|
|
|
|||||||
| Знаете ли Вы, что ... | |
| ...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
| << Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> | |
| Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
| Ответить |
|
|
Опции темы | Опции просмотра |
|
|
#21 |
![]() |
Shoir "Sarvinozimning boshida o'n sakkiz ming olam g'avg'osi bor, ammo bunga ajablanmaslik kerak, chunki u o'n sakkiz yoshdadur", der ekan, birgina sarvinoz ahvoliga emas, umuman, insonning o'n sakkiz yoshiga ta'rif beradi. Ta'rif umuminsoniy bo'lganidek, nazarimizda, o'n sakkiz yashar sarvinoz ham umumlashma obraz.
Navoiy insonda ilohiy yetuklikni, Ilohda insoniy go'zallikni ko'rgan. Mutafakkir o'zi sig'ingan ilohiy qudrat, navqironlik, barkamollik, hayratomuz sehru sinoatni, jismoniy va aqliy tengsizlikni o'n sakkiz yoshli inson siymosida tajassum ettirgan. G'azalning yaratilishiga o'n sakkiz ming olamni mushohada etishga qodir, o'n sakkiz ming olamning dardi bilan yashaydigan, aqlu zakovati o'n sakkiz ming olam tilsimlarini yeacha oladigan, husni o'n sakkiz ming olamni lol qoldiradigan, hayajon va ehtiroslari o'n sakkiz ming olamni o'rtaydigan o'n sakkiz yoshli inson siymosi sabab bo'lgan. Ehtimol, bu navoiy orzusidagi komil insondir. Darvoqe, o'n sakkiz ming olam tashvishlari bilan yashaydigan yosh zamondoshlarimiz ham yo'q emas. Esli-hushli, zakovatli, g'ayrat-shijoatli yigit-qizlarimiz oldida shunday ulkan muammolar, vazifalar, orzular turadiki, ularning ko'lami o'n sakkiz ming olam oshubidan kam emas. Chinakam inson uchun o'n sakkiz yosh- shunday mas'uliyatli davr, aslida. |
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
| Реклама и уведомления | |
|
|
#22 | |
![]() |
Keyingi baytlarda matla'dagi g'oyaviy mazmun tadrijiy takomillashtiriladi, 2-3- baytlar matla'da vasf etilgan darajadagi kamolotga erishgan inson yetukligining yashovchanligi haqida bahs etadi:
Цитата:
G'oyaviy mazmunning baytlarda tadrijiy rivojlanishiga tadrij usuli bilan birga ruju' san'ati ham ko'maklashgan. Shoir ikkinchi baytda, "Sarvinoz o'n sakkiz ming olamga tatiydigan husnu jamolni zohir etgan ekan, o'n sakkiz ming olam mojarolarini boshiga sig'dirolgan ekan, undagi bu qobiliyat yana o'n sakkiz yil bemalol saqlanadi", der ekan, uchinchi baytda bu fikrdan qaytadi. O'z-o'zini "O'n sakiz yil dema" so'zlari bilan inkor etib. "Yana yuz sakson yil o'tsa ham, ko'zu qoshida turfa balolar jilva qilar ekan, ul sarvinoz husn shohi sifatida hukmfarmolik qilaveradi" degan xulosaga keladi. Ruju' mohiyati mana shu o'z-o'zini inkor etib, fikrni kuchaytirishdadir. Sarvinozning "ko'zu qoshida"gi balolar sehriga kelsak, bunda Sharq g'azaliyotida ko'z va qosh madhida aytilgan (masalan, ko'zning xunxorligi, jallodligi, fitnagarligi; qoshning shamshir kabi qattolligi, birining imo qilib, birining jon olishi va hokazo) hamma sifatlar nazarda tutiladi. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#23 | |
![]() |
Shoir aql bovar qilmaydigan darajadagi husn sohibini tasvirlayotgan bo'lsa-da, uning qonuniy va tabiiy hol ekanligini iqror etadi:
Цитата:
|
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#24 | |
![]() |
Navbatdagi bayt sarvinozning nihoyatda go'zal, ammo beqiyos bag'ritoshligiga kinoya tarzida yaratilgan:
Цитата:
|
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#25 | |
![]() |
Bu g'azalda ham, an'anadagidek, maqta'dan oldingi baytda baytda mayfurushga murojaat qilinadi:
Цитата:
Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 12.11.2008 в 13:15. |
|
|
|
Ответить |
|
2 "+" от:
|
|
|
#26 | |
![]() |
Maqta'ga kelib, ta'rif-tavsif oyga, quyoshga qadar ko'tariladi.:
Цитата:
Ushbu g'azalni Berta Davidova mumtoz qoshiq-maqomga solib kuylaganlar. |
|
|
|
Ответить |
|
|
#29 | |
![]() |
Цитата:
Навоийшунос эмаслигимни назарда тутиб, баъзи бир камчиликлар булса, маъзур тутгайсизлар. |
|
|
|
Ответить |
|
"+" от:
|
|
|
#30 | |
![]() |
Цитата:
|
|
|
|
Ответить |
|
3 "+" от:
|
|