|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#371 | |
![]() |
Цитата:
![]() |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
![]() |
#372 |
![]() академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
![]() |
Diydor shirin...
Anglaguvchi bo’lsa yaxshi ko’ngil sirin, Hayo yongan nigohlarda dil yashirin. Ayriliqdan bezib ketgan oshiq yurak, Sado berar… diydor shirin. Farzand yo’lin qarab qolgan onalardan Bahorini kutayotgan lolalar. Yorni deya yurak bag’ri poralardan, So’rang deydi… diydor shirin. Tuproq aro pinhon yotar qancha inson, Hayot asli g’animatdur ey tirik jon . Chin visoldan umidvordur ahli iymon, Xabar kelar … diydor shirin (Ozodbek Nazarbekov ijro etgan.) |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#373 |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Уруш йилларининг жонон кизлари
Кахрамон йигитлар урушга кетди, Чуг булиб ёндириб колди излари. Оловлар ичида буйингиз етди, Уруш йилларининг жонон кизлари. Мухаббат, мухаббат, илохий маъво, Сизга ёр васлини курмади раво. Хатларга термулиб умрингиз утди, Уруш йилларининг жонон кизлари. Кадоккул юртимнинг Зулайхолари, Дилбарлари, Дилдор, Дилраболари. Йигидан кизарган шахло кузлари- Уруш йилларининг жонон кизлари. Корлар кечиб юриб кусаклар терган, Сепини туп килиб фронтга берган. Йигит курган хамма балони курган, Уруш йилларининг жонон кизлари. Замин минг айланса, айланса Замон, Яхшини яхши деган, ёмонни ёмон. Мухаммад Юсуф энг тансик сузлари- Уруш йилларининг жонон кизлари. Мухаммад Юсуф |
|
Ответить |
![]() |
#374 |
![]() ![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 243
+ 1,712
447/160
– 4
1/1
![]() |
Бегонаман
Бегонаман фақатгина дунёларга, Сизга эса яқиндан ҳам яқинроқман. Йўқ десангиз айлангайман рўёларга, Сизсиз ўтган хаёллардан мен йироқман. Бегонаман биргина шу шодлигимга, Сохта деманг жилмайганда кулгуларим. Ётсираманг, сиғмай кетдим бу борлиққа, Мени асраб келаяпти туйғуларим. Бегонаман ёмон ўйу-хаёллардан, Йироқман деб баҳоналар қилманг энди. Соғинчларим йўллайвердим шамоллардан, Армонларга сиз бош бўлиб келманг энди. Ҳилола Ғаффорова |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#375 |
![]() ![]() |
O‘ZBEK O‘G‘LI
Ikki daryo o‘rtasi keng dasturxon, Tuz totgansan, tuzlig‘ingni unutma. Dasturxonni belbog‘ qilib o‘stirgan O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! Sadarayhon bukilgani – so‘lgani, Er yigitning egilgani – o‘lgani. Yo‘l bermagil dushmanlarga kulgani, O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! O‘zbek desam jaranglagan tor kelur, Undan oldin nomus ila or kelur. Burgut kelur, lochin kelur, sor kelur, O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! Unutmagil nasabingni, zotingni, Umid bilan otang qo‘ygan otingni. Asra erta kuningni – zuryodingni, O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! Bo‘shamasin zinhor yog‘och beshiging, Qulf ko‘rmasin darvozayu eshiging. Yig‘ilmasin supadagi to‘shaging, O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! Ko‘pga kelgan kulfatlarga chap berma, Mahmadona maynalarga gap berma. Ko‘ngil obod bo‘lsin, sirtga zeb berma, O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! Nochor qolsang nokas qo‘lini tutma, Arslonsan-ku tulki yo‘lini tutma. O‘zingdan o‘zgadan marhamat kutma, O‘zbek o‘g‘li, o‘zligingni unutma! 2004(I.Mirzo)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#376 |
![]() ![]() |
O'g'lim jigargo'sham
O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-chi, nahot, Achinmaydi joning onang holiga. Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi dard, Kelsang bir ko`rsamu… o`lsam mayliga. Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman, Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay. Sog`misan ishqilib qo`rqaman, bolam, Uzoq-uzoqlarda yolg`iz yurasan... Hayhotdek hovlida qoldim bir o`zim, Nima xayollarga bormasman ba’zan. Kundamas, oydamas, yilda eslagin, Nahot achinmaydi joning onagga. Sog`misan ishqilib qo`rqaman, bolam, Uzoq-uzoqlarda yolg`iz yurasan... O`g`lim, jigargo`sham, aytgin-chi nahot, Achinmaydi joning onang holiga? Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi dard, Kelsand bir ko`tarib chiqqin hovliga. Qo`lingda jon berib o`lsam mayliga… Muhammad Yusuf
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
4 "+" от:
|
![]() |
#377 |
![]() ![]() |
Alvido deb hatlar yozsam qalamim sinib qoldi,
Men berkinib tungga botsam oppoq tong topib oldi. Men chekinib qochaverdim har gal uchratib sizni, Dil mulkin yopaverdim taqdir topardi bizni. Siz qandayin muhabbatsiz qandayin armonsiz o'zi, Qalbim yoqasi sizsiz ko'rmidi sevgi ko'zi Unutishim azob bo'ldi unutdim ham o'rtanib Sizga yana bog'lanib dil qolgan edim o'rganib. O'tmishlarga otib ketsam qaytib kelar o'tmishim Sizdan yana tonib ketsam izlab topar kechmishim Nechun sizni sevib qoldim yonib sevasiz nechun Sizdan javob kutib turoldim pinhon boqasiz be un. Dilingizni ochmaysiz ham yoki mendan tonmaysiz, Hayolimda yashab har dam unitishga qo'ymaysiz. Hafa bo'ldim o'zim bildim, voz kechdim ham o'zimcha Siz-chi yana bir ko'rinib yoqasiz o'z bilgicha. Bu mavhumlik to'liqtirdi, charchadim bu sirlardan, Yo sevgimiz zavqlimidi, pinhon yongan dillardan. Kurashaman o'zim bilan ishq meni boshqa soldi Alvido deb hatlar yozsam qalamim sinib qoldi... Muallifi kimligini bilmayman menga bir qiz yozib bergandi!!! |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#379 |
![]() ![]() |
OG‘RIQ
Qilich navdalarning shaffof qini bor, Olov tebranadi ulkan loladay. O‘t kabi isyonkor, qordek beg‘ubor – Gulxan atrofida uchta bolakay. Qo‘zilar zamharir maysani toptab, Og‘zining hovurin kavshaydi tinmay. Ming jumboqni echar, qo‘llarin toblab, Gulxan atrofida uchta bolakay. Cho‘g‘lar chirsillaydi, olov yonboshlab, Qiyiqko‘z bolaga tegishar atay. Zuhroda sayr etar, qo‘ylarni tashlab, Gulxan atrofida uchta bolakay. Bugun ko‘kragimda simillar og‘riq. Bugun qo‘llarimda parchalangan nay. Men sizni sog‘indim hammadan ortiq, Gulxan atrofida uchta bolakay. Manxus davralarda davrlar surdim, Qasamlar ichdimu ichaverdim may. Oydin lahzalarni siz bilan ko‘rdim, Gulxan atrofida uchta bolakay. Siz meni chaqiring, qiynalib ketdim, Siz meni chaqiring, o‘zimga qaytay. Chaqiring, yurakka harorat yetsin, Gulxan atrofida uchta bolakay. (I.Mirzo)
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#380 |
![]() ![]() |
ONAM
Men nima topibman,dunyoga kelib? Sizdan-da sevimli,sizdan-da aziz. Ko'z-ko'z qilmoqlikka,maqtashga arzir, Savlatim ham sizsiz,davlatim ham siz! Oftobim onama,oyim onama, Nomusim onama,orim onama! Bedor o'tqazgan har tuningiz haqqi, Meni deb kuyingan kuningiz haqqi. Oylaringiz haqqi,yilingiz haqqi, Sizga fido bo'lsin,jonim onama! Oftobim onama,oyim onama, Dardlarim oqizar,soyim onama! Sizdan boshqa xarkim aldagani rost, Alam quzg'un bo'lib talagani rost. Yer bosib yuribman,osmonni ko'rib, Sizni duoingiz asragani rost! Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo'ydim. Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam! Negadir,negadir uzrlarga tilim bormadi. Ertaga,ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman? Onamsan! Onamsan! Qalbimni mehringga to'ldir, Garib farzandingga shuldir inoyat! O,munosib kuyching bo'lish mushkildir. Seni kuylamaslik esa jinoyat!!! ____________________ Muallifini bilmayaman.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
|