Kecha ishda Windows Vista Business tizimini o'rnatdim. Maqsad, o'rganish va yaqinda e'lon qilingan o'zbekcha tarjimalar va mahalliylashtirish natijalari bilan tanishish. Hali o'zbekcha tarjimalarni o'rnatganim yo'q. Hozir shuni harakatidaman. Lekin tizimni o'rnatayotganda "Location" deb "Uzbekistan" bandini tanladim. Lokalni o'zida bir qancha xatoliklarni ko'rish mumkin:
Birinchisi:
2008-yil deb yozilishi kerak. Xuddi yonida oyni chiziqcha bilan yozgandek. Buni "Regional and Language Options" bo'limidan to'g'irlasa bo'lar ekan:
Lekin ikkita oy nomi noto'g'ri yozilgan:
Senyabr va oktyabr. Imlo qoidalariga ko'ra ular
sentabr va
oktabr deb yoziladi.
Oylar nomini to'g'rilashni ilojini topmadim...
Keyin xato, milliy valyutaning yozilishi:
Buni ham shu yerda tuzatish mumkin.
Hozircha ko'zga tashlangan xatolar shular. Language Interface Pack ni o'rnatib yana biror xato yoki takliflar bo'lsa bu mavzuda yozaman...