Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.10.2008 19:17   #1  
Аватар для Farhodjon Chinberdiyev
Оффлайн
Сообщений: 44
+ 49  107/30
– 3  0/0

UzbekistanАккаунт на TwitterFacebook
Icon24 Uz domenida o‘zbek tiliga o‘rin yo‘qmi?

Assalomu alaykum.

Biroz achchiqroq haqiqatni gapirishga majburman. Bilamizki, .uz domenidagi ko‘p saytlar o‘zbek tilida olib borilmaydi. O‘zbek internetining rivojiga katta hissa qo‘shishi mumkin(aslida, majbur) bo‘lgan UzInfoCom ham buni tasdiqlashdan nariga o‘tmayapti.
Masalan, ZiyoNET portalining hatto o‘zbekcha varianti ham yo‘q, faqat ba'zida "o‘zbekcha" yangiliklar paydo bo‘lib qoladi. Hozirgi siz o‘qiyotgan ushbu forum ham shu jumladan. Yaxshiki, www.uz, gov.uz kabi saytlarning o‘zbekcha versiyasi mavjud. Ushbu forumda ham ko‘rib turibsizki, bir-ikkita o‘zbekcha bo‘limlar mavjud, xolos.

Achinarlisi, har zamonda ushbu forumda, umuman, ba'zi saytlarda yangrab qoladigan "savodsiz" yozilayotgan o‘zbekcha maqolalar haqida gap ketib qoladi. Hali o‘zbek tilini Uz domenida o‘rni bo‘lmay turib bu kabi maqolalar yozilishi g‘alati.

To‘g‘ri, ko‘pchilik rus, ingliz tilini biladigan foydalanuvchilarga bu muammo emas. Aslida, ular uchun Uz domenida ruscha yoki inglizcha sayt qilishning keragi ham yo‘q: ingliz va rus tilidagi ma'lumotlar internetda yetarli. Uz domenda ularning nusxasini o‘sha tilda qilish shart emas, menimcha.

Shundan kelib chiqqan holda, o‘zbek tilining internetda ravon ishlatilishi mavzusida gaplashishga hali erta. Yetakchi internet resurslarimiz birinchilardan bo‘lib o‘rnak bo‘lmaguncha bu muammoligicha qolaveradi. Chet tilini bilmaydigan foydalanuvchilarimizga esa hamdardlik bildiramiz.

Eslatma: Davlat tilimizning tasdiqlanganligiga hademay 20 yil bo‘ladi. Hech bo‘lmasa UzNet ni rivojlantirishni zimmasiga olgan tashkilotlar shu haqda o‘ylab ko‘rishsa bo‘lardi.

Hurmat bilan.
Ответить 
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх