Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 09.09.2009 16:53   #361  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Kumushoy! Бу шеър "Дилдаги сатрлар"мавзусида олдинги сахифаларда бор эди-ку.
Оффтоп:
Узр эътиборсизлигимнинг окибати
Ответить 
Старый 09.09.2009 23:00   #362  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Хато килишингни кутарлар

Шундайлар бор сенга лутф айлаб,
Дўстман дея қўлин тутарлар.
Лекин ҳар зум қадаминг пойлаб,
Хато қилишингни кутарлар.

Хато қилсанг уларга байрам,
Йўқса заҳру заққум ютарлар.
Майли жиндек, зарра бўлса ҳам,
Хато қилишингни кутарлар.

Хатоларинг керак уларга ,
Шох, новдадек дарҳол бутарлар.
Тағин кунни улаб тунларга,
Хато қилишингни кутарлар.

Ахтарурлар ҳамиша иллат,
Етти пуштинг гўрин титарлар.
Фақат унма, улғайма фақат,
Хато қилишингни кутарлар.

Улар сенга бир умр йўлдош,
Содиқ ҳамрох каби ўтарлар.
Қабринг узра эгсалар ҳам бош,
Хато қилишингни кутарлар.

Абдулла Орипов
Ответить 
Старый 10.09.2009 11:08   #363  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Mana bugun devlar ham o’lgan,
Yalmog'izsiz qolganimiz chin.
Ko’k qabog'i tarang tortilgan
Ajdaholar motami uchun.

Qaynar xumcha qaynamay qo’ygan,
Sehrlimas chiroqlar bugun.
Uchmay qolgan uchar gilamlar,
Shiroq emas shiroqlar bugun.

Oybarchinlar baxtiyor, xushnud:
Suluvlari boy, kiborlari.
Alpomishlar qayta olmaydi:
Qazi bo’lgan boychiborlari.

Sanamlarga qiyos bo’lolmas –
Oy yuzida sonsiz chandiqlar.
Qasrlarda zanglab yotgandir
Tohirlari oqqan sandiqlar.

Bunday boqma!
Aldama meni…
Muhabbat – bu shunchaki ro’yo.
Butun emas ko’nglim ham manim
Ertaklardan uzilgan dunyo.

Mashhura
Ответить 
Старый 10.09.2009 11:34   #364  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Mendan ko’ra go’zal bo’lsin u,
Mendan ko’ra aqlli bo’lsin.
Bo’ylari sarv, ko’zlari jodu,
Nozikmijoz, fahmli bo’lsin.

Sabrliroq bo’lsin iloyim,
Yana qattiq saqlasin sirin.
Yo’li, dili pok bo’lsin doim,
Tilida bol, qo’llari shirin.

Erka bo’lsin hammadan ko’proq,
Mening telba fe’limni unut.
Yaralangan ko’nglingni emas,
Unga butun hayotingni tut.

Mendan ko’ra ko’proq cheksin dard,
Sening sevging, ishqing, rashkingda.
Menday dilda tortmasin azob,
Ardoqlansin, unsin ko’shkingda.

Epli bo’lsin ro’zg’oring haqqi,
Sepli bo’lsin, to’lsin uylaring.
Qolib ketsin ovora bo’lib,
Yetolmasin menga o’ylaring.

Asray bilsin seni har nedan,
Sadoqatda tengsiz bo’lsin to.
Rozidurman voz kechsang mendan
Ortiq bo’lsa topganing illo.

Mendan ming bor ortiq bo’lsin u,
Rozimasman ortiq bo’lmasa…

Mashhura
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 10.09.2009 12:15   #365  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Kuzatib qolmasa uyda bir kiming,
Yo’ling ko’paymaydi yursang ham qancha.
Egningga changakday chip yopishgancha,
Vujuding g’ijimlab borar kiyiming.

Vujud zor cheksa, ko’ngilda sitam,
Har kimga so’niq rux bilan qaraysan:
Har kimdan garchi hol-ahvol so’raysan,
Sen o’z xol-ahvoling so’raysan shu dam.

Turfa davralarga bosh suqasan jim,
Dalda axtarasan hayotni kezib.
Goh o’zni olamda ortiqcha sezib,
Burchak- burchaklarda yosh to’kasan jim.

Kuzatib qolmasa uyda bir kiming,
Kuzatib olguvching ham bo’lmaydi – ayon.
Sudralib qaytasan uyingga tomon,
Vujuding g’ijimlab borar kiyiming.

Shukur Qurbon
Ответить 
Старый 10.09.2009 12:46   #366  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Kuzatib qolmasa uyda bir kiming,
Yo’ling ko’paymaydi yursang ham qancha.
Egningga changakday chip yopishgancha,
Vujuding g’ijimlab borar kiyiming.
Менимча, бу ерда камаймайди сўзи қўлланилган бўлса керак.
Ответить 
Старый 11.09.2009 00:19   #367  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Kuzatib qolmasa uyda bir kiming,
Yo’ling ko’paymaydi yursang ham qancha.
Egningga changakday chip yopishgancha,
Vujuding g’ijimlab borar kiyiming.
Менимча, бу ерда камаймайди сўзи қўлланилган бўлса керак.

Yo'q, Husen aka!
Aynan ko'paymaydi deb yozilganakan. Ushbu she'r Shukur Qurbonning 1995 -yilda nashr qilingan "Sizni Xudo yetkazdi " kitobiga ham kiritilganakan.
Balki, nashriyotda shunday bosilgandur.
Ответить 
Старый 11.09.2009 23:23   #368  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
NOTIQLIK NAFOSATI

Yana boshqa bir mavzuning
Keldi endi fursati,
Bul mavzuning nomi erur:
“Notiqlik nafosati”.

Yo boshqacha qilib aytsam,
Bul bo’lmishning niyati –
Notiqlikning siri, ya’ni –
Nutq madaniyati.

Voizlikka eng muhimi,
Biliming bo’lsin puxta.
Nutq bo’lmasin chala yolg’on
So’zlar ila omuxta.

Qay davrada bo’lsang, avval
So’zingni unga mosla.
Tinglovchini ishontirgil,
Har bir so’zing asosla!


Qay bir notiq to’g’ri tanlab
Bilmas agar mavzuni,
Dildan tinglab xushlamaslar,
Tinglamasdurlar uni.

Talaffuzing tiniq qilib,
So’zlagin dona-dona.
Har aytilgan so’zing o’qdek
Aniq teksin nishona.

Tinglaganni tinglay bilish
Holatini so’rab tur.
Qabul qilar u qandayin
Ko’zlaridan ko’rib tur!

Ko’zlar, axir aytib turar
Tushunar yo tushunmas,
Ko’zlar bejo bo’lsa demak,
So’zlaring u uchunmas.

Ta’na toshlar tegmasin-chun
Rost so’zlardan tom ayla.
Suhbatingni soz ayla-yu,
Har bir qalbni rom ayla!

Shirin so’zlar shirasidan
Totgan har dil “oh”lasin,
“Oh”lab yana totmoqlikni
Takror-takror xohlasin.

Va’z vaqtida hayajoning
Eng birinchi dushmaning,
Biladurgan bor bisoting
Chalg’itish ishi aning.

Jumlalaring bo’lar mujmal,
Hayajon agar bossa,
Qani endi, ul suhbatga
Biror kim quloq ossa!

Bu barchasi notiq uchun
Erur gapning yotig’i,
Amal qilgan notiq erur
Notiqlarning notig’i.

Istagan har inson uchun
Bul maslahat asqotar,
Istamaslar so’zlaganda
Gap boshlar-u, bosh qotar.

Yana bitta fikr aytsam,
Bul tegmasin g’ashingga,
Yomon fikr ichda qolsin,
Qo’y, chiqmadin tashingga!

Abdug’ofur Sobir Mirzo
Ответить 
Старый 11.09.2009 23:26   #369  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
YIG’I IZOHI

Endi navbat boshqa bobga,
Bob nomi – “Nadur yig’i ?”
Ul ko’z yoshi – biror zarba,
Yo bir zahar til tig’i…

Kel chiroyli gap qilaylik,
Bunday bobni boshlatma.
Qisqa qilay inson bo’lsang ,
Inson ko’zin yoshlatma!

Aytmasam-da, allaqancha
Ko’zlar to’ladir yoshga,
Qisqa bayon qilay, so’ngra
Suhbat qilaylik boshqa.

Bir yig’laki toshbag’irning
Kelsun senga havasi,
Ko’z yoshi bu dilingdagi
Dardlarning “mag’zava”si.

Hayron bo’lma bu so’zga sen
Xunuk so’z deb… Quloq sol!
Bul o’xshatish o’rinlidur
Keltiray bunga misol.

Kirni yuvib bir necha bor
Siqilsa, bu orada,
Siqilgandan chiqqan kir suv
Yig’ilar tog’orada.

So’ng matoni siltash, yoyish…
Bajarasan bu ishni,
Undan keyin mag’zavadan
Bo’shatasan idishni.

So’ngra yengil tin olasan,
Qilasan yengil huzur…
Menimcha, sharh kerakmasdur,
Izohin qilmam, uzr!

Abdug’ofur Sobir Mirzo
Ответить 
Старый 13.09.2009 05:59   #370  
Аватар для Abror Qodirov
Оффлайн
"Stadion" gazetasi
Сообщений: 185
+ 226  143/68
– 4  0/0

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Tursunova Посмотреть сообщение
ULUG`IMSAN VATANIM
Muhammad Yusuf she'ri
Adashmasam bu she'r ushbu mavzuda avval ham keltirilgan edi...
__________________
http://futbol-klub.uz

Последний раз редактировалось Abror Qodirov; 13.09.2009 в 06:04.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх