Цитата:
Nigora Umarova 
Оффтоп: Amerikani ikkinchi marta kashf etish shartmikan?!..
|
Xuddi tepadagidek holat
Цитата:
Nigora Umarova 
Polisemiya hodisasida bir leksema(so'z)ning bir necha ma'nosi bo'ladi. Leksik polisemiyaning yuaga kelishi ma'no taraqqiyoti qonuniyati bilan belgilanadi.
Masalan,
Цитата:
tuz leksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma'nolar bor:
1) "kislota tarkibidagi vodorod o'rnini biror metall egallashi natijasida hosil bo'ladigan kimyoviy birikmalar"(asosiy tuzlar, sulfat kislota tuzlari);
2) "kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi"(osh tuzi);
3) ko'chma ma'noda: "kimsaning boshqa odamga bergan, yedirgan-ichirgan ovqati"(tuz bermoq, tuzini yemoq);
4) ko'chma ma'noda: mantiq, ma'no, mazmun: "Iye-iye, bu oyimchaning gapida tuz bormi o'zi?"(I.Rahim)
|
"
Leksik polisemiya, odatda,bir leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma'nolar orsida mazmuniy bog'lanish borligiga tayanadi, shu xususiyat bilan leksik omonomiya(shakldoshlik)dan farqlanadi
|
Kompliment!
Mana endi polisemiyaga yetib keldik
Цитата:
Nigora Umarova "Gap tuz" dagi so'z-fe'l bilan "Tuz"-kimyoviy elementni bildiruvchi ot o'rtasida grammatik jihatdan ancha farq bor. Birinchi misoldagi so'z harakatni ifodalasa, ikkinchi misolda esa so'z nomlovchi xususiyatga ega.
|
Ot bilan felni farqini bilaman har qalay, lekin nima demoqchi ekaningizni tushunmadim bu narsa bilan. Endi omonim haqidami yoki gap?
Цитата:
Nigora Umarova 
Endi "kuldi" misoliga kelsak, uni uslubiy sinonim sifatida keltirib o'tgandim.
|
Biz esa polisemiya haqida gapirishayotgan edik, to'g'rimi...?