AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Цитата:
Omadli jentelmenlar
- Aziz teletomashabinlar! Piramidaning qir uchiga chiqib, Jomalungma cho'qqisini tomosha qilayotgan, bir million, besh million, boringana ellik million yutayotgan, baxtli voqeaga ro'para kelib baxtini topayotgan, a'lo o'yin o'ynab, raqib darvozasiga javobsiz o'nta to'p urayotgan azamatlar soni kun sayin ko'payib bormoqda. Mana, o'zingiz guvoh bo'ling!
- Marhamat qilib, o'zingizni tanishtirsangiz!
- Men Buxoroning Romitan rayonidanman. Otim baqoyev Po'lot. O'ziym maktabda ishlayman. Shunaychukun panjshanbe kuni xotinim bilan mashinaga Buxoroga borib ediym. Ketopsak, lotareya sotopti. Sotuvchi o'zimning sobiq o'quvchim ekan. "Domullo Baqoyev, dedi, manginaning latareyasidan birtagina oling, ohe!" dedi. Xotinim aytdi: "Kotta-motta odam lattareyani nima qilasiz, undan ko'ra bachalarga banan olayik", dedi. "hay birta latareya olsak, olibmiz-da" deb shunday o'chirsam, "avtomobil" deb yozib qo'yibdi. Xotinim "ibi-i-i-i" dedi-yu, yiqilib to'xtadi!
- Sizni chin dildan tabriklaymiz< Po'latjon! Xotiningizni ham qutlab qo'ying. Bundan keyin mashina yutsangiz, yiqilib yurmasinlar! mabna sizga mashinaning kaliti! mana, qo'shimcha pul!.. Ammo bu hali hammasi emas, aziz do'stlar! Bugun baxti kulganlarning kunidir! mana yana bir g'olibimizni ko'rib qo'ying! Ismingiz?
- Men Hamidxon Habibxonovman. Namongonning Uchqo'rg'onidan bo'laman. O'tgan hafta institutga ketutsam supermarketning oldida lotoreya sotutti ekan. Uchtaginasini olgan edim, mashina chiqdi!
- Tabriklaymiz< Hamidxon uka! Muborakbod bo'lsin! ayting-chi, щэйшнышяьшб ishlaysizmi?
- Institutda o'qiyman.
- Ko'rdingizmi, azizlar! Omad kulib boqsa, yosh ham, kasb ham tanlamaydi! ayting-chi< Hamidxon uka, ota-onangiz bormilar?
- Borlar. Didom borlar. Abam borlar. mana abamning o'zlari.
- Iye, ayajon, siz Hamidxonning ayalari bo'lasizmi?
- Ashnaqa, ukajon! Balamning baxtidan o'rgilay! Latareyaga yutganini eshitib, qaldirab qolsam, deng! Didasini aytmaysizmi? Bahorda qurt o'lgurga barg kesaman deb tutdan yiqilib belangi bo'pqolgan edilar. Xushxabarni eshitib, dikanglab turib ketsalar, deng! Ming rahmat sizlarga!
- Mana, ukajon, mashinaning kaliti! Haydashni bilasizmi?
- Bilaman, oka, pravam bor!
- Unday bo'lsa, oq yo'l sizlarga! Qarang, hurmatli tomoshabinlar! yoshgina yigitcha mashinaga chaqqonlik bilan minib, uchirib ketganini qarang! shu ketishi bo'lsa, to'rt soatdan keyin onasini Uchqo'rg'onda ko'radi! :-)) Azizlar, navbatdagi g'olibimizni ko'rsangiz, hayratda qolishingiz aniq! Mana, o'zingiz guvoh bo'ling! Siz qayerdansiz, otaxon!
-Nemene?!
- Qayerdan bo'lasiz, deyman?
- Jaqinroq kel, shirag'im, qulog'im ovur!
- Qayerdan kelgansiz, deb so'rayapman, boboy!
- Yujniy Kazaxstanning Kentov qal'asindin! Oltinshi uvlim Jettisoyda "Alg'abas" sovxozinda malshi bo'lib ishleydi. O'si uvlimni ko'reyin deb kelib edim. Ippadromg'a barsam, birovi latareya satib jatkan eken. "Aling, aqsaqal, mashin jutasiz" dedi. Sasib qalib o'novini olib edim, birovini o'shirsem, mashina shig'ibtur.
- Eshitdingizmi, do'stlar! Otaxonning gaplarini eshitdingizmi? Bizning o'yinimizga faqat hamyurtlarimiz emas, qardosh qo'shnilarimiz ham ishqiboz bo'lmoqda. ishqiboz bo'libgina qolmay, yutmoqda! necha yoshdasiz, otaxon!
- Ne deysin?
- Yoshingiz nechada?
- Jetpis jettida! At jili tuvg'anmin.
- Qarang, qadrli do'stlar. yoshi yetmish yettiga chiqqan, yuzidan nur yog'ilib turgan otaxonni tabriklang! mashinaning qanaqasini tanladingiz, otaxon?
- Vov shirag'im, mog'an to'rt do'ngalagi bo'lsa bo'ldi.
- Ayting-chi, otaxon, oilangiz katta bo'lsa kerak?
- Ulken. Ush qatin...
- Kechirasiz, otaxon, nima uchta?
- Ush ayolim bor. O'zbek bayisa tom soladi, qazaq bayisa qatin oladi, degen so'zni eshitpegenmisin? Ush qatin, o'n jetti uvil-qiz, qirq ush nevera, sekkiz sho'beram bar.
- Qoyilman, otaxon! Uchala kampiringiz bilan qo'sha qaring! Nevara-chevaralarning rohatini ko'ring! bo'ldimi, xayr, omadingizni bersin! aziz tomoshabinlar! hali aytganimizdek, bugun chindan ham g'oliblar kuni! Ana, tag'in bir omadli yigit kelmoqda! O'zingizni tanishtirsangiz?
- Otim Sardor. Familiyam Rustamov.
- Sardorjon! boshingizga baxt qushi qanday qo'nganini batafsilroq aytib berolmaysizmi?
- Etsam etvuraman! Buvam rahmatli etganiydila. "Qimorni yaqiniga yo'lama, badbaxt, qimorvozzi kosasi oqarmiydi", diganla. Latareya-patareyaga toqatim yo'q. Oddix kuni shoshib ketvossam, bir bola "mashi lattareyani olin, oka, moshina yutasiz", diydi. "Yutadigan latareya bo'sa nega o'zing omiysan?" disam, "pulim yo'g'-de, oka" diydi. "Nechchi pul?" disam, "besh yuz" diydi. Ming so'm bersam ikkita bilet tiqishtirvotti. "Hov, bratan, izdachisini bermisanmi, sani latareyang dib o'yimga piyada ketamanmi?" disam, "ikkita olavuring, rachcho't bo'lovuz", diydi. У bore, nima bo'sa bo'ldi, dib, mundoq o'chirsam, moshina chiqdi!
- Ana, ko'rdingizmi, azizlar! Omadning kulib boqishini qarang! o'zingiz qayerda yashaysiz, sardorjon?
- Tochniy adrisim kerakmi, pajalista! Toshkent shahar, Oqtepa massivi, Qo'shterak ko'chasi, o'n to'rtinchi o'y!
- Nima? Stop! kallang ishliydimi, uka! Tochniy adrisga balo bormi? Ertaga butun mahallang, qarindosh-urug'ing uyingga yopirilib kirsa nima qilasan?
- Mani ahmoq dib o'ylavossizmi, oka! Hich qanaqa "Oqtepa-moqtepani bilmiyman! Adrisim sapsem boshqa. A vaapshe otimam Sardormas, Alibek! Hamma Albert diydi!
- Shunaqa dimiysizmi, ukajon! Vnimaniye, zapis! Hurmatli tomoshabinlar. Kulib turgan yigitning quvonch to'la ko'zlariga qarang! mana sizga mashinaning kaliti! yana bir narsa so'rasam maylimi, Sardorjon?
- So'riyvuring!
- Uylanganmisiz?
- Velosiped olishga pul yo'g'-u, xotinga balo bormi?
- - Shuning uchun so'radim-da, ukajon! Mana, sizga yana to'rt million so'm pul! kattakon to'y qilishga bemalol yetadi! Tanlaganingiz bormi o'zi?
- Bor! Besh-oltitasi ochirit bo'p turipti!
- To'yingizga bizni ham taklif qiling, sardorjon! Ko'rdingizmi, azizlar! Bugun Sardorjonga qo'shaloq bayram! Bo'lajak kuyov gulzorga kirgan bog'bondek eng sara gulni tanlab oladi va qars-badabang to'y qiladi! so'ng sardorjon kelinni minib, "Damas"ni qo'ltiqlab... Tois, kelinni qo'ltiqlab, "Damas"ni minib nikoh sayliga chiqadi.
Aziz do'stlar! Shunday qilib, bugun siz bir emas, to'rt nafar baxti kulgan g'olibni ko'rdingiz!...
Navbatdagi yutuq sizniki bo'lishi mumkin. Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang! O'ynang! Yuting!
Muallif izohi. Bu Bu gaplarning hammasi hazil. Televizorni bo'kirtirib reklama qiladigan lotoreyachilarga ham, chipta sotib olmasa, "allergiya"si qo'zib kechasi bilan "qashlanib" chiqadigan muxlislarga ham omad tilayman!
O'tkir Hoshimov
|
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 09.04.2009 в 15:41.
|