Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Закрыто

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.08.2010 14:59   #351  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Оффтоп:
Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor aka Посмотреть сообщение
OmoN, 6-палатада жой қолдими?
Бугун эрта Чингачгукни бошқа жойга ўтказишаркан. Сиз хабар олиб туринг. СМСингизни эшитмасам почтамга қўнғироқ қилиб турсангиз ҳам бўлади
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Старый 23.08.2010 20:11   #352  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Xulosa shuki, “Pfefferminze” – shu atrofdagi qitmir forumdoshlardan birining qo`shimcha niqobidan boshqa narsa emas! O`zi yolchitib biror narsa yoza olmaydi, yozganlarga loy chaplashdan charchamaydi…


To'lqin Eshbekovga,

baxtingizga qarshi, kecha juma kuni 2-kitobimOlmoniyada nashriyotdan nemis tilida chiqdi, Alhamdulillah. Yaratganga cheksiz hamdu-sanolar bo'lsin! Shu bilan bu mening "gullagan yoshlik chog'imda", :-) o'ynab-kulib yozgan ikkinchi ilmiy kitobimdir. Xorij kitob do'konida O'zbek qizining kitobi turishi- bu nafagat mening, balki butun O'zbek millatining yutug'i deb bilaman. Shunday kunlarni nasib qilganiga, shunday kunlarga yetkazganiga, chekzis hamdlarni aytaman. Muborak Ramazon kunlarida, men kabi O'zbek qizlarining butun dunyoda nomlari ilmiy-ijodda baralla kuylanishini, safimiz kengayishini, duolarimda Allohdan so'rab qolaman.









Старый 23.08.2010 20:17   #353  
Known ID Group
Аватар для Bakhtiyor aka
Оффлайн
Сообщений: 1,425
+ 1,056  1,039/518
– 16  9/9

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
baxtingizga qarshi, kecha juma kuni 2-kitobimOlmoniyada nashriyotdan nemis tilida chiqdi, Alhamdulillah. Yaratganga cheksiz hamdu-sanolar bo'lsin! Shu bilan bu mening "gullagan yoshlik chog'imda", :-) o'ynab-kulib yozgan ikkinchi ilmiy kitobimdir. Xorij kitob do'konida O'zbek qizining kitobi turishi- bu nafagat mening, balki butun O'zbek millatining yutug'i deb bilaman. Shunday kunlarni nasib qilganiga, shunday kunlarga yetkazganiga, chekzis hamdlarni aytaman. Muborak Ramazon kunlarida, men kabi O'zbek qizlarining butun dunyoda nomlari ilmiy-ijodda baralla kuylanishini, safimiz kengayishini, duolarimda Allohdan so'rab qolaman.
Самимий табриклайман. Узбекни дунёга танитишга қўшган хиссангиз учун рахмат.
"+" от:
Старый 23.08.2010 20:19   #354  
Known ID Group
Аватар для Bakhtiyor aka
Оффлайн
Сообщений: 1,425
+ 1,056  1,039/518
– 16  9/9

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor aka Посмотреть сообщение
Xorij kitob do'konida O'zbek qizining kitobi turishi- bu nafagat mening, balki butun O'zbek millatining yutug'i deb bilaman.
Фахр билан алохида ажратгим келди. Яна бир бор рахмат.
"+" от:
Старый 23.08.2010 20:26   #355  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor aka Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor aka Посмотреть сообщение
Xorij kitob do'konida O'zbek qizining kitobi turishi- bu nafagat mening, balki butun O'zbek millatining yutug'i deb bilaman.
Фахр билан алохида ажратгим келди. Яна бир бор рахмат.

Katta rahmat, lekin men buni maqtanish uchun yo rahmat olish uchun aytmadim. Men buni "muslima qiz" sha'nini himoya qilish uchun aytdim, chunki ayol zotining nomini himoya qilish Payg'ambarimiz s.a.v dan qolgan nasihatdir. O'lim to'shagida yotganlarida, sahobalarga qilgan nasihatlaridan biri-bu "Ayollarni asrangiz",-deganlari ekan.
"+" от:
Старый 23.08.2010 20:50   #356  
Known ID Group
Аватар для Bakhtiyor aka
Оффлайн
Сообщений: 1,425
+ 1,056  1,039/518
– 16  9/9

Uzbekistan
To Pfefferminze,

Миллатнинг шодлиги хам қайғуси хам миллатдошлар учун ягона бўлади. Тўлқин акадан хафа бўлманг. Бу хабарни эшитсалар у киши хам албатта рахмат дейдилар сизга. Балки гаплари учун узр хам сўрардурлар.

У кишини асари хам, форумда тўлиқ чоп этилгандан сўнг(агар маъққуланса), чет элда хам чоп этилиши мумкин "узбекларнинг гаплари" номи билан.
Старый 23.08.2010 22:28   #357  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
O`zi yolchitib biror narsa yoza olmaydi, yozganlarga loy chaplashdan charchamaydi…
Оффтоп:
Ростдан ҳамде. Ёзмайсизми "қора қузғунлар" "оқ кабутарлар" тўғрисида!

Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
To'lqin Eshbekovga,
baxtingizga qarshi, kecha juma kuni 2-kitobim Olmoniyada nashriyotdan nemis tilida chiqdi, Alhamdulillah. Yaratganga cheksiz hamdu-sanolar bo'lsin! Shu bilan bu mening "gullagan yoshlik chog'imda", :-) o'ynab-kulib yozgan ikkinchi ilmiy kitobimdir
Нафақат Тўлқин домуллога, бизга ҳам яхши ахборот бўлди бу. Чин қалбимдан табриклайман!
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Xorij kitob do'konida O'zbek qizining kitobi turishi- bu nafagat mening, balki butun O'zbek millatining yutug'i deb bilaman.
Оффтоп:
Хафа бўлмангу озгина мақтанишдек бўлиб қолибди. Демоқчиманки, - шундай хориж нашриётларида китоблари чиқиб юрган одамнинг - деб, хатоларингизни қидирадиган домуллолар бор-да, шунинг учун айтиб ўтяпман.

Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Shunday kunlarni nasib qilganiga, shunday kunlarga yetkazganiga, chekzis hamdlarni aytaman. Muborak Ramazon kunlarida, men kabi O'zbek qizlarining butun dunyoda nomlari ilmiy-ijodda baralla kuylanishini, safimiz kengayishini, duolarimda Allohdan so'rab qolaman.
Бу ширин тилаклар учун бутун Ўзбекистон халқи қўшилади. (Айрим, ўзиникидан бошқа нарсани тан олмайдиганлардан ташқари).
Яна бир бор табриклайман!
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 23.08.2010 22:35   #358  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Bakhtiyor aka Посмотреть сообщение
Миллатнинг шодлиги хам қайғуси хам миллатдошлар учун ягона бўлади.
Нафақат миллатдошлар учун, бутун бир Ватандошлар учун.
Оффтоп:

Хафа бўлмангу, миллати бошқа бўлиб, ватанимизни биздан кўра қаттиқ севадиганлар бор!
Старый 25.08.2010 00:09   #359  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
kecha juma kuni 2-kitobim Olmoniyada nashriyotdan nemis tilida chiqdi, Alhamdulillah. Yaratganga cheksiz hamdu-sanolar bo'lsin! Shu bilan bu mening "gullagan yoshlik chog'imda", :-) o'ynab-kulib yozgan ikkinchi ilmiy kitobimdir.
Hurmatli Pfefferminze, sizni chin dildan samimiy qutlayman! Ijodingizga nurafshon kelajak tilab qolaman.. Siz kabi intiluvchan O'zbekiston yoshlari ko'payaversin!...
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
"+" от:
Старый 27.08.2010 04:55   #360  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Gap haqida gaplar

Turkum
(Boshi o`tgan sahifalarda)

O`zbekona gaplarimizni tadqiq qilar ekanmiz, ko`plab kitoblarda, ulug` shoirlar ijodida ham turfa gaplar talqin qilingan purma’no iboralar, betakror satrlar e’tiborni tortadi. Jumladan, “Axloq-odobga oid Hadis namunalari” kitobida (Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1990, 40-b.) shunday yozilgan: “Ogoh bo`lingki, haq gapni bilgan kishining u gapni gapirishiga odamlarning haybati to`sqinlik qilmasin…” Nazdimda, bu purma’no kalomlar jurnalistlar yo`lini yanada munavvar etishga qaratilgandek.
Buyuk mutafakkir shoir Mir Alisher Navoiyning ustozi bo`lgan Abdurahmon Jomiyning “Gulshaningda so`lmasin gul” kitobida (Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2008 y., 232-283 betlar) shunday satrlar bor:

Sarmoyayu foydasiz kelarsan oxir,
Bekor gapu so`z bunda – bilarsan oxir.
Har qancha havolanma tiriklik ko`kida,
Bir kuni zamin tomon yelarsan oxir.

* * *

Nimani xohlasang gapiru faqat,
Aqling elagida avval elab ol.
Tinglovchiga yoqsa, so`zga ochu lab,
Yoqmasa tilni tiy, bo`lma so`zamol.

Buyuk olim va shoir Umar Xayyomning tubandagi to`rtliklarida esa gap salmog`i alohida o`rin tutadi:

Jahon siri bo`lsin dil daftarida,
Ochsang boshga balo el nazarida.
Dildagi har gapni aytib bo`lmaydi,
Sen bu nodonlardan turg`il narida.

* * *

Derlar, shaharda gap qo`zg`alur oson,
Aziz yorim fe’lu atvori yomon.
Yaxshi manba’dan hech chiqmas rasvolik,
Oxir yaxshi bo`lur, yashayver shodon.

* * *

Ketganlar qaytishi mahol, ey soqiy,
Tuproqda uyquda behol, ey soqiy.
Haq gapimga quloq sen sol, ey soqiy,
Har neki demishlar – shamol, ey soqiy.

Demoqchimizki, shoh asarlarda ham Gap bilan bog`liq mavzular kam emas. Biz esa o`zaro suhbatlarda (har ikki gapning birida) faol qo`llaniladigan gaplarni badiiy bo`yoqlar vositasida (gap-she’r tarzida) talqin qilishga harakat qildik. Har bir gap tagida nimkosa bo`lishi mumkinligini oshkor etishga intildik.

(Davomi bor)
2 "+" от:
Закрыто




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх