|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1 | ||
Menimcha, bu yorug' olamda eng ulug' tuyg'u - Vatan tuyg'usi, Vatan sog'inchi bo'lsa kerak albatta.Bu haqda qancha-qancha ijod ahli she'rlar bitmagan, bu tuyg'uni ifoda etishda "o'z qalamini ojiz " sanamagan.
Xo'sh, sizningcha Vatan nima?Siz uni qanday his etasiz? Keling , bu yuksak his tuyg'ular haqida O'Z FIKRLARINGIZNI (demoqchimanki o'zga ijod ahlining so'zlari bilan emas,o'z qalbingizdagi tuyg'ularingiz orqali) ifoda eting. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 03.05.2011 в 10:59. Причина: Yozuv shriftlari to'g'rilandi |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#4 | |
![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 1,475
+ 2,162
2,935/1,026
– 31
24/20
![]() |
Цитата:
Энди юқоридаги саволингизга менинг фикрим: Вaтaн нaдур? Вaтaн нaдур? - Унинг қaдрин Вaтaнгaдoлaрдaн сўрaнг. Тупрoғини тaвoб aйлaб Йиғлaб aдoлaрдaн сўрaнг. Вaтaн нaдур? Унинг мaдҳин - Элгa фидoлaрдaн сўрaнг, Ўз юртигa етoлмaйин Юргaн жудoлaрдaн сўрaнг. Вaтaн нaдур? Унинг вaсфин Мaшрaб нидoсидaн сўрaнг. Йўқлaр кишим бoрму, дeя Чeккaн видoсидaн сўрaнг. Вaтaнидaн узoқлaрдa Дeмaнг, Бoбурни ёр йиғлaтди. Вaтaн ишқи, юрт ҳижрoни Пoдшoҳ кўнглини тиғлaтди. Вaтaн сўзин тaнсиқлигин Ўзгa юртдa ётдaн сўрaнг. “Вaтaн сeвмoқ иймoндaндур!” Дeгaн aсл зoтдaн сўрaнг. Вaтaн шундaй буюклигин, Ушбу сўзнинг суюклигин, Истиқлoлгa интиқ бўлиб - Ўтгaн aждoдлaрдaн сўрaнг! Вaтaн учун кўзлaрини Кўзмунчoқдeк ўйиб бeргaн. Вaтaн учун жoнин тикиб- Бoшин тиғгa қўйиб бeргaн Қaтли қурбoнлaрдaн сўрaнг Шoир зaбoнлaрдaн сўрaнг... (с) |
|
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#5 |
Vatanmi,
Vatanni ta'riflash qiyin, Shunchaki Vatan deb yozib bo'lmas she'r, Shunday yozish kerak o'sha vatanda Tug'ulsam deb orzu qilsin Alisher Vatanmi? Vatanni ta'riflash qiyin U-Mashrab, yoqmasa agar bu ta'rif, U o'sha Xristofor Kolumbga qarab, Mushtin do'laytirgan Abdulla Orif Vatanni.... Vatanni ta'riflash qiyin, Dunyoni buzardim men ham daf'atan Oxiriga uchta undov belgisi Qo'yilgan so'zlarga sig'saydi Vatan.... |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#9 |
![]() ![]() ![]()
Сообщений: 2,785
+ 4,426
3,679/1,480
– 82
66/51
![]() |
ФОТОЭССЕ
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() Оффтоп: Бешинчи расмга албатта изох бериш керак эди. Лекин бу кизни исми ёдимда эмас. Шундай кизлар бор экан узбеклар ёлгиз булмайди, хеч каерда!!!Последний раз редактировалось Colorado; 30.08.2011 в 18:31. |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#10 | |||
Цитата:
Оффтоп: Garchi mavzu shartiga ko'ra o'zga ijodkorla fikrlarini kiritish mumkin bo'lmasada, ammo VATAN haqida eng chiroyli va betakror so'zlar orqali ifoda etgan fikrlarni kiritishni lozim topdim. Bu fikrlar xalqimizning sevimli adibasi Tursunoy opa Sodiqova qalamiga tegishlidir.Ona yurt sog'inchi. Vatan nima o'zi? Vatan - ona allasi taralgan,beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko'milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko'chalar, sening lahjangda so'zlashadigan, qosh-u ko'zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer - Vatandir ! Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birirnchi o'qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon - VAtandir ! O'z jonidan yaratgani uchun ham ona yaxshi-yu yomon bolasini tishida tishlab o'tadi. Vatan ham o'shanday bag'ri keng. Qadamlaringni ko'ksiga qo'yib, suyab yashaydi seni. Osmoni ko'rpang, maysasi dimog'ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung'aygan tandirli, pasttakkina tomli kulbangdan boshlanadi. unga bo'lgan muhabbating ham shu ostonada tug'iladi. Tursunoy Sodiqova.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
||||
|
Ответить |
|