|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#331 | |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Цитата:
![]() |
|
|
Ответить |
![]() |
#333 |
uy
bekorchi
Сообщений: 60
+ 135
56/29
– 0
0/0
![]() |
To'g'ri reklama kerak narsa, lekin undan voz kechib bolarmikin? Rasiyaning "Первый канал"li mahsulotlar reklamasini olib tashladi. Endi esa faqat o'z ko'rsatuvlarini va kanallarini reklama qilmoqda. Bunga nima deysiz, demak reklamadan voz kechishning iloji yo'q shundaymi?
|
|
Ответить |
![]() |
#334 | |
![]() ![]() |
Цитата:
|
|
|
Ответить |
![]() |
#335 |
![]() доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150
1,466/1,079
– 187
580/281
![]() |
Реклама хакида мулохазаларим азиз форумдошларимизни бефарк колдирмайди, деган умиддаман.
REKLAMA Odamlar gazetaga ishonch ko`zi bilan qaraydilar. Unda yoritilayotgan har qanday xabar va maqolalardan tortib reklama hamda e’lonlarning ham ortida mas’ul va mas’uliyatni his etadigan shaxslar turishganiga ishonadilar. Ochig`i, gazetada yoritilgan har qanday axborot, jumladan, reklamalar va undagi faktlar, mazmun-mohiyati uchun mas’uliyatni “tahririyat zimmasiga olmaydi” deb yozib qo`yish bilan biror ijobiy natijaga erishish qiyin. Aksincha, gazeta adog`idagi bunday yozuv o`sha reklama va e’lonlarga nisbatan odamlarda shubha uyg`otishi, ishonchini battar so`ndirishi mumkin. Modomiki, tahririyat uni o`z zimmasiga olmayaptimi, demak, tagida bir gap bor, degan shubha hammasini chippakka chiqarishi mumkin. Qolaversa, gazeta adog`iga shunday deb yozib qo`yish uchun o`sha tahririyatning huquqiy asosi bormikin? Modomiki, javobgarlik haqida so`z borar ekan, OAVda yoritilgan materiallar uchun kim javobgar bo`lishi O`zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonunida aniq belgilab qo`yilgan. 2007 yil 15 yanvarda qabul qilingan mazkur qonunning (yangi tahriri) “Bosh muharrir” deb nomlangan 16-moddasi ikkinchi bandida shunday yozilgan: “Bosh muharrir tahririyatga rahbarlik qiladi, ommaviy axborot vositasining chiqarilishi to`g`risida qaror qabul qiladi va uning faoliyati uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladi”. Demak, u reklamalarni yoritishda “Reklama to`g`risida”gi qonunning tegishli moddalari ijrosini ta’minlash uchun ham mas’ul, ta’bir joiz bo`lsa, javobgar hisoblanadi. Uzr, mazkur qonunda “reklama va e’lonlardagi faktlar uchun javobgarlikni tahririyat o`z zimmasiga olmasligi” mumkin ekanligi haqida birorta gap yo`q... Jo`ngina savol tug`iladi: basharti, biror qitmir yo chalasavod noto`g`ri, qandaydir zararli reklama bersa-chi? Uni (uzr, puliga uchmasdan!) yoritishni rad etishga tahririyat haqlidir. “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonunning 32-moddasi uchinchi bandida shunday yozilgan: “Tahririyat qonuniy asoslarda rad etgan materialni ommaviy axborot vositasida majburan e’lon qildirishga hech kim haqli emas”. Yuqorida qayd etilgan “jo`ngina savol”ga O`zbekiston Respublikasining “Reklama to`g`risida”gi Qonunidan yanada muxtasar javob topishimiz mumkin. Ushbu qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasining “Reklamani joylashtirish to`g`risida”gi nizomida ham bu boradagi zarur qoidalar aniq belgilab qo`yilgan. Jumladan, nizomning 14-bandida: “Reklamaga qo`yiladigan asosiy talablar: qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklama iste’molchisiga zarar, ma’naviy ziyon etkazmaydigan shakl va vositalarni qo`llash” deb belgilab qo`yilgan. Modomiki, taqdim etilgan reklamaga nisbatan tahririyat xodimida biror shubha uyg`ondimi, marhamat, uni tekshirib ko`rishi, noaniq joylarini aniqlashtirishga ko`maklashishi (buning uchun kerak bo`lsa haqini oladi!) mumkin. “Ishonchsiz reklama”ni yoritish taqiqlanishi ham mazkur nizomning 16-bandida aniq-tiniq belgilab qo`yilgan. Mazkur nizomda “Reklamaga ruxsat berish”, “Reklama beruvchining huquqlari va majburiyatlari”, “Reklamani tayyorlovchi va tarqatuvchining huquqlari va majburiyatlari” ham alohida fasllarda bandma-band belgilab qo`yilgan. Demoqchimizki, avvalo noto`g`ri, zarar keltiruvchi, ishonchsiz reklamaga hech qaerda, jumaladan, OAVda ham yo`l qo`yilmaydi. Berilayotgan reklama uchun tahririyat uni taqdim etgan shaxsdan avvalo nimalar talab qilishi ham mazkur qonunda va nizomda aniq belgilab qo`yilgan. Tahririyat talabini bajarmagan taqdirda uni rad etish mumkin. Demak, qars ikki qo`ldan, deganlaridek, eng samarali yo`l – reklama beruvchi bilan tahririyat (alohida reklama bo`limi!) xodimlari bahamjihat bo`lib, hamkorlikda ishlari maqsadga muvofiqdir. Bu erda qandaydir “javobgarlik”dan qochish yo ustalik bilan bo`yindan soqit qilishdan ko`ra ko`proq ijobiy natijaga erishiladi. Axir, reklamadan nafaqat reklama beruvchi, ayni vaqtda tahririyat ham yaxshigina manfaatdordir. Bugun hayotimizda reklamalar ijtimoiy voqelikka aylanayotgan ekan, bu boradagi qonunchilikka qat’iy amal qilinmasa reklamachi ham, OAV ham, iste’molchi ham birdek zarar ko`radi. Jamiyatda gazetalar qancha ijtimoiy, ma’rifiy vazifalarni ado etsa, reklamaning ham bu boradagi vazifalari undan kam emas. Avvalo, har qanday axborot kishini nimagadir o`rgatadi, unga qandaydir bilim beradi. Reklamaning ma’rifiy vazifalari juda ko`p. U tovarlar va xizmatlar haqida yangi axborotdan voqif qiladi. Bu esa odamlarga ularni tadbiq etishga yordam beradi. Reklama amalda jamiyatning yuksak sur’atlar bilan rivojlanishiga xizmat qiladi. Reklamaning ijtimoiy vazifasi ham kam emas. Reklama yordamida tovarlarni sotish tashkillashtiriladi. Odatda yaxshi mahsulotlargina reklama qilinadi. Shu tariqa reklama aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Reklama erkin tadbirkorlikning moddiy, ijtimoiy va madaniy imkoniyatlarini ommalashtiradi, mehnat unumdorligining o`sishi va tovar sifatining yaxshilanishiga ta’sir ko`rsatadi. Gazetada reklamani qanday joylashtirish va tarqatish alohida xususiyatlarga ega. Bu ham tadbirkorlikning muhim iqtisodiy qonuniyatlaridan biri. Chunki mahsulot ishlab chiqarilgan (xizmat ko`rsatish boshlangan) vaqtdan e’tiboran tadbirkor o`z mahsuloti uchun mijoz qidiradi. Bunday paytda esa reklama unga dastlabki daromad olish yo`llarini ko`rsatib beradi. Bundan o`z navbatida iste’molchilar ham manfaatdor bo`ladilar. Jurnalistlar tuman nashrlarini – hayotga eng yaqin gazeta sifatida e’tirof etadilar. Demak, unda yoritiladigan reklamalarning samarasi ham shunga yarasha bo`lishi shubhasiz. Har bir sohada ilg`or tajribalardan andoza oladigan va o`rni kelganda raqobatlashadigan zamonda, muallif ta’kidlaganidek, reklamalarni yoritishda ham ilg`or usullardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu borada ilg`or texnologiyalardan samarali foydalanib, reklamalar sifatini oshirish, dzayni va boshqa jihatlariga jiddiy e’tibor berish, aynan tahririyat xodimi unga ham ijodiy yondoshishi foydadan holi bo`lmaydi. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#338 | |
![]() ![]() UZINFOCOM
Сотрудник ZiyoNet при МНО
Сообщений: 243
+ 1,712
447/160
– 4
1/1
![]() |
Цитата:
Масалан, телевизорда "Финалгон" кўп реклама қилинади. Баъзилар уни баданига суртган пайтида аллергия бериб, ўша жойни куйдириб, шишириб юбориши мумкин экан. |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
|