|
O'qituvchilar o'rnini kompyuterlar egallamoqda...
|
|
O'qituvchilar o'rnini kompyuterlar egallab bormoqda....
Hozirgi tehnika rivojlanib borayotgan bir davrda deyarli barcha ishlar ular orqali bajarilmoqda. Hattoki ba'zi rivojlangan davlatlarda robotlarni doya sifatida tug'ruqxonalarda sinab ko'rishmoqda.Albatta, natija yomon emas. Ammo endi o'qituvchilar o'rnini oddiygina tehnika egallashi achinarli hol , menimcha. Hozirgi kunda endi yoshlar ilm dargohlariga bormasdan, ya'ni o'zi uchun qulay bo'lgan joyda kompyuterlari orqali darslardan bohabar bo'lishlari mumkin. To'g'ri dars otilishining bu usuli bizgacha yetib kelishiga hali biroz vaqt bor . Ammo bizning aybimiz biror bir ishni boshimizga tushganidan keyin uni bartaraf etish uchun chora qidiramiz. To'g'ri bizda ham tehnikani rivojlanishi biz uchun yaxshi, albatta. Ammo kompyuterdan bilim olgan yoshlar kelajakda o'sha temir tersaklar kabi hissiz bo'lib qolmaydimi? Nahot endi ular qaysidir insonni ko'rganida mening biriinchi o'qituvchim degan shirin entikish tuymaydilar? Dunyoda barcha insonlar har hil.Shu bilan birga ularnig fikrlari ham. Men bu masalada boshqalarning ham fikrini bilishni hohlardim.(Men o'zgarishlarga qarshiman degan fikirdan ancha yiroqman)
|