|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Школы Школьные темы |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1 | ||
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
![]() |
Emish-ki, ta`lim sohasidagi bir Katta Rahbar maktab rahbarlarini yig`ib bittasiga shunday savol beribdi:
- Nazorat ishlarini bahona qilib darslarni o`tmay qo`ygan bo`lsangizlar kerak a? Maktab rahbari esa odatdagiday to`lqinlanib, to`lib-toshib javob beribdi: - Yo`q, darslarning hammasi to`liq o`tildi, nazorat ishlarini biz hamma darslardan keyin o`tkazdik, o`sha kuni tekshirib natijalarini XTTBga topshirdik, hammasi yaxshi o`tdi. Endi menda bir nechta savol tug`ildi: 1) Maktablarda kuniga 5-7 soat darslar o`tiladi. Eng oxirgi dars 13.55 da tugasa, siz bolalarga bir soat uyiga borib kelish, tushlik qilish va dam olishga bersangiz va 15.00 da bitta nazorat ishini boshlasangiz, u soat 17.00 da tugasa (har bir nazorat ishiga 2 soat belgilangan), yana 30 daqiqa vaqt tanaffus bersangiz-da soat 17.30 da keyingi nazorat ishi boshlansa, u esa 19.30 da tugab bolalar soat 20.00 da uylariga borishadi. Odatda oilalarda soat 18.00 dan 19.00 gacha kechki tanavvul qilinadi, siz shuncha bolaning kun tartibini buzdingiz, bunga haqqingiz bormikan? Soat 20.00 da uyiga kelgan bola ovqatlanadimi, dars qiladimi yoki dam oladimi? Ertasiga yana darsga kelgan bola yana 5-7 soat dars o`qiydi va yana sizning nazorat ishlaringizni kechgacha topshiradi va shu ahvol o`tgan hafta juma kundan beri takrorlanyapti. Hurmatli rahbar xonim buni bola jismonan ko`tara olishiga ishonasizmi? 2) Bolalar-ku 19.30 da uyiga ketarkan, ularning ustozlari esa yuzlab nazorat ishlarini tekshirib, hisoblab, hisobot tuzib bularning hammasini tayyorlagunicha kamida soat 22.30 - 23.00 bo`ladi (aslida shu vaqtgacha ham ulgurib bo`lmaydi). O`sha paytda TXTTB xodimlari ishlashayotganmidi, va o`sha paytda maktab o`qituvchilari shu hisobotlarni olib borishlari uchun mashina tashkil qilinganmidi? Yana, o`qituvchi o`zining belgilangan vaqtidan keyin ham qolib ishlagan. O`zbekiston Mehnat Kodeksiga ko`ra "Xodimni ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilgan rahbar unga kamida ikki barobar ish haqi to`lashi kerak". Shu hamma o`qituvchilarga ularning nazorat ishi olisga qilgan xarajatlarini to`lashdan tashqari Mehnat Kodeksida aytilgan haqni ham to`ladingizmi? 3) O`qituvchilar odatda bir yillik reja tuzishadi va bir yilga tuzilgan ped yuklama bo`yicha oylik olishadi. 227- Prezident Qaroriga ko`ra har bir o`qituvchiga qilgan ishiga alohida pul to`lanishi aytilgan. Rejada bo`lmagan bu ishlarni qanday rasmiylashtirmoqchisiz? Aziz yurtdoshlar Sizlar bunga nima deysizlar? |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#2 |
AKA:3Dman
Сообщений: 1,556
+ 1,993
1,466/628
– 253
99/50
![]() |
Оффтоп: Nima keragi bor bunaqa mavzuni? Nimaga erishmoqchisiz? Bunaqa turdagi mavzular yetarliku forumda. Mavzu boýicha: O'qituvchilar Siz yuqorida te'kidlab o'tgan punktlardan tashqari yana o'sha kuni mikro uchastka aylanishi mumkin, to'garak o'tkazishi mumkin... Tak chto o'qituvchiga haykal qoýish vaqti keldi. Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 27.01.2011 в 10:00. Причина: texnik xato bartaraf etildi |
|
Ответить |
![]() |
#3 | ||
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
![]() |
Foydasi yo`qligini tushunib Nigoraxondan o`chirib tashlashni iltimos qiluvdim... Juda ham jondan o`tib ketib yozuvdim-da. Bilaman, bu ohurdan katta ho`kizlar oziqlanishayapti, "Osh bo`lsin" (Teshib chiqsin) dan boshqa nima ham derdik Bolalar va o`qituvchilar haqini yeb o`tirganlar uzoqqa borisharmikan?
|
||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#5 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
O'qituvchilarni qiynayotgan muammolarni siz kabi jonkuyar maktab sohasida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar ko'tarib chiqmasa kim ko'tarib chiqadi. Kimdir muammolarni aytishi kerak-ku, "xo'p bo'ladi" bilan ish bitmaydi. Axir o'qituvchi ham, o'quvchi ham inson-ku... Ularda ham vaqt chegaralangan. Pedagogika va psixologiya fanida o'quvchining miyasi axborotni qabul qilishi bo'yicha gap borganida dars soatlarini shunga ko'ra belgilanishi haqida fikrlar berilgan. Shunday ekan, o'quvchi 6-7 soat o'qigach nazorat ishlarini qay tarzda yozib bera oladi. |
|
|
Ответить |
![]() |
#6 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Agar o'qituvchining o'z ustida ishlashiga vaqti bo'lsa biim berish samaradorligi ham oshadi. |
|
|
Ответить |
![]() |
#7 | ||
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Оффтоп: Цитата:
|
||
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#8 | |||
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
![]() |
Цитата:
|
|||
|
Ответить |
![]() |
#9 |
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
![]() |
Men kecha vazirlikda ishlaydigan bir odamdan xat oldim. Judayam madaniyatli va odob doirasidan chiqmagan xolda yozilganligi bilan u xat qo`pol gaplar gapirganimga meni uyaltirib qo`ydi. U odamning menga shaxsiy habardan yuborgan xatlarini hammaga dasturxon qilib o`tirmayman, ularning kimliklarini ham bu yerda aytmayman, qisqasi ular mendan ta`lim tizimimizga balchiq chaplamay tuzukroq takliflaringiz bo`lsa ayting degan gaplariga amal qilib bu yerda shunga harakat qilib ko`raman. Men o`zim shu sohada ishlayotganim uchun ta`lim tizimining yaxshi bo`lishi tarafdoriman. 1. Ta`lim Vazirligining qo`lida bo`lmasa ham bizdan olib qo`yilgan imtiyozlar qaytarilishini, o`qituvchilarga har xil dam olish uylariga yo`llanmalar berishni (hozir majburiy qilib tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi-yu ammo birorta kasalingiz bo`lsa hech qanday yordam yo`q, unda bu tibbiy ko`riklarning maqsadi nima?); 2. Oylikni oshirishni; 3. O`qituvchiga hamma ishni bajaradigan mardikor sifatida qarashni tugatishni; 4. Maktablarning ishlariga qo`pol ravishda aralashaverishni to`xtatishni (albatta ularni to`liq ta`minlab qo`yish hukumatning zimmasida, agar esingizda bo`lsa biz hali ham davlat qaramog`idamiz); 5. Aslida o`qituvchining hayotini yaxshilash maqsadida chiqarilgan 227-Prezident Qarorini o`z yo`nalishida ishlatishni; 6. Bizga yordam berish asl vazifasi bo`lgan TXTTB xodimlarining bizning ishimizga halaqit qilishini to`xtatib o`zlarining asl ishlari bilan shug`ullanishni (yani bizga rahbarlik qilishni emas, bizga yordam berishni), aks xolda bunday idoralarni tugatishni (qancha pul tejalgan bo`lardi o`ylab ko`ringlar o`zinglar, 2006 yil oxirida bu narsa boshlangan edi, bilmadim qandaydir yo`l bilan ular jon saqlab qolishdi); 7. Maktab rahbarlariga ishonch bildirib ularning huquqlarini oshirishni (hozir biror niuma qilish uchun maktab rahbarlari bu ishlarni umuman tushunmaydigan XTTB xodimlaridan ruxsat olishlari kerak. Men litseyda ishlaganimda litsey rahbari hamma narsani, albatta qonundan chiqmagan xolda, o`zi hal qilar edi) so`rayman.
Последний раз редактировалось Ustoz; 27.01.2011 в 16:30. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#10 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Оффтоп: Xavotir olmang, axir siz Ustozsiz-ku, ismi-sharifingiz ko'rsatilmagan.Maktabdagi bu avol esa faqatgina sizning maktabingizda emas, boshqa maktablarda ham bo'lmoqda. |
|
|
Ответить |
|