Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 05.05.2009 12:00   #1  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Andishaning oti, qo’rqoq emasdir!!!

Andisha nima?

U misoli kiyimdir, kiysang xo’p yarashadi,
U misoli ertakdir, eshitsang xo’p yoqadi.
Qiyos qildim men uni bog’dagi go’zal gulga,
Va qo’nishga jur’ati yetmagan bir bulbulga.
Siz dedingiz –“Andisha xos emas faqat gulga,
U misoli kiyimdir, xosdir har bir insonga” .
Inson sharmu-hayosi o’lchanar tarozida ,
Gar bo’lsa u hayoli, bo’lar misli farishta.
Andishali insonning dili doim bo’lar oq,
Gar bilmoqchi bo’lsang buni,uning ko’zlariga boq.
Ko’zlar hech ham aldamaydi, sir boy beradi senga,
Ko’ngilda bo’lsa gar kir u, chiqadi sirtiga.
Inson yuzi o’ralgandir juda go’zal pardaga,
Bu pardaning go’zalligin bog’lashar andishaga.
Andisha o’rgatilmas hech bir ilm dargohda ,
Inson uni kashf qiladi, o’zining olamida.
Bu olamda tarbiyatning o’rni juda kattadir,
Tarbiyaning darajasi, biz uchun bir tamg’adir.
Bu muhrimiz bir umrga bosilar, yuvib bo’lmas,
Agar yaxshi muhr bo’lsa, misli quyoshdek so’nmas.


Andisha … bu so’zni eshitganimiz hamon ,bir bahiyaga bo’lsa ham to’xtab qolamiz. Chunki ,biz andishani andishasizlikdan, halollikni beburdlikdan , insoniylikni hayvoniylikdan, to’g’rilikni o’g’rilikdan, haqiqatni yolg’ondan ustun qo’yguvchi insonmiz.
Andisha nima o’zi u? Tuyg’umikan ko’rinadigan kiyimmikan kiyiladigan?! Keling yaxshisi andishani bir yegulik deb tasavvur qilamiz va undan har bir yeyayotgan taomingizga ozginadan qo’shishingizni tafsiya qilamiz, xuddi tuz singari. Endi esa uni mato deb tasavvur qilamiz , usiz kiyim tikilmaydi va hech kim andishasiz kiyinmaydi , andishasiz taomlar tanavvul qilinmaydi. Demakki, andishasiz hayot bo’lmaydi. Unda biz andishali va andishasizlarni qanday ajratib olamiz?! Qanday insonlarni biz andishalilar deb ataymiz? Bu savollarga bir so’z bilan javob berish mumkinmi?!
Bizga yoshligimizdan uqtirib kelingan ”Uyat bo’ladi!” so’zining naqadar urg’u berib aytilishini tushunmas edim, to’g’risini aytganda bu jumla menga erish tuyular edi. Ammo inson ulg’ayar ekan, uning fikrlash qobilyati ham, tushunib yetishi ham, birmuncha ulg’ayadi.
Har bir inson yorug’ olamga, yuzidagi go’zal , iffat pardasi bilan keladi. Faqat biz o’zimiz uni , shu iboli yuzdan olib tashlaymiz.Hech ham tap tortmaydigan bo’lib qolganmiz! Va’dani lof aytgandek aytamiz-u,”ustidan chiqish kerak “ degan hayolga bormaymiz. Ko’z –ko’zga tushganda, tik boqib yolg’on gapiramiz . Tap tortish yo’q! Bozorda hatto iymonimizni ham , molga qo’shib pullab yuboramiz, qo’rqish yo’q! Noxaqlikni guvohi bo’lsak , sukut saqlaymiz, e’tibor berish yo’q! Nomusdan, oriyatdan so’z ochgan insonga, bozorni ro’kach qilamiz-u, qutulamiz. Andishani pullab yubormoqchi bo’lganlarni ko’rsak ham, lom-lum demaymiz. G’aflatdan uyg’onish yo’q!
Aziz yurtdosh! Biz millatimizning o’zbek ekanligini unutib qo’yayapmiz, negaki qizlarining yuzidagi hayosi , yigitlarining dilidagi shaxti qayergadur yo’qolib borayapti.
“Yurtda bahor deb”, xursand bo’layotgan qariyaning so’ziga oxirigacha quloq tutsam, bilasizmi u nima deyapti ?! “Yurtda bahor kelib dillar quvnasa, bir tomondan “bahoriy” kiyimlar kiyilib “ tillar yayrayapti” deydi.
Biz ushbu mavzumizni quyidagicha yakunlasak.
Beburdligidan xijolat chekmagan banda qanchalar xunuk bo’lsa, xijolatdan qizara bilgan banda shunchalar go’zaldir.

