Hurmatli forumdoshlar, 2008 yilda bir yigit kelib P4 kompyuterimni uyimda yig`ib, o`rnatib ketayotganida bitta USBni ulay olmadi, men "Mayli, orqasida boshqa bor ekan-ku, o`shani ishlataveraman" deb qo`yaqolgandim. Keyinroq yana bir ustani chaqirgandim, u ham ulay olmadi, noto`g`ri ulab qo`yib, fleshkasini kuydirib qo`ydi. Hullas, yaqinda Uzdigital oldim va kompimga ulasam, ishlamadi, do`konga to`polon qilib borsam, ularnikida ishladi, keyin mening kompimda USB2 ulanmaganligining guvohi bo`ldim. Ikkala usta ham ulolmagan USB o`sha USB2 ekan. Uzdigital esa USB2 siz ishlamas ekan. Shuni ulashni biladigan odam bo`lsa maslahatinglarni ayamasanglar. ("Shuni ham bilmaysizmi?", "Kompingizni almashtiring" va shu kabi maslahatlarni beradigan "aqlli"lar diqqatiga: yaxshisi indamay qo`yaqolinglar.)

Aslida bu rasmdagi nima ekanligini ham yaxshi tushunmayman. Bu USB2 nimaligini ham bilmayman, shuni tushunadigan odam bo`lsa yaxshilab tuhsuntirsangiz. Rasmdagi USB2 USB portining ikkinchisimi va u USB2ga aloqasi bormi yoki yo`qmi? Unda USB3 nima?