Umida Shodiyeva .

Aziz forumdosh! Ushbu mavzuda siz, Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litsey o’quvchilarining fikrlari bilan ham tanishishingiz mumkin ..


Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 05.05.2009 в 12:03.
Ответить 
Старый 05.05.2009 12:04   #2  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Andisha
Kamtarlik libosi egnida bo’lagan,
Tiliga doimo sultonlik qilgan.
Odamlar ularni chin dildan sevgan,
Hurmatni hamisha birinchi bilgan.
Andishaning oti qo’rqoqmas biling,
Bunday insonlardan sabrni kuting.
Kattalarga hurmat, kichikka izzat,
Bariga bo’lakcha beradi himmat.
So’zning oxiriga yetganda faqat,
“ Dugonam, do’stginam, xato emasmi?!
Der qiling yaxshilikni aylabon rohat,
Andishali qalbda bo’ladi chin uyat.
Insonlar ko’nglini Ka’ba sanagan,
Qalblarni buzishni xayol qilmagan.
Tepada Robbisi borligin bilgan,
Adolat qilishni unga topshirgan.
Tangri ham ulardan andisha qilar,
Shuning uchun ularga saodat berar.
Andisha qilingiz har ishingiza,
Balki qoldirishar, sizni ko’p ortda.
Xafa bo’lmang hech ham siz o’sha tobda,
Sizga “Yuzsiz” degan tamg’a bosilmas.
Hayoli , iboli bo’lasiz ana,
Axir , siz Kumushning avlodidan-a!..
Kumushim, Bibiyim, jon ona qizim,
Ota- ona o’stirar deydi : “ yolg’izim”
Kundoshi topilsa degan :” Azizim”,
Andisha, qialdi etib sabr , jim.
Biling, bu andisha qo’rqoqlik emas,
Bu hurmat, matonat, muhabbat faqat
Lobar Po’latova
Ответить 
Старый 05.05.2009 12:09   #3  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Andisha
“ Tohir va Zuhra” yoxud hind filmlari namoyish etilsa, kattalar o’tirgan uyning derazasidan mo’ralab tomosha qilardik,- deydilar onam. - Ular biz tomonga qarab qolguvdek bo’lishsa, yuragimiz qinidan chiqib ketguvdek, bekinishga joy izlardik…
Nahotki oradan o’tgan boringki o’ttiz- qirq yil bizni andishadan shunchalar uzoqlashtirdi?!
Andishasizlik sohibiga qanchalik rohat bag’ishlar , uning joni osuda yashashiga qay ma’nodadir ko’maklashganday bo’lar, ammo bora- bora yovga aylandi u. Zero, “ ekkanini o’rmoq” naqli hech birimiz va hech bir harakatimizni javobsiz qoldirmaydi. Qachondir, kimlargadir qilingan yaxshiyu- yomon munosabatlar, undan bo’lmasa , o’zgadan ziyodasi bilan qaytaveradi. Balki, shu bois adab insonning bebaho boyligi sanaladi. Andisha – adabning jon tomiri , ajralmas bir bo’lagi, ko’rinishi. Andisha shunchalar katta kuchga, chiroyga ega ekan, uni odamzot qachon yo’qotib qo’ydi? Qachonki uning quvvatini o’ziga singdira olmay ulg’ayganda.
Ko’chaga chiqishdan oldin ko’zgu yoniga boramiz?! Bu ham o’zgaga hurmat, andishaning belgisi. Egnimizda ozgina gard qo’nsa , tashvishini qilamiz. Nega? Atrofimizdagilarning nigohimi? Andisha bizni ana shunday tergab, o’ngu -so’limizga nazar tashlatib turguvchi kuchdir.
Andisha ana shunday turli ko’rinishlarga bizning xatti- harakatlarimizni go’yoki nazorat qilib turadi.
Andisha – bu o’zimizni qaysidir ma’noda anglamoqdir balki… “ Men”imiz qobog’idan chiqib atrof va atrofdagilar bilan hisoblashib yashamoqdir. U ham ruhiyatga , ham ma’naviyatga , o’rni kelganda moddiyatga daxldor holatlar bilanto’qnash keltiradi insonni .
Odamzod andisha bilan ziynatlanganda esa tom ma’nodagi o’zbekchilik ulug’lanib turadi. Demakki ,”andishadan yiroqlashmoq, o’zbeklikdan uzoqlashmoqdir . Bu uzoqlashish ” mana men deya bo’y ko’rsatmas.Aslida eng daxshatlisi ham shunda . Ko’zga ko’ringan yovni yengish osonroq. Lekin asta-asta dunyolarimizni zabt etib, amallarimizni boshqara boshlashgacha yetgan dushmandan qutulish qiyin . Bu dushman andishasizlikdir! U mayda- mayda zarralar misol qalbimizni zabt eta boradi. Unga bo’ysunganimiz sari atrof-olamdan uzila boramiz . Olis yo’l bosib yaqinlarimizni yo’qlash o’rniga qo’ng’iroqlar bilan qanoatlanamiz. O’rtada diydor chirqillab qoladi-yu, andishasizlik g’olib keladi. Qo’shnimiz g’am bilan qorishganda, asablarimizni qizg’onamiz, vaqtixushligimizni o’ylaymiz. Hamsoyalik haqqi uvol bo’lsada, andishasizlikning yuzi qizarmaydi… Andishasizlikning suratini ko’p chizgilarda ko’rsatmoq mumkin. U, nazarimda og’ir xastalikka o’xshaydi. Kishini faqat “o’zim bo’lib yashash” iga mahkum etuvchi dard misoli .Xalqimizda “ ko’rnamaklik” degan gap bor. Andishasizlikdan ana shu noshukurlikning hidi keladi. O’zbekchilikda bu qusur qattiq qoralangan. Vatanning bog’iga, bitta nihol o’tqazganjon shu amalnasib etgani uchun rizolar bo’lgan. Uzun, beg’ubor osoyishta kunning hurmati, haqqini ado etish farziga katta andisha bilan qaralgan . Davr o’zgarishi bilan , jamiyat taraqqiq etishi mumkin. Lekin o’zbekchilikka xos bu qarash o’sha –o’sha. Aslida rivojlanishlar zamirida , unga olib boruvchi yo’lda ana shunday munosabat, mehnatlar jam. Ammo kimdir payqab , kimdir sezmayotgandir, kimdir tashvish chekib , kimdir pinagini ham buzmayotgandir-u, andisha va biz o’rtamizdagi masofa uzoqlashgandan uzoqlashib borayotgandek.
Nargiza Miryakubova
Ответить 
Старый 05.05.2009 12:10   #4  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Andisha

Qiz yuzidagi hayosi, uning nomusi ,pardasi
Uyati-yu ibosi, andishasin mevasi.
Gap eshitib , qizarib javob berib iymanishi,
Ko’zi bilan yer chizishi andishasin bo’lishi.
Andishadir mehr ,vafo , sadoqat poydevori,
Yominlik-u, dilozorlik zulmning abgori.
Gar bo’lsa o’zbek qizlar andishasiz, bevafo,
Unda o’zbek qolmabdi bu keng zamona aro…
Nargiza Burxonova
Ответить 
"+" от:
Старый 07.05.2009 12:45   #5  
Аватар для Robiya
Оффлайн
ученик
Сообщений: 35
+ 194  57/23
– 0  0/0

Uzbekistan
ANDISHA NIMA?

Biz o’zbekla azaldan
Ishlatamiz bir so’zni
Bu so’z zamirida
Ma’no ko’pdir aslida
Adolatli, insofli va iymonli bo’lish shart
Shunda “Andisha” degan makon bo’lar albatta
Nega makon deganim mag’zin chaqamiz keling
Shu so’z zamirida inson hislatin biling
Har ishda muloyimlik
Va to’g’rilik shart albat
Yolg’on-u fitnalardan uzoq bo’ling har vaqt.
Yetim va qariyalarga mehribonlik qilinglar
Ig’vo va tuhmatlardan yiroqlarda bo’linglar
Shunda farishtalar yozmagay bizga gunoh
Biling yaqinlarim bu hislatlar bo’lsin sizlarga hamroh.
Men “Andisha” deganda ko’p narsani tushundim
Hatto oddiy gadoda bordir, o’ziga xos andisha
Dunyoda andisha nafaqat o’zbeklarda,
Balkim bo’lsin barchada
Barcha hamjihatlik va inoqlik ila ish ko’rsin,
Shunda dunyoda totuvlik bo’lar albatta
Birodarim oldindan uzr so’rayman sizdan,
Agar qalbingizga ozor yetkazgan bo’lsam
Bo’laylik barchamiz andishali musulmon
Shunda Alloh barchamizga nasib etadi iymon
!
Robiya
Ответить 
Старый 07.05.2009 23:50   #6  
Аватар для Shoista Quchqorova
Оффлайн
"SM & ZiyoNet"
tinglovchi
Сообщений: 26
+ 18  26/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Andisha,or-nomus,sharm-xayo haqida naqadar go'zal she'r va fikrlar yozib qoldiribsizlar. menda bunday she'rlar bo'lmasada shuni aytmoqchiman-ki: qiz bola andisha bilan go'zal, andishasi uning xuddi yuziga tutilgan pardasidek bo'ladi. She'rlarngiz uchun raxmat.
Ответить 
Старый 09.05.2009 14:20   #7  
Аватар для Javohir Mahmudjonov
Оффлайн
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165  43/31
– 0  2/2

Uzbekistan
Andisha va Qo'rqoqlik bu boshqa boshqa hilqatlar. Boshqa boshqa dunyo.
Ikkisi ham insonning hayot mazmunini boyitib turadi...
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 12.05.2009 11:56   #8  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Javohir Mahmudjonov Посмотреть сообщение
Andisha va Qo'rqoqlik bu boshqa boshqa hilqatlar. Boshqa boshqa dunyo.
Ikkisi ham insonning hayot mazmunini boyitib turadi...
Javohir
Iltimos!
Fikringizni to'liqroq talqin qilib bersangiz.!
Ответить 
Старый 12.05.2009 11:59   #9  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Oppoq orzularni opichlab olib,
Osmonlar orzuga oshiqqan onda.
Olam oromini olomon olib,
Olimlar odillik osha olganda,

Oymo'ma orlanib oshiqliklardan,
Oyyuzin olibdi oyna oldidan.
Oxir oriyatin oni ozganda,
Odamlar ongini oynak ochibdi...
Umida Shodiyeva
Ответить 
Старый 23.05.2009 11:29   #10  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Ustozimiz Aliybek Rustamiyning “Adiblar odobidan adablar” kitoblarini varaqlab turib ushbu misralarni uchratib qoldim.

Цитата:
Iffat deganda shavqat, ya’ni lazzat va mafaatga bo’lgan intilishning aqlga bo’ysundirilishi tushuniladi va bu bir necha xislatni o’z ichiga oladi.
Bulardan biri hayo bo’lib , bu uyat va yengiltaklik hisoblangan ishlardan tiyilishdir .
Yana biri sabr bo’lib, bu nafsoniy quvvatlarni jilovlashdir.
Yana biri qanoat bo’lib, bu yeb –ichmak va kiyinmakning imkon va zarurat darajasidan ortig’ini talab qilmaslikdir.
Yana biri viqordir. Viqor talab qilingan narsalarga erishishga bo’lgan ishonch bilan kirishib, shoshma- shosharlik qilmaslikdir.
Yana biri maishatni halol kechirish, molni yaxshilik bilan topib, yaxshilikka sarf qilishdir.
Yana biri saxovat bo’lib, bu achinmasdan va ayamasdan , lekin haddan oshirmasdan molni kerak bo’lgan o’rinlarda, o’ziga, yaqinlariga va muhtojlarga sarf qilish malakasidir.


Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 23.05.2009 в 11:32.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх